33-qism savol javoblar

33-qism savol javoblar

3201. Kunlardan bir kuni Abo Zarl Rozillahu anhuning onasi Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v ga shikoyat qilibdilar: farzandim men bilan bitta tovoqda ovqatlanmaydi debdi. Shunda sarvari koinot Abo Zarlni yoniga chaqirib nima uchun bunday qilayotganini so‘raganlarida Abo Zarl quyidagicha javob beradi: Men onamni hafa qilishni istamayman. Ammo ..
Diqqat savol Abo Zarlning gapini mantiqan o‘ylab davom etiringchi?

Javob: Ammo onam bilan bitta tovoqda ovqatlansam onamning ko‘ngli tusab turgan yerini yeb qoyishim mumkin. Shu tufayli onam bilan ovqatlanmayman.😭

3202. Noodatiy savollar turkumidan!
Bo‘lgan voqea
Bir necha yil oldingi o’yin.
Pochcham bilan televizorda futbol ko‘rayotgan edik. Manchester Siti qaysidir jamoa bilan o‘ynayotgan edi. Chiroyli o‘yin kutgan edik. Va nihoyat biz kutgan vaziyat 90 daqiqada gol urildi. Shunda Pochcham “GOOL bular ekanku u gol urdi. Malades” deb xursand bo‘ldi. 4 yoshar jiyanim ham oldimizga kelib “Urraaa Bobom gol urdilar” deb bizni xayratda qoldirdi. Keyinchalik o‘ylab qarasam jiyanim gapirgan gapidan Pochcham noto‘g‘ri gapirgan ekan. Savol: Siz menga Man Siti kim bilan o‘ynaganini yoki jiyanim nega o‘nday deganini emas shunchaki gol muallifini ayting?

Javob: Nikolas Otamendi
O‘yinda Nikolas Otamendi gol urgan jajji jiyanim “Otam endi” gol urdi deb tushungan) Pochchamni otasi jiyanimni bobosi bo‘ladi!

3203. Noyob reklama uslubini Nikolay Shustov yuz yil avval o‘ylap topgan ekan. Bu ishda unga bir necha yigitlar yordami kerak bo‘lgan ekan. Ular bar yo restoranlarda shunday ish qilardiki natijada inkor javobini eshitib shovqin ko‘tarishni boshlardi. Sekin asta bu shovqin suronlar gazetalargacha boradi. Shunday qilib Shustov noyob reklamasi tufayli mahsuloti taniqlilikka erishdi. Diqqat savol. U yigitlar nima ish qilishgan ?
Javob: Ular atayin barlardan «Shustov konyagi»ni so‘rashgan!

3204. Sayyorimizda yagona ortiga ucholadigan qush qaysi?
Javob: Kolibri

3205. Birinchi konfet qaysi millat vakillari tamonidan kashf etdilar?
Javob: Misrlik

3206. 2001 yilda bir necha oy davomida qaysi davlatning Kerala shtatida turli rangli, asosan, qizil yomg‘ir yoqqan. Eng e’tiborga loyig‘i shundaki, yog‘ingarchilikda  daraxtlar va o‘tlar quruq xolatda qoldi. U kiyimlarda huddi qonga o‘xshagan qizil dog‘ qoldirgan.
Javob: Hindiston

3207. 2016-yil
«…Men 1 chi marta bu harakatni azart va vujudumdagi adrenalin ta’sirida amalga oshirdim. Atrof muxit meni baqirib olqishlar, ko’pchilik uchun kutilmagan zafardan zal eyforiya holatida edi. Shunda men ichimdagi olovni shu harakat orqali ommaga taqdim etdim! Keyingi harakatlarim esa – bu endi maxsus rejalashtirilgan edi…»
Diqqat savol: Bu inson kim va u qanday harakatni amalga oshirgandi?

Javob: Shaxram G’iyosov va Krishtianu Ronaldu uslubidagi golni nishonlash tarzi😁✌️

3208. «Ivan Vasilyevich Kasbini o’zgartiradi» komediyasi ko’pchiligimizga tanish. Ushbu filmni bir personajiga qo’shimcha tarzda yordam tariqasida aktrisa Natalya Kustinskaya va aktyor Valeriy Zolotuxin ovoz bergan. Diqqat savol: Qaysi Personajga?
Javob: Jorj Miloslavskiy.
Esingizda bo’lsa Miloslavskiy telefondan stomatolog Anton Shpak bilan ayol ovozida gaplashadi (Natalya Kustinskaya ovoz bergan) va «Schastye Vdrug» (Valeriy Zolotuxin kuylagan) qo’shig’ini ijro etadi.

3209. Quroni karimda 114 sura bor. Eng katta sura Baqara surasidir ya’ni 286 oyat ekanligi bilan holatda. Mantiqni ishlatib
Madinada nechta sura Makada nechta sura nozil bo’lganligini aniq ayting?

Javob: Makkada-86 ta
Madinada-28
Ya’ni baqara surasi bilan bog’liqligi baqara surasidagi 286 oyatning boshidagi 2 raqamini olib tashalasa Makkada nozil bo’lgan suralar soni. Ohirgi 6 raqamini olib tashlanganda esa Madinada nozil bolgan suralar soni kelib chiqadi

3210. U haqidagi qimmatli ma’lumotlarni Alisher Navoiy, Beruniy, Bobur asarlarida ko’rishi mumkin. Amir Temur davrida undan ustalik bilan «foydalana oladiganlar» Samarqandda yig‘ilggan. Mashhur kompozitor Prokovev esa unga shunday ta’rif bergan. U – men uchun xuddi dunyodek! Men unda o’z hayot rejalarim va extiroslarimni ko’ra olaman! Diqqat savol sizlar gap nima haqida borayatganini topgan bo’lsangiz, menga O’zbekistonda undan foydalana olish bo’yicha mashhur bo’lgan yurtdoshimiz kimligini ayting?
Javob: Rustam Qosimjonov!
Gap shaxmat o’yini haqida bormoqda!

3211. Uning xotini u haqida shunday degan : «U puldan tashqari hamma narsa qila oladi». U ilm- fanga doir juda ko’p yangiliklar qilgan, u Nobel mukofoti sovrindori buyuk shaxs edi. Diqqat savol : Gap kim haqida ketayatgan ekanligini bilgan bo’lsangiz, bu shaxsning hayotida 1952-yil qanday o’zgarish bo’lishi mumkin bo’lganligini aniq ayting!?
Javob: 1952-Yil Isroil davlati Albert Eynshteyn ga prezidentlik lavozimini bermoqchi bo’ladi.

3212. Bilamizki juda ko’p reklamalarni asosan televideniya va reklama uchun ko’rilgan maxsus joylarda ko’rish mumkin. Bir pitsa ishlab chiqaruvchi kompaniya o’z mahsulotini reklama qilishning juda antiqa uslubini o’ylab topdi. Reklama shunday joy tanlanganki, bunda mijoz uyidan chiqmasdan turib bu reklamaga guvoh bo’lishi mumkin edi. Diqqat savol, mijozlar reklamani aynan qayerda ko’rishgan?
Javob: Mo’ralagichda! (Glazokda)

3213. U nima gumbazga o’xshab yumaloq
Egnida ustma – ust to’ni bor biroq
Har kishi yechmoqchi bo’lsa to’nini
Yuzlari yosh bilan yuvilgay shu chog’
Chiston javobini toping?

Javob: Piyoz

3214. Bu insonning asl ismi Shuayba bo‘lgan. Uni Makkada Shaybat ul Hamd nomi bilan ulug‘lashgan. U ko’p yillar davomida Makka hokimi lavozimida ishlagan. Uning 12 o‘gli va 6 qizi bo‘lgan. Diqqat savol bu insonni biz qaysi ismi bilan taniymiz?
Javob: Abdulmuttalib
Ya’ni Paygambarimizning bobosi

3215. Germaniya uchun XX asrning 90 yili omadli keldi.
Avvalo davlat tarixida katta o’zgarish sodir bo’ldi. Ya’niki bu o’zgarish davlat yaxlitligini taminladi.
Keyingi voqea esa ahamiyati jihatidan barcha davlatlar orzu qiladigan va bu natijaga hamma davlatlar ham erisholmaydigan «ishni uddalshadi».
Sizlar menga ushbu ishni so’nggi marta qaysi davlat uddalaganligini aniq ayting ?

Javob: Argentina
Izoh»: Bu ish esa Futbol bo’yicha jahon chempionligi edi.
Germaniya jahon chempioni ham bo’lgan aynan o’sha paytda

3216. Biz sizga Yevropadagi eng katta Alfani ta’riflaymiz»:
Qizil, sariq, ko’k va kuchli shovqin.
Savol»:
ALFAni ikki so’zda aniq ayting ?

Javob: Kamp Nou
Izoh: Barchamizga ma’lum Kamp Nou yevrodapadi eng katta stadoin ranglar esa barselonaning ramziy ranglari

3217. Ma’lumotlarga qaraganda XIX-asrda ham protez tishlar yasalgan. Faqat o’sha paytlar urush yillari bo’lib, ancha qimmatchilik bo’lgan. Tish shifokorlari esa buning uchun eng arzon va qulay yo’l bilan yasama tishlardan foydalanganlar. Bu usul XIX-asrning o’rtalarigacha davom etgan.
Yasama tish (protez)lar qanday usul bilan yasalgan?

Javob: O’lgan askarlar tishlaridan

3218. Bilamizki Islomda 5 ta farz bor. 5-haj qilish. Agar imkoniyati yo’q kishilar uchun SHU namozi bilan haj qilganning savobiga ega bo’linadi. Chunki hazrati Payg’ambarimiz SHU namozini «Miskinlar haji» deb ataganlar. SHU namozni toping?
Javob: Juma Namozi

3219. «GVR 4900 Class 5972 Oltin Hall» poyezdi bu filmda haqiqatdan ham qatnashgan yasama yoki kompyuter grafikasi emas. U poyezd 1937-yilda ishlab chiqarilgan.
Diqqat savol: siz filmni toping?

Javob: Garry Potter

3220. Qadimni Gretsiya va Rimda uni o’ta qimmatli dori sifatida ko’rishgan. Qadimgi Misrda esa Piramida quruvchi ishchilarga har kuni aynan undan berishgan va u ishchilarga kuch-quvvat bergan. Xatto bir marta ishchilarga u tarqatilmagani sababli g’alayon boshlanib ketgan. San-Fransiskodagi bir restoronda pishiriladigan barcha ovqatlar tarkibida aynan u bor! Xatto u qo’shib tayyorlangan muzqaymoq ham. Sizlar gap nima haqida borayatganini topgan bo’lsangiz, menga aynan uni o’ziga laqab qilib olgan o’zbek aktyori kimligini ayting?
Javob: Ergash Karimov!
Izoh: Gap sarimsoq piyoz haqida bormoqda!

3221. Dmitriy Dmitriyevich Shostokovich. Mashhur rus kompozitori. U juda ham ko’plab durdona asarlar muallifi. Shostokovich hayotda oddiy va mehribon inson bo’lgan ekan. Shu sababli bolalarini juda ham yaxshi ko’rgan. Doim ular haqida qayg’urgan. Bolalarini yozgi oromgohlarga yuborganida ularga bir necha tayyor X larni yuborgan ekan. X lar orqali Shostokovich bolalari axvolidan xabardor bo’lib turgan. Bolalarning vazifasi esa har 2-3 kunda X lardan birini kerakli joyga tashlab qo’yish bo’lgan. Sizlar menga X nimaligini maksimal aniqlikda ayting?
Javob: X- Konvert✉️
Shostokovich o’z farzandlarini juda ham yaxshi ko’rardi va ularni oromgohga dam olishga yuborganda ularga tayyor o’zi tomondan yozilgan «Dada biz sog-omonmiz, maza qilib dam olib yuribmiz. Bizdan xavotirlanmang» manosidagi xatlarni berardi! Bolalar u xatlarni pochtaga yuborishlari kifoya edi!

3222. “U”ni qanday yoki qachon paydo bo‘lganini aniq bilmadimu lekin “U”ni eng mashhurini Ispaniyalik biznesmen o‘ylab topgan. Qo‘shnisi o‘z o‘g‘lini qo‘llari shiraga botganini ko‘rib urushayotganinidan ranjigan biznesmen o‘zining mashhur “biznes loyiha”siga qo‘l uradi. Diqqat Kutilmagan Savol: Gap nima haqida ketayotganini emas, balkim menga u bilan qisman bog’lik bizga ma’lum O‘zbek Kino personajini mashhur iborasini ayting?

Javob: “Xo‘roz qand chet elniki desalar yotib olib yalashadi” Farmon bibi “Kelinlar qo‘zg‘aloni”
Gap chupa-chups yani xo‘roz qand haqida borayatgan edi! 🍭

3223. Janubiy Afrikani-Durban shahrida har yili a’nanaviy marafon yugurushlari bo’lib o’tadi! Bundan 5 yil ilgari Koko Djons ismli marafonchi musobaqada g’olib bo’lib, keyin musobaqadan chetlashtirildi. Bunga sabab u marafon paytida egizak ukasidan ham foydalangan. Ularni ajratish juda qiyin bo’lishiga qaramay, marafon paytidagi video takrorlarda kommissiya a’zolariga Sandiqcha ichidagi predmet yordam beradi. Diqqat savol – sandiqcha ichidagi predmetni Aniq yozib bering?
Javob – Qo’l Soati! Soat javobi qabul qilinmaydi! Aka-ukalar soatlarni o’ng va chap qo’llariga taqib olishganligi komissiya a’zolariga yolg’onni fosh qilishga yordam bergan.

3224. Ular shunday kasb egalariki boshqalarga yordam beradi lekin o‘zlarini hech qachon tushunolmaydilar va kamchilik qidirib yuradilar. Bular qanday kasb egalari?
Javob: Psixolog

3225. 2006 yil 26 oktabrda Ozodlik haykalining 120 yilligi munosabati bilan «Nyu York times» gazetasi «29, lekin hamon mag‘rur» deb nomlangan maqola chop etadi. Savol: 29 nimani anglatadi?
Javob: Kimyoviy elementlar jadvalida 29-element mis. Ozodlik haykali misdan yasalgan

3226. Rossiyada qadim zamonlarda aynan ular bilan shug’ullanuvchi kishilar bo’lgan. X larning inson hayotida o’z o’rni bor. Ularda uchraydigan qiyinchilik va mashaqqatlar inson uchun hayot maktabi bo’la oladi. Ularning aksaryati «A» dan boshlab «Ya» da tugashini barchamiz yaxshi bilamiz. Lekin psixologlar fikriga ko’ra barcha qiyinchiliklar va sinovlar «Ya» keyin boshlanadi. Agar sizlar savoldagi barcha aiyinchiliklarni yengan bo’lsangiz, menga X ni emas, aynan A va Ya ni yozib bering?
Javob: A – bir bor ekan, bir yo’q ekan! Ya – ular uzoq va baxtli hayot kechirishibdi!
Gap ertaklar haqida borayatgan edi!

3227. Kleopatra davrida undan malikalarning sochini turmaklovchi vosita sifatida foydalanishgan ekan. Soch turmaklovchi vosita? Qiziq, qanday uni sochga yaqin keltirish mumkin, sochni turmaklash u yog’da tursin? degan hayollar aynan yapon sartaroshi mijozlaridan ham o’tgan ekan. Redyard Kiplingning mashhur asarida uni o’simlik ko’rinishida ko’rish mumkin. Sizlar menga gap nima haqida borayatganini ayting?
Javob: Olov!
Izoh: Kleopatra davrida undan soch turmaklashda foydalanishgan. Yaponiyalik Xasegava undan ilk marta o’z mijozlarida sinab ko’rgan. Mijozlari esa juda ham qo’rqishgan. Redyard Kiplingning mashhur asari «Jungli kitobi» (mauglida) olovga «Qizil gul» deb ta’rif berilgan

3228. Men mavjud emasman, meni hamma yaxshi ko’radi. Men shamol ham emasman, yomg’ir ham emasman. Men vaqt ham emas xavo ham emasman. Meni hamma biladi va kutadi. Rus tilida ham o’zbek tilida ham 6 xarf oxiri A!
Gap nima haqida ketyapti?

Javob: Ertaga завтра

3229. Haqiqiy erkaklar jamoat transportida ko‘zlarini yumib o‘tiradilar, chunki ….. ……. ……. …… – ular uchun juda og‘ir. Diqqat savol: Ushbu fikrni yumorni unutmagan holda yakunlang?
Javob: Haqiqiy erkaklar jamoat transportida ko‘zlarini yumib o‘tiradilar, chunki ayollarning tik turishini ko‘rish – ular uchun juda og‘ir!!!

3230. Ularning biri shifokor, biri yuqori lavozim egasi, biri xavaskor xonanda, yana biri “Romeo”, biri buxgalter, biri Kapitan. Gap kimlar haqida ketayotganini topgan bo‘lsangiz menga ularning otasi qanday nom bilan atalishini ayting?
Javob: A’zimsher!
Gap “Kelinlar Qo‘zg‘aloni” filmi haqida edi!

3231. U o‘zini ilk katta yutug‘ini 2009-yil Qozog‘istonda qo’lga kiritdi. Keyinchalik ko‘plab yutuqlarga erishib, ko‘pgina muxlislar qalbidan joy oladi. Qahramonimiz aytishicha, yutuqlarini o‘zi uchun eng qadrli va eng kattalarini 2012-yil O’zbekiston Chempionati va 2016 yili Janubiy Amerikada erishgan . Diqqat kutilmagan savol: Gap kim haqida ketayotganini topgan bo‘lsangiz, menga uning adashi bo’lgan boshqa bir kichik epizoddagi personaj laqabini aniq yozib bering?
Javob: Xasanboy Terminator!
Gap Xasanboy Do‘smatov haqida ketayotgan edi. Uni bizga ma’lum bo‘lgan mashhur adashi kino personaj “Kichkina Tabib” filmidagi Xasanboy edi. Ko‘pgina shumliklari uchun unga “Terminator” laqabi berilgan bo‘lsa ajabmas.

3232. Bir kuni Holms eski qadrdoni janob Sitni uyiga, bir finjon choy uchun taklif qildi. Suhbat ancha davom etdi.
Shunda Sit: bilasanni Sherlok, o’tgan yili men qo’shnimga 500 dollar qarz bergandim, endi esa na pulimni ola bilyabman, na undirib bilyapman. Aksiga tilxat ham olmagandim. Nima qilsam bo’ladi? – deb maslahat so’radi.
Sherlok kulib: sen qo’shningga xat yozgin, xatda esa aynan shunday gaplarni yozgin-deb qo’ydi, kulgusini to’xtatolmay.
Janob Sit asabiylashib: nima ustimdan kulyabsanmi, axiri bu noto’g’riku?!- deb g’azablanib ketdi.
Holms: Ex qadrdonim, asabiylashma! Qo’shning senga yozgan javob xati sen uchun tilxat bo’ladi – deya gapini tugatdi!
Diqqat savol! Sherlok xatda nima yozishni maslahat bergan?

Javob: Sherlok xatda «Mendan olgan 1000 dollar qarzingni qaytarib ber!» deb yozishini maslahat beradi! Tabiiyki shunda qo’shni qarzim 500 dollar ediku javob qaytaradi va tayyor tilxat degani!😁✌️

3233. 2014-yil Apl o’yinlaring birida Stok Sity va Vest Bromovich o’yinida Stok Sity futbolchisi Jonatan Uolters bosh bilan 3 ta gol urishga erishadi. E’tiborga molik jihati bir mavsum oldin aynan Uoltersni «qariya» deb Vest Bromvich sotib yuborgan edi. Uchrashuvning eng yaxshi o’yinchisi bo’lgan Uolters haqida bir O’zbek gazetasi maqola yozadi. Maqola esa O’zbek yozuvchisining mashhur bir asari bilan bir xil nomlanadi.
Mantiqan va unchalik chuqur o’ylamagan holda maqola nomini ayting?

Javob: «Qasoskorning oltin boshi»
Xudoyberdi To’xtaboyev

3234. Bu klubning ko’pchilikka noma’lum laqabi «yahudiylar» deb atalar ekan. Bizga ma’lum laqabilaridan biri «temirchilik sohasining tarmog’idagi bir kasb nomlari bilan ham atalishadi». Jamoa tarixini unchalik mashhur deb bo’lmaydi-yu lekin ushbu klub hozirgi kunda Yevropada o’z o’rniga ega bo’lishga intilmoqda.
Savol: Ushbu jamoaning hozirgi kundagi Liderini(yetakchi)sini ayting?

Javob: Son Hyon Min
Jamoa esa Totenham Hotspur ya’ni taqachilar laqabli

3235. Eston politsiyasi avtohavaskorlarni xavfsizlik kamaridan foydalanish zarurligiga ishontirishga qat’iy kirishadi. Bu qoidani buzib qo’lga tushgan haydovchilarga jarima o’rniga maktablardagi bir fan bo’yicha an’anaviy bir topshiriqni bajarishni shart qilib qo’yishadi. Savol: Haydovchilarga qanday shart qo’yiladi?
Javob: Haydovchilik haqida insho yozish

3236. Statistikaga ko’ra ayollar erkaklarga qaraganda ko’proq ko’zoynak taqishar ekan. Birinchidan-ayollar ko’p o’qishadi, ikkinchi-ish stollari erkaklar bo’yiga moslangan. Uchinchi sababni siz ayting?
Javob: Go’zallik. Moda uchun.

3237. Alfa va Bettani har kuni ko’rishingiz aniq.
Ular hayotimizga barcha javhalaridan chuqur joy olgan.
Qo’lingizdagi mobil telefonda ham Alfa va betta bor. Ular doim birga yonma-yon kelishadi.
Aytishlaricha ayol va erkakni ham alfa va bettaga qiyoslash mumkin. Alfa bettadan qancha oldinda bo’lsa unda qiymati shuncha past bo’ladi. Agar Betta alfadan oldinda bo’lsa esa unda qadr qimmati baland bo’lishi aniq.Shu jumladan bu holatni quyidagicha izohlash mumkin.Ayol oilada bosh bo’lsa unda bu oilaning qadr qimmati baribir past bo’ladi. Agarda erkak oilada yetakchi bo’lsa unda bu oilaning farovonligi taminlanadi !
Savol alfa va bettani aniq ayting ?

Javob: ALFA – 0⃣(nol)
BETTA – 1⃣(bir)
Izoh»:01 qiymati past !
10 bu esa yuqori qiymat !
01 bu barcha texnikalarning uchirib yoqish funksiyasining belgisi hisoblanadi.

3238. Yaqinda bir ish bilan Rishton tumaniga borgandim. U yerda bir sulolaviy kulolchilik maktabiga kirdim va ustaga bergan birinchi savolim shogird tanlash haqida bo‘ldi. U kishi menga quyidagicha javob berdi;
«Shogird tanlashga juda katta ahamiyat beramiz. Avvalo Ulardagi insoniy sifat va ishdan qochmaslikga alohida e’tibor beramiz. Ko‘pincha 5-6 shogirdni o‘zini 40-45 daqiqaga yolg‘iz qoldirib ketamiz va kelib shogirdlardagi unga e’tibor beramiz. Agar qaysi bir shogirdda uni aniqlamasak shu zahoti ketkazib yuboramiz. Buni bilib qolgan ba’zi bir shogirdlar esa yoz kunlari nimanidur bahona qilib 5-10 daqiqaga hovliga chiqib kelar va bir ayyorlikka qo‘l urish holatlarini ham ko‘rganmiz
Siz menga usta shogirdlarda nimani aniqlaganini yozib aniq yozib bering?

Javob: Terlagan yoki terlamaganini. Ular terlamagan shogirdlarni ishdan qochib u qadar shasht bilan ishlamaydi deb hisoblarkan. Ayyor shogirdlar esa yoz kunlari quyoshda 5-10 daqiqa turib terlab kelar ekan)

3239. Turkiyada sovchilik a’nanalari juda qiziq. Ular qiz uyiga «choy ichish bahonasida» mehmonga borishadi. Masalan ko’pi bir yoki ikkinchi tashrifda hal bo’ladi. Diqqat kutilmagan savol: Sovchilar o’zlari bilan nima olib kelishlari kerak bo’lgan?
Javob: Quruq choy!
Xonadon egalari sovchilarga turli xil choylar orqali o’z javoblarini bildirishgan. Sovchilar o’zlari bilan choy olib yurishgan va masala hal bo’lgandagi keyin xonadon egalari damlab bergan choylari o’rnini to’ldirib ketishgan!

3240. Ko’pchilik bu davlatlar o’rtasidagi chegarani
katta deb o’ylaydi, aslida bu 2 davlat chegaralari orasidagi masofa Enflid va Guddison stadionlari orasidagi masofaga teng. Yordam tariqasida shuni ayta olaman ular poytaxtlari orasidagi masofa rostdan ham juda uzoq.
Diqqat savol. Bu kki davlatni topib bering?

Javob: Amerika Qo’shma Shtatlari va Rossiya. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/3345?comment=3989)

3241. Yig’ilgan narsalardan temir parchalarini ikki tog’ orasiga soldirdi va ularni ko’mir va o’tinlar bilan ihota qilishlarini buyurdi. O’zi esa o’tinlarga olov yoqib yubordi. Temir va mislar erib, ikki tog’ orasida mustahkam devor hosil qildi. Bu devorning silliqligidan Ya’juj-Ma’jujlar unga chiqish uchun tirmashsalar, sirpanib ketar, teshmoqchi bo’lsalar, mustahkamligidan tesha olmas edilar. Bu ishni qaysi shaxs qildirtirgan?
Javob: Zulqarnayn.
(Zulqarnayn haqda Kahf surasidagi 83-95-oyatlarida bayon qilingan)
Tarixda Iskandar al-Makduniy sharq va g’arb o’lkalari bosib, al-Munzir ibn Moissamo Rumliklarga qarshi kurashib ikki kokilini o’rab, peshanasiga tushurib yurganligi uchun ular Zulqaynayn laqabi berilgan.

3242. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar: «Payg’ambar (alayhissalom) aytdilar: «Sizlarga qiyomat kunida ummatimning eng afzalini kimligini bildiraymi?» «Ha, yo Rasululloh!» deyishdi sahobalar. Shunda Rasululloh (sollalohu alayhi va sallam): «Ular SHULARDIR … » dedilar. SHULAR kimlar?
Javob: Quron O’quvchilar

3243. Jahon CHempionati saralash terma jamoamizni muhim o’yin kutib turgan edi. O’yin boshlanishidan oldin jurnalist yonidagi odamga savol berayabdi “nima deb o’ylaysiz hisob bugungi kunga mos bolib qolmas ekanmi”? Diqqat savol: Sizlar menga o’yin o’tkazilgan yil, oy, kunni aniq yozib bering?
Javob: 11.11.2011. 11-noyabr 2011-yil KXDR ga qarshi o’yindan oldin.

3244. Ma’lumotlarga qaraganda AQShdagi X lar soni MacDonalds ning dunyo bo’yicha oshxonalari sonidan ko’p ekan.
Diqqat savol: X ni toping?

Javob: Kutubxona

3245. Shoir Faxriyor she’ri:
Xiyonat qilolmas hech kim unchalik
Go’yo do’stlik bo’lib tuyular dushmanliklari
Qirq gazli shamshir bilan ham
Kesib bo’lmas uning boshini
Darvoqe, uning boshi yo’q
Unga bosh bermagan qizg’anchiq egam
Qup-quruq tanadan iborat uning jussasi
Savol: she’rda nima tasvirlangan?

Javob: Pul

3246. Kimdir X ni -fazo bilan tenglashtiradi. Kimdir-Bermurd uchburchagi bilan. Yana kimdir, X ni «Google» deydi. Bir ayol X ni erkaklarning illyuziyasi qabri deb aytgan.
Diqqat savol: X-ni toping?

Javob: Ayollar sumkasi

3247. Malay xalqi(Malayziya)da shunday bir afsona bor.
Afsonaga ko‘ra U dastlab inson bo‘lgan va qishloqda yashagan.
Bir kuni U o‘tin qirqish uchun o‘rmonga ketadi va o‘sha yerda uzoq vaqt qolib ketadi.
Savol: Biz «U shaxs»ni qanday atashimizni aniq ayting?

Javob: Orangutan

3248. Ko’pgina xalqlar X ni farovonlik ramzi deb hisoblashadi. Ba’zi davlatlarda esa o’z bolalarini tashlab ketadigan onalarni aynan X deb atashar ekan. X haqida juda ham ko’plab afsonalar bor. «Ну Погоди» multfilmida ham u bilan bog’lik epizod bor . Diqqat savol: X ni aniq yozib bering?
Javob: O’z bolalarini tashlab ketadigan onalarni, o’z tuxumlarini o’zgalar iniga tashlab ketadiganlarni KAKKU deb atashadi!
Aniq javob Kakku qushi!

3249. Bu ingliz xonasiga qamalib olib o‘z kasalligi ustida ish olib borar va bir kun kelib tuzalib ketishiga qattiq ishonar edi. Yangi kelgan uy bekasiga 10-12 mertlarcha masofada turib qo’liga bir nechta rangli qalamlar bilan rangli qog‘ozlarga raqam yozishini va qog‘ozlarni “nomlashi”ni aytadi. Bir necha yillik tajribadan keyin bu kasallikni davolab bo‘lmasligini bilgach taqdirga tan berishga majbur bo‘ladi. Savol: Siz qaysi kasallik yaralish tarixini o‘qidingiz?
Javob: Daltonizm
Djon Dalton antiqa kasallik deya ta’riflagan bu xastalikni davolash uchun ancha kurashadi. Uy bekasiga rangli qog‘ozlarni berib qaysi rangdagi qog‘ozga qaysi rangdagi qalam bilan chizganini aytishini va bu ish bilan kuniga 2-3 marta muntazam mashq qilib turishini aytadi. Davolab bo‘lmaydigan kasallik ekanligini bilgach “Men boshqalar kabi Dunyo go‘zalligidan yetarlicha bahra ola olmadim!” deb o‘z nomi bilan “Daltonizm” kasalligini asoschisiga aylanadi.

3250. Jaloliddin Rumiy:
Kichik ko‘lda uch baliq yashardi. Bir kuni bu yerga odamlar kelishdi. Baliqlarni ko‘rib:
-Borib to‘rlarni olib kelaylik, bu baliqlarni tutaylik, deb qaytib ketishdi.
Buni sezgan baliqlardan eng aqllisi vaqt o‘tkazmay, dengizga tomon yo‘l oldi. Qolgan ikki baliq esa uni masxara qildi.
-Hoy aqlsiz, sen yo‘lning yarmiga bormasdan o‘lib ketasan. Yaxshisi, bu niyatingdan voz kech, deyishdi.
Biroq baliq ularga quloq solmadi, ming bir mashaqqat bilan dengizga yetib, qutuldi.
Ko‘p o‘tmay, to‘rlarini olib baliqchilar kelishdi va qolgan ikki baliqning ortiga tushishdi. Qolgan ikki baliqdan biri tovada qovurilgan, ammo ikkinchisi qutulib qolgan. Ikkinchi baliq aynan qanday tadbir bilan omon qolganini yozib bering?

Javob: O’zini o’lganga solgan.
Izoh: Ikkinchi baliq: «Agar o‘zimni o‘lganga solsam, qutulaman», dedi o‘ziga o‘zi. Qornini yuqoriga qilib tek yotdi, hech qimirlamadi. Baliqchilar uni ko‘rishib: «Naqadar chiroyli baliq ekan, afsus, o‘libdi», deya olib, chetga otib yuborishdi. Baliq esa asta-sekin suvga yetdi, ovloq bir joyga yashirindi. Manba: («Masnaviyi ma’naviy» 4-jild, 2202-bayt)

3251. Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim X ni jamoat bilan o’qisa, huddi kechaning yarmini ibodat bilan bedor o’tkazgandek bo’ladi. Kim Y ni jamoat bilan o’qisa, huddi kechaning hammasini namoz o’qib o’tkazgandek bo’ladi», deyayotganlarini eshitim».
Muslim rivoyat qilgan.
X va Y ni toping?

Javob: X-xufton namozi
Y-Bomdod namozi

3252. Shvetsariyada ularning chekuvchilar va chekmaydiganlar uchun alohidalarini ko’rish mumkin. 2012-yil esa Rossiya ulardan voz kechganini ma’lum qildi. Amerikada esa ular hali ham xalq uchun kerak, xalq ulardan hali ham foydalanishni kanda qilmaydi. Angliyaning bir gazetasida: «Angliya X dan voz kechishi kerak! X larni tozalash va kamchiliklarini tuzatishga sarflanadigan pullar, ular keltiradigan foydadan ancha qimmat!» – ma’nosidagi maqolani uchratish mumkin! Xalq esa bunga norozi. Diqqat savol, sizlar gap nima haqida ketayatganini topgan bo’lsangiz, menga X ni o’ziga vaqtinchalik uy qilib olgan, rus multfilm qahramonini ayting?
Javob: Cheburashka
Gap telefon butkalari haqida boryatgandi!

3253. Taqdir va undan qochib qutula olmaslik. Inson hayoti ustidan xukmronlik qiladigan fojea. Bo’lishi kerak bo’lmagan, lekin sodir bo’lgan X lik. Kichik shaharcha katta fojea uchun ko’prik vazifasini o’tab beradi. Inson o’limga mahkum qilingan, atrofda hamma bundan xabardor va uni o’lishini bilishadi. Hech kim bu o’lim sodir bo’lishini istamaydi, eng avvalo bo’lg’usi X lar. X lar ularni to’xtatib qolishlari uchun hamma narsa qiladilar. Ammo, endi voqealar rivojini orqaga qaytarib bo’lmas edi. Diqqat savol: Siz menga X ni emas, balkim ushbu epitet qaysi asardan olinganini aniq yozib bering?
Javob: Oshkora Qotillik qissasi. Gabriel Garsiya Markes.
X – qotil

3254. Bu sayohatchi ko‘p joylarda bo‘lgan. Ko‘pgina odamlardan o‘z “saxiy”ligini ayamagan, Xatto bir necha bor o‘limdan ham qolgan. Bir nimalarni rejalashtirib katta omborxonaga «o‘t» qo‘ygani ham ma’lum. Sayohati davomida bir “tulpor”ni ham gumdon qilgan, eng yaqin do‘stini esa xona vayron qilgan Diqqat kutilmagan savol: Sizlar gap qaysi sayohatchi haqida ketayatganini topgan bo’lsangiz, menga u ijro etishni yoqtirgan mashhur qo’shiqning ilk bandining boshini yozib bering. (Qo’shiq nomiyam qabul)?
Javob: Daryo toshqin, suvlar to’lqin. O’tolmayman yor-yor!
Otim – oriq, manzilimga yetolmayman, yor-yor!
Gap shum bola filmi haqida edi.

3255. Yangi ishlarni dushanba yoki yangi yildan boshlamoqchi bo‘lganlarga maslahat: 2018 yil……Diqqat savol – Maslahatni mazmunan to’g’ri yakunlab yozib bering?
Javob: 2018 yil, 1 yanvar Dushanba kuni

3256. Yapon xalqi maqoliga ko’ra «Agar sen raqib sarkardasini (genaralni) o’ldirishni xohlasang, oldin X ni o’ldir! Yordam berib aytishim mumkinki X orqali bir ulkan, yengilmas «davlat» ishg’ol qilinganini inobatga olib, sizlar menga X nimaligini ayting?
Javob: Agar sen raqib sarkardasini o’ldirishni xohlasang, oldin uning OTini o’ldir!
Izox: Ulkan Troya davlati esa sovg’a oti tufayli ishg’ol qilingani barchamizga ma’lum!

3257. Hadislarda X ni jannatda ham uchratish mumkin deyilgan. X «bolasi» Mesopotamiya davrida uy joylarni tiklashda poydevor (fundament) vazifasini bajargan. Turk latifasini eshiting «agarda sizda sho‘rvani ichish uchun hech narsangiz bo‘lmasa X ni bolasini teng ikkiga bo‘ling.» Savol oddiy menga X ni toping?
Javob: Xurmo
Mesopotamiyada ko‘pgina uylarning fundamenti xurmo danagidan tashkil topgan. Ular poydevor va devorlar mustahkam bo‘lishi uchun poydevor ko’rishmalariga (shuningdek loylarga) xurmo danagini ko‘shishgan. «Agar sizda sho‘rvani ichish uchun hech narsangiz bo‘lmasa xurmo danagini ikkiga bo‘ling kichkina bo‘lsada qoshig’ingiz bo‘ladi» Rostdan ham xurmo danagini ikkiga bo‘lib qoshiqni ko‘rishingiz mumkin. Menimcha hozir oramizda ko‘pchilik buni sinab ko‘rishdi

3258. Uning hozirgacha 1500 xil ko’rinishi aniqlangan. Sibirda undan pul o’rnida foydalanishgani haqidagi ma’lumotlarni ko’rish mumkin. Raqamlarga qiziquvchilarning fikriga ko’ra esa, 1 soniyada undan 2 millionga yaqin odam «foydalanar», istemol qilar ekan! Osiyoning bir mamlakatida bo’lib o’tgan auksionda uning 100 grammi, 68 ming dollarga baholangan ekan. Diqqat savol agar sizlar gap nima haqida borayatganini topgan bo’lsangiz menga, bir o’zbek filmida undan «foydalanishlarini» kesatib aytgan mashhur iborani ayting?
Javob: Choy, choy, choy, buncha ko’p choy ichishadi bular!
Izoh: Gap choy haqida ketayatgandi!

3259. Qozoq xalq maqoliga ko’ra birinchi boylik – bu sog’lik, ikkinchi boylik – oila, uchinchi boylik esa – aynan u dir! Sizlar menga qozoq xalqidan kelib chiqqan holda uchinchi boylik nimaligi ayting?
Javob: Chorvachilik. Chorva mollari

3260. 2016- yil yozida Amerikada
ochilishi bo’lgan va vandallar hujumiga uchragan, ushbu haykal haqida yaqinda bir jurnal: «Xa to’g’ri u san’atni tushunmaydigan hujumiga uchradi, lekin xatto vandallar ham undan X va Y ayira olmadi!» – degan ma’nodagi antiqa maqola chop etirdi! Sizga yordam berib aytishim mumkinki bu haykalning Amerikada aynan bunday hujumga uchragani juda ham kutilmagan holat. Diqqat savol sizlar, gap qanday haykal haqida borayatganini topgan bo’lsangiz, menga maqoladagi X va Y ni aniq yozib bering?

Javob: Messining oyoqlari va futbol to’pi!
Gap Leo Messining Bruenos-Ayresdagi haykali haqida bormoqda!

3261. Venidik Yefroyeyevning «Moskva-Petushki» poemasini o’qinganmisiz? Bu asar Venedikning mashhur asarlaridan biri hisoblanadi. Poema syujetida qisqacha qilib aytganda intelektual, aqlli aroqxo’r Venya haqidagi voqealarni ko’rish mumkin. Bu poema kitob ko’rinishiga keltirib, ilk marta ommaga taqdim etilganda Venedekning iltimosiga ko’ra kitob narxi aynan X ning narxi bilan teng holda baholanib, sotilgan ekan! Diqqat savol kitobning narxi aynan nima bilan bir xilda narxda sotuvga chiqarilgan?
Javob: Bir shisha aroq narxi bilan teng narxda!

3262. A. Chexovning u nomli hikoyasini ko’rish mumkin. Jyul Vern o’zining bir romanida uning amerikancha turi haqidagi ma’lumotlarni bor. Uning ilk ko’rinishini risarlar ijrosida ko’rish mumkin. Agar sizlar gap nima haqida borayatganini topgan bo’lsangiz, menga uning eng mashhuri bizda aynan qayerda bo’lib o’tganligini ayting?
Javob: Chinor ostida! (Chinor ostidagi duel)
Gap duel haqida bormoqda!

3263. Frans Shubert, mashhur Avstriyalik kompozitor. O’zining qisqa umri davomida juda ham ko’plab asarlar yaratgan. Balki yana ko’proq umr ko’rganda musiqa xazinasina yana ham boyitib ketishiga shubha yo’q edi! Shubert hayotda qiynalib yashagani sir emas. Masalan uning o’sha davrda mablag’ tomonidan ancha qiynalib yashaganini ko’rish mumkin! Shubert shu darajada mablag’ tomondan qiynalgan ekanki, xatto X ni sotib olishga ham puli bo’lmagan vaqtlar bo’lgan ekan. Diqqat savoldan uzoqlashmagan holda menga X nimaligi ayting?
Javob: Nota varoqlari, qog’ozi!

3264. Uning taxallusi u bilan yovuz hazil qilgan desak adashmaymiz. Bosqinchilar madaniyatini yuqori baholab, undan oʻrnak olishga chaqirgan bu inson haqidagi ma’lumotlarda koʻp narsa noaniq boʻlib qolmoqda. Jumladan u aynan qanday sabab bilan Vatanini tark etgani haligacha noma’lum. Ba’zi taxminlarga koʻra u josuslik vazifasini o’tash uchun chet elga jo’natilgan. Agar siz kim haqida so’z ketayotganini anglagan boʻlsangiz, uning eng mashhur murojaati kimga qaratilganini ayting?
Javob: Sayyod, Ovchi.
Gap mashxur O’zbek shoiri va mutafakkiri Zokirjon Xolmuhammad o’gli Furqat xaqida ketmoqda edi. Uning mashxur murojati Sayding qo’yaber Sayyod – edi.

3265. Uni eng antiqa turlarini Erkyual Puaroda ko’rishimiz mumkin. Uni primitiv (oddiy) va qimmatbaxo aksessuar turlari bor. Shu narsa tufayli mudxish jinoyat bo’lganlagi ko’pchilikga ayon. Diqqat savol – gap nima haqida ketmoqda?
Javob – Ro’molcha, qo’l ro’molcha.
Mudxish xodisa – Otelloni ro’molcha tufayli Dezdemonani bug’ib o’ldirishi!

3266. Zahiradagi dengiz zobiti Maykl Klepp, oʻz oilasi tarixini oʻrganish davomida, buvisining eski yozuvlari orasida L’yej yaqinida tugʻilib oʻsgan va keyinchalik Torkvey shaharchasida qochoq sifatida yashagan sobiq jandarm Jak-Jozef Amuar haqida ma’lumot topadi. U 1858 yilda tug’ilgan boʻlib, 1915 yil 6 yanvarda xayriya kechasida bir yosh xonim bilan tanishadi.
Biz sizdan Jak-Jozef Amuar haqida yana nimalar bilasiz deb so’ramoqchi emasmiz, siz bizga u 1915 yil 6 yanvarda tanishgan yosh xonimning ismini yozib bering?

Javob: Agata Kristi.
Jak-Jozef Amuar Erkyul Puaroning prototipi deya hisoblanadi.

3267. Yaqinda BAA ni 24/7 ro’znomasida Dubay bosh muftiysini yangi fatvosi e’lon qilindi. Bu fatvoga ko’ra ayol eri bilan bog’lik bir ishni erini ruxsatisiz qilish taqiqlanadi. Aslida bu ish ko’plab oilalardagi nizoga sabab bo’ladi. Diqqat savol: Nima ishligini aniq yozib bering?
Javob – Bu ish Erini ruxsatisiz uning telefonini tekshirish. Aynan shu kabi ishlar tufayli oilada nizolar kelib chiqmoqda. Javob bilan rasm ilova qilinadi!

3268. U «aylanada» birinchi bo’lib o’z millatini milliy atributi bo’lgan bosh kiyimda chiqdi. U juda ham oddiy, tarbiyali inson. Lekin o’z ishini ustasi ekanligini dastlab o’z-mamlakati so’ngra Qozog’iston, Rossiya, Germaniya va AQSH da nomoyish etmoqda. U har safar ishini «+5» baxoga yakunlab o’zini milliy bayrog’i va milliy atributini ommaga taqdim etadi. Osiyo tarixini bilgan xorijlik insonlar uni ismini eshitib Hind diyoridan deb o’ylashadi, aslida esa bunday emas! Diqqat savol: Gap kim haqida ketmoqda?
Javob: Gap O’zbekistonlik professional bokschi Shoxjaxon Ergashev haqida ketmoqda.

3269. O’zbekistonda ko’proq issiq taom va choyni xush ko’rishadi. Bu o’ziga xos a’nana. Masalan Paragvayda milliy choy “Mate” – sovuq holda uzatiladi. Shunigdek sizlarga ruslarning “Okroshka”, tojiklarni “Chalob”, koreyslarni “Kuksi” degan sovuq xolda tayyorlanadigan taomlari ham tanish. Diqqat qisqa savol: Inglizlardachi?
Javob: Qasos. Inglizlarda shunday ibora bor: “Qasos – bu sovuq holda beriladigan taom!!”.

3270. Atoqli shoirimiz she’ri:
Yomg’irlar quyadi. Qor o’tar yog’ib…
Men-chi, topganim yo’q, hanuz, yupanch so’z.
Shahar o’rtasida falakka boqib,
Kiprik qoqmay yotar, Umidvor bir ko’z.
Savol, she’r nomini yoki she’r kimlarga bag’ishlanganligini aniq ayting?

JAVOB: Bu Usmon Azimning «Stadion» nomli she’ri, u Paxtakorning halok bo’lgan futbolchilari xotirasiga bag’ishlangan!

3271. Beshik to’yida bolani beshikka belashda yostiq ostiga Farg’onada kulcha, tuz, pichoq va “U”ni, Surxandaryoda taroq va “U”ni, Toshkentda pichoq, qalampir va “U”ni qo’yishgan. Non – rizq, nasiba, insonning doimiy yo’ldoshi, Pichoq – pichoqday o’tkir bo’lsin degan niyatdi. Savol, men sizdan “U”ni nimaligini so’ramayman siz menga “U”ni qanday ramziy ma’noda ishlatishlarini ayting?
JAVOB: Oynadek (hayot yo’li) tiniq bo’lsin, degan ramziy ma’noda OYNA qo’yishadi.

3272. Turk xalqi maqoliga ko’ra dunyoda nechta musulmon xalqi bo’lsa uning ham shuncha ko’rinishi bor! O’zbek xalqining u haqidagi fikriga ko’ra esa: boy odamning uyida uni har kuni ko’rish mumkin, kambag’alning uyida ham, faqat bayram va xursandchilik kunlari! Sizlar menga gap nima haqida ketayatganini topgan bo’lsangiz, menga Kelinlar qo’zg’oloni spektaklida uni qanday turi orzu sifatida tilga olinishini ayting?
Javob: Yangi, svejiy go’shtdan palov yeyish! Gap palov, osh haqida bormoqda!

3273. O.Genrining «Darddoshlar» asari asosida olingan sovet filmini ko’pchilik tomosha qilgan. Unda noqulay vaziyatda uchrashib qolgan 2 odam bod kasalidan aziyat chekishardi va uning davosi haqida uzoq suhbat qurishadi. Suhbat ularda do’stona munosabat uyg’otgandi. O.Genri asarlari tarjimasi bilan shug’ullangan atoqli adibimiz esa «Darddoshlar» asaridan ilhomlanib o’zi bir asar yozgan. Lekin,bu asar katta ijtimoiy va davr muammolarini qamrab olgan. Bu qaysi asar?
JAVOB: G’ofur G’ulomning «Mening o’grigina bolam» hikoyasi. Hikoyada ham o’gri va uy egasi o’z dardlarini bayon etishgan

3274. Esonberdiev, o’sha g’uddaygan «Esonberdiev-hukumat», Boysun tarixidagi battol milisa, iste’foga chiqqach, Qo’rg’onchadagi nafasi o’tkir mulladan bir oy eskicha saboq olib, dastor o’rab qaytibdi, hozir xatmi Qur’onu chilyosingacha usiz o’tmas emish («Bir kuni xudoyiga ketayotib boshida salla, qo’lida aso, X oldidan o’tayotganda. Diqqat savol : X ni toping va Esonberdiev X oldidan o’tayotganda qanday kulguli ish qilib yuborganini aniq yozib bering?
Javob: X- Milisaxona. («Bir kuni xudoyiga ketayotib boshida salla, qo’lida aso, milisaxona oldidan o’tganda chest berib yuboribdi» :+) Erkin A’zamning “Anoyining jaydari olmasi” hikoyasidan.

3275. Inson hayoti uchun xavfli dozalar ro’yxati:
1. Alkogol – o’lim dozasi – 3 butilka aroq birdaniga ichilsa
2. Polivitaminlar – o’lim dozasi – 5000 tabletkalar 1 sutkada
3. Quyosh – o’lim dozasi – 8 soat jazirama quyoshda
4. Nikotin –o’lim dozasi – 94 ta sigaret to’xtamay chekilsa
5. X – o’lim dozasi – 250 gramm birdaniga yeganda
6. Kofein – o’lim dozasi – 150 espresso to’xtamay ichilsa
7. Elektr toki – 0,1 amper
Diqqat savol: X ni aniq topib yozib bering?

Javob: Tuz

3276. X oldin qo‘l bilan tezda o‘z joyiga qo‘yilar va olinar edi. Hozirgi kuzatishlarim natijasi shundan dalolat beradiki, X turadigan joyidan olib-qo’yiladigan konstruksiya shaklida yasalgan bo’lib, bir harakat bilan joyiga qo’yish va olish mumkin. X ni “Oskar” nominatsiyasiga sazovor bo’lgan filmda salbiy sababchi element sifatida qayd etilganini eslatishim mumkin! Diqqat X ni aniq yozib bering?
Javob: Ringdagi stul, Boksyorlar stuli. Film esa “Millionga teng qizaloq”. Kuzatlarim natijasi Rio 2016 Olimpiadasini Boks musobaqalari.

3277. Aslida qadimdan ma’lum bo’lgan «u», ayniqsa, quvonchli kunlarda bizga «yordamchi» hisoblanadi. Turli millatlarga mansub bo’lsada, uning fransuzcha nomini hamma biladi. «Quvvatimizni qayta tiklash»ga ko’maklashuvchi «u» ni ayting?
Javob: Restoran. Ilk bor bu so’z Bulanje tomonidan ishlatilgan bo’lib, u o’zining yemakxonasini reklama qilish uchun «Bizlarga kelinglar, quvvatiningizni qayta tiklaymiz» deb yozgan ekan (fransuzchadan «restore»-«qayta tiklamoq»).

3278. Bir kuni uch kishi birin ketin Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzuriga kelib bu ishni qilishibdi. Birinchisi 2 soʻzda, ikkinchisi 4 soʻzda, va ohirgisi 6 soʻzda bajaribdi. Rasululloh esa 2 soʻzligiga 10 ta, 4 taligiga 20 ta va nihoyat 6 taligiga 30 ta savob deb aytgan ekanlar.
Savol bu qanday ish?

Javob: -Assalomu Aleykum
-Assalomu Aleykum va Rohmatulloh
-Assalomu aleykum va Rohmatullohu va Borakatuhu

3279. 1936-yilgi Germaniyaning Garmish-Partenkirxen shahrida o‘tgan qishgi olimpiadasini ushbu inson o‘z nutqi bilan ochib bergandi. Kim?
Javob: Adolf Gitler

3280. Bir necha yil oldingi o’yin
Bundesliga doirasidagi Augsburg-Bavariya o’yini Eron televideniyesi orqali efir qilinishi rejalashtirilgan edi. Ammo ma’lum sabablar tufayli bu o’yin efirdan olib tashlandi.
Savol. Bu o’yinning efirdan olinishiga sabab, yoki sababchini ayting?

Javob: Hakam ayol kishi bo’lgan

3281. Yarim hazil haqiqatga ko’ra, Aleksandr Makedonskiy qo’shini O’rta Osiyoga yurishi vaqtida X sabab boshpanasiz qolgan ekan. X ni toping?
JAVOB: Amudaryo
Izoh: Amudaryodan o’tish yo’lini uzoq o’ylagan Iskandar, oxiri, askarlari chodir uchun ishlatadigan terilarni yig’dirib,ularni ichiga quruq somon to’ldirtiradi va ularni birlashtirib daryoni kesib o’tadi.

3282. Bir necha yil oldingi o’yin
Bundesliga doirasidagi Augsburg-Bavariya o’yini Eron televideniyesi orqali efir qilinishi rejalashtirilgan edi. Ammo ma’lum sabablar tufayli bu o’yin efirdan olib tashlandi.
Savol. Bu o’yinning efirdan olinishiga sabab, yoki sababchini ayting?

Javob: Hakam ayol kishi bo’lgan

3283. Yarim hazil haqiqatga ko’ra, Aleksandr Makedonskiy qo’shini O’rta Osiyoga yurishi vaqtida X sabab boshpanasiz qolgan ekan. X ni toping?
JAVOB: Amudaryo
Izoh: Amudaryodan o’tish yo’lini uzoq o’ylagan Iskandar, oxiri, askarlari chodir uchun ishlatadigan terilarni yig’dirib,ularni ichiga quruq somon to’ldirtiradi va ularni birlashtirib daryoni kesib o’tadi.

3284. Yevropa davlatlarining birida mana bu ko’rinishdagi antiqa stullardan foydalanilar ekan. Odatda bu stullar uyning balkon qismiga qoʻyiladi. Eng qiziq tomoni shundaki bu stullar odamlar oʻtirishi uchun moʻljallanmagan ekan. Demak savol quyidagicha: Bu stullarni asosiy vazifasini yozib bering?

Javob: Antena uchun

3285. Mashhur Dinamoni hammamiz bilsak kerak.Ha u siz o’ylagan dunyo tan olgan ko’zboylag’ich.
U doimgidek mashhur tryuklarini xalqqa ko’rsatib bo’lib bir gapni aytadi:- «biz fokuschilar doim «U»nga tayanib tryuklarimizni amalga oshiramiz va aynan U dunyodagi barcha fikrlarga bog’ich,tayanch bo’la oladigan tushunchadir.Agar u bo’lmasa edi milliardlab aholi bizni tan olmas edi.
Diqqat Savol Dinamo «U» deb nimani nazarda tutgan?

Javob: Ishonch

3286. Qadimdan Yaponiyada Uni shaytondan paydo bo’ladi deb hisoblashgan.
Shuning uchun «Tsikadaning ko’z yoshlari», «Shaffl» kabi animelarda UNI albatta o’ldirish kerakligi ta’kidlanadi.
Vin Dizel, Skarlet Yoxansson, yoki Vasiliy Berezutskiyni bemalol U deb aytishimiz mumkin.
Diqqat savol. Uni ikki so’z bilan ayting?

Javob: Egizaklardan biri

3287. Zlatan «PSG»ga o’tgan vaqtidagi intervyusidan:
«Men shu yerdaman, demak odamlarning Parijda Undan tashqari tomosha qilishlari uchun yana bir inson bor deb o‘ylayman».

Diqqat Savol: Kimdan tashqari?
Javob: Mona Liza

3288. Shoh Parviz sarkardasi Bahrom cho’binni juda yaxshi ko’rar edi. Bir kun Bahrom cho’bin Parvizdan beso’roq qulini jazolaydi va bu Parvizni juda g’azablantiradi. U Bahromni yoniga chaqirib, 500 qilichdan eng yaxshi 2 tasini saralab olishini buyuradi. So’ngra, BU ISHNI qilishni buyuradi. Bahrom xatosini tushunib, o’ziga katta dars oladi.
BU ISH o’rnidagi so’zlarni toping?

JAVOB: Bitta gʻilofga tiqish

3289. 2013-yilgi ro’yhatga diqqat qiling:
1)Kiribati
2)Angliya
3)Niue
4)Palau
5)Dominika
6)Sharqiy Timor
7)Lixtenshteyn
8)Montserrat
9)Moldova Respublikasi
10)Sent-Vinsent va Grenadina
Yuqorida nomlari ba’zilar uchun notanish bo’lgan davlatlar keltirilgan. Bu davlatlarni butun dunyoda davlat iqtisodi rivoji va dunyoga tanilishi uchun bir islohotning eng quyi bosqichidagi davlatlar desak adashmaymiz.
Bu islohotni hozirda O’zbekistonda eng oliy ko’rinishi xaritadan qaraganda chap qo’ldagi hududlarda ko’p kuzatiladi.
Diqqat savol: Ro’yhat nima asosida shakllangan?

Javob: TURIZMi eng past davlatlar ro’yhati
Bu davlatlarning top-10 ga kirishiga sabab juda kam boriladigan joylar,sayyohlar ham borgan sari kamayib bormoqda.Bu sarhisobni olimlar 2013-yilda o’tkazishgan va hali hamon bular o’zgargani yoq!

3290. Toshkent ko’chalarida har yerda kichik reklama qog’ozlariga ko’zingiz tushadi: “Куплю Срочно Квартиру для себя”, “Продаю Свою собственную квартиру”,” Сдам квартиру в Чиланзаре” … Ko’p holatlarda bu kabi reklama qog’ozlari raqobatdosh uy maklerlari yoki boshqa insonlar tomonidan yirtib tashlanadi. Yaqinda kaminani bir supermarket yonidagi uncha katta bo’lmagan chiroqlar(fonar) trubalariga ustamonlik bilan yopishtirilgan reklama qog’oziga koʻzi tushdi. Bu reklama qog’ozini yopishtirishda bir kichik topqirlik qo’llanilgandi, garchi bu biroz sarfharajat bo’lsa ham!! Diqqat savol: Siz menga ushbu reklama qog’ozini yopishtirilishida qanday topqirlik qoʻllanilganini aniq yozib bering?
Javob: Reklama qog’ozlari aylanasiga to’liq skotchlangan edi!
Endi shunday reklama qogozini kuz oldingizga keltirib, uni yulib tashlash qanchalik mushkul ekanligini tasavvur qilishingiz mumkin!

3291. Buyuk Britaniyada buni supurgigul oʻsimligidan tayyorlashar va mahsulot to’liq tayyor bo’lishi uchun 80 dan ortiq ish qilinib oʻtilar ekan. Bu mahsulot bir mashhur personajga juda qadrdon boʻlib, hatto bir marta o’g’irlab ketilgan va asar nomi ham shu voqea bilan bog’liq. Diqqat savol: Gap qaysi keng yelkali mashhur personaj haqida ketmoqda?
Javob: Komissar Jyul Megre, fransuz yozuvchisi Jorj Simenonning mashhur personaji. Mahsulot – tamaki trubkasi. Asar nomi “Megre Trubkasi”.

3292. Quyidagi ro’yhatni yozib oling:
Angliya poytaxti,
Xorvatiya poytaxti,
Belorussiya poytaxti,
Tonga poytaxti,
X,
Sloveniya poytaxti,
Gonduras poytaxti. Diqqat savol: X oʻrniga Zimbabveni eski poytaxtini nomini (administrativ markazini) topib – gap nima haqida ketayotganligini aniq yozib bering?

Javob: Gap o’z nomini yozuvida notalarni aks etib turadigan poytaxtlar haqida ketmoqda edi. X – Solsberi, bu shaxar Xarareni eski nomi – poytaxt maqomiga ega bo’lgan. LonDOn, ZagREb, MInsk, NukuloaFA, SOLsberi, LyubLYAna, TeguSipalpa!!

3293. Dubaydagi Mall of Emirates Gipermarketida “Cavalli” brandi joylashgan bo’lib, peshtoqdagi brand nomi yozuvida 2 harf boshqa predmetlarga almashtirilgan. Savol: Qaysi 2 harf qanday predmetlarga almashtirilgan?
Javob: L harflari uzunroq etiklar (L harfiga o’xshash) ko’rinishiga almashtirilgan.

3294. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir narsaga qasam ichsayu, so’ngida «X» desa, batahqiq, istisno qilgan bo’ladi», dedilar».
Abu Dovud, Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilishgan. Diqqat savol X o’rnida qanday so’z berkitilgan?

Javob: «Inshaalloh» so’zi edi.
Boshqa rivoyatda: «Kim qasam ichsayu, so’ng istisno qilsa, agar hohlasa, qiladi, hohlamasa, tark etadi, qasamxo’r bo’lmaydi», deyilgan.
Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja va Ibn Hibbon rivoyat qilishgan.

3295. Bir mashhur Amerika uchuvchisi samolyotni optimistlar kashf etishgan,
pessimistlar uni kashf etishgan. Savol pessimistlar kashfiyoti nima edi?

Javob: Parashut

3295. Qadimda bir kampirning echkisini o’g’ri urib ketadi. Kampir xonga arz qilib
borsa, Xon: «E, onaxon uxlab qolibsizda,» – desa, kampir bir gap aytib xonni mot
Qiladi. Xon kampirga shu gapi uchun bir sog’in sigir berib yuboradi. Savol: kampir qanday javob bergan?

Javob: Xa, uxlab qolgan edim, ammo sizni uyg’oqsiz deb o’ylabman, xon
xazratlari.

3296. Uning asosini 4 ta gul tashkil etadi. 1 – atirgul, 2 – bodomgul, 3 – anor va 4 – qalampir gullari.
Hurmatli bilimdonlar, ular qayerda ishlatiladi?

Javob: Naqshda

3297. Dunyoda eng ko’p yolg’on gapirishga majbur bo’ladigan yoki gapiradigan kasb egalari ular ekan. A.Navoiy esa o’z asarida ularning xizmatini Vatan himoyachilari xizmatiga tenglashtirgan.
Bu qaysi kasb egalari?

Javob: Savdogar

3298. Hurmatli erkaklar shuni bilingki, ayol kishi bilan tortishmaslikning 2 ta sababi bor:
Birinchisi – madaniyatga to’g’ri kelmaydi.
Ikkinchisini esa siz menga ayting?

Javob: Ikkinchi sabab: Baribir foydasi yo’q. Befoyda

3299. Psixologlar u orqali ham kishi harakterini bemalol aniqlashgan.
Birinchisidan – yaxshi do’stlar ko’proq chiqishini aniqlashgan.
Ikkinchisidan – ortiqcha talabchan, asabi taranglar, U
chinchisidan – ko’proq rahbar va ijodkorlar,
To’rtinchisidan – ko’proq daholar, mutafakkirlar.
Hurmatli bilimdonlar, inson harakterini nimaga asoslanib aniqlaganlar?

Javob: Qon guruhlari orqali

3300. Nemis kimyogarlari Gans Tropsh va Frants Fisher 1924 yilda uglerod oksidi va vodorod aralashmasidan past bosim ostida uni sanoat miqiyosida olishning yangi usulini ochdilar. Nimaning?
Javob: Benzin