? BAYRAMLAR:
?? Afrika ayollari kuni.
? Butunjahon reynjerlar kuni.
? Xalqaro qutqaruvchilarni qadrlash kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? AQSh ‐ Milliy aralash zotli itlar kuni.
?? Malayziya – Jangchilar kuni.
?? Polsha – G‘aznachilik kuni.
?? Eron – Milliy donorlar kuni.
?? Kongo Respublikasi – Inqilob boshlangan kun.
? VOQEALAR:
Mil. avv 30 – Iskandariya jangi: Mark Antoniy Oktavian qo’shinlari ustidan kichik g’alabaga erishdi, ammo uning qo’shinlarining aksariyati keyinchalik uni tashlab ketishdi, bu esa uning o’z joniga qasd qilishiga olib keldi.
- 634 – Xolid ibn Valid boshchiligidagi arablar va rimliklar o’rtasida Ajnadayn jangi.
- 904 – arablar Saloniki shahrini egallashdi.
- 1457 – Temuriyzoda Abu Said Shohrux Mirzoning xotini Gavharshodbegimni qatl ettirdi.
- 1498 – Xristofor Kolumbning uchinchi ekspeditsiyasi Trinidad orolini kashf etdi.
-1655 – ruslar Vilnyus shahrini egallashdi. - 1658 – Avrangzeb Boburiylar imperiyasining Podshohi deb e’lon qilindi.
- 1703 – Daniel Defo hazilomuz hikoyasi uchun xalq mehrini qozondi.
- 1741 – Karl VII Albert Yuqori Avstriya va Bogemiyaga bostirib kirdi.
- 1790 – AQShning birinchi patenti ixtirochi Samuel Xopkinsga kaliy tayyorlash uchun berildi.
- 1791 – Kaliakriya burni yaqinidagi dengiz jangi.
- 1815 – Tarixdagi birinchi temiryoʻl halokati.
- 1874 – Vankuverga (Kanada) armiyada xizmat qilishdan bosh tortgan rus mennonitlarining birinchi guruhi ko‘chib kelishdi.
- 1907 – Kubada duellar o’tkazilishi taqiqlandi.
- 1913 – Bolqon davlatlari Buxarestda sulh imzoladilar.
- 1925 – Britaniya konchilarining ish tashlashi ularning to’liq g’alabasi bilan yakunlandi («Qizil juma»).
- 1938 – Xasan ko’lida Sovet-Yapon urushi boshlandi.
- 1944 – Essenavis Antuan de Sent-Ekzyuperi halok bo‘ldi.
- 1946 – Shvetsiya, Norvegiya va Daniya SAS ni tashkil qilishdi.
- 1947 – Millatlar Ligasining tugatilishi to’g’risidagi deklaratsiya.
- 1954 – Chogori choʻqqisi zabt etildi.
- 1962 – Dar-us-Salom (Tanzaniya) shahrida bo’lib o’tgan Butun Afrika Afrika konferentsiyasida bu kun Afrika ayollari kuni deb e’lon qilindi.
- 1974 – Kipr mojarosi: Turkiya va Gretsiya Kiprda urushni to‘xtatish to’g’risida muzokara olib borishdi.
- 1991 – AQSh va Sovet Ittifoqi qurollanishni qisqartirish bo’yicha shartnoma imzoladilar.
- 2006 – Fidel Kastro hokimiyatni vaqtincha ukasi Raulga topshirdi.
- 2008 – AQShda NASA Mars sayyorasida suv kashf etilganini e’lon qildi.
- 2014 – Boliviya prezidenti Evo Morales Isroilni terrorchi tashkilot deb e’lon qildi va Isroilga vizasiz kirishni bekor qildi.
? TAVALLUDLAR:
- 1704 – Gabriel Kramer (1752) – shveytsariyalik matematik, chiziqli algebraning asoschilaridan biri.
- 1800 – Fridrix Vyoler (1882) – nemis kimyogari va shifokori, organik kimyoning asoschilaridan biri.
- 1912 – Habib Abdullayev (1962) – oʻzbek sovet geologi, OʻzSSR Fanlar Akademiyasi akademigi (1947) va prezidenti (1956-1962).
- 1912 – Valentin Fadeyev (1975) – rangtasvir ustasi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1968).
- 1912 – Milton Fridman (2006) – amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1976).
- 1914 – Lui De Fyunes (1983) – fransuz kino aktyori, rejissyori va prodyuseri.
- 1916 – Vladimir Demixov (1998 ) – rus tajribachi olimi, jahon transplantologiyasining asoschisi.
- 1937 – Edita Pyexa – kelib chiqishi polshalik sovet va rus qo’shiqchisi, SSSR xalq artisti.
- 1944 – Robert Merton – amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti laureati (1997).
- 1965 – Joan Ketlin Rouling – ingliz yozuvchisi, Garri Potter kitoblarining muallifi.
- 1986 – Svetlana Slepsova – rossiyalik biatlonchi, Olimpiya chempioni (2010), jahon chempioni.
- 1989 – Viktoriya Azarenko – belaruslik tennischi, jahonning sobiq birinchi raketkasi.