3 yanvar kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Ichimlik ichish uchun maxsus naycha(solominka)ning tug‘ilgan kuni.
🌏 Xalqaro ruhiy va jismoniy salomatlik kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh – Rok-n-rolchi ayollar kuni.
🇧🇾 Belarus – Bank va moliya xodimlari kuni.
🇧🇫 Burkina-Faso – Inqilob kuni.
🇮🇩 Indoneziya – Diniy ishlar vazirligi xodimlari kuni.
🇪🇪 Estoniya – Ozodlik urushi kurashchilarini xotirlash kuni.
🇯🇵 Yaponiya – Tamaseseri festivali.

👉 VOQEALAR:

  • 1431 – Burgundiya gersogi asir olingan Janna d‘Arkni yepiskop Koshonga 10 000 frankka sotdi.
  • 1799 – Konstontinopolda Rus-turk shartnomasi imzolandi. Turkiya antifransuz koalitsiyasiga qo‘shildi.
  • 1851 – Jean Fuko tajriba oʻtkazib, Yerning aylanishini isbotladi.
  • 1868 – Yaponiyada Meydzi imperatorlikni qayta tikladi.
  • 1888 – Vashingtonda Marvin Stoun kokteyl ichish uchun naychaga patent oldi.
  • 1905 – Putilov zavodi ishchilarining ish tashlashi boshlandi.
  • 1911 – Verniy zilzila sabab vayron bo‘ldi.
  • 1924 – Karter ekspeditsiyasi fir‘avinning toshtobutini topishdi. Ichidan mumiyo solingan oltin tobut chiqdi.
  • 1925 – Benito Mussolini “Duche” unvonini oldi.
  • 1926 – O’zbekiston Respublikasi Milliy kitob palatasi tashkil etildi.
  • 1934 – SSSRda radiolokator orqali samolyotni topish tajribasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
  • 1958 – Vest-Indiya federatsiyasi tashkil topdi.
  • 1959 – Alyaska AQShning 49-shtatiga aylandi.
  • 1961 – AQSh Kuba bilan diplomatik aloqalarini uzdi.
  • 1962 – Ioann XXIII Fidel Kastroni cherkovdan badargʻa qildi.
  • 1977 – Apple kompaniyasining birinchi kompyteri ishlab chiqildi.
  • 1987 – Areta Franklin ismi Rock-n-Roll hurmat taxtasiga yozildi.
  • 1992 – Fransiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi.
  • 1993 – Jorj Bush va Boris Yelsin Qurollanishni cheklash haqida shartnomaga imzo chekdilar.
  • 1994 – Tu-154 samolyoti halokati. Samolyotdagilarning hammasi – 125 ta va yerdagi 1 ta odam halok bo‘ldi.
  • 2007 – Ginnesning yangi rekordi: 14 yoshli britaniyalik maktab o‘quvchisi yolg‘iz o‘zi Atlantika okeanini suzib o‘tdi.
  • 2020 – AQSh Bag’dod aeroportiga havo hujumi uyushtirdi va Qosim Sulaymoniyni o’ldirdi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • mil. av. 106 – Mark Tulliy Sitseron (mil. av. 43) – Rimlik orator, faylasuf va siyosiy arbob.
  • 1883 – Kilment Richard Ettli (1967) – Birlashgan Qirollik 62-Bosh vaziri (1945-1951).
  • 1927 – Doʻsjon Nasirov (1992) – qoraqalpoq tilshunosi. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977).
  • 1931 – Normatov Umarali – adabiyotshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1981).
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1936 – Veniamin Akudin – teatr rassomi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1974). 
  • 1938 – Yoqub Ahmedov – aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1974).
  • 1945 – Mariyash Bostanova – Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999).
  • 1953 – Karlush Manuel – Portugaliyalik taniqli futbol murabbiyi. Hozirda Eron miliy terma jamoasi bosh murabbiyi.
  • 1956 – Mel Gibson – amerika va avstraliyalik aktyor, rejissor, ssenariychi va prodyuser.
  • 1961 – Vladimir Potanin – Rossiyalik yirik tadbirkor, milliarder, siyosat arbobi.
  • 1969 – Mixael Shumaxer – Nemis avtopoygachisi, ko’p marta rekord o’rnatgan va “Formula-1”ning chempioni.
  • 1970 – Bahrom Avazov – kurashchi, ikki karra jahon chempioni, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1998), «Oʻzbekiston iftixori» (2003).
  • 1995 – Jisoo – Janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa.
  • 1996 – Goʻzal Ismatova (2021) –  oʻzbek bokschisi, ogʻir vaznda ishtirok etgan.
  • 2003 – Greta Tunberg – shved o‘quvchi qizi, ekologik harakat faoli.