44-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

4301. Xalqimizda shunday gap bor: Xattoki kundoshlar ham bir biriga qattiq tegmasin deb paxta otarkan, ammo Ular bir biriga tosh otarkan. Savol kim bir biriga tosh otadi?
Javob: ovsinlar

4302. Afinalik Galidis Onopris degan shaxs 1896 yilgi birinchi olimpiada o’yinlarida yugurish, tosh ko’tarish, kurash, sakrash musobaqalari bo’yicha 6 ta bronza medalini olgan. O’ylab qarasangiz bir biriga o’xshamagan sport turlaridan u sovrindor bo’lgan. Diqqat savol. Nega unga 4 ta qarama qarshi sport turlaridan bronza medali berilgan?
Javob: U HAKAM BO’LGAN. BIRINCHI OLIMPIADA O’YINLARIDA HAKAMLARGA HAM BRONZA MEDALLARI TOPSHIRILGAN

4303. Bir inson aytyapti: Bundan 5 yil oldin men 15 yoshda edim. Mening hozirgi yoshim 3ta ukamning yoshlari yig’indisiga teng. Diqqat savol necha yildan so’ng uning yoshi ukalari yoshlari yig’indisidan 2 marta kichik bo’ladi?
Javob: 20 yildan keyin

4304. Davolashning ko’plab usullari bor. Suv bilan davolash, tuz bilan davolash, harorat bilan davolash va hokazo. Qizig’i shundaki Siz va biz juda yaxshi biladigan u insonga esa davolashi uchun boshqa bir narsa kerak bo’lganini ko’rganmiz. Diqqat u kimligini topgan bo’lsangiz davolash uchun unga nima kerak bo’lishini toping?
Javob: Bulut.
Bu kichkina tabib filmidan edi

4305. Sherlok Holms undan juda qo’rqishini va shunga qaramay ko’p jinoyatlarning fosh qilish kaliti aynan unga borib taqalishini ta’kidlaydi. Qotilliklarda murdalarni topish va jinoyat joyida ko’p narsaga oydinlik kiritishda u asosiy manbaa bo’lgan. U 4 xil bo’lishini siz bilasiz. U nima?
Javob: Qon
Bilasiz qon guruhlari 4 xil tipda

4306. Yevropaning bir qancha davlatlarida epidemiyalardan va katta urushlardan so’ngra ma’lum muddat unga qonunan ruxsat berildi. Nimaga?
Javob: Ko’pxotinlikka. Qo’shxotinlikka

4307. Ba’zi kiyim kechak do’konlarining bir turdagi kiyimlar bo’limiga kiraverishda aynan davlat nomi yozib qo’yilgan. Bu davlat nomi aynan shu bo’limda sotiladigan kiyim turining nomiga o’xshab ketadi. Siz menga shu kiyim nomini yoki shu nom qatnashgan davlat nomini yozib bering?
Javob: Yamayka. Ямайка

4308. X bir avlodning boshqa avlodga qoldirgan ma’naviy vasiyati, nuroniy keksaning hayotga endi qadam qo‘ya boshlagan o‘smirga pand-nasihati, dam olishga otlangan soqchining navbatchilikka turgan soqchiga bergan buyrug‘idir.
X nima?

Javob: Kitob

4309. Bu ixtironi ilk kashf qilingan vaqtida atrofi shisha bilan qoplanishi va nam joyda saqlanmasligi kerak bo’lgan ekan. Chunki namlik bu ixtironi ishdan chiqarar edi. Diqqat savol bu qaysi ixtiro?
Javob: Qumsoat

4310. Yerda tangalar
Terib bo’lmaydi afsus
Muxr urgan «u»
Diqqat savol ushbu hokkuda keltirilgan «U» ni toping?

Javob: Hassa

4311. AQSHning Nevada shtati. Agar siz shtat gubernatoridan maxsus ruxsat olmasdan ….. yursangiz oz emas, ko’p emas 500 dollar jarima to’laysiz.
Diqqat savol siz qanday holatda yurganingiz uchun jarima to’laysiz?

Javob: Yalangoyoq holatda

4312. «Suyaklar» («Косты») serialining bir joyida detektiv shunday deydi: «Dunyoda ovqat tanlashga eng qiynaladiganlar X lardir».
Diqqat savol. Bu yerda X lar deganda kimlar nazarda tutilmoqda?

Javob: O‘limga hukm qilinganlar

4313. Futbolchi Abu Diabi fransiya chempionatida 35 ta o’yinni o’tkazib yuborgach, Fransiyada har yili berib boriladigan an’anaviy “Shunday to’p” sohibiga aylandi. Diqqat savol: Shunday so’zi qaysi so’z o’rnida ishlatildi?
Javob: Gipsli
Izoh: Gipsli to’p sovrini mavsum davomida jarohatlar tufayli eng ko’p match o’tkazib yuborgan o’yinchiga beriladi

4314. Kunlarning birida Genri Fordning yordamchisi Garri Bennetga “Siz Fordning istagan talabini bajarasiz. Agar u osmonni qora rangga bo’yashni buyursa ham, buni amalga oshira olasizmi?” degan savol bilan murojaat qilishadi. Bennet bu savolga ijobiy javob berar ekan, bu ishda unga bir predmet yordam berishini aytib otadi. O’sha predmetni toping?
Javob: Qora ko’zoynak

4315. O’zbek xalq maqoli:
«Saksonda savoqda, to’qsonda tovoqda»
Hozirda ko’pgina ekinlarga nisbatan ishlatish mumkin. Lekin u aslida bizda juda mashhur qadimgi bir dehqonchilik mahsuloti uchun ishlatilgan.
Savol: bu qaysi dala ekini?

Javob: Guruch

4316. Bir olimdan so’rashibdi:
-Ustingizdan kulganlarda qanday qilib chidab turasiz.
Olim esa javob beribdi:
-Nima qibdi axir bu «u ishni qilishlaridan» yaxshiroqku.
Diqqat savol. Qanday ish?

Javob: Ustimdan yig’lashlaridan yaxshiroqku

4317. Hikmatda shunday deyiladi:
Ko’p gapirish yaxshi xislat emas. Har qanday gapni gapirishdan o’zingizni tiying. Aynan shu xislat sizni bir mavjudotdan farqlanishingizni taminlaydi.
Qaysi mavjudot?

Javob: To’tiqush

4318. Bilasizlarki, futbol bahsli vaziyatlarga boydir. Hindistonning Madras shahrida futboldagi bahsli vaziyatlarda ba’zan maxsus o’rgatilgan fillar maydonga tushuriladi.
Diqqat savol: Fillarni vazifasi nimadan iborat?

Javob: Hakamni maydondan olib chiqib ketish. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/4702?comment=20097)
Izoh: ko’pincha futbolda bahsli vaziyatlarda eng qiyini hakamlarga, fillar ularni muhlislardan himoya qilib hartumlarida ko’tarib olib chiqib ketishar ekan

4319. Uni tekshirish natijasida har xil diagnozlar qo’yilgan:
Mikroxirurglar Kurte va Gippo tananing o’ng qismi atrofeyasi deb tashxis qo’ygan.
Doktor Bent Kristianson faqat yuzi falaj bo’lgan deb hisoblaydi.
Doktor Nakamura esa unda astma borligini aniqlagan.
1961-yilda Leo Valla kuchli texnologiyalar asosida tekshirib, uni – mongoloid irqiga mansub degan xulosaga kelgan.
Diqqat savol: siz menga ushbu olimlarning «mijozi»ni yozib bering?

Javob: Mona Liza

4320. Alisher Navoiy hazratlari «Mahbub ul-qulub» asarida:
U – kichik yoshlilarni kattalar duosiga sazovor etadi.
U – yoshlarni ko’zga ulug’ qilib ko’rsatadi.
U – odam tabiatiga insoniylik baxsh etadi, deb ta’rif berganlar. Hazrat Navoiy U deb nimaga ta’rif berganlar?

Javob: Odob

4321. Qadimda LYUTETSIYA deb nomlangan shahar qaysi shahar?
Javob: Parij

4322. «Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh bilan barobar» degan maqol bor. «Katta yoshda olingan bilim esa X da yozilgan bilan barobar» deyiladi.
Diqqat savol: Katta yoshda olinadigan bilim nimaga yozilgan bo’lishi mumkin?

Javob: QUMga yozilgan bilimga tenglashtiriladi.
IZOH: Katta yoshda (qarilikda) olingan bilim tez esdan chiqib ketadi. Shuning uchun katta yoshda olingan bilim qumga yozilgan bilimga tenglashtiriladi. Chunki Qum SUVga solinganda tez erib ketadi

4323. Dunyoda bir kitob juda ko’p marotaba chop etilgan. Umumiy tiraji 2 mlrddan ortiq 2000 ga yaqin tilda bosib chiqarilgan.
DIQQAT SAVOL: Bu qaysi kitob?

Javob: Injil kitobi

4324. Sadriddin Ayniy » X – afsonalar onasi, boshqa sharq mamlakatlari esa uning beshigidir»- deb ta’riflagan.
DIQQAT SAVOL: U qaysi mamlakat?

Javob: Hindiston

4325. «Uning achchig’i yurakdagi qurtni o’ldiradi bemazasi me’dani baqquvat qiladi, shirini esa semirtiradi»
DIQQAT SAVOL: Quyida nimaga ta’rif berilgan?

Javob: Qovun

4326. Alp tog’i bag’ida 7 ta davlat joylashgan. Avstriya, Italiya, Linxtenshteyn, Shvetsariya, Germaniya, Yugoslaviya va X.
DIQQAT SAVOL: 7 – davlat qaysi?

Javob: Fransiya

4327. Olimlarning aniqlashlaricha miya ham qizib ketish xususiyatiga ega ekan. Va bu kundalik hayotimizda tez tez sodir bo’ladi.
DIQQAT SAVOL: Biz miyamizni qizib ketganini qanday yoki qaysi holatda bilishimiz mumkin?

Javob: ESNAGAN holatimizdan bilishimiz mumkin.
IZOH: Esnaganimizda miyamiz sovutiladi. Ya’ni miya qizib ketganda esnar ekanmiz

4328. O’tkir Hoshimov o’zining «Sakkizinchi mo’jiza» rukni ostida bosilib chiqarilgan bitiklarida shunday yozadi:
«Dramaturgiyani adabiyot gultojisi deyishadi. Biroq menga qolsa, X ni adabiyot gultojisi degan bo’lar edim. Negaki, unda proza ham, she’riyat ham, dramaturgiya ham bor».
DIQQAT SAVOL: X deb nimani nazarda tutgan?

Javob: Romanni

4329. Duplet
1. U shunday mahluqki nima bersangiz yeydi lekin suv bersangiz o’ladi.
U nima?
2. Oq dengizda suzar yelkansiz kema
Topishmoqning javobi nima?

Javob:
1.Olov
2.Dazmol

4330. Latifalarga ko’ra, tibbiyot o’quv yurtlaridan talabalarning haydalishiga shu narsa sabab ekan. U ko’pchiligimizga yo’q. Uni o’rganish tarixiy san’at turlaridan biri hisoblanadi va xatto o’quv darslari ham o’tkaziladi.
Diqqat savol: gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Chiroyli husnixat

4331. 1407-yili Parijda qattiq sovuq bo’ladi. O’sha vaqtda yozilgan qo’lyozmalardan ma’lum bo’lishicha, bunday sovuqda xatto X ham muzlab qolgan va qiyinchilik tug’dirgan.
Diqqat savol: X nima?

Javob: Siyoh.
IZOH: o’sha vaqtdagi qo’lyozmalarda bunday sovuqda nafaqat suvlar balki siyohlar ham muzlab qoldi. Yozishga qiynalyapmiz degan yozuvlar topilgan

4332. Asalarichilar ba’zida quyidagicha fokus ko’rsatishadi: qo’llariga bir siqim asalarini olishadi va og’izlariga solib ushlab turishadi. Asalarilar ularning og’zida g’o’ng’illaganini eshitish mumkin. Bundan hech qanday zararlanish ko’rmaydilar, ya’ni asalarilar ularni chaqmaydi.
Diqqat savol: Bunda qanday sir bor?

Javob: Ular erkak asalarilardan foydalanishadi. Ularda nish bo’lmaydi

4333. Sevgida quyosh kabi bo’l. Do’stlik va qarindoshlikda oqar suv kabi bo’l. Tavozeda tuproq kabi, g’azab onida o’lik kabi bo’l. Aytingchi Jaloliddin Rumiy o’z nasihatlarida birovning aybini oshkor qilmaslikda nimaga o’xshashlikni aytganlar?
Javob: Tun kabi
IZOH: Aybni yashirishda tundan o’tadigani bo’lmasa kerak.

4334. Alfa ning vatani Chikago shahri hisoblanadi (1884-1885)
Alfa ning birinchisi paydo bo’lgandan so’ng, Chikago va Nyu York shaharlari o’zaro raqobat qilishgan. Ammo hozirda Gonkong alfa ning soni bo’yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda.
Diqqat savol: alfa nima?

Javob: Alfa-Osmono’par binolar.

4335. O‘rtacha hisobga ko‘ra inson umri davomida suhbat qurishga 3 yil, ijtimoiy tarmoqlarda yozishishga 2 yil, muammolarini yaqinlariga doston qilishga 0,5 yil, uxlashga 25 yil, ovqatlanishga 4 yil, televizor ko‘rishga 10 yil sarflar ekan. Siz menga zamon o‘zgargani tufayli inson umrining bor yo‘g‘i 305 kunini nimaga sarflashini ayting?
Javob: Kitob o’qishga

4336. Kaliforniya shtati plyajlarida alfani «Kulrang kostumdagilar» deb atashar ekan.
Diqqat savol: alfa nima?

Javob: Akula

4337. Nemis faylasufi Shopengauer fikricha bu o’yin aqliy inqirozning yaqqol nishonasidir. Odamlar fikr almashishga chog’lari kelmaganda, unga yuzlanishadi. Savol:Shopengauer qanday o’yinga ta’rif bergan?
Javob: Karta o’yini

4338. Xitoy xalq maqolida X ishni boshlashdan oldin ikkita qabr qazib qo’yish maslahat berilgan.
Diqqat savol X ish deganda nima nazarda tutilmoqda?

Javob: QASOS OLISH
IZOH: Xitoyliklar mazkur maqoli bilan qasos o’ti insonni adoyi tamom qilishi va albatta bu orqali o’ziga ham yomonlik kelishini bildirmoqchi.

4339. Ayrim muassasalardan birida mana shunday o’ziga xos kalendarni uchratib qolishingiz mumkin.
Diqqat savol: ushbu kalendar qaysi muassada uchraydi?

Javob: TUG’RUQXONADA
IZOH: E’tibor qilgan bo’lsangiz kunlarda qizil va ko’k ranglar tasvirlangan. Xalqaro standartga ko’ra qizil qiz farzandlarni, ko’k esa o’g’il farzandlarni bildiradi. O’sha kuni nechta qiz va nechta o’g’il bola farzand tug’ilganini bildiruvchi maxsus kalendar

4340. Rossiyalik ijodkorlarning «Chempionlar» filmida jurnalist mashhur kurashchi Aleksandr Karelindan kurashchilar o’rganadigan eng birinchi usul qaysi deb so’raydi.
Diqqat savol: mantiqan o’ylab Karelin nima deb javob berganini ayting?

Javob: Qo’l berib salomlashish

4341. Futbolchi Azamat Abdurayimov futboldan ketganidan so’ng qaysi kasb bilan shug’ullangan?
Javob: Jurnalist

4342. XIX asrning 80-yillarida Belorus aholisi nimani
«Yuradigan samovar» deb atashgan?

Javob: Paravoz

4343. «Devid Kopperfild» asari qahramoni janob Omerning ancha yildan beri taniydigan, aloqalari yaxshi bo’lgan shahardoshi og’ir betob bo’lib, to’shakka mixlanib qoladi. Ammo janob Omer o’z kasbi tufayli shahardoshidan
hol-ahvol so’rab uning uyiga kira olmaydi.
Diqqat savol: Janob Omerning kasbi nima?

Javob: Go’rkov
IZOH: Og’ir betobdan ahvol so’rasam, odamlar noto’g’ri tushinmasin deydi

4344. Qaysi shaharning aholisi o’z shaharlari haqida quyidagicha gap aytiladi.
Agar sen … ga kelmagan bo’lsang to’nkasan. Agar kelgan bo’lsangu, zavqlanmagan bo’lsang, eshshaksan. Agar u yerdan o’z ixtiyoring bilan ketgan bo’lsang, tuyasan.
Diqqat savol: gap qaysi shahar haqida ketmoqda?

Javob: Afina

4345. VII asrda u Yasrib shahriga ko’chib o’tadi. Keyinchalik bu shahar uning sharafiga qayta nomlanadi.
Diqqat savol: U kim va shahar qanday nomlangan?

Javob: Muhammad va Madina shahri

4346. Janubiy Afrikada istiqomat qiluvchi bir advokat 1-klassga chipta harid qilganiga qaramasdan, bekatlarning birida politsiya uni poyezddan tushirib yuboradi va uning o’rnini oq tanli bir janobga beradi. Shu hodisadan keyin bu advokat o’zining dunyoga mashhur asosiy faoliyatini boshlashga qaror qilgan.
Diqqat savol: U advokat kim edi?

Javob: Mohatma Gandi
IZOH: Shunday adolatsizlikdan so’ng u adolat uchun kurashish harakatini boshlaydi

4347. XII asrda Angliyada erkaklarni jangga borishga majburlash maqsadida qirol yangi soliq turini joriy qiladi.
Diqqat savol: bu qanday soliq edi?

Javob: Qo’rqoqlik solig’i
IZOH: Qirol uchun jangga bormagan barcha erkaklardan o’sha vaqtlarda qo’rqoqlik solig’i olingan.

4348. 1905 yilda Gans Vilsdorf Londonda qo’l soatlari ishlab chiqaruvchi firmaga asos soladi. O’sha paytlarda qo’l soatlari noaniq va ishonchsiz hisoblanardi. Ammo jamiyatdagi tendensiyalarni kuzatarkan, Gans alfa tobora iste’moldan chiqib ketayotganini payqaydi va qo’l soatlarining kelajagi yaxshi bo’lishiga ishonadi.
Diqqat savol: alfani fransuzchadan kirib kelgan so’z bilan ayting?

Javob: Jilet (ka)
IZOH: o’sha davrda soatlarni jilet tugmasiga zanjir bilan bog’lab uning cho’ntagiga solib yurishgan, jilet modadan chiqa boshlagach soatlarni qo’lda taqib yurish ommalashgan. Vilsdorf Rolex kompaniyasiga asos solgan.

4349. Abu Rayhon Beruniy dunyoqarashi keng qomusiy olim sifatida tarixda qolgan. Beruniy qaysi 2 fanni bo’lmag’ur, yolg’ondan iborat deb aytib, ularni ilm sohasi sifatida tan olmagan?
Javob: Alkimyo va Munajjimlik (astrologiya)

4350. Arab agranomi Ibn al-Avvom alfa ni «Yashil qo’mondon» deb atagan. Vikipediadagi maqolaga ko’ra, U Yekaterina Medichi yordami bilan butun Italiyani, Karl XII yordami bilan esa Shvetsiyani «zabt etgan» ekan.
Diqqat savol: alfa haqidagi o’sha maqolada qaysi dengizchi tilga olinadi?

Javob: Dengizchi Papay
Alfa-Ismaloq

4351. Biror joyga qaytib yana kelish maqsadida yelkasidan oshirib tanga tashlashlarini eshitgansiz. Aytingchi, sibirliklar Baykal ko’liga yana qaytib kelish uchun nima qilishni maslahat berishadi?
Javob: Suvidan ichish
IZOH: Baykal ko’li o’zining eng toza chuchuk suvlari bilan mashhur

4352. Kunlardan birida Bernard Shou Chestertonga shunday deydi: «Agar men sizdek semiz bo’lganimda, o’zimni osib o’ldirgan bo’lar edim». Chesterton bunga ajoyib va istehzoli javob qaytaradi: «Agar men o’zimni osib o’ldirishga qaror qilsam …..»
Javobni mantiqan yakunlang?

Javob: Sizdan arqon sifatida foydalanaman
Izoh: Bernard Shou juda ozg’in bo’lgan

4353. Yaponiyalik olim Yasso Xassaki ushbu o’yinni Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritishni taklif qiladi. U o’z fikrini quyidagicha izohlaydi: barcha insonlar ham tez yugura olmaydi, ammo har bir inson ayyor va epchil bo’la oladi. Ushbu o’yin nomi bilan bir filmning yakunida qahramon shkafni ochgani tasvirlangan.
Diqqat savol: Gap qaysi o’yin haqida ketmoqda?

Javob: Bekinmachoq

4354. Yuqoridagi suratda Kosta-Rika gerbini ko’rib turibsiz. Unda tasvirlangan 3 tog’ mamalakatdagi 3 ta tog’ tizimini anglatadi.
Diqqat savol: Gerbdagi 2 ta kema nimani anglatadi?

Javob: 2 ta kema – bu Kosta-Rika qirg‘oqlarini 2 ta suv havzasi yuvib turishini anglatadi, Bular Tinch okeani va Karib dengizi.

4355. Qizil dengiz, qirg’oqlari yashil, baliqlari qora.
Diqqat savol: bu nima?

Javob: Tarvuz

4356.
Bir otliq va lekin piyoda har on
Oq maydon ichida uradi javlon
Badani oq, biroq chexrasi qora
O’zi bundan, hukmi kezadi jahon.
Chistonda nimaga ta’rif berilgan?

Javob: Qalam

4357. Sa’diy Sheroziy baytlaridan:
O’z to’ningga garchi solsang yuz NAZAR,
O’zga to’nin so’ragandan AFZAL.
Diqqat savol: NAZAR va AFZAL so’zlari bilan almashtirilgan so’zlar bir xil boshlanishini hisobga olgan holda, ularni to’g’ri ketma-ketlikda yozib bering?

Javob: NAZAR-Yamoq AFZAL-Yaxshiroq

4358. Afinaliklarning bir savoliga Sparta shohi Agesilay shunday javob bergan: «Biz dushman yaqiniga kelib, ularga yopishib urushamiz».
Diqqat savol: Afinaliklarning savolini yozib bering?

Javob: Afinaliklarning: «Nima uchun Sparta qilichlari bunchalik kalta?» – degan savoliga!

4359. Qirollar tojining klassik ko’rinishi, ya’ni shaxmatdagi farzinniki kabi qirrali shakl dastlab fors shohlarida paydo bo’lgan. Bunga sabab esa qadimgi forsda alfani yetishtirish siyosat darajasiga ko’tarilganligida edi.
Diqqat savol: «Alfa» ni toping?

Javob: Anor

4360. Muhammad Ali o’zining hozir javobligi va o’tkir so’zlari bilan mashhur. Ammo samolyotdagi parvozlarining birida styuardessa uni dog’da qoldirgan ekan.
Styuardessa:

-Kamarlarni taqinglar.
Muhamma Ali:
-Supermenga kamar kerak emas.
Diqqat savol: Styuardessa nima deb javob berganini toping?

Javob: Supermenga samolyot ham kerak emas. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/4757?comment=20647)

4361. «Bir bosh uzum. Yarmi qora, yarmi oq. Qorasi yeyishli, oq esa yo’q».
Diqqat savol: Topishmoq javobini bizga yozib bering?

Javob: Ramazon oyi.
IZOH: Oq – kunduzi, ovqat yeyilmaydi; qora – kech, iftorlik.

4362. Nemis faylasufi Kantdan qora soch ayollar o’z erlariga vafodormi, malla sochlilarmi deb so’rashganida, u qanday javob berganini ayting?
Javob: Oq sochlilari
Izoh: chunki ular xiyonat qilishga juda qari bo’lishadi

4363. Yaqinda bir hikoya o’qib qoldim. Hikoya mazmuni quyidagicha edi.
Bir bola qiziquvchanligi tufayli U nima? degan savolni hammadan so’rab chiqadi. Hikoya so’ngida hech kimdan tayinli javob ololmagach ko’chada hamma bolalar mazax qib yuradigan aqlan zaif bir odamdan o’z savoliga javob oladi. U odam shunday deydi: «Ana qara osmondagi kabutarni ko’ryapsanmi u hozir shu yerda birozdan so’ng uchib ketadi va boshqa qaytib kelmaydi. Sen so’raganing manashu kabutardir.
Diqqat savol U ni bir so’z bilan yozib bering?

Javob: Sevgi

4364. Gerbert Chepmen premyer ligadagi “The Arsenal” klubi nomini Arsenal deb o’zgartiradi. Albatta bundan ko’zlangan bir maqsad bor edi. Diqqat savol U bu bilan qanday maqsadni ko’zlagan?
Javob: Alifbo tartibida joylashtirilgan jamoalar orasida jamoasi 1-o’rinda qayd etilishi uchun

4365. Uning vatani aslida Venetsiya ekani manbaalarda keltirilgan. U Rossiyaga XVII asrning birinchi yarmida kirib kelgani haqida ma’lumotlar bor. 1614 yildagi “Xazina xarajatlari” kitobda “hukmdorning mehmoniga billurdan qilingan yaxshilab ishlov berilgan U taqdim etilgan” deb yozilgan. Diqqat U ni topgan bo’lsangiz U ning zamonaviy ko’rinishdagisi bilan barchamizga tanish bo’lgan sportchi kim?
Javob: EDGAR DAVIDS.
Gap ko’zoynak haqida ketmoqda edi

4366. Diqqat savol. Ushbu karikaturaga e’tibor bergan holda va mantiqni ishga solib aytingchi ota bo’ri qo’lga tushurishga ko’zi yetmagan bu o’ljani hammamizga yaxshi tanish bo’lgan qaysi yegulik nomi bilan nomlaydi?

Javob: Fast Food

4367. CHEKSIZ shuxrat qozongan Facebook asoschisi milliarder Mark Suckerberk o’z intervyularidan birida jurnalist tomonidan berilgan «Sizga qaysi raqam yoqadi» degan savolga 8 raqami deb javob beradi. Va nega bu raqam yoqishini izohlab o’tadi.
Diqqat savol Mark bu javobini qanday izohlagan?
Yordam o’rnida shuni aytamanki 8 ni teskarisiga o’girsa yana 8 hosil bo’ladi degan javobdan yiroqlashing.

Javob: Oddiy U 8 raqamini cheksizlik belgisiga o’xshashi uchun yoqtirishini takidlaydi.
Savol boshida Cheksiz so’zini katta haflarda yozganimiz bejizga emas edi.

4368. Ushbu Bizda yetishtiriladigan 3 turdagi mevali daraxtlarning ko’chatlari po’stlog’i yupqa va sovuqqa chidamsiz ekan. Shu sababli Respublikamizning ko’p joylarida asosan shu 3 turdagi daraxt ko’chatlari qishki mavsum oldidan sovuq urmasligi uchun ko’miladi. Diqqat savol biz sizdan so’ramoqchi bo’lgan shu 3 ta mevali daraxtni maksimal aniqlikda yozib bering?
Javob: 1⃣Anor. 2⃣Uzum 3⃣Anjir (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/4766?comment=20710)

4369. Osmonda uchayotgan yovvoyi g’ozlarning «V» harfi shaklida uchishlarini kuzatgan bo’lsangiz kerak. Bir guruh mutaxasislar bu yuzasidan tekshiruv olib borishdi va buning asosiy sababi nimada ekanini aniqlashdi.
Diqqat savol mantiqan o’ylab ko’rib aytingchi nega yovvoyi g’ozlar parvoz davomida «V» shaklini hosil qilishadi?

Javob: Maksimal tezlikka erishish uchun.
Izoh: bu shaklda uchganda oldinda borayotgan qush har qanot qoqqanifs ortidagi hamtohi uchun ko’taruvchi havo oqimi vujudga keltiradi. Bunda qushlarning uchish tezligi taxminan 80% ga ortadi

4370. XIX asrning oxirlarida futbol bo’yicha Fransiya quyi dvizionlaridan birida ishtirok etuvchi bir o’rtameyona jamoa(Jamoa nomi aniq esimdamas)bilan bog’liq qiziq voqea kuzatilgan. Jamoaning ashaddiy muhlislari sevimli jamoalari yutqazib qo’ygan o’yinlardan keyin hakamlarga keskin norozilik bildirishgan va mag’lubiyatli o’yinlardan so’ng shu o’yinlarda ishlagan hakamni shaharcha markazidan oqib o’tadigan daryo ko’prigidan daryoga uloqtirishgan. Bu holga qarshi chora ko’rish maqsadida Fransiya futbol federatsiyasi bu jamoa ishtirokidagi o’yinlarga aynan bir talabga javob beradigan hakamlarni tayinlagan. Diqqat savol hakamlar qanday talabga javob berishi kerak edi?
Javob: Bu jamoa ishtirokidagi o’yinlarga suzishni biladigan hakamlar jalb etilgan.

4371. Sendan olisdaman! Dunyo zulmatga chulg’angan. Bu xol ertaga to’plarimiz dushman qo’nalg’asi tomon otilmaguncha davom etadi. Sendan ayrilayotgan paytimda yig’lading,shu qadar yig’ladingki!.. Bu haqda o’ylaganimda butun vujudim titrab ketadi. Ammo o’zingni qo’lga olib tinchlan. Vurmzer bu ko’z yoshlar uchun javob beradi.
Diqqat savol 1796-yil. 4-Avgustda yozilgan ushbu maktub kimga yo’llangan edi?

Javob: Bu maktubmi Napoleon o’z sevgilisi Jozefinaga yo’llagan

4372. Uning noodatiy hayoti uning o’lik tug’ilishidan boshlangan edi, ammo u keyinchalik qator muvaffaqiyatlarga erishdi,hayoti ishqiy sarguzashtlarga juda boy bo’lgan bo’lsada men hech qachon hech kimni sevmay o’laman degan shiorini doim takrorlagan ! Menga uning kimligini ayting ?
Javob: Pablo Diego Xose Fransisko de Paula Xuan Nepomuseno Mariya de los Remedios Krispin Krispinyani de la de los Remedios Krispin Sanitisima Trinidad Ruis – I – Pikasso.

4373. Norvegiya poytaxtida «Kit» deb nomlangan restoran bor. Agar siz shu restoranga kirishdan oldin pasportingizni ko’rsatsangizu, u yerda ismingiz … deb yozilgan bo’lsa, sizga restorandagi barcha taomlar mutlaqo bepul beriladi. Savol qanday ism ?
Javob: Ion
Afsonalarga ko’ra u kitni birinchi bo’lib o’ldirgan ekan.

4374. Bir karikaturada Chelsea jamoasi a’zolari va O’sha paytda Chelsea bosh murabbiyi bo’lgan Joze Mourinho birgalikda esdalikka rasmga tushayotgani tasvirlangan. Ularning orqasida alfa ni ko’rish mumkin. Diqqat savol mantiqan o’ylab ko’rib va alfa ancha katta o’lchamli narsa ekanini bilgan holda alfa ni bir so’z bilan yozib bering?
Javob: AVTOBUS
Mourinho chelsea uchun himoyaviy o’yin uslubini tanlagan.Bu esa futbol tilida Avtobus usuli deyiladi

4375. Qadimgi Rim askarlari har bir yurish oldidan o’zlari bilan bir o’simlik yaproqlarini olib ketishar edi. Ular ushbu yaproq qilichlariga kuch bag’ishlashiga ishonishar edi. Chindan ham u o’simlik yaproqlari qilich shakliga o’xshaydi. Savol qaysi o’simlik haqida gap ketmoqda ?
Javob: Gulsafsar-Iris

4376. Voqealar rivoji XX asrlardan taraqqiy etgan va hozirgacha jiddiy tus olib bormoqda:
Prezidentning o’limi
Ulkan taqiqlar
Millatchilik
Ko’plab hiyonatkorlar
Cho’chqa boshi
Goho g’anim kuchini tan olish
Parchalab tashlash
Qo’shinlarning eng sara «sarkarda»lardan iborat ekanligi
Siyosiy kurashning iqtisodiy jangga aylanishi kabi holatlar tarix zarvaraqlarini bezaganiga shubxa yo’q. Savol: gap qaysi «urush» haqida bormoqda !?

Javob: El-Classico

4377. 1. Mustahkam qattiq qora «tuxum»
2. Og’zi katta tishsiz «mahluq»
3. X
Diqqat savol mantiqni ishga solib X ni toping?

Javob: QOG’OZ
TOSH QAYCHI QOG’OZ

4378. Tarixdan qirollarni ishyoqmas, faqat buyruqlar berish bilan band odamlar sifatida bilamiz. Hammasi emasku, aksariyati shunday bo’lgani aniq. Tarixda shunday ishyoqmaslik bilan butun bir sulolani nomlashgan. Bu qaysi sulola va nima uchun shunday nomlanganligini toping?
Javob: Fransiya, Merovinglar, hech qachon soch oldirishmagan

4379. U qadimiy yunon mifologiyasida ilhombaxsh, sеvimli qanotli otdir. Kompaniya nomi ro’yxatlarda(alfavit bo’yicha) birinchi turishi uchun unga o’zgarish qilingan va siz bilgan Alfa nomini qoldirganlar. Savol Alfa ni toping,
Javob: Asus
Izoh: yunonlarda ilhombaxsh sevimli ot PEGASUS deb nomlangan

4380. Bu tashkilot nomi Unga Janubiy Afrika Respublikasi qo’shilgach «Brics» deb o’zgartiriladi. Savoldan mantiqni topgan bo’lsangiz aytingchi bu tashkilotda birinchi o’rindagi davlat sqaysi?
Chalg’imaslik uchun shuni aytolamanki 7 raqami bu davlat yetakchi hisoblangan bir sohada yaqin yillar oldin qayg’uli xotira bo’lib qolgan?

Javob: Braziliya
Tashkilot nomi undagi davlatlar nomlari bosh harflari bilan bog’liq.
Brziliya-Germaniya 7:1.

4381. Bir dehqon bir kuni botqoqda botayotgan bolani qutqarib qoladi. Buni eshitgan bolaning otasi keyinchalik minnatdorchilik yuzasidan kambag’al dehqonning bolasini Londonda o’qitadi. Bola Londondagi tibbiyot oliygohoni a’lo baholarga tugatib kelajakda juda mashhur buyuk shaxsga aylanadi. Buni qarangki yillar o’tib shu bolaning bir ixtirosi O’sha boyning o’g’lini hayotini yana bir bora qutqarib qoladi. O’limdan omon qolgan bola esa kelajakda angliya bosh vaziriga aylanga U.Cherchill edi.
Diqqat savol Cherchilni qutqarib qolgan ixtironi va ixtiro muallifini toping?

Javob: Pensilin. A.Fleming

4382. Hazilomuz karikaturada g’alati nikoh to’yi jarayoni kelin va kuyov tasvirlangan.Qiziqarlisi shundaki bu karikaturada kuyov obrazida Daraxt gavdalantirilgan.Diqqat savol kelin obrazida kim yoki nima ekanini siz menga ayting.
Bu savolda mantiq urilgan o’xshash javoblar ham qabul qilinadi?

Javob: ARRA.

4383. 1.Kuz. Baliq ovi.
Atrof sokin. Qayiq g’ichirlar.
Bir inson yo’q atrofda
Men va Alfa dan boshqa.
2.Bahor tongi. Osmon musaffo
Sharros yomg’ir quydi ko’p o’tmay
Ayyor Betta Qopqora Betta
Alfa va Betta toping?

Javob: Alfa-MEN(suvdagi aksi)
Betta-Bulut

4384. X – Xaroba uydir. Uni tangri tamirlab turadi olimu oqilu yaxshi insonlar orqali. Yo’qsa bu uy qulab ketadi.
X-?

Javob: Dunyo

4385. Uchburchak va aylana uchrashib qolishibdi. Uchburchak aylanaga dedi:
-Sen kimsan?
-Aylanaman ko’rmayapsanmi?
-Yo’q.Nega unda menga to’g’ri chiziq bo’lib ko’rinyapsan?
-Chunki biz tekislikdamiz.
Ularning bu suhbatini eshitib turgan X kulib yubordi.
-Hoy sen. O’zi bir oddiy nuqta bo’lsang nega bizni ustimizdan kulyapsan?
Yo’q men nuqta emasman Men X man
Diqqat savol mantiqni ishga solib ixtiyoriy joylashuvida ularga nuqta bo’lib ko’ringan X ni toping?

Javob: SHAR.(Sfera javobi ham qabul)
Tekislik ikki o’lchamli bo’lgani uchun tekislikdagi sharning korinishi nuqta bo’lib qoladi.

4386. Bu o’yinning vatani sifatida biz boshqa bir davlatni e’tirof etamiz. Lekin aslida esa bu o’yinning bugungiga o’xshab ketadigan ko’rinishini qadimgi Germaniyada uchratishgani manbaalarda keltiriladi.Qadimgi Germaniyada oila a’zolari katta stol atrofida kechki ovqatdan so’ng shu xonada ko’ngilxushlik uchun ushbu o’yinni o’ynashgan ekan.Faqat hozirgisidan farqi u paytda to’siq rolini yog’och taxta bajargan.Diqqat savol qaysi o’yin haqida gap ketmoqda?
Javob: Stol tennisi (Ping-pong)

4387. Maykovskiy ijodidan she’r.
Yoriqlar va kichik darchalar.
Darchalarning yo’q panjarasi.
Sekin asta boqadi quyosh
Stol.
Stolda bir somon zarrasi.
Sal pal tekkan edim qavardi etim.
Diqqat savol : Shoir bu sherni qayerda yozgan?

Javob: Qamoqxonada

4388. Portugaliya Shahzodasi Alfons otasidan urushga ruxsat so’rayotganida u alfa larni betta larga alishtirishni va’da qiladi.
Alfa va betta lar nima?

Javob: Alfa-yarim oy, Betta-xoch

4389. Dunyoda juda mashhur «alifbo» mavjud. 4 harfdan iborat: A, G, T, S. Ba’zan ularning uchinchisi U bilan almashishi mumkin. Shunday jarayon mavjudki, ushbu jarayonda bu harflardan uchtasi birga bo’lib «tashuvchi» vazifasini bajaradi. Har bir «tashuvchi» o’z nomiga ega, masalan AAA, ATG, AGS, GSA, STG… Shunday uchta «tashuvchi» mavjudki, ularning kelishi bilan ushbu jarayon tamomlanadi. U «tashuvchilar»ni bir nom bilan atashadi, o’sha nom ularning qiladigan vazifasi bilan bog’liq. Bu nom bilan mashhur kinofilm qahramoni atalgan. Siz menga ushbu qahramonga tegishli mashhur «ibora»ni ayting. Yordam sifatida aytishim mumkinki, ushbu «ibora» kinofilmlarning 100 ta eng mashhur iboralari qatoridan joy olgan. Iborani toping?
Javob: Hasta la vista baby (Asta la vista beybi) – hayr qizaloq. (Terminator)
IZOH:Jarayon oqsil biosintezi, hujayrada kechadi, AAA, ATG, AGS, GSA, STG…lar transport RNK lar, ular aminokislotalarni oqsil sintezi uchun tashishadi, ma’lum ko’rinish yani UAA, UAG, UGA kelganda esa oqsil biosintezi tugatiladi. Ularning nomi TERMINATORLAR. Terminate – yakunlovchi, tugatuvchi. Film qahramoni Terminator edi.

4390. Bir asarda Ular «Dunyo»dagi eng dahshatli mavjudotlardan biri, ular bizning ezgu tuyg’ularimiz, shirin xotiralarimiz bilan oziqlanadi. Ularning ko’rinishi juda qo’rqinchli, har qanday odam uchun qo’rquv hissini paydo qilishga qodir. Shuning uchun ulardan bir joyni qo’riqlashda ham foydalanilgan. Agarda ular sizga ro’baro kelib qolsa ularni yengishimiz (haydab yuborishimiz) mumkin. Buning uchun bizga asosiy 2ta vosita kerak bo’ladi.
Savol oddiy o’sha 2ta vositaning nima ekanligini toping?

Javob: Bu 2 vosita Sehrli tayoqcha va Patronus afsuni (Ekspecto patronum)
Ular Dimentorlar bo’lib
Azkaban qamaqxonasini qo’qiqlashadi
Manba: Harry Potter va Azkaban mahsusi…

4391. Pol Brek o’zining «ochlik mo’jizasi» kitobida quyidagicha ta’riflar keltiradi.
Eng katta gunoh-qo’rquv
Eng yaxshi ish-siz sevgan ish
Eng yaxshi shahar-siz yashayotgan shahar
Eng yaxshi dam-Mehnat
Eng yaxshi kun-betta
Betta ni siz ayting?

Javob: Bugungi kun!

4392. Bilamizki ko’p ertaklar va ibratli hikoyalarda hayvonlar orasida Tulki hiyla nayrang va ayyorlik timsoli sifatida tilga olinadi. Qadimgi yunonlarda esa jonzotlar orasidan aynan bir sababga ko’ra U ayyorlik va hiyla ramzi sifatida tilga olingan.
Diqqat savol: Qaysi jonzot haqida gap ketayotganini bilgan bo’lsangiz aytingchi bundan yaqin yillar oldin U jonzot bosh qahramon bo’lgan multfilmda uning laqabi nima edi?

Javob: MUSTANG.
U-ot edi.Yunonlar Troya oti sababli otni ayyorlik ramzi deb qabul qilishgan.

4393. Karikaturadagi insonlar bu qiziq holatga qayerda duch kelishgan?

Javob: Shotlandiya

4394. Karp – mashhur baliq turi. Og’irligi 20 kg turishida rosa ko’p ovqat yeydigan ochofatdir. Ishtahasi karnay bo’lishiga qaramay uning g’alati jihati bor.
Savol : qanday jihat?

Javob: Oshqozoni yo’q

4395. Mantiqan o’ylab ko’rib aytingchi Itni chanaga nega bog’lab qo’ydingiz degan savolga Chana egasi qanday javob bergan?

Javob: запазка Однако

4396. Janubiy Korea Davlatida siz ko’rib turgan rasmni bir kasb egalarini tayyorlaydigan maktablarda ko’rishiz mumkin.Diqqat savol bu kasb egalarini toping ?

Javob: Oshpazlar
IZOH: koreslarni eng sevimli taomi cho’chqa gushtidan bolgan taomlar

4397. Alfani birinchi bo’lib Leonardo Da Vinci ixtiro qilgan bo’lib dastlab uni hozirgi kabi «ikki qulog»i» bo’lmagan va uni avval qistirib keyin fodalanishgan
Keyinchlik yevropaliklar unga qo’l bilan tutadigan tutqich ham ulashgan va ushlab foydalanishgan
Hozirda ularning «quloq» xilma’xil turlari mavjud.
Savol gap nima haqida ketayapti?

Javob: Qaychi

4398. Fyodr Dostoevskiy, Fyodor Reshetnikov, Sergey Mixalkov, Aleksandr Fadeev, Vladimir Solouxin, Nikolay Lyashko, Konstantin Simonov.
Quyida siz qalami o’tkir yozuvchilar, tarixga o’z nomini munosib qoldirgan ijodkorlar ro’yxatini ko’rib turibsiz. Savol: Faqatgina mantiqni ishga solib ularni umumlashtiruvchi jihatni bitta so’zda yozib bering?

Javob: NOTALAR
Do,Re,Mi,Fa,So,Lya,Si
Familiyasining birinchi bo’g’inlari

4399. Ma’lumotlarga ko’ra yevropaning ba’zi davlatlarida yog’och va plastmassadan o’yinchoq telefonlar ishlab chiqarila boshladi. Qiziqarlisi shundaki bu o’yinchoq telefonlar yosh bolalar uchun emas aynan kattalar uchun ekan. Narxi ham arzon.
Diqqat savol: Bunday o’yinchoq telefon egalari undan qachon foydalanishadi?

Javob: TUNDA
Ba’zi insonlar mobil telefonlarga shunchalik o’rganib qolishganki ular uxlayotgan vaqtlarida ham telefonlarni qo’llarida olib uxlashadi.Bundaylar bizning oramizda ham yetarlicha topiladi.Buning zarari esa hammamizga ayon.
Plastmas va yog’och telefonlar aynan shunday insonlar uchun ishlab chiqarilgan

4400. Bir kuni alfa va betta gaplashib ketishayotgan ekan. Yo‘lning chetida yotgan itning bolasini ko‘rgan bettaning alfa bilan hazillashgisi kelibdi va kuchukni ko’rsatib:
-Ehh bechora, foniy bu dunyoda uzoqqa bormasa kerak!,- debdi. Bu shamani tushungan alfa:
-Nega endi, yaxshilab boqilsa binoyidek it bo‘ladi…,-debdi.
Alfa va betta birga ijod qilganligini hisobga olib, ularni kimligini toping?

Javob: Alfa- Navoiy, Betta- Binoiy
Izoh: «Foniy» Navoiyning forscha taxallusi. Bu yerda so’z o’yini ketyapti