27 mart kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon teatr kuni.
🌏 Hujjat erkinligi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇷🇺 Rossiya – Milliy gvardiyasi qo‘shinlari kuni.
🇮🇷 Eron – Teatr san’ati kuni.
🇲🇲 Myanma – Qurolli Kuchlar kuni.
🇦🇴 Angola – G‘alaba kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1111 – Vladimir Monomax boshchiligidagi rus qo‘shinlari poloveslarni Solnitsa daryosi bo‘yida tor-mor qilishdi.
  • 1330 – Ipatiyev monastiri bunyod etildi.
  • 1513 – Ispan tadqiqotchisi Xuan Ponse de Leon Floridani kashf qildi. 
  • 1527 – Xonua jangi, bu jangda Bobur Rajputan knyazlari qo’shinini tor-mor qildi.
  • 1794 – AQSH harbiy-dengiz flotini qurishga qaror qilindi.
  • 1841 – Otga qo‘shilgan birinchi bug’li o‘t o‘chirish mashinasi sinovdan o’tkazildi.
  • 1854 – Qrim urushi boshlandi.
  • 1854 – AQShda Abraxam Gessner kerosinni patentladi.
  • 1858 – Sankt-Peterburgda Rossiya imperiyasida birinchi ayollar gimnaziyasi ochildi.
  • 1860 – Nyu-Yorklik M. L. Birn shtoporni patentladi.
  • 1893 – Longines soatlar kompaniyasi o’zining logotipini ro’yxatdan o’tkazdi.
  • 1898 – Rossiya Xitoydan Port-Arturni ijaraga oldi.
  • 1918 – Moldoviya Demokratik Respublikasi Ruminiya qirolligi tarkibiga kirdi.
  • 1928 – Gollandiyada futbolga oid birinchi pochta markasi chiqarildi.
  • 1944 – Riga gettosida 40 yahudiy gestapo tomonidan otib tashlandi, Kaunasda esa 2 mingga yaqin yahudiy o’ldirildi.
  • 1953 – SSSRda keng miqyosda amnistiya e’lon qilindi.
  • 1964 – Alyaskada zillzila oqibatida 118 kishi halok bo‘ldi.
  • 1968 – Vladimir oblastidagi aviahalokat oqibatida Yuriy Gagarin halok bo‘ldi.
  • 1975 – Alyaska neft quvuri qurilishi boshlandi.
  • 1981 – “Birdamlik” kasaba uyushmalari tashkiloti Polshada umumxalq ish tashlashini tashkil qildi.
  • 1990 – Londonda Sherlok Xolms muzeyi ochildi.
    -1992 – Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ochildi.
  • 1998 – NATO Albaniya chegarachilarni Yugoslaviya bilan chegarani qo’riqlash uchun o’qitish boshlanganini e’lon qildi.
  • 2008 – Kosmos-3M raketasi va to’rtinchi kosmik apparat – Germaniyaning SAR-Lupe sun’iy yo’ldoshining uchirilishi.
  • 2011 – Rossiya doimiy yozgi vaqtga o‘tdi. Yozgi va qishki vaqtga o‘tish prezident Medvedev tomonidan bekor qilindi.
  • 2016 – Lahordagi terakt, 72 kishi halok bo’ldi.
  • 2020 – Shimoliy Makedoniya NATOning 30-a’zosiga aylanadi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1824 – Iogann Gittorf (1914) – nemis fizigi, ionni kashf qilgan.
  • 1845 – Vilgelm Rentgen (1923) – nemis fizigi, birinchi Nobel mukofoti sohibi (1901).
  • 1847 – Otto Vallax (1931) – nemis kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1910).
  • 1863 – Ser Genri Roys (1933) – ingliz sanoatchisi, Rolls-Roys kompaniyasi asoschisi.
  • 1868 – Patti Smit Xill (1946) – amerikalik o‘qituvchi ayol, “Happy Birthday to You” qo‘shig‘ining muallifi.
  • 1871 – Mann Genrix (1950) – nemis yozuvchisi.
  • 1881 – Arkadiy Averchenko (1925) – rus satirik yozuvchisi, yumorist.
  • 1886 – Sergey Kirov (1934) – Sovet siyosiy va davlat arbobi
  • 1886 – Lyudvig Mis van der Roe (1969) – nemis arxitektori.
  • 1899 – Glorya Svenson (1983) – Amerikalik kino, teatr va televidenie aktrisasi.
  • 1927 – Mstislav Rostropovich (2007) – violonchelachi, dirijyor, jamoat arbobi, Xalq artisti (1966).
  • 1948 – Aleksey Jarkov (2006) – sovet va rus kino va teatr aktyori, Rossiya xalq artisti.
  • 1963 – Kventin Tarantino – amerikalik rejissyor, aktyor, ssenariynavis, prodyuser.
  • 1986 – Manuel Noyer – nemis professional futbolchisi, darvozabon, jahon chempioni (2014).
  • 1988 – Holliday Greynjer – britaniyalik aktrisa.
  • 1992 – Grant Xardi – shotlandiyalik kyorlingchi, aralash jamoalar o‘rtasida kyorling bo’yicha jahon chempioni.
  • 1996 – Rosabella Laurenti Sellers – italyan-amerikalik aktrisa.
  • 1997 – Lisa – Janubiy Koreyada istiqomat qiluvchi reper, qoʻshiqchi, raqqosa va model.