61-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

6001. Qadimda o’zaro xabarlashma sifatida tutun va olovdan ham foydalanishgan. baland tepaliklar ustida o’tin yig’ilib olov yoqishga shay qilib qo’yilgan va soqchilar tayinlangan. Ular tunu kun soqchilik qilib turishgan. Soqchilar orasida albatta X lari ham bo’lgan. Bu X kimligini va nima sababdan ular tanlanganligini ayting?
Javob: X Qariyalar.
Izoh: Ularni kam uyqu bo’lganliklari sababli doim sergak bo’ladi, degan maqsadda tanlashgan.

6002. Shavkat Rahmonni xotirlab, shoir haqidagi savolni o’ynaymiz.
Shoir tabiatdagi bir narsani «yerning qonga bo’yalgan mushti» deb ta’riflaydi. Savol: u nima?

Javob: Anor

6003. Bir mashhur yozuvchidan «Inson uchun eng xavfli va o’lim xavfi ko’p bo’lgan joy qayer» deb so’rashganda, u juda mantiqli javob beradi. Uning fikricha, eng xavfli joy qayer?
Javob: Yotoq

6004. Uilliyam Shekspir uni xush ko’rmaganini yozadi va uni «Aql o’g’risi» deb ataydi. Shekspir fikrini davom ettirib shunday deydi: «Odamlar o’z tillari va lablari orqali unga yo’l qo’yadilar». U nima?
Javob: Sigaret

6005. Aytishlaricha, Aleksandr Makedonskiy o’zini qo’shinlaridagi minglab askarlar sonini yoddan bilarkan. Askarlari orasida Aleksandr ismli ko’rimsiz, tartibsiz yigit bo’lib bir kuni Makedonskiy unga shundey degan ekan: YO ASKARLAR SAFIDAN KET YOKi………!
Savol! Jumlani toping?

Javob: Ismingni o’zgartir

6006. Stalin bir voqeadan so’ng quyidagi gaplarni aytgan:
«Mening bor insoniy tuyg’ularim bugun ko’mildi» savol qachon?

Javob: Ayoli vafotidan keyin

6007. Savol: XIX asr O’rtalarida Angliyada un va shunga o’xshagan oziq ovqatlar qopiga har Xil gullarni rasmi chizilgan qoplarni do’konlarga tarqata boshlashgan. Savol qoplarga nega gullarni rasmini chizishgan?
Javob: O’sha paytlar urushdan keyin qashshoqlikni boshdan kechirayotgan Angliyaliklar bolalariga kiyim ololmasdan qoplardan kiyim kiyg’azib qo’yishgan shundan keyin hukumat shu qarorga kelgan.

6008. Britan tashkiloti «Action on Smoking» xabar berishicha, bu narsaning ommalashuvi o’smirlar orasida chekishni 19% kamaytirib yubordi. Oldin o’smirlar sigaretni kattalarga o’xshash uchun qo’lga olardilar. Endi esa huddi shu maqsadda unga ruju qo’yishdi.
Bu nima bo’lishi mumkin?

Javob: Mobil telefon📱

6009. Gippokrat ikki o’g’il, ikki qiz ko’rgan. Uning sevimli farzandlaridan biri qizlaridan birining ismi Xigeya bo’lib, har qanday kasalliklarning kelib chiqishini o’rgangan. Bejizga uni «salomatlik xudosi» deb atashmagan. Xigeya asos solgan tibbiyot sohasining bugungi kundagi nomi nima?
Javob: Gigiyena

6010. Qadim zamonlarda u narsaning ichiga cho’g’ solishib faqat boylargina ko’rkam ko’rinish uchun ishlatishgan yevropada esa undan tergovchilar jinoyatchilarni qiynashda ham foydalanishgan hozirgi zamonaviy turlarini esa har bir oiladan topsa bo’ladi. Savol: U nima ?
Javob: Dazmol

6011. Inson miyasidagi hujayralar 30 yoshgacha rivojlanib, so‘ng birin-ketin nobud bo‘lar ekan. Yaponiyalik olimlar fikricha, buning oldini olishning osongina yo‘li bor ekan. Hattoki, uni har bir kishi qilishi mumkin ekan. Sizningcha u nima bo‘lishi mumkin?
Javob: Asabiylashmaslik.

6012. Yusuf Xos Hojib «Qutadg’u bilig» asarlaridan shunday ta’rif keltirilgan:
«Qimirlagan jonga naf berar ular,
Yemishu-ichishga jon bergan ular.
Nafas olmish butun tirik jonivor
Ulardan bo’lmog’i kerak minnatdor.»

Yusuf Xos Hojib qaysi kasb egalarini ta’riflaganlar?
Javob: Dehqonlar

6013. Amerika yozuvchisi Bouvining ta’kidlashicha «U ko’p ishlagandan o’lmaydi aksincha ishsiz turib qolsa zanglaydi» degan. U nima?
Javob: Aql

6014. Luqmoni Hakim o’g’liga nasihat qilib shunday degan: «O’g’lim, u saharda sendan oldin Xudoni zikr etadi». Uni toping?
Javob: Xo’roz

6015. Italiyaning qadimiy obedalaridan biri bo’lgan «Kolizey» miloddan avvalgi 75-80 yillarda qurilgan.
«Kolizey» devorida qo’l sig’adigan kovaklar bo’lib, unga terilgan toshlarni bir-biriga mahkamlash uchun o’sha zamonda shu kovaklarga aynan X quyilgan ekan. Ikkinchi jahon urishi davrida o’q tayyorlash uchun X tanqis bo’lib qolganligi tufayli «Kolizey» ning shu X lari eritib olingan ekan.
Savol X ni nima yoki (qaysi kimyoviy element) ekanligini toping?

Javob: X-Qo’rg’oshin.

6016. Artur Konan Doylning «Sherlok Holms» asarida ushbu raqqos odamchalar maxfiy yozuvni ifodalaydi. Har bir odamcha bir harfni ifodalagan. Savol yozuvdagi bayroqchalar nimaning belgisi?

Javob: ushbu bayroqchalar. So’z tugaganini bildirgan ya’ni probel.

6017. Savol: Agar Siz 3 ta olma bilan 4 ta olma o’rtasidagi farqni aniqlashingiz kerak bo’lsa, nima deysiz?
Javob: Farq yo’q, chunki har ikkala holatda ham Sizda olma bor

6018. Savol: Xuddi endi o’lgan qo’ziqorin kabi, meni ham ko’rishingiz mumkin, lekin ushlay olmaysiz. Men nima?
Javob: Tush

6019. Savol: Men har kuni kelaman, lekin meni hech qachon ko’rish yoki ushlash mumkin emas. Men kimman?
Javob: Ertangi kun (kelajak).

6020. Savol: Bir xonada 10ta chiroq va 10ta kalit bor. Har bir kalit faqat bitta chiroqni yoqadi. Barcha chiroqlar o’chgan. Siz bir chiroqni yoqib, qaysi kalit ushbu chiroq uchun ekanligini qanday bilib olishingiz mumkin?
Javob: Bir kalitni olib, chiroqni yoqing. So’ng chiroqning issiqmi yoki sovuqmi ekanligiga qarab, u yoqqan kalit ekanligini aniqlashingiz mumkin.

6021. Bunin jumbog’i: U joy misli tobut. Faqat qopqog’i yo’q tobut. Juda ham chuqurda. Qopqoqsiz tobut yerga ko’milsa mayitning usti tuproqqa to’lgani kabi u ham tubsizlik sari yo’l oldi. Afsuski u tobutdagilar ustiga tuproq emas……….. .
Buninning fikrini davom ettiring va qopqoqsiz tobut deb nimani tasvirlaganini toping?

Javob: Suv. Gap TITANIK haqida ketmoqda.

6022. X ning oson suyuqlanishi va quyuv qolipini aniq to’ldirish xususiyati uning qo’llanishiga asos bo’ldi. XIV asr o’rtalaridan boshlab X dan jangovar qurollar uchun o’qlar qo’yila boshlandi. XV asrda I.Gutenberg surma, X va qalayning mashhur bosmaxona qotishmasini tayyorladi va bu bilan kitob bosishga asos soldi. Bu qotishma hozirgacha poligrafiyada qo’llaniladi.
Savol X ni qaysi kimyoviy element ekanligini toping?

Javob: X-Qo’rg’oshin edi

6023. Alfa qadimdan ma’lum. Eramizdan avvalgi IV asrdayoq ayrim Sharq mamlakatlarida alfani tayyorlashgani ma’lum.
Tabiiyki, alfani birinchi kashf etgan kishining nomi noma’lum.
Alfa tasodifan kashf etilishi haqida quydagicha afsona keng tarqalgan: Dengizchilar qum ustiga soda bo’laklarini qalab gulxan yoqishgan. Ma’lum vaqtdan o’tgandan so’ng huddi shu yerda issiqlik ta’sirida qum va soda aralashmasining erishidan hosil bo’lgan yaltiroq tomchi-toshlar topilgan. Bu afsona tagida haqiqat bor, albatta. Alfa haqiqatdan bir necha komponentlardan olinadi. Bu komponentlar orasida qum va soda, odatda Alfa larning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.
Savol Alfa ni nima ekanligini toping?

Javob: Alfa – SHISHA
Manba: «Yosh ximik» ensiklopedik lug’ati.

6024. Ingliz faylasufi Isaak Xauvel aytgan: U narsa bir kishiga og’irlik qiladi, ikki kishi uchun ayni muddao, uch kishi esa uni yo’qqa chiqaradi. U deganda nima nazarda tutilmoqda?
Javob: Bu Sir edi.

6025. Mashinani qancha yurganini spidametriga qarab bilishsa, Odamlar tuyani qanchani yurganini nimaga qarab bilishgan?
Javob: Qumsoat

6026. Umar Hayyomning «Ruboyat» qo’lyozmasi 1912 yilda tragik tarzda yo’q bo’lib ketgan. Savol: aynan qaysi hodisa qo’lyozma yo’qolishiga sabab bo’lgan?
Javob: Qo’lyozma «Titanik» bilan birga suv ostiga g’arq bo’lgan.

6027. «Рабочная Трибуна» gazetasi yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkazigan so’rovnoma haqida ma’lumot beradi. O’quvchilarga bir necha asr avval yashab o’tgan mashhur bir inson ismini aytib, «bu kim?» deb so’rashadi. Javoblar soni bo’yicha ikkinchi o’rinni «bu shaxs Irina Allegrovaning otasi» degan javob egalagan. Siz bu mashhur shaxs kimligini emas, javoblar soni bo’yicha birinchi o’rinni egallagan javobni ayting?
Javob: «Bilmayman». Gap Dante Allegeri haqida ketayotgan edi. O’quvchilarning ko’pchiligi uni tanimagan va «Bu kim» degan savolga bilmayman deb javob bergan.

6028. Bernard Shouning oldiga bir omadsiz basketbolchi tashrif buyuradi va undan qo’pollik bilan o’zini yozuvchilikka ishga olishini so’raydi. Basketbolchining romani qo’lyozmasini o’qib ko’rgan Bernard Shou basketbolchiga qarata aytadi:
-Men sizdan nimaga yaxshi basketbolchi chiqmaganini tushundim.
-Nimaga?
-Siz vaqtida «u ishni» qilishni bilmaysiz.
Savol: Shou qaysi ishni nazarda tutgan?

Javob: Siz vaqtida to’pni savatga tashlashni bilmaysiz.

6029. Mashhur bir o’zbek romanini 1969-yilda Germaniyada nemis tilida «Toshkentlik sevishganlar» nomi bilan paydo bo’lishi fikrimizni tasdiqlaydi. Xo’sh, bu asar asl holida qanday nom bilan atalgan?
Javob: Bu asar Abdulla Qodiriyning «O’tkan kunlar» asari edi. Otabek va Kumush

6030. Chet eldagi billboardlardan biriga quyidagi so’zlar yozilgan:
Maqsadga erishishning 2 qoidasi bor:
1.Hech qachon o’zing bilgan narsalarni barchasini oshkor qilma.
Savol: ikkinchi qoidada nima yozilgan?

Javob: Billboard mualliflari o’z qoidalariga amal qilgan holda 2-qoidani oshkor qilishmagan. Javob: Hech narsa yozilmagan.

6031. General Duglas Mak-Artur Filippindan chekinayotgan paytida SHU JUMLANI aytgan ekan va 1944-yilda vadasini ustidan chiqqan. Bizga SHU JUMLAni emas, 1984-yilda SHU JUMLAni mashhur qilgan film nomini ayting?
Javob: Terminator.
Izoh: Shvartsenegger personaji filmda «I’ll be back» ya’ni «Men qaytaman» deb aytadi.

6032. USHBU super qahramonning ismi boshqa bir dunyoga mashhur super qahramonning ismiga o’xshatib qo’yilgan. USHBU qahramonning belgisi – qizil fondagi sariq yulduz. USHBU qahramonning ismini ikki so’z bilan yozib jo’nating?
Javob: Kapitan Xitoy.
Izoh: Xitoyliklar Kapitan Amerika o’rniga o’z superqaxramonlarini yaratishgan.

6033. 1987-yilgi film qahramoni qotillikka guvoh bo’ladi. Lekin, ayyor qotil guvohni o’ldirish o’rniga uni oldiga keladi va SHU ISHni qiladi. Qotil nima qilganini tushungan bo’lsangiz, guvohning kasbini toping?
Javob: Ruhoniy.
Izoh: Ma’lum-ki, ruhoniylar tavba qilganlar sirini hech kimga aytishga xaqqi yo’q.

6034. Quruq qonun vaqtlarida bir nechta do’st ko’chada yashovchi alkogolik Maykl Malloyga o’z hisoblaridan cheklanmagan alkogol ichirishadi. Bundan sal oldinroq bu do’stlar Mayklga nima qilishgan?
Javob: Umrini sug’urtalashgan.
Izoh: quruq qonun vaqtlarida alkogol sifati past bo’lgan. Malloyni shu yo’l bilan o’ldirib, sug’urta pulini olmoqchi bo’lishgan

6035. Bir serial qahramonlaridan biri, «nega BU KASB EGALARI eshigiga qo’ng’iroqcha qo’yilgan?!» deb jaxli chiqadi. BU KASB EGALARIni toping?
Javob: Folbinlar.
Izoh: Kelajakni ko’ra oladigan folbinlarga mijoz kelganini bildiradigan qo’ng’iroqcha kerak emas.

6036. Terri Pratchet asarining personaji qoziq charxlovchi, qora ko’zoynaklar tekshiruvchisi, alfa tashuvchi bo’lib ishlagan, lekin bu ishlarning hech qaysisida ko’p ishlamagan. Personajni emas, alfa ni toping?
Javob: Sarimsoq.
Izoh: Personaj vampir bo’lgan va shu ishlarning bari umriga xavf solgan.

6037. Quyidagi rasmda Alximiya simvollari:
Bosh barmoqda- selitra,
Ko’rsatgich barmoqda- temir kuporosi,
O’rta barmoqda- novshadil,(spirt)
Yon barmoqda-achchiq tosh,
Jimchiloqda- osh tuzi;
Kaftda- ?
Savol kaftdagi baliq simvoli qaysi kimyoviy elementni bildiradi?

Javob: Oltingugurt (olov) dagi baliq simvoli, u mahfiy Xristian simvoli ham edi.
Manba: «Yosh ximik» ensiklopedik lug’ati.

6038. Uvaysiyning «Anor» she’riga parodiya:
Bu na uydir eshigi bor, derazadan yo’q nishon,
Necha norg’ul mard yigitlar, manzil aylabdur makon.
Eshigin ochib alardan holidan olsam xabar,
Yuragida o’t yonar, xizmatga tayyordur har on.
Ushbu parodiyada qanday narsa haqida so’z ketmoqda?

Javob: Gugurt

6039. U XX asrning o’rtalarida zoolog Piter Skott tomonidan fanga kiritiladi. Albatta, bu taklif zoologiya, biologiya, botanika fanlari uchun rivojlanish bosqichiga aylanadi. Piter Skott nima taklif qilgan edi?
Javob: Qizil kitob

6040. Bu ixtiro zoolog tomonidan kashf etilgan bo’lishiga qaramay antiqa turdagi sut emizuvchilarda instinkt sifatida shakllangan. Ixtironi ko’proq harbiy maqsadlarda foydalaniladi. Hattoki II jahon urushida ham foydalanilgan. Biz bu ixtironi oddiy hayotda yo’llarda uchratishimiz mumkin. Savol: Bu qaysi ixtiro?
Javob: Exolokatsiya
Sonar va Radar

6041. Psixologlarning fikricha, ular boshqalarga nisbatan yaratuvchan, ijodkor bo’lishadi. Shunga qaramasdan ular oiladagi an’analarga unchalik ham bo’ysunishmaydi. Ularning boshqalar bilan nikohi esa uzoq va baxtli bo’lishi kutiladi.
Savol: Gap kim haqida ketyapti?

Javob: Kenja Farzand

6042. Bir vaqtlar xitoylik zolimlar asirlarni juda og’ir azob bilan qiynashgan. Hattoki, asir yolvorib o’ldirilishini so’ragan. Qizig’i jismoniy azob berishning bu dahshatli usulini ispan inkvizatsiyasi, Gitlerning konslagerlarida ham qo’llashgan ekan. Demak savol asirlarga qanday azob berishgan?
Javob: Oyoq qo’llarini bog’lab suv to’ldirilgan maxsus qoplar tagiga qo’yishgan. Qopdan Muttasil ravishda asirlarning boshiga suv tomchilab turgan va bora bora bu tomchilar asirlarning boshiga xuddi bolg’a bilan urgandek tasir qilgan

6043. Qadimdan ma’lum bo’lgan bu narsani misrliklar ko’kragigacha, skiflar ko’zigacha, hindlar esa qulog’igacha. Savol bu nima ?
Javob: Kamon ipi

6044. U yerdagi e’lonlarning birida, bir ishni qilmaslik so’ralgan va quyidagicha izoh berilgan:
Sizni hayotingiz hech qanday qiymatga ega bo’lmasligi mumkin, lekin alfa juda ham qimmat turadi.
Savol: alfa ni toping?

Javo: Chekilmasin. Sizning hayotingiz hech qanday qiymatga ega bo’lmasligi mumkin, lekin bizning BENZINIMIZ juda ham qimmat turadi. Alfa bu Benzin.
Gap benzokolonkadagi e’lon haqida ketayogan edi.

6045. Ushbu kompaniya bir safar tovon puli sifatida 6006 dollaru 13 sent to’lagan ekan. Qaysi kompaniya?
Javob: Google.
Izoh: google.com domenini to’satdan sotib olgan insonga GOOGLE aynan $6006.13 to’lagan.

6046. PREZIDENT ba’zi hasharotlar tomonidan uyni himoyalash maqsadida ishlatiladi. Balki shu sababli ham PREZIDENT – «shahar oldidagi» degan ma’noni anglatar. «Quvnoq etimologik lug’at» da yozilishicha esa, PREZIDENT – sug’urta haqidagi leksiya ekan. PREZIDENT o’rnidagi yunonchadan kirib kelgan so’zni toping?
Javob: Propolis.
Izoh: Propolis yordamida asalarilar o’z uylarini himoya qilishadi. Pro – oldinda/haqida; polis – shahar/sug’urta

6047. Genuyadagi Ansando kemasozlik korxonasida qurilgan birinchi kema mashhur admiral sharafiga – Andrea Doria deb atalgan. Ikkinchi kemaga qanaqa nom qo’yilgan?
Javob: Xristofor Kolumb.
Izoh: Xuddi Andrea Doriaga o’xshab Kolumb ham dengizchi bo’lgan va Genuyada tug’ilgan deb taxmin qilinadi.

6048. Aleksandrning aytishicha, fotosessiyalardan birida unga qarmoq berishgan ekan, lekin Aleksandr qarmoq bilan nima qilish kerakligini tushunmagan ekan. Aleksandrning familiyasini toping?
Javob: Ribak.
Izoh: Fotograflar Aleksandr Ribakni qo’liga qarmoq berib rasmga tushirishgan.

6049. Aytishlaricha, mashhur bir elektronika ishlab chiqaruvchi kompaniya shahar nomiga atab nomlanishi kerak bo’lgan, lekin, hujjatlarni registratsiya qilish jarayonida hujjat yirtilgan va shahar nomidan faqat 5ta harf qolgan. Shuningdek, bu kompaniya logotipida o’sha shahardagi eng mashhur ob’yektning rasmi mavjud. Ushbu kompaniyani toping?
Javob: cisco Systems.
Izoh: San-Fransiskoda tuzilgan cisco Systems aslida, San Francisco Systems deb nomlanishi kerak bo’lgan. Logotipida esa, San-Fransiskodagi «Oltin eshiklar ko’prigi» tasvirlangan.

6050. Ushbu shovqini baland oiladagi farzandlarning hammasini ismi bir xil 6ta harf bilan boshlangan, lekin, oxiri farq qilgan. Masalan, 123456+yetto, 123456+ucha, 123456+otto, 123456+ochya. Biz ro’yhatga qo’shmagan farzandning nomini toping?
Javob: Chipollino.
Izoh: «Otamning farzandlari ancha,
Biz shovqinli oila –
Chipolletto, Chipollucha,
Chipollotto, Chipollocho,
va oxirgisi – men!»

6051. Aytishlaricha, Vanuatu aholisi shaxzoda Filipp Edinburgskiyni rosa ham ilohiylashtirishadi. 2007-da yilda Vanuatu rasmiy delegatsiyasi Angliyaga kelgan va 40 daqiqa davomida astoydil ibodat qilishgan. Aynan qayerda?
Javob: Madam Tyusso muzeyida.
Izox: Filipp Edinburgskiy haykaliga ibodat qilishgan.

6052. U Alfa uchun Dushmanlardan himoya vositasi, aloqa uchun vosita, sezgi organi hisoblanadi. Alfa u orqali bolasini boshqa Alfalar orasidan topib olishi va bir necha kilometr masofadan hidni aniqlay olishi mumkin. Uni Alfani ishlatgan holda yozib bering?
Javob: Fil xartumi

6053. Ruhoniy oilasida tug’ilgan ushbu shaxs, o’zining musiqa va falsafa ga oid asarlari bilan shuhrat qozongan. Fransiya va Prussiya o’rtasidagi urushga u buyurtmachi sifatida yuboriladi. Uning asarlarining hozirgi kungacha saqlanib qolishida uning singlisining xizmatlari ulkan. Bizda uning zardushtiylik diniga e’tiqod qilganligi haqida ma’lumot yo’q. Diqqat savol, u shaxs kim?
Javob: Fridrix Nitsshe

6054. Savol: Ushbu to’rtta raqamning qaysi biri keyingisiga mos kelmaydi: 1, 3, 10, 30?
Javob: 10. Boshqa raqamlar o’zidan oldingi raqamning uch karra ko’p

6055. Savol: O’git: Otangizning ota-onasining jami 5 farzandi bor: Ann, Renn, Linn, Jonn. Beshinchi farzandning ismi nima?
Javob: O’git berilgan kishining o’zi, ya’ni «O’git» bu jumboqdagi ism.

6056. Savol: Lichinkadan chiqqan chigirtka deb tarjima qilinadigan shahar?
Javob: Dubay

6057. Shu yilgi Prague Chess Masters chempionatida g’olib «Mavjud emas». Diqqat savol: G’olib kim?
Javob: Nodirbek Abdusattorov.
Izoh: Mavjud emas inglizchada «Not available» aniqrog’i N/A bo’ladi. Bu esa hamyurtimizga ishora edi.

6058. Ushu sport turida Tsyuan termini bor bo’lib u Alfa deb tarjima qilinadi. O’zbekistonda uning inglizcha tarjimasi qaysidur ma’noda «My Alfa» deb nomlanadigan gazetasi bor edi. Alfa o’rnida qaysi bir so’z yashirdik?
Javob: Musht
Izoh: My alfani Mushtim deb tarjima qilsak bòladi.

6059. «Gripp bo’lmaslik uchun doim o’zingni issiq tut», «ilon chaqsa zaharni so’rib oling», «Ko’p qand yeyish qand kasalligiga olib keladi». «past yorug’likda o’qish ko’zni ishdan chiqaradi», kabi tushunchalarni AQSHning «Sog’lik» jurnali bir toifaga ajratdi. Bu toifa qanday nomlanadi?
Javob: Notog’ri fikrlar toifasiga

6060. Ekvador aholisiga 1998-yil 12-iyul kuni qanday voqea sodir bo’ladi? Degan savol berilganda 32% aholi Prezident saylovi bo’lishini to’g’ri aytgan. Birinchi o’rinni olgan 52% berilgan javob qaysi bo’lgan deb o’ylaysiz?
Javob: Futbol bo’yicha Jahon chempionati finali

6061. Bir kuni 4 kishi sayr qilish uchun qasr tashqarisiga chiqib ketishadi va qaytganlarida darvoza qulflanib bo’lgan bo’ladi. Shunda 1-kishi darvozani ochilishini kutamiz deydi. 2- kishi bo’lsa taqqilatamiz deydi. 3-kishi buzib kiramiz deydi. 4-kishi esa oshib tushamiz deydi. Diqqat savol: bular kimlar yoki nimalar?
Javob: Bu psixologiya faniga oid bolib bular inson temperamentlari edi.
Izoh: xalerik-jaxldorligi sabab buzib kiramiz deydi. Melanxolik-o’ta ko’ngli kengligi sabab kutamiz. Flegmatik oson yo’l izlovchilar bo’lgani sabab taqqilatamiz. Va Sangviniklar qanday qilib bo’lsa ham maqsadga erishuvchilar bo’lgani sabab oshib tushamiz deyishadi.

6062. Sibir o’rmonlarida oxirgi paytlarda ayiqlarning sababsiz nobud bo’layotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Negadir ayiqlar elektr ustunlarga chiqib nobud bo’lishmoqda. Ayiqlarni ustunlarga chiqishiga nima undamoqda?
Javob: Och ayiqni elektr ustunlari yonidan o’ta turib qulog’iga g’ung’illagan ovozlar eshitiladi. Uning qulog’iga arining g’ung’illashidek eshitiladi

6063. Yapon xalqida odamlarga qarata ko’rsatgich barmoqni yo’naltirish (👉) juda odobsizlik hisoblanar ekan. Masalan, shunday qilib kimnidir, qandayda bir ishda ayblasangiz – o’zingiz undan 3 baravar aybli hisoblanar ekansiz.
Savol: nima uchun aynan 3 baravar?

Javob: Yapon xalqi tushunchasi bo’yicha birovga ko’rsatgich barmog’ingizni qaratib, uni ayblasangiz, o’zingiz undan 3 baravar ko’proq aybdor hisoblanasiz. Chunki siz aybdor deb 1 ko’rsatgich barmog’ingiz bilan birovga qaratganingizda 👉, boshqa 3 ta barmoqlaringiz bilan o’zingizga qaratasiz.

6064. AQSH Vetnam urushi vaqtida zudlik bilan bir rota to’plashga majbur bo’ladi. Vetnamdagi sharoit taqozosi bilan to’plangan bu rota Iroq jangida ham ish beradi. Ularning quroli juda oddiy , bir muncha xavfsiz bo’lib tuyulsada, samarali va arzon qurol bolgan. Ilk rotaga boshqa bir davlatdan instruktorlar jalb qilingan .
Savol: Qurolni nomini toping?

Javob : Bu qurol Bumerang 🪃 Instruktorlar albatta Avstraliyadan.

6065. 2001 yili Rossiya Ommaviy Axborotlarning qayd etishicha, o’sha yilning 15 aprelida u 55 yoshga to’libdi. Uning «Kavkaz asirasi» filmida o’ynagan roli ko’pchilikning yodida qolgan . Uning yana bir qancha rollarini ham eslash mumkin . Lekin uning boshqa rollari epizodlik bo’lgani uchun yodda qolmagan.
Savol: u qaysi rolni o’ynagan?

Javob: Eshak

6066. Savol: Suv chang’ilari, Issiq quloqchinlar, Brayl yozuvi, yog’och cho’plardagi mevali muzqaymoqlar, Alyaska bayrog’i va hokazo.
Savol: Diqqat yuqoridagilar orasidagi bog’liqlikni topgan bo’lsangiz. Bularning barchasini birlashtiruvchi sanani ayting?

Javob: Bu sana 17- yanvar.
Izoh: yuqoridagilar bari bolalar ixtirosi hisoblanadi. 17-yanvar esa ixtirochi bolalar kuni hisoblanadi

6067. Germaniyadagi ushbu telefon raqamiga qo’ng’iroq qilsangiz 20 ta so’z eshitishingiz lozim. Agar 20 ta so’z eshitmasangiz bir ishni qilishingiz lozim. Bu qanday ish?
Javob: Shifokorga murojaat qilish lozim. Bu so’zlar orqali kishi o’zining eshitish qobiliyatini tekshirishi mumkin.

6068. Bir olimni Stalin qarorgohiga ishlashga taklif etishadi. Olim o’z mehnati maxsulini har safar Stalinga taqdim ettganida ulug’ dohiy har safar uni yoqib, yozib chiqitga tashlab yuborar ekan. Lekin olim bundan aslo hafa bo’lmas yana mehnat qilishda davom etar ekan. Savol ushbu olimning asli vazifasi nima edi?
Javob: Stalinga maxsus sigareta tayyorlab berish.

6069. Zooparklarning birida 2ta har xil joydan keltirilgan maymunlar bor masalan: Birinchisi Afrika qit’asidan keltirilgan. Ikkinchisi esa Sumatra (Indoneziya) dan keltirilgan savolning mazmuni shundan iboratki: Ikkala maymunga ham bir xilda banan mevasini berganimizda Birinchi maymun bananni yeb bo’lgach po’chog’ini yerga tashlaydi. Ikkinchi ya’ni Sumatra orolidan keltirilgan maymun esa banan po’chog’ini boshiga kiyib oladi. Savol nima sababdan boshiga qo’yib oladi?
Javob: Yomg’ir sabab.
Izoh: Sumatra orolida musson va boshqa yomg’irlar 1 kunda 3 mahal ham yog-ishi mumkin tabiiyki bu maymun uchun sal bo’lsa ham soyabon bo’ladi.

6070. Bu murabbiy sobiq himoyachi. Futbolchilik faoliyatida 11 yil harakat qilib 4 ta klub sharafini himoya qilgan ekan. Uning futbolchilik faoliyati uncha ham yorqin bo’lmagan bo’lsada murabbiylik faoliyati havas qilgudek super darajada ekan. U murabbiylikka 32 yoshida o’zing oxirgi klubida kirib keladi. 47 yoshigacha o’z davlati va Yaponiyada ishlaydi va o’zini ko’rsata olgach APLga keladi va bu yerda hech kim qila olmagan ishni amalga oshiradi. Hozirgi kunda esa uning nomi bilan nomlangan stadion bor ekan uning davlatida. Bu kim edi?
Javob: Arsen Venger
Izoh: APLda oltin kubok yutib olgan 38 ta mag’lubiyatsiz seriya orqali. Fransiyada esa uning nomida Arsen Venger stadioni bor.

6071. Bir mashhur tasviriy san’at galereyasi muzeyida rasmlarni rasmga tushirish mumkin bo’lmagan, chunki mashhur rassomchilarning asariga tasir qiladi deya o’ylashgan, bu cheklovni olish maqsadida muzeyda bir o’zgartirish kirgizilgan va muzey mehmonlariga rasmga tushirish mumkin bo’lgan.
Diqqat savol: Muzeyda qanday ish qilingan?

Javob: Muzey yorqinligini yanada oshirishgan. Maqsad esa fotoapparat spichkasini ishlatmaslik, ya’ni unga muxtoj bo’lmaslikni ko’zlashgan. Chunki apparat spichkasi asarlar holatiga tasir qiladi, apparatning o’zi emas.

6072. Birinchisi umuman ishlatilmaydi. Keyingi to’rttasining esa ishlatilganligini ko’rganmiz va ma’lum ma’noda boshdan o’tkazganmiz. Ular SSSR da 1944-yilning fevralida amalga tadbiq etilgan ekan va bizda hozirgacha amalda. Diqqat savol: ular ichidagi eng yomonini ayting?
Javob. Maktabdagi baholar. Eng yomoni 2 ball

6073. Gonduras bayrog’i necha rangdan iborat ?
Bayroq ikki, aniqrog’i uch qismdan iborat . O’rtasi oq, yuqori va quyi qismi zangora rangda berilgan. Gondurasliklarning pok qalbi oq ranga qiyoslangani.
Ikkita zangori rang esa…
Savol: ikkita zangori rang ostida qaysi ikki joy nazarda tutilgan ?

Javob: Birinchisi – Tinch okeani, Ikkinchisi – Karib dengizi.
IZOH: Gonduras davlati shu ikki suv xavzasi o’rtasida joylashgan

6074. Saudiya Arabistonida jinoyatchi sakson mingta so’zni yoddan aytib bersa jazo muddatini ikki barobarga kamaytirilar ekan. Savol: bu qanaqa so’zlar?
Javob: Qur’on matni

6075. Bir mashhur asar sahnalashtirilganda davlat rahbari asar bosh qahramoniga «siyosatchi doimo holis va barchaga teng munosabatda bo‘lishi kerak» degancha o‘z davlatini unga tanishtirmoqda.
Savol. Gap qaysi davlat haqida bormoqda?

Javob: LILIPUTIYA.
Imperator Guliver bilan suhbatlashmoqda. Bilamizki imperator davlatdagi 2 ta baland va past poshnalilar partiyalarini murosada ushlash uchun bir oyog‘iga baland. biriga past poshnali poyafzal kiyib yurgan.

6076. «Ivan Vasilyevich kasbini o’zgartiradi» filmidagi Shved elchisi uchun uyushtirilgan bazmda Knyaz Meroslavskiy cholg’uchilarga «Qani chalinglar» deb murojaat qilanadi. Hech e’tibor berganmisiz, o’sha sahnada uning qo’lida nima bor edi?
Javob: Marlboro sigareti

6077. Bu shaxs 1809-yili Angliyada shifokor oilasida tavallud topadi. Edingburg universitetining «Tibbiyot» fakultetiga kirib keyinchalik u yerni tashlab Kembrij universitetining cherkov xodimlarini tayyorlaydigan fakultetiga kiradi. O’qishni 1831 yil tamomlab o’zining kelajagini o’zgartirib yuboruvchi 5 yillik dunyo safariga otlanadi. Siz bu shaxsning kim ekanligini anglagan bo’lsangiz u safarga otlangan mashhur kema nomini ayting?
Javob: Bu shaxs-Charlez darvin, kema esa «BIGL»

6078. Abu Ali ibn Sino shunday degan:
Biz uch kishimiz sen, men va u. Agar sen men taraf bo’lsang u yengiladi, agar sen u taraf bo’lsang meni ikkovingni ham yengishim qiyin bo’ladi. Diqqat savol gap kim yoki nimalar haqida ketayapti?

Javob: Men-Tabib, sen-bemor, u-kasallik.

6079. ….. hamma narsani belgilaydi.
….. – kelajakdagi hayotni, taqdirni oldindan ko’rish demakdir.
Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib buyuk olim Albert Eynshteynning fikrini to’ldiring?

Javob: Orzular

6080. Mahatma Gandining 4-o’g’li bo’lgan.
Savol ularni ismini to’g’ri va ketma ket aytib bering?

Javob:
Halilam,
Manilam,
Ramdast ,
Devdas.

6081. Qadimgi Hindistonda shaxmatni “chaturanga” deb atashgan va uni to’rt kishi o’ynagan. Chaturanga so’zi “chatura” – to’rt va “anga” – jang tartibi degan ma’noni anglatadi. O’yinning bunday nomlanishida o’yinchilarning soni emas, boshqa bir sabab bor ekan. Savol: bu qanday sabab bo’lishi mumkin?
Javob: To’rtta asosiy qadimiy hind armiya turlari: piyoda, otliq, jang aravalari va jang fillari qatnashgani uchun.

6082. Janubiy Amerika ovchilari bu hayvonni tutish uchun ovga 2 kishi bo’lib chiqishadi. Oldinda yurgan kishi xo’rak vazifasini, orqada yurgan kishi esa haqiqiy ovchi vazifasini bajaradi. Ovdan esa ikkala ovchi ham tirik qaytadi. Savol bu qaysi hayvon?
Javob: Anakonda

6083. Katta bug’doy ekilgan dalalarni kombaynlar nima sababdan dalani o’rtasidan o’rishni boshlashadi, chekkadanmas ?

Javobi: Dalani o’rtasidan o’rishiga sabab dalada har-xil jonzotlar bo’lishi mumkin o’rtadan o’rganda ular qochishga ulgurishadi

6084. Blits
1.Qamariy yil hisobining 9 oyida tug‘ilgan chaqaloqlarga ko’pincha shunday ism qo’yishadi. Savol qanday ism.?
2.Dilbarlik ramzi bo’lib va boshqa nomlari kamar, moh, anbar, yalchiq bo’lgan sayyora nomini ayting?
3. 1978 yil 13 sentabrda tashkil etilgan. Gʻarbda Buxoro viloyati, shimolida Navoiy va Samarqand viloyatlari, sharqda viloyatning Koson tumani, janubida Kasbi va Mirishkor tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3,07 ming km². Aholisi 62 ming kishiga yaqin bo’lgan tuman nomini ayting?

Javob: 1. Ramazon.
2.Oy.
3.Muborak.

6085. Malakka yarimorolida yashovchi hozirgi qabila vakillari yil davomida tinimsiz mehnat qilishadi, ishlashadi va ko’proq pul yig’ishga harakat qilishadi. So’ngra ular bir yilda bir marta u yerga borishadi, yig’gan pullarini oltinga aylantirib, o’zlari uchun eng ishonchli joyga berkitib kelishadi. Savol ular uchun «eng ishonchli omonat kassa» qayer?
Javob: Og’iz ya’ni ular uchun «eng ishonchli omonat kassa» bu o’zlarining og’izlari.
Izoh: ular hamma kabi bir yilda bir marta stomatologga borishadi va pullarini oltinga ya’ni «tilla tishga» almashtirib, sog’ tishlari o’riniga qo’yib kelishadi.

6086. Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu jonzotlarning yarmi Xitoyda yashaydi. Xitoyliklar bu jonzotni iste’mol qilish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda.
Savol: Bu Jonzotni toping?

Javob: Cho’chqa
Izoh: Xitoyliklar yiliga o’rtacha 90 mln tonna cho’chqa g’oshti iste’mol qilarkan.

6087. Tarixchilarning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi 1193-yildan 1183-yilgacha bu mashhur voqea sodir bo’lgan. Diqqat savol: Qaysi voqea?
Javob: Troya urushi

6088. Xalq topishmoqlari
Mo’g’ul topishmog’i: Bo’yni g’ozniki, qorni cho’chqaniki.
SAVOL: U nima?
1.Arman topishmog’i: 100 ta qo’y bir arqonga bog’langan.
SAVOL: Topishmoq javobini toping?
2.Nanay xalq topishmog’i: Agar bir oyoqli echki sakrasa, ovqatga ta’m kiradi.
SAVOL: Topishmoq javobini toping?

Javob:
1.Choynak
2.Uzum
3.Tuzdon

6089. Stalin Mao Tse Dunga ishonmagan ekan. Uning fikricha Xitoy rahbari haqiqiy kommunist emas. Maoga ta’rif berish uchun Stalin bir so’z ishlatadi. Keyinchalik butun ittifoq aholisi bu so’zning boshqa ma’nosi bilan ham tanishishadi.
SAVOL: O’sha so’zni toping?

Javob: Rediska
Izoh: Usti qizil, ichi oq.

6090. Lyusi Uorsli fikricha Nikolay II taxtdan voz kechayotganda ham uni qaytarib olishga umid qilgan ekan. Gap shundaki imperator UNI ishlatgan. SAVOL: Nimani?
Javob: Qalam
Izoh: Imperator o’z imzosini o’chirishga umid qilgan.

6091. Fuqarolar urushi vaqtida janubliklar juda kambag’allashib ketishadi, shu boisdan ham UNI yankilar o’ldirishgan degan gap tarqatishadi.
SAVOL: UNI toping?

Javob: Santa Klaus
Izoh: Kambag’al ota-onalar bolalariga yangi yil sovg’alarini olishga qurbilari yetmagan. Shunga Santa-Klausni o’ldiga chiqarishgan.

6092. Abdulla Qahhorning otasi temirchi edi. Taxminan yigirma yettinchi yillarda saratonda u bir ishni qilmagan. Shu sababli machit imomi uni kofirga chiqarib, do’koni buziladi. Diqqat savol: Abdulla Qahhorning otasi nima ish qilmagan?
Javob: Ro’za tutmagan
Izoh: Chunki, issiqda temirchi doimo suv ichib turishi kerak.

6093. Hobbit filmidan topishmoq: Qizil tepalikda 30 ta ot bor. Avval qo’shiladi, keyin ajraladi, Keyin jim qolishadi.
Diqqat savol: Bu nima?

Javob: Tishlar

6094. Ovozsiz qichqiradi, qanotsiz uchadi, tishsiz g’ajiydi, tilsiz gapiradi.
Diqqat savol: Bu nima?

Javob: Shamol

6095. Bu ixtiro tarixchi Brukerning hikoyasiga ko’ra, 1913 yilda Nyu-York Markaziy vokzali uchun maxsus tayyorlangan. Brukerning aytishicha, «Appledohiylari» har yili yerosti muzeyiga kelishadi va bu ixtiroga hurmat bajo keltirishadi. Savol bu qaysi ixtiro?
Javobi: Birinchi elektron kompyuter💻 «WESTINGHAUSE ELECTRIC»

6096. Ushbu narsa arabcha “saqq” so‘zidan kelib chiqqan, u tovar yetkazib berilgan vaqtda to‘lovni amalga oshirish majburiyatini ifodalovchi xat demakdir. Pullarni uzoq masofalarga yetkazib berish juda xavfli bo‘lgani sababli ushbu narsa uchun ehtiyoj yuzaga kelgan. Diqqat savol gap nima haqda ketmoqda?
Javob: chek qog’ozi haqida
Izoh: «Chek” so‘zi arabcha “saqq” so‘zidan kelib chiqqan, u tovar yetkazib berilgan vaqtda to‘lovni amalga oshirish majburiyatini ifodalovchi xat demakdir. Pullarni uzoq masofalarga yetkazib berish juda xavfli bo‘lgani sababli cheklar uchun ehtiyoj yuzaga kelgan. IX asrdayoq musulmon tadbirkorlar Bag‘dod banklarida yozib berilgan cheklarni Xitoyda naqd pulga aylantira olgan

6097. 1424-yilda Janubiy-Sharqiy Osiyodagi bir mamlakat qiroli Ayutai vafot etadi va uni ikki o’g’li taxt endi kimga tegishli ekanligini aniqlashtirib olish uchun noodatiy duel o’tkazishadi. Duel shahardagi ko’prik ustida bo’lib o’tadi va ularning ikkisi ham nobud bo’ladi.
Savol: ularning o’limiga sabab bo’lgan omilni ayting?

Javob: Fillar🐘 (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/7520?comment=51804)
Izoh: Ko’prik fillar og’irligini ko’tara olmay buzilib ketadi..

6098. Mumiyolarda alfa modda borligi tufayli, ularni topgan 12 ta olim saraton kasalligidan vafot etgan. Savol: Alfa nima ekanini ayting?
Javob: Alfa=Radioaktiv modda☢️

6099. O’rta asr qomusiy olimi Sevilyalik Isidor fikricha murch ilonlar tomonidan qo’riqlanadigan daraxtlarda yetilar ekan. Murch pishgach esa ilonlarni haydash uchun UNDAN foydalaniladi. SAVOL: Nimadan?
Javob: Olov yordamida
Izoh: Shu tufayli murchni rangi qora bo’lar emish

6100. Xalqimizda “Oyga qarab adashsang otingni oltin qoziqqa bog‘la” degan ibora bor. Xo‘sh o‘sha “ot bog‘lanadigan” “oltin qoziq” nima?
Javob: Qutb yulduzi