27 iyul kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Gamburgerning tug’ilgan kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇬🇧 Buyuk Britaniya – Norfolk kuni.
🇵🇷 Puerto-Riko – Xose Selso Barbosa kuni.
🇻🇳 Vyetnam – Xotira kuni.
🇺🇦 Ukraina ‐ Tibbiyot xodimlari kuni.
🇺🇸 AQSh – Koreya urushi faxriylari yarashish kuni.
🇺🇸 AQSh ‐ Milliy stajyor kuni.
🇰🇵 KXDR – G’alaba kuni.
🇫🇮 Finlyandiya – Uyqu kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1147 – «Suzdal shahridagi Daniyelning o’ldirilishi haqidagi afsona va Moskvaning boshlanishi» hikoyasida aytilishicha, Moskva shahriga asos solingan.
  • 1586 – Ingliz dengizchisi Uolter Roley birinchi marta Britaniyaga tamaki olib keldi.
  • 1606 – Kanadadagi birinchi doimiy fransuz mustamlakasi Port Royalda tashkil etildi.
  • 1694 – Parlamentning qonuniga binoan Angliya Banki ta’sis etilgan.
  • 1710 – Ratusha maydonida shahar ma’murlari rus podshosi Pyotr I ga sodiqlik qasamyodini qabul qildilar.
  • 1794 – Parijda Termidor toʻntarishi
  • 1866 – Transatlantika telegrafi foydalanishga topshirildi.
  • 1880 – Mayvand jangi.
  • 1900 – amerikalik oziq-ovqat sotuvchisi Lui Lessing o’zining ona shahri Nyu-Heyvenda ilk gamburgerni sotgan.
  • 1920 – Birinchi marta aviatsiya navigatsiyasi uchun radio kompasdan foydalanish.
  • 1921 – Kanada fiziologi Frederik Banting birinchi marta insulinni izolyatsiya qildi.
  • 1922 – Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo’mitasi Turkistonda sud idoralarini tashkil etish to‘g‘risida yangi dekret qabul qildi.
  • 1944 – Sovet qo’shinlari Lvovni ozod qildi.
  • 1953 – 3 yil davom etgan “Koreya urushi” Panmunjom sulh bitimi natijasida yakun topdi. 
  • 1983 – 5 arman terrorist Turkiyaning Lissabon elchixonasiga bosqin uyushtirdi. Arman terrorchilari yo’q qilindi.
  • 1990 – Belarussiya SSR Oliy Kengashi Davlat suvereniteti to’g’risidagi deklaratsiyani qabul qildi.
  • 2002 – Lvov aviashousidagi halokat.
  • 2010 – Qirg’izistonda yangi konstitutsiya qabul qilindi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 774 – Kukay (835) – Yapon voizi, Buddaviy avliyo.
  • 1612 – Murod IV (1640) – Usmonli imperiyasining 17-sultoni (1623-1640).
  • 1667 – Iogann Bernulli (1748) – Shveytsariyalik matematik va mexanik.
  • 1768 – Sharlot Korde (1793) – fransuz zodagon ayoli, inqilobchi Maratning qotili.
  • 1777 – Tomas Kempbell (1844) – Shotlandiya shoiri.
  • 1784 – Denis Davidov (1839) – rus shoiri, gusar, 1812-yilgi Vatan urushi qahramoni.
  • 1835 – Jozue Karduchchi (1907) – Italyan shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1906).
  • 1852 – Vladimir Nalivkin (1918) – Muvaqqat hukumatning Turkiston qo’mitasi rahbari, birinchi ruscha-o’zbekcha va ruscha-forscha lug’atlar muallifi.
  • 1881 – Xans Fisher (1945) – Nemis kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1930).
  • 1904 – Lyudmila Rudenko (1986) – Sovet shaxmatchisi, grossmeyster, shaxmat bo’yicha ayollar o’rtasida 2-jahon chempioni.
  • 1923 – Masutatsu Oyama (1994) – Karate ustasi va o’qituvchisi, Kyokushin uslubining asoschisi.
  • 1928 – Abdug‘ani Abduqayumov – dirijyor, O‘zbekiston xalq artisti (1974), Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1981).
  • 1937 – Husan Sharipov (2018) – aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1991).
  • 1946 – Toktar Aubakirov – SSSR ning so‘nggi va qozoq millatining birinchi kosmonavti.
  • 1970 – Fotima Rejametova – aktrisa, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2001).
  • 1977 – Jonatan Rays-Mayers – Irlandiyalik kino aktyori, «Oltin globus» mukofoti sohibi.
  • 1981 – Li Syaopan – xitoylik gimnastikachi, 4 karra Olimpiya chempioni.