30 mart kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro chiqindiga qarshi kurash kuni.
🌏 Parklarda sayr qilish kuni.
🌏 Psixoanalizning tug’ilgan kuni.
🌏 Xalqaro qalam kuni.
🌏 Butunjahon Idli kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇵🇸 Falastin – Yerni himoya qilish kuni.
🇷🇺 Rossiya – Uysiz odamlar kuni.
🇮🇩 Indoneziya – Milliy kino kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy virtual dam olish kuni.
🇺🇸 AQSh – Milliy shifokorlar kuni.
🇰🇷 Koreya – Muhandislar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1775 – Britaniya parlamenti Shimoliy Amerika koloniyalariga Britaniyadan boshqa har kim bilan savdo qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi.
  • 1791 – Fransiya Milliy Assambleyasi metrning ta’rifini kiritdi: Parij meridianining qirq milliondan bir qismi.
  • 1814 – Antinapoleon koalitsiyasi qo‘shinlari tomonidan Parij egallab olindi.
  • 1820 – Birinchi amerikalik missionerlar Gavayi orollariga yetib kelishdi.
  • 1847 – Lev Nikolaevich Tolstoy kundalik yuritishni boshladi va butun umri davomida bu mashg’ulotni davom ettirdi.
  • 1856 – Parij tinchlik shartnomasi imzolanishi orqali Qrim urushi tugadi.
  • 1858 – Xaymen Lipmen (Filadelfiya) bir tomonida o‘chirg‘ichi bor qalamga patent oldi.
  • 1860 – Aleksandr II Rossiyada Dehqonlar islohoti boshlanganini e’lon qildi.
  • 1867 – Vashingtonda ruslar va amerikaliklar o‘rtasida bitim imzolandi. AQSh Rossiyadan Alyaska va Aleutsk orollarini 7,2 million dollarga sotib oldi.
  • 1880 – Fransiyada iyezuitlar faoliyati ta’qiqlandi.
  • 1885 – Kushka jangi.
  • 1896 – Dunyo birinchi marta psixoanaliz haqida eshitdi.
  • 1905 – Kritda turklar hukmronligiga qarshi greklar qo‘zg‘oloni.
  • 1912 – Marokash sultoni Abdul Hafiz Fransiyaga taslim bo’ldi.
  • 1918 – Bokuda mart voqealari.
  • 1927 – O‘zbekiston SSR konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1945 – SSSR harbiylari Gdanskni ozod qildilar.
  • 1946 – “Oskar”ning marosimi ilk bor radio orqali efirga uzatildi.
  • 1954 – Toronto (Kanada) da birinchi metro ochildi.
  • 1970 – Vladimir Motilning «Белое солнце пустыни» filmi mamlakat ekranlariga chiqarildi.
  • 1972 – Buyuk Britaniya Shimoliy Irlandiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruvni joriy qildi.
  • 1981 – AQSh prezidenti Ronald Reyganga suiiqasd uyushtirildi.
  • 1992 – “Qo‘zilarning sukunati” filmi beshta “Oskar” mukofotiga loyiq topildi.
  • 1995 – Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko parlamenti tarqatib yuborish to‘g‘rida referendum o‘tkazilishini e’lon qildi.
  • 2009 – Lahordagi politsiya akademiyasiga hujum.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1432 – Mexmed II (1481) – Usmonlilar sultoni (1451-1481), Vizantiya imperiyasiga chek qo‘ygan.
  • 1746 – Fransisko Xose de Goya (1828) – ispan rassomi.
  • 1757 – Jan-Fransua Pilatr de Rozye (1785) – fransuz fizigi, kimyogari, aviatsiya kashshoflaridan biri.
  • 1853 – Vinsent van Gog (1890) – dunyo miqyosida mashhur niderlandlik va fransiyalik musavvir – postimpressionchi.
  • 1894 – Sergey Ilyushin (1977) – sovet aviakonstruktori, uch karra Sotsialistik Mehnat Qahramoni.
  • 1926 – Ingvar Kamprad (2018) – shved tadbirkori, “IKEA”  kompaniyasi asoschisi.
  • 1941 – Vasim Sajjod – 2 karra Pokiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, ayni paytda muxolifat yetakchisi.
  • 1951 – Golishev Arkadyevich – Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi (1995-2003 va 2006-2017 yillarda).
  • 1954 – Tohiriy Muidjon  – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi (2016-2018), General-mayor, Jaloliddin Manguberdi ordeni sohibi.
  • 1968 – Selin Dion – Kanada pop qoʻshiqchisi va aktrisa.
  • 1980  – Katrin Lunde – norvegiyalik gandbolchi (darvozabon), ikki karra Olimpiya chempioni, jahon chempioni, 5 karra Yevropa chempioni.
  • 1981 – Sergey Mozyakin – rossiyalik xokkeychi, ikki karra jahon chempioni (2008, 2009), Olimpiya chempioni (2018).
  • 1981 – Toʻlashboy Doniyorov – bokschi, «Oʻzbekiston iftixori» (2002).
  • 1986 – Serxio Ramos – ispaniyalik futbolchi, jahon (2010) va ikki karra Yevropa chempioni (2008, 2012).