4 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Alisa mo‘jizalar olamida kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh – Mustaqillik kuni.
?? Filippin ‐ Filippin-Amerika do’stlik kuni.
?? Norvegiya – Norvegiya qirolichasi Sonjaning tug’ilgan kuni.
?? Hindiston ‐ Daraxt ekish festivali.
?? Ukraina – Milliy politsiya kuni.
?? Ukraina – Sud ekspertiza kuni.
?? Tonga ‐ Qirol Tupou VI ning tug’ilgan kuni.
?? Ruanda ‐ Ozodlik kuni.
?? Zambiya ‐ Birlik kuni.

? VOQEALAR:

  • 1054 – Toros yulduz turkumidagi o’ta yangi yulduz portlashi, uning natijasi esa Qisqichbaqa tumanligi.
  • 1631 – Parijda birinchi ish bilan ta’minlash agentligi – manzillar byurosi ochildi.
  • 1776 – Venada Albertina galereyasiga asos solindi.
  • 1776 – AQShning Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolandi.
  • 1784 – Muqaddas Rim Imperatori Iosif II Vengriya konstitutsiyasini bekor qildi va Venger tojini Vena shahriga ko’chirishni buyurdi.
  • 1832 – Sankt-Peterburg shahrida Zoologiya muzeyi tashkil etildi.
  • 1894 – monarxistlarning qarshilik ko’rsatishiga qaramay Gavayi orollarida respublika e’lon qilindi.
  • 1906 – Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya Efiopiya mustaqilligining kafolati sifatida chiqishdi.
  • 1946 – Königsberg nomi Kaliningrad deb o’zgartirildi.
  • 1946 – Filippinn mustaqilligi tan olindi.
  • 1950 – “Ozod Yevropa” radiostansiyasi efirga chiqdi.
  • 1975 – Kabo-Verde orollari Portugaliyadan mustaqillikka erishdilar.
  • 2004 – Gretsiya birinchi marta futbol bo‘yicha Yevropa chempioni bo’ldi.
  • 2012 – Yevropa yadroviy tadqiqotlar markazida yangi zarracha – Xiggs bozonining topilganligi e’lon qilindi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1546 – Murod III (1595) – Usmonli imperiyasining 12-sultoni (1574-1595).
  • 1753 – Jan-Per Fransua Blanshar (1809) – fransuz aeronavti, ilk bor havo sharida La Mansh bo‘g‘ozini uchib o‘tgan.
  • 1799 – Oskar I (1859) – Shvetsiya va Norvegiya qiroli (1844-1859).
  • 1807 – Juzeppe Garibaldi (1882) – qo’mondon, siyosatchi va inqilobchi, general, Italiyaning milliy qahramoni.
  • 1859 – Sharl Dil (1844) – fransuz tarixchisi, Vizantiya tarixi bo’yicha ko’plab asarlar muallifi.
  • 1884 – Lui Meyer (1957) – «Metro-Goldwyn-Mayer» kinokompaniyasi asoschisi.
  • 1921 – Jerar Debre (2004) – fransuz millatiga mansub amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1983).
  • 1924 – Eva Mari Seynt – amerikalik kinoaktrisa.
  • 1926 – Alfredo di Stefano (2014) – futbol tarixidagi eng yaxshi charm to‘p ustalarida biri.
  • 1927 – Jina Lollobridjida – italiyalik aktrisa.
  • 1928 – Orgen Mozer (1999) – germaniyalik, amerikalik, shveysariyalik matematik.
  • 1930 –  Frunzik Mkrtchyan – «Kavkaz asirasi», «Mimino» va boshqa ko‘plab filmlarda suratga tushgan arman aktyori.
  • 1937 – Mansur Ravshanov – aktyor, rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983).
  • 1947 – Usmonov Mirabror (2019) – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi (2013-2017) va Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti (2005-2017). 
  • 1966 – Anton Nosik (2017) – rossiyalik va isroillik startap menejeri, jurnalist, jamoat arbobi, «Runetning otalari» dan biri.
  • 1976 – Yevgeniya Medvedeva-Arbuzova – rossiyalik chang’ichi, Olimpiya o’yinlari chempioni va bronza medali sovrindori (2006).
  • 1981 – Yuliya Zimina – rossiyalik teleboshlovchi va aktrisa.
  • 1994 – Era Istrefi – kosovar qo’shiqchi va qo’shiqlar muallifi.
  • 1997 – Daniel Duyshebayev – ispaniyalik gandbolchi, ikki karra Yevropa chempioni.