Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.
5201. Bu boyni ko’pchilik yaxshi taniydi. Bizda ham ko’plab odamlar va ayniqsa yosh avlod uni yaxshi tanib olishgan. U hech ham shim kiymaydi. Aslida yaxshi odam lekin pulga o’ch. Uning shim kiymay yurishiga esa hech kim ahamiyat bermaydi. Faqatgina Finlandiyadan tashqari, Finlandiyada u ma’n etilgan desak ham bo’ladi. Demak savol: Bizga yaxshi tanish bo’lgan bu boy kim va qayerda yashaydi?
Javob: Donald Duck. U multfilm qahramoni, u hech ham shim kiymay yuradi va shu sababdan u Finlandiyada man e’tilgan. U yashaydigan joy esa Disney.
5202. Tarixchi Rudning fikricha Veneti qabilasi ulardan himoyalanish uchun uchun Venetsiyani qurgan emish. Siz veneti qabilasi a’zolarining qo’rquviga sabachi bo’lgan Ularni o’z shaharlari ramzida ham ko’rishingiz mumkin
Ularni yozib bering?
Javob: Sherlar
5203. Hayotimiz ma’lum qoidalar asosida qurilgan. Masalan yerning tortish kuchi sababli yerda yuramiz(uchib ketmaymiz). Lekin bir qonuniyat tufayli samolyot masalan Rossiyadan Aqshga uchsa tahminan 10 soat qaytishda esa 8 soat parvoz qilishiga to’g’ri kelarkan. Agarda O’zbekistondan Xitoyga uchadigan bo’lsa tahminan 6 soat qaytishda esa 7 yarim soat parvoz qilishiga to’g’ri kelarkan. Siz esa bunga sabab bo’ladigan qonuniyatni toping.?
Javob. Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi.
Izoh. Agar Xitoydan O’zbekiston tomon chiziq chizsak yerning o’z o’qi atrofida aylanish yo’nalishini ko’rsatadi. Samolyot yerdan uzilgach yer bilan parallel ravishda harakatlanadi va yerning aylanishi hisobiga ba’zan masofa kamayadi ba’zan uzayadi.
5204. U hayoti davomida Osiyodagi bir nechta shaharlarga sayohat qilgan. Xususan, Toshkent, Buxoro, Tbilisi va Boku shaharlarida bo’lgan. Eronga bora olmagan bolsada, bu hudud unda xuddi Osiyoning yuragidek tasavvur uyg’otgan. Uning asarlarida Sa’diy Firdavsiy va Umar Xayyom ham eslab o’tiladi.
XIX asr oxiri va XX asrning birinchi choragida yashab o’tgan USHBU INSONNING kimligini toping?
Javob: Sergey Yesenin
5205. Lev Tolstoy o’zining «Kechmish kunlar» nomli qo’lyozmalarida turmush o’rtog’i Sofya Tolstaya bilan bo’lgan bir voqeani eslab o’tadi :
Tolstoy bekaga: – «Men sizning huzuringizga kelganimda siz hamon Uning og’ushida edingiz» deganida beka qattiq ranjigan ekan. Chunki beka U ni Andrey deb eshitgan ekan
Savol: U ni ayting?
Javob: Morfey
5206. XXI asrda muloqot uslublarini o’zgartirish bo’yicha tadqiqoti uchun Richard Seymur bu nomni Pol Klining X nomli rasmidan oldi. Sarlavhada qaysi so‘z yetishmayotganini yozib bering?
Javob Twitter
Izoh: zamonaviy aloqa ijtimoiy tarmoqlar orqali tobora ko’proq qurilmoqda. “Tvitlash mashinasi” kartinasi mavimsi fonda qushlar tasvirlangan, bu Twitter logotipini eslatishi mumkin.
5207. Barselona futbol klubi Ter Stegenning 2022-2023 yil mavsumidagi Zamora mukofotini qoʻlga kiritgani haqida oʻz Twitter sahifasida eʼlon qilar ekan, uni koʻp qoʻl va oyoqlarga ega deya tasvirlab, XV asrda yaratilgan asarni eslab oʻtadi.
Oʻsha asar muallifini yozib bering?
Javob: Leonardo Davinchi
Izoh: Gap Vetruvian odami haqida ketayotgan edi
5208. Ushbu 4 ta suratdagi umumiylikni topgan boʻlsangiz 1998-yili yurtimizda tashkil topib asrimiz boshida mashhurlikka erishganlarni yozib bering!?
Javob: Setora guruhi (forscha: samoviy uch yulduz )
Izoh: Birinchi suratda Fransiyadagi 3 yulduzli «Arpege» restorani, ikkinchi suratda «Polkovnik» (zvaniyada 3 yulduz belgilanadi) unvonidagi ma’sul, uchinchi suratda «Samsung» kompaniyasi (ma’nosi 3 yulduz), toʻrtinchi suratda «Filippin» bayrog’i (3 yulduz tasvirlangan).
5209. «Jahon tarixidagi qozoqlarning oʻrni» nomli hazilomus va kulgili bir maqolada yozilishicha, bir vaqtlar dunyo qozoqlarning qudratli ikki botiri tomonidan boshqarilgan. Ushbu maqolaga koʻra, bugungi kunda ularning mol-mulki markaziy chegarasi U yerda ekan.
U yerni bir soʻzda yozib bering?
Javob: Ekvator
5210. Ko‘pincha nonushtadan oldin, ma’lum muddat nonushtadan keyin 4 marta bu ishni qilamiz. Ayrimlar tushlikdan keyin, ayrimlar esa tushlikdan oldin 10 marta bu ishni qiladi. Kechki ovqatdan oldin va keyin, albatta, bu ishni qilamiz. Savol: Bir kunda kamida 32 marta qiladigan ishni yozib bering?
Javob: Fotiha surasini o’qish
5211. Blits
Avaz Oxun oʻzining kulguterapiya nomli konsert dasturida oʻz ustozlarini tibbiyot xodimlariga oʻxshatib qiyoslaydi ungga koʻra:
1.Xojiboy Tojiboyevni aytgan soʻzlarini tushunish qiyin, juda falsafiy gaplari bilan mashhur boʻlganligi uchun ungga oʻxshatadi
Savol: uni ayting?
2.Obid Asomov juda satiraga boy, gapirgan joylarini oʻyib-teshib oladigan , gapirgan gaplari bilan chaqib oladigan odamligi uchun ungga qiyoslaydi.
Savol uni ayting?
3.Muhiddin Darveshov ustozini doʻppini qiyshaytirib olib qishloqcha, gʻirt chapani hazillari bilan mashhurligi uchun ungga oʻxshatadi
Savol: Uni ayting?
Javob:
1.Psixolog
2.Xirurg (jarroh)
3.Moshtabib(tabib)
5212. Afg’on urushi voqealari haqida hikoya qiluvchi «Qonli yo’rgaklar» asarida asirdan tirik qaytgan askar tilidan bir voqea so’zlab o’tilgan.
O’sha askar so’zlarini tinglang: «Ular kofirlarni azoblab o’ldirishardi, hatto musulmonlarni ham ayashmasdi. Lekin mening omadim keldi. Ular menga birgina savol berishdi va javobim tufayli meni tirik qo’yib yuborishdi»
Savol: Afg’onlar asirga qanday savol berganini topgan bo’lsangiz. Askarning ularga bergan javobini 1 so’zda yozib bering?
Javob: Muhammad
5213. Uning Fozila va Foiqa ismli singillari bor edi. u kim?
Javob: Cho’lpon
5214. Bozorga biron mahsulot xarid qilish uchun borsangiz, rastadagi sotuvchiga maxsulot bo’yicha savol berasiz. Bunday paytda tajribali sotuvchi Sizni o’z maxsulotini xarid qilishga jalb qilish uchun o’zingizga qayta savol beradi va sekin asta Sizning maxsulotga ehtiyojingizni aniqlashga urinadi. Bozor sotuv terminologiyasida bu jarayon qanday atalishini bir xil xarf bilan boshlanuvchi juft so’z bilan toping?
Javob: ping-pong
5215. Rassom Repin kartinasida imtihon jarayoni aks etgan. Imtihon topshiruvchi kim ekanligini emas, imtihon qayerda o’tkazilganini toping?
Javob: Sarskoe selo litseyi
5216. Har yili rok-n-roll qirolining ijodiga bag‘ishlangan festivalga Sidney shahridan Parkes shahriga poyezd jo‘naydi.
Ushbu poyezd qanday atalishini bir xil unli bilan boshlanadigan ikki so‘z bilan toping?
Javob: Elvis ekspress
5217. Ballar va ziyofatlarda Pushkin rafiqasidan uzoqroq turishga harakat qilar, va ba’zida er-xotin alohida-alohida kelishar edi. Diqqat savol nega Pushkin bunday yo’l tutar edi?
Javob: bo‘yi past ekanligini sezdirmaslik uchun.
(xotiniga nisbatan bo‘yi sezilarli past bo‘lgan).
5218. Jorj Ges – cheroki qabilasi yetakchisi edi. Jorj Ges dunyoga kelganida, unga mahalliy tilda «Gis qwaya», ya’ni «ichida qush» ma’nosini beruvchi ism beriladi. Keyinchalik, fermada o’z vazifalarini qoniqarsiz ado etgan Jorj Gesning ismi «ichida cho’chqa», ma’nosini beruvchi boshqa bir ismga o’zgartiriladi.
Diqqat savol: o’simliklar yo’riqnomasi kitobida yozilishicha, qaysi o’simlik nomi Jorj Ges sharafiga nomlangan?
Javob: Sekvoya o’simligi (daraxti)
5219. Uning haqiqiy ismi Durante. mahbubasi esa Beatriche edi. U kim?
Javob: Dante deli Aligyeri
5220. 1845 yil «Evening mirror» gazetasida chop etilgan ijod mahsulida bir necha bor «nevermore» so’zi ishlatilgan.
Bu ijod mahsuli muallifi kim edi?
Javob: Edgar Po Voron
5221. Statistik ma’lumotlarga qaraganda Gemaniyalik haydovchilar ko’proq yo’l qoidasini buzishgani uchunmas, ko’proq boshqa ish uchun jarima to’lashar ekan. Savol: Qaysi ish uchun?
Javob: Haqorat. Gai hodimlariga nisbatdan bo’lgan haqorat uchun.
5222. Yassaviya tariqati asoschisi Ahmad Yassaviyning fikriga ko’ra dushmanga zarba berishning eng og’riqli yo’li aynan shu. Braziliyadagi aborigenlar qabilasida ham (ular Yassaviyning fikridan bexabar) gunoh ish qilganlar aynan shu jazo orqali jazolanadi. (Yordam sifatida shuni aytishim mumkinki bu usul qiynab o’ldirish yoki barchani oldida sharmanda qilishdan mustasno). Savol bu usul qanday?
Javob. Unutish
Izoh. Aborigenlar gunoh qilganlarni unutishadi, ya’ni u insonni oramizda yo’q deb hisoblashadi. Yassaviyning fikriga ko’ra esa dushmaningiz borligini unutish u uchun eng og’riqli jazo ekan.
5223. Savol
Nyu-York, Ist-Xyuston ko‘chasi, 48-uy. Bu manzilda g‘alati, ko‘zlari allaqanday nur sochuvchi odamovi olim yashardi. Uning graf Drakulaning qarindoshi va quyosh nuriga chiqa olmaydigan vampir ekanligi haqida mish-mishlar yurar, uning yer sharini bo‘laklarga bo‘lib tashlashga qodir qurol yaratgani haqida gapirishardi.
Diqqat savol, bu tariflar kimga tegishli?
Javob: Nikola Tesla
Izoh: Aslida, Teslaning Drakulaga hech qanday aloqasi yo‘q, Quyoshdan esa qochishi rost edi, chunki u tez-tez elektromagnit maydoni ta’siriga tushib qolar, miyasi o‘ta sezgir qobiliyatga ega bo‘lardi. Yorug‘lik uning ko‘zlarini og‘ritar, shitirlagan tovush ham qulog‘iga xuddi momaqaldiroqdek eshitilardi. Qorong‘ulikda esa uning ko‘zlari juda yaxshi ko‘rardi.
5224. Ilgari Qoraqalpoq qizlari to’y liboslarini 5-7 ba’zan 10 yoshlardan o’zlari tikib boshlashgan. Kiyimdagi naqshlar qizning otasining kasbini, ijtimoiy mavqeini va albatta bir narsani bildirib turishi kerak bo’lgan. Qoraqalpoq to’y marosimlarini eslagan holda aytingchi naqshlar yana nimani bildirib turishi kerak edi?
Javob: Qaysi urug’ga mansub ekanligini!
Bilamizki ilgari Qoraqalpoqlardan o’z urug’lari ichida qiz olish mumkin bo’lmagan. Albatta bunday holda qiz boshqa urug’dan olib qochib kelingan. Bu holda qiz qaysi urug’ga mansub ekanligini libosi orqali bilib olish mumkin edi.
5225. Dunyo bo’ylab ko’plar unga ishonadi va yana ko’plar esa ishonmaydi. U oldindan bor. Uning hozirgi obrazini Coca-Cola kompaniyasi ishchilari o’ylab topishgan. Demak, siz bizga uni ayting?
Javob: Santa Klaus. Coca-colaning qishki reklamalirini eslasangiz kerak!
5226. Diqqat savolda o’zgartirish bor.
1536- yil Buenos-Ayresga yurish chog’ida ispan askarlari ochlikka yo’liqishdi va uchta askar BU ISHni qilishdi. Bu juda og’ir jinoyat hisoblanib uch askar ham qatl ettirildi. Siz menga bir mashhur iborani eslagan holda BU ISHni qilishi mumkin bo’lganni 3 so’zda yozib bering.?
Javob: O’lganni go’shtini yeyish
5227. 1829-yili «Revyu de Pari»adabiy gazetasi bosh muharriri Doktor Veron o’z ro’znomasida u iborani ilk bor ishlatgan. Hozir barcha gazeta-jurnallar u usuldan foydalanadi. Ha-ha foydalanadi, iqtisodiy samara ko’radi. Mushtariyni har gal gazeta sotib olishga undaydi. Gazeta bosh muharriri Veron janoblari, qanday 3 ta so’zdan tashkil topgan foydali iborani ilk bor o’z gazetasida qo’llagan?
Javob: Bu adabiy gazeta unda hikoya, qissa va romanlar Chop etilar edi. Bu sonini o’qib nihoyasiga yetmagan asarni ostiga «Davomi kelgusi sonda» degan yozuvni yozgach, gazeta keyingi sonini mushtariy orziqib kutib yurgan.
5228. Londonda 1950-yillarda bir hazil bor edi. Agar ertalab shaharda U bo‘lsa, Londonliklar Cherchil tuni bilan uxlamagan deya kulishgan ekan.
Savol: Uni bir so‘zda yozib bering?
Javob: Tuman
5229. 1870-yillarning oxirida Amerika Qo’shma Shtatlarida X paydo bo’lib qoldi. U tez tarqaldi va bu o’yin ishqibozlari hisobsiz darajada ko’payib ketganligidan u chinakam ijtimoiy ofatga aylandi. Okeanning berigi tomonida, ya’ni Yevropada ham shunday hol yuz berdi. Idoralarda va do’konlarda xo’jayinlar o’z xizmatchilarining o’yinga berilib ketganligidan g’azablanib, mashg’ulot va savdo vaqtida bu o’yinni o’ynashni taqiqlab qo’yishga majbur bo’lgan edilar. O’yin-kulgi muassasalarining egalari odamlarning bu qadar zo’r ishqibozliklaridan foydalanib, katta katta o’yin turnirlari uyushtirardilar. O’yin xatto Germaniya reyxstagining muhtasham zallarigacha kirib bordi. Reyxstagda oppoq sochli mo’ysafidlarning o’z qo’llaridagi o’yinga tikilib o’tirganlarini ko’rish mumkin edi. 1880-yil o’yin vasvasasining eng avjiga chiqqan yili bo’ldi. Biroq sal o’tmay bu o’yin matematika qurboni bo’ldi. Aytishlaricha savdogarlar shu o’yinga berilib ketib, do’konlarni ochishni unitib qo’yganlar, shturmanlar kemalarni sayoz joyga o’tirib qolganini payqamay qolganlar, mashinistlar bekatlarda poyezdlarni toxtatishni unutib qoyganlar, dehqonlar haydab turgan qo’shlarini tashlab o’yin bilan ovora bo’lganlar. Qizigi o’yini uchun Amerikada patent ololmagan.
Ana sizga shuncha ma’lumot. O’yinni toping va nega o’yin uchun patent berilmaganini ayting?
Javob. Bu o’yin barchamizga malum «15 o’yini» hisoblanadi. Patent ololmaganiga sabab esa uning songi holatidagi 13. 15. 14 vaziyatida hech qachon yechimga ega emasligi matematik tomondan isbotlab berilgani boldi.
5230. Mazkur ibora Hayotda katta kichik qiyinchiliklar ko’rgan odam, uncha muncha mashaqqatdan cho’chimaydi. «Chidaydi, bardosh beradi» degan mazmunda ishlatiladi. Qiyosda «Yomg’irdan qutilib jalaga tutildim» maqoli ham borki, mazkur maqolning teskari mazmunini ifodalaydi. Naqlda qiyos, qatiyat, iroda, o’ziga o’z e’tiqodiga ishonch ruhi mujassam.
Savol: mazkur iborani toping?
Javob: Bu ibora: » Jalada qolgan yomg’irdan qo’rqmas»
5231. Muzqaymoni vatani Xitoy deyishadi. Ba’zilar Hindiston deyishadi. Ochig’i aniq bir joyni ko’rsatish qiyin. Chunki issiqdan saqlanish uchun turli mahalliy muzqaymoq sifat mahsulotlar mavjud bo’lgan.
Ammo 1660 yilda Fransiya ilk muzqaymoq kafe ish boshlagan. U yerda sutga biroz tuz va muz qo’shib muzqaymoq tayyorlab sotishgan.
Savol : Bu muzqaymoq Fransiyaning qaysi shahrida qurilgan kafeda sotilgan.?
Javob: Parij
5232. Salvador Dallining ushbu kartinasi 1938-1939 – yillarda ishlangan bo’lib qaysidir ma’noda urush bashoratiga o’xshab ketadi.
Rasmga e’tibor berib qarasangiz biz rasmning bir qismini yashirdik. Biz rasmda yashirgan joyda «O’zining kurashi» bilan mashhurlikka erishgan, rassom bo’la olmagan mashhur rasmi bor. Siz esa bu odam kim ekanligini toping?
Javob: Adolf Gitler.
Mayn Kump (mening kurashim) nomli Asari ancha mashxur . Gitler yoshlik davrlarida anchagina yaxshi rasm chizgan va rassom bo’lishni orzu qilgan. Rassomchilik akademiyasiga ham hujjat topshirib ko’rgan. Bunisi boshqa savol endi)
5233. Mercedes-Benz logosi ko’rinishi barchamizga ma’lum. Undagi Mercedes-Benz yozuvi ikki familya Mercedes va Karl Benz familyasidan olingan ism. Savol: Timsoldagi 3 qirrali yulduz nimani ramzi yoki nima ma’noni beradi?
Javob: Timsoldagi 3 qirrali yulduz «Yerda, Suvda va Havoda» ya’ni universallikni ifodalaydi.
5234. Dunyoda har xil kasalliklar bor: yuqumli, yuqumsiz, bedavo, davolasa bo’ladigan… Bular qatoriga qo’rquv(fobiya)niyam kiritish mumkin. Masalan: balandlikdan qo’rqish? o’rgimchakdan, ko’chaga chiqishdan qo’rqish…
Buni qarangki, «tugmadan qo’rqish» kasalligiyam bor ekan. Bu bilan kasallangan odamlar vaqt o’tib tugmaning razmeridagi boshqa mayda narsalardanam qo’rqib borar ekan. Siz bizga bu kasallikning nomini emas, tugmadan qo’rqadigan, 2007-yildan buyon jurnalistlarning maqolalarini bezab kelayotgan mashhurning ismini ayting?
Javob: Stiv Jobs
Izoh: Apple kompaniyasi asoschisi tugma va knopkalardan qo’rqqani uchun ham tugmasiz vadalazka kiyib yurgan va u o’z maxsulotlarini iloji boricha kam miqdorda knopkaga ega bo’lishini xohlagan. 2007-yilda uning ilk «Iphone»ni dunyo yuzini ko’rdi va o’sha yili «Wall street Journal»da birinchi marta uni Kumpunofobiyasi haqida maqola yozildi
5235. «Маша и медведь» multfilmining «Маша + каша» nomli qismini ko’rganmisiz? Unda ushbu savol siz uchun qiyinlik qilmaydi. O’sha multikdagi olmaxon tushgan vaziyat yana bir multqahramonning boshiga tushgandi. Siz o’sha multqahramonni emas, uni bu vaziyatga qayerda duch kelganini toping?
Javob: Ayiqvoy ya’ni Vinni Pux.
Izoh: esingizda bo’lsa Masha o’zi pishirgan kashasidan daraxtdagi olmaxonga haddan ziyod ko’p yedirgani uchun sho’rlik olmaxon iniga sig’may tiqilib qoladi.
Vinni Pux ham Quyonvoynikidagi hamma asalni yeb qo’yib qochmoqchi bo’lganida quyonning eshigidan chiqolmay tiqilib qoladi
5236. U yozuvchi yoshligida, noqonuniy spirtli ichimliklar sotish bilan shug’ullangan. Keyinchalik uni ko’zidagi muammo tufayli harbiy xizmatga ham olishmagan. Lekin u ispan xalqining milly ozodlik kurashida harbiy muxbir sifatida qatnashadi. U ba’zi asarlari ta’sirida kechalari uxlolmagan ham. Sizga yordam sifatida aytishimiz mumkinki, uni «tabiat odami» desak ham bo’ladi. U yoshligidanoq yaqin atrofdagi barcha turdagi o’simlik, hayvonlar, baliqlarni nomini yoddan bilgan.
Savolimiz quydagicha: siz bizga uning kimligini emas, uning fashistlar tomonidan o’qish ta’qiqlangan asarini ayting?
Javob. «Alvido Qurol»
Izoh, asarda Italiyaning Birinchi Jahon urishida qanday tarzda chekingani yoritilgan. Bu esa fashistlarga yoqmagan.
5237. Iskandar Zulqarnayndan so’rashibdi : «Sen qanday qilib shuncha yurtlarni qo’l ostingda saqlay olding?
«Iskandar qanday javob bergan»?
Javob: Men o’tgan hukmdorlarning xatolarini gapirmadim va qaytarmadim.
5238. Roma va Olimpikos o’rtasida bo’lib o’tgan futbol bahsi haqidagi maqolada boshqa bir sport turi eslab o’tilgan. Bu sport turini toping?
Javob: Yunon – rim kurashi
Bilamizki Roma Italiya(Rim) komandasi, Olimpikos esa Gretsiya
5239. Ne ne xotiralarni
Uyg’otdingiz ko’ksimda.
… … olchalari
Savol, Yapon hokkusidagi nuqtalar o’rnida yashiringan 2 so’zni ayting?
Javob: Qari bog’ (olchalari)
Manba: Yapon Hakkular toplami.
5240.
1.Murch donasi
2.katta smorodina
3.ituzum
4.no’xat
5.Tarvuz
6.Katta greypfrut
7.olma
8.Laym
Savol bu sabsavotlar aynan shu ketma-ketlikda barchamizga ma’lum bir narsaga o’xshaydi. U nima yoki nimalar ekanini topsangiz ular orasida bu yerda keltirilmaganining hajmi qancha bo’ladi?
Javob: Quyoshni kattaligi 4 metr kattalikda bo’lardi
Izoh: Bular quyosh sestimasidagi sayyoralarni kichraytrilgani.
5241. Osish, kallasidan judo qilish, zaharlanish, ilon chaqishi, pirogda pishirvorish X lar da ishlatilgan. X ni topgan bo’lsangiz yuqorida ko’rsatilmagan ammo eng ko’p tarqalganini ayting?
Javobi: X – Shekspir asarlari. Qilich yoki xanjar sanchish.
5242. Muvaffaqiyatlilardan bo’lgan Stiv Jobs barcha narsani chiroyli bo’lishini xohlagani ma’lum va hattoki unga Ko’mish marosimi o’tkazgan. Savol nimaga?
Javob: Mac OS 9
5243. Megafon kompaniyasi o’zining reklama shiorida boshqa tashkilot tomonidan berilishi kerak bo’lgan maslahatni beradi. Agar bu shior MTS kompaniyasida paydo bo’lsa Uni buzuvchi shiorga aylanishi mumkin edi. Uni ayting?
Javob: Yo’l harakati qoidalari
Izoh: Megafon kompaniyasining ramziy rangi yashil va ularda «Переходи на зеленний» ta’rifi bor, Agar MTSda ham shunaqa ta’rif bo’lganda «Переходи на красний» bo’lardi
5244. Xetti MakDeniel – «Shamollarda qolgan hislarim» filmidagi Matushka obrazi uchun «Oskar» olgan birinchi qora tanli aktrisa hisoblanadi.Keyinchalik U barchamiz bilgan»X» multfilmida qora tanli uy bekasi (Mommy Two Slippers) obrazini yaratish prototipiga ham aylangan ekan .Diqqat savol,multfilm nomini bir nech so’zda yozib bering?
Javob: Tom va Jerry
Izoh; Xetti MakDeniel «Tom va Jerri» multfilmida Tomning qora tanli uy bekasi bo’lgan. Biz uni multifilmda faqat oyoq qismini ko’rganmiz xolos
5245. Saudiya Arabistoni Ramazon oyida saharlik tugashidan soʻng to iftorlikkacha boʻlgan vaqt oraligʻida oziq-ovqatlarni reklama qilishni taʼqiqlanib, xatto bu qoidani buzgan kompaniyalarga katta jarimalar qoʻllanilishi haqida ogohlantirildi.
Bu cheklov oʻrnatilishiga qaramay McDonaldʼs kompaniyasi oʻzining kreativ usuldagi reklamasini qoʻlladi. Kompaniyaning bu ajoyib usuldagi joylashtirgan reklamasini xatto hukumat ham iftorlikkacha kuzatishdi.
Savol yuqori darajadagi aqliy yoʻl bilan tayyorlangan reklamada nimadan foydalanishdi?
Javob: Qumsoat
5246. Parcha she’r:
Majnuntol tagiga
O’tqazing meni,
Endi u yig’lasin,
Men yig’lab bo’ldim.
Ushbu parcha kimning qalamiga mansub?
Javob: Mirtemir
5247. BLITS_savol:
1.Uning nima uchun aynan bu shaklda ekanligiga qiziquvchilar, tayyorlangan materialini isrof qilmasligi uchunligini aytishadi. Ammo uni bu holga kelishi uchun Nyuton bosh sababchi deyishadi.
Savol: U ni 1 so’zda yozib bering?
2.Alfa madaniy hordiq chiqarish uchun mo’ljallangan deyuvchilar biroz yanglishishadi. Sababi, Alfada aynan Alfa nomli Biznes Consulting va boshqa tijoriy maqsaddagi bo’linmalar faoliyat yuritadi. Sunda orollari tarkibiga kiruvchi Alfa 5 mlnga yaqin aholiga ega.
Savol: Alfa ni ayting?
3.Tarqatma:
Ost-Indiya-1639, Tiz-1825, Agata Kristi-1934,
Bu tarqatmadagi nomlarni birlashtirishingiz orqali Osiyoda suratga olingan bir film nomini topishingiz mumkin.
Savol: U qaysi film ekanligini topgan bo’lsangiz, BLITS imizni yakunlovchi qismi sifatida filmdagi salbiy qahramonni ismini ayting?
BLITS_javob:
1.Tanga
Izoh: Tangalar qadimda uchburchak, romb, to’rtburchak shaklini ham olgan. Ammo Isaak Nyuton tangalarni yumaloq qilib, chetlarini o’yib shakl berishini taklif qilgan
2.Bali
Izoh: Indoneziyadagi provinsiya, poytaxti – Denpasar. Eng yaxshi dam olish maskanlaridan biri bo’lib turizm sohasi keng rivojlangani bilan bir qatorda iqtisodiy va moliyaviy sohada faoliyat yuritadigan kompaniyalar mavjud. Kichik Sunda tarkibiga kiradi
3.Tangabali
Izoh: Ost-Indiya qarorgohi 1639-yilda qarorgoh sifatida «Chennay» shahrini tanlagan. Birinchi «temir yo’l» 1825-yilda Angliyaning shimoliy sharqida Tiz daryosida o’z faoliyatini boshlagan. 1934-yilda esa Agata Kristi qalamiga mansub mashxur Sharqiy «ekspress»dagi qotillik kitobi nashrdan chiqqan.
5248. Bir oʼziga hos maqolda unga shunday taʼrif berilgan: «U yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko’plab kamchiliklar onasi»
U nima?
Javob: Bilimsizlik
5249. Uning paydo bo’lish tarixi rasmiy ravishda qayd etilgan 1569-yildagi sanasidan ancha vaqt muqaddam, miloddan avvalgi 205 va 187-yillar oralig’ida Xan sulolasi davriga borib taqaladi. XV asrda Belgiyaning Gent, Utrext va Bryugge shaharlaridagi kambag’al qatlam uchun U ayni muddao sanalgan.
Savol: Uning nimaligini topgan bo’lsangiz, italyan tilidagi tarjimada qanday ma’noni anglatishini ayting?
Javob: Qur’a
Izoh: U – lotereya
5250. O’zbek xonlarida o’zbek urug’lari sardorlari o’ng va chap qanotga bo’linib. Taxtning o’ng yoki chap tomonida joylashgan. Bu qoida barcha turkiy mo’gil xalqlarida amalda bo’lgan. Savol buni kim yo’lga qo’ygan va sababini toping?
Javob. Amir Temur
Ajratish sababi malika va shohning qarindoshlari alohida ajralib turishidi
5251. «Ozodlik» radiosidagi bir efirda barchamizga ma’lum «Xolislik sari» dasturi muallifi bilan savol javob bo’ladi. Unda bir muxlis «Siz Yusuf payg’ambar madrasasida 5 yil ta’lim oldingiz. Bundan afsuslanmaysizmi?» deb «hazilomuz» savol beradi. Shunda Muallif shu savol savollar ichida menga eng yoqqani deb ta’kidlab yo’q deb javob beradi.
Savol o’sha madrasa qayer edi?
Javob. Qamoqxona.
Izoh. Suhbat Hayrulla Hamidov bilan bo’ladi. Yusuf payg’ambar zindonda bo’lgan paytlarini hazilomuz tarzda shunday ifodalanadi va bu savol muallifga yoqqanlari ichida birinchsi bo’ladi
5252. Tog’lilar davlati , sharqiy qirollik davlati bu iboralar qaysi davlatlarga tegishli bo’lganligini topgan bo’lsangiz shu davlatlarga o’xshash yana 4 ta davlatni to’liq toping?
Javob AlbaniyA , AvstriyA, AngolA , AndorrA, AvstraliyA , Antigua i BerbudA
Bular bosh va oxirgi harfi «A» harfida tugaydigan davlatlar edi…
5253. Bu davlat aholisi bayramlarni juda yoqtiradi. Hattoki asosan yevropaliklar yashaydigan bu davlatda Rejdestvo deb nomlangan hudud ham bor. Bu davlat suvga yaqin joylashganligini va bu davlat yevropalik tufayli kashf etilganligini inobatga olib shu davlatni toping?
Javob. Avstraliya
Izoh. Avstraliya hududiga kiruvchi orollarning biri aynan shunday nomlanadi
5254. Qadimgi turkiy tilda yomg’ir yog’maydigan osmonni qoblab turgan bulut nima deyilgan?
Javob: Kashshey
5255. Hozirgi savolim bundan tahminan 60-70 yil oldin xalq xo’jaligida ishlatilingan ish quroli haqida. Lekin hozirda ham bu ish qurolidan foydalaniladi ammo boshqa vazifada. Siz bu ish qurolini hozirgi shaklini aniq ko’rgansiz. Uning oldingi varianti bilan hozirgi varianti deyarli o’xshash. Asosan ayollar uni tozalash ishlarida ishlatadi. Siz uni aniqlagan bo’lsangiz menga uning oldingi nomini ayting?
Javob. Porakash
Izoh. Uning hozirgi varinati shvabra edi. Ayollar pol artishda foydalanadi. Avvallari esa undan tuproqni tekislash yoki sochilgan yog’och payrahalarini to’plashda foydalanilgan
5256. Ikkinchi Jahon urushi paytida Gitler quyidagi so’zlarni aytadi. «Agar g’alaba qozonsam 7-oktabrri g’alaba kuni deb e’lon qilaman va Moskvaning markaziy maydonida birinchi bo’lib uni tilidan osaman» degan. Bu shaxs mashhur insonlardan biri bo’lib, Uning so’zlari Sovet xalqi va askarlarini g’alaba sari ruhlantirgan. U kim?
Javob: Mashhur SSSR diktori(suhandoni) Levitan.
Izoh: Levitan Rossiya radiosida ishlagan. Uni ko’pchilik ruhlantiruvchi gaplari orqali yaxshi taniydi. Qachonki radiodan u gapirsa barcha diqqat bilan eshitgan.
5257. Fransuz X sini asosan Amerika qirg’oqlarida – Floridadan Braziliyagacha bo’lgan masofada uchratish mumkin. Uning ikkitasi Qur’onda «yozuvchi» nomi bilan tilga olingan.
Savol: biz X ostiga qaysi so’zni yashirganmiz?
Javob: Farishta
Fransuz farishtasi bu baliq nomi. Qur’onda nomi tilga olingan «yozuvchilar» esa bizning ikki yelkamizdagi farishtalardir
5258. AQShdagi quruq qonun davrida g’alati g’ishtlar savdosi yo’lga qo’yiladi. Bu g’ishtlar qo’llanmasiga jazoni aylanib o’tish uchun quyidagicha «ogohlantirish» yozilgan.
«G’ishtni suvga eritib, uni 21 kun saqlay ko’rmang. Aks holda eritma X ga aylanib qoladi»
Savol: X ni toping?
Javob: Vino
Aslida bu g’isht vinochilar tomonidan ishlab chiqarilgan. Bu ogohlantirish esa aslida qo’llanma vazifasini bajargan
5259. Xitoyda bir mashhur maqol mavjud uni kinolarda seriallarda ham eshitganmiz ya’ni ayollar X ga o’xshashi erkaklar esa Y ga o’xshashi kerak ekan. Shunda oilada ishda sevgi muhabbatda ham omadlari chopar ekan lekin o’zbekchaga tarjima qilinsa ayollarga bunday o’xshatish xos emas
Diqqat Savol ayollar nimaga erkaklar nimaga o’xshashi kerak?
Javob: Ayollar -tulkiga
Erkaklar- ajdahoga
5260. Yarim asr oldin Bostonlik bir kishi o’z kashfiyoti uchun patent oladi. Undan buning uchun ayniqsa teatrdagi ayollar minnatdor bo’lishadi. Savol: u odam nimani kashf qilib teatrdagi ayollarni bunchalik xursand qilgan?
Javob : Hozirgi teatrlarimizdagi ko’tarib qo’yiladigan o’rindiqni kashf qilgan.
5261. Bu davlat okeanga yaqin joylashgan bo’lib suv sathidan uncha baland emas. Asosiy dini katolik. Hattoki bu davlat hududiga 70dan ziyod orollar ham kiradi. Iqtisodiyotining asosini neft qazib chiqish tashkil etadi. Boshqaruv shakli unitar respublika. Iqlimi subekvatorial va ochiq havoda o’tkaziladigan sport turlari uchun noqulay. Bu davlat 7ta xalqaro tashkilotga a’zo. Bu davlat qaysi?
Javob: VENESUELA
Manba: Jahon Mamlakatlari kitobi.
Izoh: Iqlimi subekvatorial ya’ni dunyoning eng namligi yuqori bo’lgan davlat. Hattoki Venesuela va Argentina o’rtasidagi futbol o’yinda Argentinaliklarning o’yin tugamasidan avval toliqqani ob-havoga moslasholmaganini sharhlovchi ham ta’kidlagan
5262. Bu musoboqaning Oklahomalik g’olibasi jurnalistlarga bergan intervyusida shunday deydi: Bizda Oklahomada juda qattiq shamol bo’ladi. Ikki yil oldin shu darajada qattiq shamol bo’ldiki oqibatda tomorqamdagi pomidorlar qizarmadi. Shamol quyosh nurlarini uchitib ketdi.
Savol: U qiz qanday musobaqada g’olib bo’lgan?
Javob: Yolg’on gapirishdan. Ya’ni lof gapirishdan g’olib bolgan
5263. XX asrda hokimiyat uchun kurashlar nihoyatda kuchaygan. Shunday sharoitda hokimiyatni qo’ldan chiqarmaslik uchun xalqqa nisbatan terror yo’lini tanlagan bu shaxs odamlarni qo’rqitish uchun qiynash va o’ldirishning eng dahshatli usullarini qo’llaydilar-ularning qornini yorib jigarini kesib oladilar va shu yerda iste’mol qiladilar. Ba’zi qiynoqlarni aytishning o’zi axloq normalaridan chiqish hisoblanadi. Ular insonning bir a’zosini dori tayyorlashda ishlatishgan.
Savol: Ular dori tayyorlashda qaysi organdan foydalanishgan.?
Javob: O’t pufagi. ( zaxardon)
5264. Ispanlarda turli xil anekdotlar bor. Ba’zilarida hazildan ko’ra so’z o’yini yoki savollarni noto’g’ri talqin qilish kuzatiladi. Ispanlardan esa bir zamonaviy anekdot.
Bir inson bir boladan so’radi:
-Xristian bo’lmoqchimisan – Yo’q, Xristian emas. Men U bo’lmoqchiman.
Diqqat savol: Uni toping?
Javob: Messi
Izoh: bu savolni topishda ingliz tilini bilsangiz kifoya Xristian ingliz tilida Cristian, ispanchada Cristiano. Bola esa bu savolni noto’g’ri tushunib Cristiano Ronaldo bo’lmoqchimisan deb tushungan.
5265. VII Asrning oxirlariga kelib islom dini o’rta osiyo xalqlariga Majburan qabul qildirildi. ISLOM dini ta’siri asta – sekin jamoa hayotining barcha sohalarida tarqaldi. ARABLAR o’z hukumronlik ahvolini mustahkamlashga halaqit beradigan xalq ananalariga qarshi kurash olib bordi. ARABLAR YANA unga ham qarshi kurashdi va uni ko’pini yo’q qildi lekin baribir ham hozir ularning ko’pi saqlanib qolingan
Savol ular nima?
Javob: Xalq o’yinlari
5266. Bu adib mehnatini rohatini ko’rib, Hashamatli hayot kechirgan. Nochorlikdan qutilib, pullari ko’paygach, o’ziga muhtasham qasr qurdiradi. BU go’zal koshonadan mehmonlar qadami arimasdi.Adib katta-katta ballar uyishtrib, yevropaning eng badavlat va taniqli insonlarini yig’ardi. U doim ayollar qurshovida bo’lardi.
Bu adibning son-sanoqsiz ishqiy sarguzashtlari haqida afsonalar yuradi.
Hatto adibning mashuqalari soni uning yozgan kitoblariga tenglashtrilardi.
SAVOL U QAYSI ADIB?
Javob: Aleksandr Dyuma
5267. 63 yoshli Kit Richards Jek Vorobeyning otasini o’ynashi haqida ma’lumot berilgan bir maqola nomi bir Amerika adabiyoti asari nomi bilan bir xil. Diqqat savol: Maqola nomi aynan qanday?
Javob: Chol va dengiz
5268. 1959-1964 yillarda namoyish etilgan «Rokki va Bulvinklning sarguzashtlari» multfilmi epizodlaridan bir bu ishni qilishni aytadi. Shunda Bullvinkl «bu juda ajoyib shunday qilsangiz kelasi hafta ham bizni ko’ra olasiz!» . Shundan so’ng multfilm yaratuvchilari ota – onalardan 20000 dan xat olishadi.
Bu ish nima?
Javob: Bilamizki o’sha davrlarda televizor pultlari hali yaratilmagan edi. Rasmlarda yoki eski kinolarda ko’rgan bo’lsangiz kerak televizorda tutqichlar yoki tugmalarda kanallar almashtirilgan.
Savol javobi esa quyidagicha:
Televizorning kanal almashtiradigan tugma yoki qurilmasini sug’urib olish!
5269. Savol bu yozuvchi o’z qahramonlari bilan xayolotida yashagan va shu qadar ularga ishongan hattoki har tush uxlashdan oldin xonasi oynasidan pastga qarab arqon tashab qo’ygan hayolida asar qahramonlari keladi va arqon orqali xonamga chiqadi deb o’ylagan bu qaysi yozuvchi?
Javob: Xans Kristian Anderson
5270. 1936 yilda yaratilgan “Qasam” filmi o‘zbek kinosi tarixida o‘z o‘rniga ega. Mutaxassislar fikricha, aynan shu film O‘zbekistondagi teatr aktyorlariga kino sari yo‘l ochib bergan ekan. Diqqat savol, ushbu filmning o‘ziga xosligi nimada edi?
Javob: “Qasam” filmi o‘zbek kinosi tarixidagi birinchi ovozli filmdir.
5271. Bu ikki shaxs o’z paytida butun dunyoga ta’tigulik ishlar qilishgan. Ammo mustaqillik yillarigacha ularning qabrlari xaroba holida bo’lgan.( Ikkala qabr ham Afg’oniston hududida bo’lgan)Mustaqillikdan keyin esa prezidentimiz tashabbuslari bilan ularning qabrlari ziyoratgohga aylantirilib, ko’rkamlashtirildi ya’ni boshqa davlat hududida ziyoratgoh barpo etildi. Diqqat savol bu ikki buyuk shaxs kim?
Javob: Navoiy va Beruniy
Bundan tashqari yana Mavlono Lutfiy hamda Kamoliddin Bekzod qabrlari ham aynan Afg’onistonda joylashgan
5272. Afsonalarga ko‘ra, O‘zbekiston hududida hukmronlik qilgan xonlardan biri safarga chiqadi va bir hududga kelib to‘xtaydi. Ammo bu yerda suv muammosiga duch kelishadi. Hech qayerdan suv topa olishmaydi. Shunda o‘sha hudud yonidagi tog‘dan maxsus quvurlar orqali xon uchun suv tortib kelishadi. Bir necha o‘n kilometrdan tortib keltirilgan mazkur quvurlar xonning vaqtinchalik qarorgohiga ulanadi va xon o‘sha suvdan ichib ko‘radi. Vazifa uddalangani, ya’ni “Xon suvdan ichdi” degan xushxabar xalq orasida tezda tarqab ketadi. Aytishlaricha, shu voqea sabab, O‘zbekistondagi bir tuman o‘zining hozirgi nomini olgan ekan. Diqqat savol, bu qaysi tuman?
Javob: Samarqand viloyatidagi Ishtixon tumani. “Xon suv ichdi” degan xayqiriqlar “Ichdi xon” degan shaklda o‘zgarib, keyinchalik Ishtixon ko‘rinishiga kelgan ekan.
5273. Amerikalik olim Maykl Hartning bir asari G’arb dunyosida katta shov shuvga sabab bo’ldi. U 100 nafar buyuk insonlardan eng buyugini kompyuter vositasi orqali aniqladi. U shu kungacha yashab o’tgan buyuklarning qobiliyatlari, kurashlari, muvaffiyatlari tatqiqod va kashfiyotlarini kompyuter xotirasiga kiritib matematik yo’l bilan ularning eng qudratlisini aniqladi. Natija juda hayajonli bo’ldi. Kerakli tugmani bosganida Yer yuzidagi eng buyuk inson ismi yozildi. U kim edi?
Javob: Muhammad s.a.v
5274. Juma namozi masjidda o’qilayotganda imom qo’liga hassa olib tilovat qiladi.
Savol: Juma namozi aytilayotganda imom nima sababdan qoʻliga hassa oladi?
Javob: Sunnat amali hisoblanadi
5275. Yor kabi xayrlashdi,
Hayotim qiyinlashdi.
Hatto qushlar chekar oh,
Qaytmas sen ham cheksang voh.
Yuqoridagi she’rda nimaga ta’rif berilyapti?
Javob: Quyoshning botishi
5276. Hazrat Alishet Navoiyning
«Orazin yopqoch ko’zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh»
misralarini ba’zi odamlar ya’ni adabiyotshunoslar Navoiyning yori Guliga bag’ishlangan desalar «ba’zilar» boshqa fikrda. Savol o’sha «ba’zilar»ning fikriga ko’ra bu misra yaralishiga sabab bo’lgan voqeani toping?
Javob: Navoiy tushida payg’ambar Muhammad (s.a.v)ni ko’radi.
5277. Eng avval Yuliy Sezar muzeyni yoqib bu ishni boshlab bergan deb aytishadi. Keyinchalik arxiyepiskop Feofil Vizantiya imperatori topshirig’i bilan Yupiter maqbarisini yoqqan. Bu jarayon esa Halifa Umar davrida yakunlanganini hisobga olib gap nima haqida borayotganini maksimal aniqlikda yozib bering?
Javob: Iskandariya kutubxonasining yo’q qilinishi.
5278. X- filologiya fanlari doktori, professor. 1939 yilda Tojikistonning Panjikent tumanida tug’ilgan. »Muxammadrizo Ogaxiyning tarjimonlik maxorati» mavzuida nomzodlik (1970) va » Xorazm tarjima maktabi » mavzuida doktorlik (1988) dissertatsiyalarini ximoya qilgan. X » Do’stlik ko’priklari» ,bu qadimiy san’at » , Ibn Sino va Dante » , Najmiddin Kubro , nomli kitoblari ,F. Attor, Sulton Valad , va Xusayn Voiz Koshifiydan qilgan tarjimalari bosilib chiqqan.
Marhamat » X » kim?
Javob: Najmiddin Komilov
5279. XV asrda, ikkita qit’ada bir vaqtning o’zida 2 ta «sher» dunyoga keladi.
Ikkalasi ham chindan ham hayotda «sher» bo’lishadi.
Savol: Gap kimlar haqida ketyapti?
Javob:
1) Alisher Navoiy (1441) Osiyoda
2) Leonardo da Vinchi (1452)
Yevropada
5280. Stefan Tsvaygni «Ayol hayotidan yigirma to’rt soat» asarida unga shunday ta’rif beriladi: Uni fan ham san’at ham deb bo’lmaydi, u huddi muqaddas Ka’ba toshi yer bilan osmon o’rtasida muallaq turgani kabi, uning o’rni ham o’sha ikki narsa o’rtasida qalqib turadi va o’z mohiyatida bir-birini inkor etuvchi juft tushunchalarni mujassam etadi. U shunday bir tafakkurki uni oqibatida xulosa ko’rinmaydi, u shunday san’atki unda shox asarning o’zi yo’q, u shunday memorchilikki unda devor ham yo’q. Ammo u o’zining borlig’ini va borligini har qanday asarlaru kitoblardan ham ko’ra ko’proq isbot etgan. U barcha xalqlarga tegishli yagona, uni bu zaminga qaysi bir Xudo olib tushganini ham hech kim bilmaydi. SAVOL: U nimani nazarda tutgan?
Javob: Shaxmat
5281. Alfa- bu ma’suliyat sezishingdir. O’zinnga aloqasizday tuyulsa ham qashshoqlik oldida andisha qilishingdir. Do’stlaring erishgan har bir g’alabadan faxrlanishningdir, o’z g’ishtingni quya turib , dunyodagi bunyodkorlikka ko’maklashayotganingni his etishingdir .
Savol: A.Sent-Ekzyuperining fikricha alfa nima?
Javob: U «inson bolishni»nazarda tutgan.
5282. Rishton tumani o’zining kulolchiligi bilan mashhur. Qiziqarli tomoni shundaki, kulollar yasayotgan buyumlarida an’anaviy ramzlardan foydalanib, uning egasining hayotini tasvirlashlari mumkin ekan. Lagan o’rtasidagi nuqta – inson tug’ilishini anglatar ekan.Ko’p donali anor serfarzandlikni, qushlar naqshi tinchlik va ozodlikni, ko’za mehmondo’stlikni anglatar ekan. Buyurtmachi o’zini balo-qazo, kasalliklardan asrashni istasa, buyumga achchiq qalampir tasviri chizilar ekan.
Savol: lagan egasi juda baxtli, omadli va boy bo’lsa, unda nimaning tasviri chiziladi?
Javob: bodom
5283. Moskva dastlab qadimiy slavyan shaharlari singari qishloqlarga bo’lingan. Bu qishloqlarda qandaydir bir soha, millat vakillari istiqomat qilishgan. Moskva ko’chalari o’z nomlarini mana shu qadimgi qishloqlardan olishgan. Masalan, «Моховая» ko’chasi mo’yna sotiladigan joy bo’lgan. «Плотниково» da saroy duradgorlari, «Мясницкая» da esa qassoblar yashashgan. Endi siz menga hozirgi kungacha nomidagi harflarning talaffuzi biroz o’zgargan «Маросейка» ko’chasida kimlar yashaganini topib ayting?
Javob. Aslida u «Малороссийское» karvonsaroyi bo’lgan, ya’ni u yerda Ukrainadan kelgan muhojirlar to’xtashgan.
5284. Har birimiz yoshligimizda juda ko‘p ertaklar, fantastik asarlar o‘qiganmiz. Yalmog‘iz kampir, uch boshli ajdarho, O‘lmas kashshey, ko‘rinmas odam va hokazo. Qani, bir xotirangizni ishga solib, olti oyoqli, bir boshli, ikki ko‘zli va dumi bor mavjudot muallifini topishga harakat qilib ko‘ringchi?
Javob: Mayn Rid, «Boshsiz chavandoz» asari muallifi.
5285. O’zbekiston xalq yozuvchisi Said Axmad o’zinig » Yo’qotganlarim va topganlarim kitobida Nosir Fozilovga qanday urg’u bergan?
Masalan:O’tkir Hoshimovga » Ijod va jasorat » deb, Murod Muxammad Do’stga » Jomdan chiqqan yozuvchi deb ur’gu berib o’tgan?
Endi marhamat Nosir Fozilovga qanday urg’u bergan?
Javob: »Ikki xalq bolasi»
5286. Kiyev viloyati Uzin shahrining xalqi har zamonda o’z ona shaharlarini »kichik Braziliya» deb atashadi. Ularni tushunsa bo’ladi. Yovvoyi maymun, va karnavallar u yerda yo’q. Agarda shaharga qush parvozi darajasidagi balandlikdan qarasangiz sizga U-ni eslatadi.
Dikkat: U-ni toping?
Javob: Samolyot
Izoh: Braziliya poytaxti Brazilia shahri samolyot shaklida
Qurilgan. Uzinliklar shu sabab ona shaharlarini Braziliyaga
o’xshatishar ekan
5287. Abu Ali ibn Sino bu narsa haqida gapirarkan undagi narsalarning eng yaxshisi mag’zi ekanligini, mijozi mo’tadilga yaqinligi, bir qismi sovuqqa, bir qismi issiqqa moyilligi, umuman nervlarni yumshatishi, ko’zdagi og’riqda foydali ekanligini aytib o’tadi. Bir o’zbek maqolida uning bir qismini saqlab boshqa qismini esa oqlab tanovul qilish kerakligi aytilgan. Savol. U nima?
Javob: Tuxum
5288. Qimmat baho shaxmat donalarini tayyorlovchi kompaniya ta’kidlashicha donalarni tayyorlash uchun har xil o’lchamli sifatli yog’och , taglik uchun sifatli teri , og’irlashtirish uchun shaxmat donasi tagidan teshilib temir (magnit ) o’rnatiladi undan oldin bir mahsulot (yegulik) ham qo’shib qo’yiladi
Diqqat savol: shaxmat donasi o’rtasiga qaysi mahsulot va nima uchun qo’yiladi ?
Javob: Yeryong’oq
Sabab yog’och vaqt o’tishi bilan qurib yorila boshlaydi yeryong’oq esa yog’li mahsulot bo’lib yogxochni qurishdan asraydi
5289. Nyu York politsiya xodimlarining hisobotiga ko’ra kemalarda kelayotgan ba’zi Yo’lovchilar Uni ko’rgach o’zini suvga tashlashini ba’zilari xatto cho’kib ketayotganini ma’lum qilishgan.
Savol uni toping?
Javob: Ozodlik Haykali
5290. Yurtimizda o’tgan barcha allomalar, shariat peshvolari, shoir va mutafakkirlarimiz orasidan biron-bir zot yo’qki, UNDAN dod demagan bo’lsa! Bizda bu g’oya ayni shunday kuchki, u dinimiz arkonlaridan ham, ajdodlar o’gitlari-yu davlat siyosatidan ham doimo zo’r chiqib keladi. Unga bas keladigan, uni yenga oladigan biron-bir kuch dunyoda yo’q.U nima ?
Javob: to’y-maraka
Manba.Xayriddin Sultonov «Odamlardan tinglab hikoya» asari
5291. Xitoy donishmandlarining fikriga ko‘ra, dono odamning bu ishni qilib turgan paytda ham donoligi bilinib turadi. Savol, bu ishni qilish deganda nima nazarda tutilmoqda?
Javob: Sukut saqlaganda
5292. Dunyoda buni Irlandiyaliklar yaratgan degan gap yuradi lekin buni kim yaratgan bo’lsa ham juda katta ish qilgan sizga men Yordam sifatida shuni aytamanki bu narsa butun dunyoni import eksportiga o’z tasirini ko’rsati savol sizga hozir nima haqida gaprilmoqda?
Javob: Shtrix kod
5293. 1867 yili Butunjahon ko‘rgazmasining umumiy bo‘limida dori ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda atir ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari namoyish etilishi kerak edi. Biroq ayrim parfyumerlar ko‘rgazmada ishtirok etishdan bosh tortishadi. Buning sababi dori ishlab chiqaruvchilarga qo‘yilgan talabni ularga ham qo‘yilishi bo‘lgan. Savol: qanday talab?
Javob: Mahsulot tarkibini aniq ko‘rsatish. Dori tarkibi aniq ko‘rsatilmasa, ko‘rgazmaga qo‘yilmagan. Ammo atir tarkibining to‘liq ko‘rsatilishi parfyumerlarga sira yoqmagan. Tijorat siri bor axir
5294. Yillar xatto sochdan rangni o’chirdi,
Xusnga tashladi nursiz bir soya.
Ammo xayolingga yetmayin kuchi
O’zimga butunlay berdi nixoyat,
Lekin sen cho’chima, o’ylaringni men
Faqat o’n sakkizda turib eslayman,
Faqat o’n sakkizda yurib eslayman,
O’n sakkiz yoshdagi yo’llaringni men.
Ushbu she’r kimning qalamiga mansub?
Javob: Saida Zunnunova
5295. XX boshlarida Nemislar Xitoyda bir korxona qurishgan. Mahalliy aholi hazil sifatida o‘tgan asrdagi mustamlakachilik davridagi eng yorqin damlar o‘sha paytlar edi deyishadi. Savol o‘sha korxona nima ishlab chiqarishga mo‘ljallangan edi?
Javob: Pivo
5296. Bir stol atrofiga turli millat vakillari yig’ildi: ingliz, rus, nemis, o’zbek va xitoy. Ularga mezbonlik qilayotgan kishi xizmatkorlaridan biri ho’jayiniga qo’shib barini zaharlashi kerakligiga dushman tarafdan buyruq kelib qoldi. Ularning har birining milliy taomlari pishirilib tortilgan dasturxon ishtaha ochuvchi bir paytda birin- ketin mehmonlar zaharlanib o’la boshladi. Lekin, o’zbek bilan xitoyga hech nima qilmadi. Savol: zaharni ular qaysi predmet orqali qo’llaganlar?
Javob: Qoshiq, sanchqi zaharlangan.
Izoh: O’zbek qo’lida ovqat yegan,
xitoy tayoqchasi ovqat yegan.
5297. Mashhur yozuvchi Agata Kristining aytishicha, u ko’pchilik detektiv asarlarining syujetlarini aynan bir ish bilan shug’ullanayotgan paytda o’ylab topgan ekan. Unga ahmoqona tuyilgan bu mashg’ulot paytida beixtiyor qotillik haqida fikr kelar ekan.
Bu qaysi ish?
Javob: Idish-tovoq yuvish
5298. Fransuz adibi Andre Morua, bu bu buyuk adib haqida Shunday yozgan edi «U guyoki inson xohishga buysunmaydigan tabiat ofatiga o’xshaydi. U har qanday cheklov va suquvlarga toqat qilaolmasdi.18 yoshida uni hamma narsa qiziqtira boshladi, ayniqsa yetishib bo’lmas osmondagi yulduzlarni. U bir kun kelib o’z yulduzini o’shlashiga ishonardi»
Savol. Andre Morua kimga bunday ta’rif bergan?
Javob: Aleksandr Dyuma
5299. Qizil Xoch jamiyatining Germaniyadagi bo’limida qaysidir yili donorlar soni sezilarli darajada ko’payibdi. Ma’muriyat esa bunga sabab qilib har 0,5 l qon topshirgan donor bepul chiptaga ega bo’layotganini ko’rsatibdi. Savol chipta qaysi filmga edi?
Javob: Drakula
5300. Stalin huzuriga 40x yillar oxirida(aniq yili muhimmas), sport ishlari bo’yicha SSSR raisi(vaziri, ismi esimda yo’q) Olimpiadaga borishga ruhsat(oq fotixa) so’rash uchun kiradi, shunda Stalin bir savol beradi, u bunga javob berolmaydi va Olimpiadaga SSSR ishtirok etmaydi.
4 yildan so’ng, 50x yillar boshida, shu hol takrorlanadi, ya’ni Stalin yana o’sha savolni beradi. Shunda sport ishlari vaziri, bu savolga javobni o’ylash uchun, 1 hafta vaqt so’raydi. Vazir bir hafta ichida sportchilar va ma’sul shaxslar bilan suhbatlashib, shunday xulosaga keladi, to qaytib kelganimizcha olimpiadadan, Stalin tirikmi, yo’qmi. 1 hafta o’tgach, Stalin huzuriga kirgach, «ha» deb javob beradi.
Savol: Stalin, vazirga qanday savol bergan?
Javob: Stalinning vazirga bergan savoli, quyidagicha bo’lgan: agar Olimpiadada ishtirok etsangiz, Amerikadan ko’p medal olishga ishonchingiz komilmi?