28 sentabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Butunjahon quturishga qarshi kurash kuni.
🌍 Xalqaro bilish huquqi kuni.
🇺🇳 Butunjahon dengiz kuni.
🇺🇳 Xalqaro axborotga universal kirish kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇮🇩 Indoneziya ‐ Temir yo’l kuni.
🇹🇭 Tailand – Milliy bayroq kuni.
🇺🇸 AQSh ‐ Milliy yaxshi qo’shnilar kuni.
🇹🇼 Tayvan – O‘qituvchilar kuni.
🇷🇺 Rossiya, 🇰🇿 Qozog‘iston ‐ Yadro sanoati xodimlari kuni.
🇨🇿 Chexiya – Chexiya davlatchiligi kuni.
🇨🇭 Shveytsariya – Qahva kuni.

28-SENTABRDA SODIR BO‘LGAN VOQEALAR:

  • Mil. av. 480 – Salamin jangi.
  • 1066 – Angliyaning normandlar tomonidan egallanishi.
  • 1106 – Tanshbra jangi.
  • 1528 – shayboniy sultonlar bilan Eron shohi Tahmasp I (1524-1576) qo‘shinlari o‘rtasida Jom viloyati­ning Zurobod mavzesida ro‘y bergan Jom jangi nihoyasiga yetdi. Unda shayboniylar mag‘lubiyatga uchradi.
  • 1618 – Bryusselda dunyodagi birinchi lombard ochildi.
  • 1864 – Birinchi Intenatsional – Xalqaro ishchilar uyushmasi tuzildi.
  • 1870 – Prussiya qo’shinlari Strasburgni egallab olishdi.
  • 1873 – Rossiya-Buxoro shartnomasi imzolandi. Unda Buxoro amirligi Rossiyaning protektorati (tobesi; homiyligi ostidagi hudud) deb e’lon qilindi.
  • 1896 – Birinchi fransuz kinostudiyasi tashkil topdi.
  • 1926 – Samarqand viloyatidagi Kattaqo’rg’on tumani va Buxoro viloyatidagi Romitan tumani tashkil etilgan.
  • 1939 – Vermaxt Varshavani egalladi.
  • 1939 – «SSSR va Germaniya o’rtasidagi do’stlik va chegara shartnomasi» tuzildi.
  • 1951 – Butunjahon kar va soqovlar federasiyasi tuzildi.
  • 1958 – Fransiyada referendum bo’lib o’tdi, unda Beshinchi respublika Konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1979 – SENTO harbiy-siyosiy bloki o’z faoliyatini rasman to’xtatdi.
  • 1991 – O’zbekiston Milliy bog’i bunyod etilgan kun.
  • 1993 – BMT Bosh Assam­bleyasining 48-sessiyasida mamlakatimizning Bi­rinchi Prezidenti Islom Karimov ilk bor ma’ruza qildi.
  • 1994 – „Estoniya“ paromi Boltiq dengizida choʻkib ketdi, 852 kishi halok boʻldi.
  • 1998 – Toshkentda Osiyo Taraqqiyot bankining doimiy vakolatxonasi ochildi.
  • 2003 – Italiyada elektr tarmoqlarining ishdan chiqishi.
  • 2009 – Hindistonning «Chandrayaan -1» kosmik kemasi Oyda suv topdi.

28-SENTABRDA TAVALLUD TOPGAN MASHHURLAR:

  • mil. av. 551 – Konfutsiy – qadimgi xitoy faylasufi, dunyodagi eng zabardast diniy ustozlardan biri.
  • 1375 – Ahmad ibn Jaloliddin Muhammad al-Havofiy (tax 1443) – tarixchi olim, Temuriylar saroyida xizmat qilgan.
  • 1573 – Karavajo Mikelanjelo (1610) – italiyalik rassom.
  • 1803 – Prosper Merimi (1870) – fransuz yozuvchisi va tarjimoni.
  • 1841 – Jorj Klemenso (1929) – fransuz siyosiy va davlat arbobi, jurnalist, Fransiya Bosh vaziri (1906-1909, 1917-1920).
  • 1852 – Anri Muassan (1907) – ftorni olgan fransuz kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1906).
  • 1888 – Shon Lester (1959) – diplomat, Millatlar ligasining bosh kotibi (1940-1946).
  • 1897 – Muxtor Ayvezov (1961) – qozoq sovet yozuvchisi, dramaturg, olim.
  • 1912 – Alimov Shokir (1976) – ftiziatr, O’zbekiston FA akademigi (1974).
  • 1924 – Marchello Mastroyani – mashhur italyan aktyori.
  • 1929 – Lata Mangeshkar (2022) – hind xonandasi, Sangit Natak akademiyasining faxriy doktori (1989).
  • 1934 – Bridjit Bardo – fransuz kino aktrisasi, qo’shiqchi, modyeler.
  • 1974 – Mariya Kiselyova – rossiyalik sinxron suzuvchi, uch karra jahon va Olimpiada chempioni, teleboshlovchi.
  • 1976 – Fyodor Yemelyanenko – rossiyalik sportchi (aralash yakkakurashlar, sambo, dzyudo).
  • 1987 – Xillari Daff – amerikalik aktrisa va qo’shiqchi.
  • 1992 – Maura Hussayn – Pokistonlik aktrisa va model.