6 oktabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon tabassum kuni.
🌏 Butunjahon kollej radiosi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇸🇬 Singapur – Bolalar kuni.
🇨🇺 Kuba – Kubadagi portlashning yilligi.
🇭🇺 Vengriya – Arad shahidlarini xotirlash kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya – Milliy bo’rsiq kuni.
🇰🇿 Qozogʻiston – Mudofaa sanoati xodimlari kuni.
🇮🇷 Eron – Veterinariya kuni.
🇧🇾 Belarus – Arxivchilar kuni.
🇱🇰 Shri-Lanka – O’qituvchilar kuni.
🇰🇮 Kiribati – Taʼlim kuni.
🇪🇬 Misr – Qurolli kuchlar kuni.
🇹🇲 Turkmaniston – Xotira va milliy motam kuni.
🇸🇾 Suriya – Tishren ozodlik kuni.
🇰🇿 Qozog’iston – Buxgalter kuni.

👉 6-OKTABRDA SODIR BO‘LGAN VOQEALAR:

  • mil. av 69 – Tigranakert jangi (Qadimgi Armaniston).
  • 680 – Iroqning Karbalo shahri yaqinlarida Muhammad s.a.v.ning nevarasi Husayin r.a. va hamrohlari, Umaviylar xalifasi Yazidga qarashli aksarlar tomonidan o‘ldirildi. Bu voqea tarix sahifalarida “Karbalo qatliomi” degan nom bilan qayd etildi.
  • 1398 – Hindiston yurishiga otlangan Amir Temur Chinob daryosi sohilidagi qal’a yonida to‘xtadi va daryodan kechib o‘tdi.
  • 1506 – Rim papasi Yuliy II Bolonyani Papalar viloyatiga qoʻshdi.
  • 1536 – Ingliz diniy islohotchisi va Bibliyaning ingliz tiliga tarjimoni Uilyam Tindeyl shakkokkik uchun gulxanda kuydirildi.
  • 1571 – Lepantodagi jang.
  • 1769 – ingliz sayyohi Jeyms Kuk Yangi Zelandiyaga kelib tushdi.
  • 1801 – Napoleon Gollandiyaga yangi konstitutsiyani taqdim etdi.
  • 1889 – Tomas Edison o’zining birinchi filmini namoyish etadi.
  • 1908 – Krit Turkiyadan mustaqilligini va Gretsiyaga qo’shilishini e’lon qildi.
  • 1918 – Regentlik Kengashi (Rada Regencyjna) Polshaning mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1920 – Buxoro amirining yozgi saroyi – Sitorayi Mohi Xossada Butun Buxoro xalq vakillarining birinchi qurultoyi ish boshladi. Unda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.
  • 1921 – Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Tur­kiston Xalq Komissarlari Soveti TIKning faoliyatini kuchaytirish maqsadida “Turkiston Respublikasi Iqtisodiy Kengashi haqida” Nizom qabul qildi.
  • 1948 – 6-oktyabrga o’tar kechasi Ashxobodda Rixter shkalasi bo’yicha 9 balli zilzila sodir bo’ldi.
  • 1973 – Arab davlatlari bilan Isroil o‘rtasida Yom Kippur urushi boshlandi. Yigirma kun davom etgan urushda Isroil Suriya va Misr kuchlarini yer bilan yakson qildi.
  • 1981 – Qohiradagi parad vaqtida Misr prezidenti Anvar Sadat suiqasd qurboni bo‘ldi.
  • 1990 – “Turonbank” aksiyadorlik tijorat birlashtiruv banki tarzida tashkil etildi.
  • 1994 – Nukusda buyuk olim, mashhur astronom Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi.
  • 1995 – O‘zbekiston Respublikasi bilan Ruminiya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
  • 1996 – AQShda Fox News yangiliklar telekanali  ish boshladi.
  • 2001 – AQSH Afgʻoniston harbiy operatsiyalarni boshladi.
  • 2010 – «Instagram» fotosuratlar almashish dasturi ishga tushirildi.

👉 6-OKTABRDA TAVALLUD TOPGAN MASHHURLAR:

  • 1732 – Nevil Maskelayn (1811) – ingliz astronomi, Yerdan Quyoshgacha bo’lgan masofani o’lchagan.
  • 1773 – Lui-Filipp I (1850) – Fransiya qiroli (1830-1848).
  • 1866 – Rejinald Fessenden (1932) – kanadalik elektr kompas va exolot ixtirochisi.
  • 1882 – Shimanovskiy Karol (1937) – polyak kompozitori, pianinochi, zamonaviy milliy kompozitorlik maktabi asoschisi.
  • 1903 – Ernest Uolton (1995) – irlandiyalik yadro bo‘yucha fizik, Nobel mukofoti sovrindori (1951).
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1906 – Janet Gaynor (1984) – amerikalik kinoaktrisa.
  • 1914 – Tur Xeyerdal – (2000) Butun umrini dunyoni o’rganishga bag’ishlagan mashhur norveg sayyohi. 
  • 1927 – Azimov Asad (1995) – opera xonandasi (lirik tenor), O’zbekiston xalq artisti (1978).
  • 1928 – Suhrob Sipehriy (1980) – eronlik shoir, yozuvchi, rassom va faylasuf.
  • 1930 – Hofiz Asad (2000) – Suriya Prezidenti (1971-2000).
  • 1936 – Robert Lenglends-  amerikalik-kanadalik matematik.
  • 1969 – Muhammad V – Malayziya qiroli (2016-yildan).
  • 1983 – Leonid Andreyev – yengil atletikachi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (2002), «Oʻzbekiston iftixori» (2002).