5 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro svetofor kuni.
🌏 Ufqni kuzatish kuni.
🌏 Xalqaro blyuz musiqasi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh – Blogerlar kuni.
🇧🇾 Belarus – Moliyaviy tergov xodimlari kuni.
🇧🇫 Burkino-Faso – Mustaqillik kuni.
🇮🇷 Eron – Islomiy inson huquqlari kuni.
🇨🇴 Kolumbiya – Bogota festivali kuni.
🇱🇻 Latviya – Temir yo’lchilar kuni.
🇭🇷 Xorvatiya – G‘alaba va vatanga minnatdorchilik kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1583 – Gilbert Humfrey Shimoliy Amerikadagi birinchi ingliz koloniyasiga asos soldi.
    -1772 – Rossiya, Prussiya va Avstriya oʻrtasida Rech Pospalita birinchi marta boʻlib olindi.
  • 1775 – Ayala Oltin darvoza boʻgʻozidan oʻtib Angel oroliga tushdi.
  • 1789 – Fransiyada krepostnoylik huquqi bekor qilindi.
  • 1861 – AQSh armiyasida jismoniy jazo bekor qilindi.
  • 1864 – Jovanni Donati birinchi marta kometa spektrini kuzatdi.
  • 1884 – shu kuni Nyu-York shahrida «Ozodlik haykali» qurilishi boshlandi.
    -1884 – Britaniya Madakaskar orollari Fransiya mulki ekanligiga rozi boʻldi.
  • 1891 – «American Express» cheklari muomalaga kirdi.
  • 1914 – Klivlend (AQSh) da dunyodagi birinchi elektr svetofor o’rnatildi.
    -1924 – Turkiyada koʻpxotinlik tugatildi.
  • 1940 – Latviya SSSRga qabul qilindi.
  • 1953 – birinchi RDS-6s vodorod bombasi Semipalatinsk poligonida portlatildi.
  • 1963 – Moskvada SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya vakillari atmosferada, kosmosda va suv ostida yadroviy qurol sinovlarini ta’qiqlash to’g’risidagi bitimni imzoladilar.
  • 1964 – Vetnam urushi: AQSh samolyotlari birinchi marta Shimoliy Vetnamni bombardimon qildi.
  • 1967 – Pink Floydning birinchi albomi chiqdi.
  • 1994 – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston tarixi davlat muzeyini tashkil etish to‘g‘risida» gi qarori qabul qilindi.
  • 2010 – Chilidagi San-Xose shaxtasidagi avariya natijasida 33 shaxtiyor yer ostida 1 oy qolib ketdi.
  • 2016 – Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida XXXI yozgi Olimpiya o’yinlari boshlandi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1763 – Yakov Kulnev (1812) – rus qo’mondoni, gusar, general-mayor, 1812-yilgi Vatan urushi qahramoni.
  • 1802 – Nyel Xenrik Abel (1829) – norveg matematigi, elliptik funktsiyalar nazariyasini yaratuvchisi.
  • 1844 – Ilya Repin (1930) – Rus rassomi.
  • 1850 – Gi de Mopassan (1893) – fransuz yozuvchisi.
  • 1905 – Vasiliy Leontyev (1999) – amerikalik olim va iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1973).
  • 1921 – Joʻra Abdurasulov (1990) – rentgenolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964).
  • 1930 – Nil Armstrong (2012) – amerikalik astronavt, birinchi marta oyga qadam qo‘ygan odam.
  • 1941 – Oʻtkir Hoshimov (2013) – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi.
  • 1943 – Abdulla Sher (Sherov Abdulla) – shoir va tarjimon.
     – 1962 – Vadim Abramov – sovet va arman futbolchisi, murabbiy.
  • 1974 – Valeriy Kechinov – Oʻzbekistonlik va Rossiyalik sobiq xalqaro professional futbolchi.
  • 1988 – Federika Pellegrini, italiyalik suzuvchi, Olimpiya chempioni (2008), ko’p karra jahon va Yevropa chempioni.
  • 1996 – Azize Erdogan – turk ayollar futboli hujumkor yarim himoyachisi.
  • 1997 – Olivia Holt – amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi.