63-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

6201. Bir kuni Stalinni oldiga SSSR ancha kutgan yangi luks mashina loyihasini olib kirishibdi. Stalin bu loyihani ko’zdan kechirib bo’lib, loyiha egalariga qarab «Buni narxi qancha ekan?» deb savol beribdi. Shunda loyiha egalari bu savolga bir og’iz ham javob qaytarishmabdi. Chunki ular mashinani nomini xato qo’yishganligini chunishgan edi. Shundan so’ng ular mashinaga boshqa siz bilan biz bilgan nomni berishgan. Savol: dastlab bu yangi mashinalar nima deb nomlangan edi?
Javob: Vatan (Родина).
Izoh: Hozirda afsonaga aylangan «Pobeda» rusumlik mashinalarni birinchi nomi «vatan» (rodina) bo’lgan. Lekin Stalin ho’sh «Vatanni narxi qancha ekan?» deb savol berganda, mualliflar bu nom xato tanlanganini tushunishgan va uni hozir hammamiz biladigan Pobeda ga o’zgartirishgan.

6202. Hazilga ko’ra Yevropada o’ylab topilgan bu sport turi, Osiyoda keng tarqab ketmadi, Sababi Osiyoda gilamlar mashhurroq. Qaysi sport turi?
Javob: Kviddich
izoh: Garri Potterda supurgisa uchib Kviddich o’ynashadi. To’qima asarlarda Osiyoda gilamda uchishni ustinroq ko’rishadi.

6203. Zamonaviy topishmoqni eshiting. Ikki dengiz oqmoqda, biri qizil, biri esa oq.
Qaysi dengizlar nazarda tutilmoqda?

Javob: Tunda avtomobillar harakati

6204. «Jinoyat va Jazo» asarida Razumixin Raskolnikovni o’zining prinsiplaridan qaytmasligini shunday ta’riflaydi: ‘’sen o’z hoxishin bilan burilishing mumkin lekin, prinsiplaring tufayli yana o’z holinga qaytasan’’ deya turib uni bir predmetga o’xshatadi. Savol: qaysi predmetga?
Javob: Prujinaga o’xshatgan Razumixin o’z do’stini.

6205. Bu hayvon o’zining antiqa xislati bilan mashhur! Bu hayvonning hislatlari paydo bo’lishiga uning oziqlanish ratsioni sabab bo’lgan! Eng ko’p tarqalgan 2 turining asosiy farqi – bittasida bir tana a’zosi 2 ta, boshqasida esa 3 ta! Gap qaysi hayvon haqida ketayotganini toping?
Javob: Yalqov (Ленивец)
Yalqovning bu darajada sekin harakat qilishiga sabab, uning ozuqasi bo’lgan yaproqning qiyin hazm bo’lishida ekan! U organizm energiyasini iloji boricha ovqat hazm qilish uchun tejar ekan. Eng ko’p tarqalgan 2 turining asosiy farqi – barmoqlarida. Bir turda barmoqlar 2 ta bo’lsa, boshqasida 3 ta!

6206. Ingliz tilida ijod qilgan yozuvchi Raytning 50 mingdan ortiq so’zdan tuzilgan romani bor. Bu romanni avtor o’zgacha uslubda yozadi. Ana shu tanlagan uslubi tufayli, avtor fe’llarni faqat hozirgi va kelasi zamonda yozadi. Shundan kelib chiqib aytinchi siz romanda boshqa romanlarda ko’rishingiz mumkin bo’lgan UNI uchratmaysiz. Savol, UNI toping?
Javob: «E» (ingliz alifbosidagi harf).
Izoh: Asarda 50000 ta so’z bo’lgan bo’sa ularning birortasida ham E harfini uchratmaysiz. Bu avtor tanlagan yo’l edi. Ingliz tilida o’tkan zamon fe’llarini katta qismi -ed qo’shimchasi bilan yasalishi yaxshi bilasiz.

6207. Bundan bir necha yil oldin Chelsea da o’ynagan hujumchisi Diego Kosta o’zini klubdan norozi ekanin aytadi. Bunga ba’gishlab chiqarilgan bir karikaturada, u homish bo’lib boshqa davlatga ketmoqchiligi uni tepasida kulib turgan Konteni tasvirlangan. Costani oldida esa bitta kitob turibdi. Savol: bu qaysi kitob?
Javob: Xitoy tili lug’ati.
Izoh: Hozirda Xitoy hamma yulduzlarni juda katta pullar evaziga sotib olmoqda. Costa ham sobiq jamoadoshi Oskarni ketidan Xitoyga ketishi mumkin. Buni orqasidan Chelsea katta pul ishlab oladi.

6208. Duplet
Duplet Mavzusi: Iskandar Zulqarnayn.
1.Kunlarning birida Iskandar o’ziningbir xizmatchisini huzuriga chaqirib, unga “ men seni bu vazifaga tayin qilishim bilan o’z jonimni, o’z nomusimni, o’z jasoratimni ham topshirdim, bu vazifani sen o’z joning va aqling bilan saqla”-degan ekan Savol: u bu gaplarini kimga aytgan?
2.Kunlarning birida Iskandar o’z huzuriga bir xizmatchisini chaqirib, “ Mening gavdam sening qo’lingga topshirilgan. Unga o’z joning baravar g’amxo’rlik qil”-degan ekan. Savol: u bu gaplarni kimga aytgan?

Javob:
1.Qozisiga,
2.Oshpaziga

6209. Ba’zi qiziqarli ma’lumotlarga ko’ra, yurtimiz hududida joylashgan ayrim qishloqlarda ba’zi odamlar, aniqrog’i erkaklar bir qo’lining bosh barmog’i tirnog’ini o’zlarining bir ishini yengillashtirish maqsadida atayin o’stirib yurishar ekan. Yordam tariqasida aytishim mumkinki, bu ularning kasbi bilan bog’liq ish emas va siz bu holatga har doim ham emas, ayni to’ylar mavsumi boshlangandagina duch kelishingiz mumkin.
Savol Aytingchi ular qaysi ishni yengillashtirish uchun shunday yo’ldan foydalanishadi?

Javob: Sabzi to’g’rash
Izoh: Bilasiz, qishloqlarda sabzi to’g’rash va shunga o’xshash boshqa ishlar hashar yordami bilan amalga oshiriladi. Bu bilan ular nafaqat o’z ishlarini tezlashtirar, shuningdek uni ancha xavfsizlantirishar ham ekan.

6210. Bilsangiz kerak, ”Alibobo va 40 qaroqchi” filmining sovet kino prodyusserlari tomonidan ishlangan variantida bir qancha aktyorlarimiz ishtirok etgan va filmning ayrim sahnalari, xususan g’orga oid barcha sahnalar o’zimizning Chimyon tog’larida suratga olingan. Qanchalik ishonchli ekanligini bilmadimu, lekin aytishlaricha aynan ushbu filmni suratga olish vaqtlarida Chimyon mahalliy aholisi tomonidan tayyorlanadigan bir mahsulotga bo’lgan talab odatdagidan ko’ra sezilarli darajada oshgan ekan. Bunga esa ko’plab film ishtirokchilari va uning suratga olinishiga ma’sul shaxslarning bu yerlarda birinchi martta bo’lganliklari va havo almashtirishlari sabab bo’lgan ekan. Diqqat savol: Shundan kelib chiqib aytingchi qaysi mahsulot haqida gap ketmoqda?
Javob: QURUT
Izoh: Havo almashtirish natijasida ko’plab aktyorlarva film ijodiga ma’sul odamlarda ko’ngil aynishi, bosh aylanishi kabi noxush holatlar tez tez uchrab turgan. Shu sababli ham ular doimo yonlarida mahalliy aholi tomonidan tayyorlangan qurtlar olib yurishgan ekan.

6211. Bu talab hamma turdagi kurashchilarga, vaterpolchilarga, basketbolchilarga, gandbolchilarga majburiy. Aytingchi, bu talabni sigir sog’uvchilarga qanday aloqasi bor. Qanday talab haqida so’z ketmoqda?
Javob: Agar diqqat qilgan bo’lsangiz, yuqoridagi barcha sport turlari bevosita qo’l bilan amalga oshiriladi. Raqib sportchisi bilan kontakt qilinganda unga jarohat yetkazmaslik uchun qo’ldagi tirnoqlar olib tashlash majburiy sigir sog’uvchi ayolda ham tirnoq bo’lmasligi kerak. Yo’qsa yelinini tirnab olish mumkin.

6212. Zardo‘shtiylik dinida olovga alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishgan. Har bir hududda otashgoh degan joylar bo‘lgan. Bu yerda olov erta-yu-kech yonib turgan. Aytingchi, hurmatli bilimdonlar! Otashgohlar borib-borib qanday atala boshlangan?
Javob: Olovni o‘chirmaslik uchun uni doimo yoqib turish kerak. U odam navbatchilik payti u-bu yeyishi kerakmi? Choy-poy ichishi kerakmi? Tayyor olov borib xohlasa choy qaynatgan, xohlasa ovqat pishirgan. Zardo‘shtiylik unutilib ketsada, hududlar, mahallalar orasida shunday joylar saqlanib qolgan. Faqat nomi boshqacharoq bo‘lib, ya’ni choyxona bo‘lib. (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/7671?comment=53453)
Savol “Milliy tafakkur taraqqiyotidan” kitobidan olindi.

6213. Alfa insonga juda qadimdan ma’lum. Eramizning II-asrida Greklar Alfa va mis qotishmasi – LATUN quyishni bilar edilar. XII asrda Xindistonda metall holdagi alfa ishlab chiqarish mavjud bo’lgan degan taxminga asos bor.
Savol Alfa qaysi kimyoviy element ekanligini toping?

Javob: RUX (Zn)
Manba: «Yosh ximik ensiklopedik lug’ati» kitobi

6214. Alximiklar uni «METALLARNING SHOHI» deb hisoblaganlar savol u qaysi kimyoviy element?
Javob: OLTIN (Au)
Manba: «Yosh ximik ensiklopedik lug’ati» kitobi

6215. «Cho’chqa Pappi» multfilimining 47 – serialida, multik qahramoni Pappi, hammomda o’rgimchakga duch keladi, qahramon hali o’rgimchak bilan do’stlashishni hayoliga ham keltirmagan edi, shu sababli u o’rgimchakdan qo’rqadi. Bu serial Avstraliya telekanallarida qo’yilishi taqiqlangan! Savol: nima sababdan taqiqlangan?

Javob: Avstraliya bolalarni o’rgimchakdan qo’rqishini istamagan! Nafaqat o’rgimchakdan, balki har xil yomon narsalardan!

6216. Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yangi inshoat qurilib, tugatilgan kun, barcha o’sha yerda ochilish marosimiga yig’ilgan payt, marosimga bormagan Qarshi hokimining qaynukasi opasiga qo’ng’iroq qilib pochchasini so’raydi. Shunda opasi: uka besh minut kutib tur man hozi qarab ko’riychi «X» joyida turiptimikan, agar joyida bo’lsa pochchang (Hokim) uyda bo’ladi deb aytadi. Besh daqiqadan so’ng opa ukasiga «X» joyidamasligini va pochchasi uydamasligini aytadi. Savol: mantiqan o’ylab X ni ayting?
Javob: qaychi!
Izoh: mantiqan o’ylab toping degandim, savolga esa yangi inshoat qurilgani va ochilish marosimi degan so’zlarni bekorga qo’shmagandim!

6217. Bu rekord 511 km/s tezlikda Avstraliyalik inson tomonidan qo’yilgan. Bu musobaqa muxlislarining aytishicha, bu eng xavfli musobaqalardan biri hisoblanadi. 1940 yil rekord qo’yish uchun bo’lgan urunishlarning 85 % o’lim bilan yakun topgan! Savol: musobaqa nomini ayting?
Javob: tez yurar kater (qayiq) bo’yicha musobaqa!

6218. Tasman dengizining chetidagi Sidneyda tikka qoyalik bor. bu qoyalikning yonida bir uy bor, bu uyda Don Ritchi ismli shaxs turadi. Bu inson 164 ta inson hayotini saqlab qolgan. Donga o’rganish bo’lib qolgan tik qoyalik yonida sayr qilib yurgan odamlarni kuzatish. Qotillik sodir bo’lishini sezgan Don Ritch qoyalik yonida yurgan inson yoniga borib, qotillik bo’lishi haqida emas, aksincha, «sizga hech qanaqa yordamim kerak emasmi?» deb uyiga bir shinjon qahva (kofe) ichgani taklif qilgan! Savol: Qotillik qanday yuz bergan va Don Ritch qanday qotilliklarni oldini olgan?
Javob: o’ziga qasd qilish, ya’ni qoyalikdan o’zini tashlash!
Izoh: Ritch o’zini qoyadan tashlamoqchi bo’lgan insonlarni qahvaga taklif qilib ularni bu ishdan qaytargan!

6219. 1.Qaysi davlat bayrog’iga 22 marta Allahu Akbar deb yozilgan?
2.Qaysi davlat bayrog’ida uning yer maydoni tasvirlangan?

Javob:
1) Eron
2) Kipr

6220. Yevropadagi bitta davlat poytaxti nomidan bosh va oxirgi harflari olib tashlansa, Yevropadagi bitta millat nomi kelib chiqadi. U qaysi shahar va millat?
Javob: Afina, millat: fin

6221. Yevropada bitta davlat poytaxti nomidagi bosh va oxirgi harflari olib tashlansa, Osiyodagi bitta davlatning inglizcha atalishi kelib chiqadi.
Bu qaysi shahar va davlat?

Javob: Tirana, davlat: Iran (Eron)

6222. «Falsafa» nomli hajviy kitobda yozilishicha, U bu ishni soliq to’lamaslik uchun qilgan. Savol U kim va soliq to’lamaslik uchun nima ish qilgan?
Javob: Diogen, u bochkada yashagan.

6223. Qadimgi Rim faylasufi Sitseronning ta’riflashicha, uning aqlida faylasufning fikri, tilida shoirning so’zi, harakatlarida aktyorning xarakteri va yuristning xotirasi bo’lishi kerak. Savol u kimga shunday ta’rif beradi?
Javob: Orator (notiq)

6224. Shveytsariyaning bir soat firmasi ayollar uchun soat ishlab chiqaradi. Uning reklamasida quyidagi jumlalarni uchratamiz: bu soatda go’zallik va aniqlik jamlangan. U ayollarning poyabzali ritmiga mos. Lekin u bir xususiyati bilan ayollardan farq qiladi. Nimasi bilan farq qiladi?
Javob: Ular hech qachon kech qolamaydi

6225. Chexov kasal bo’lib yotganda, dori (kapsula) uchun dorixonaga o’z ishchisini yuboradi. Dorixona navbatchisi ishchidan katta miqdordagi doridan 2 dona berib yuboradi. Chexov dorilarni qaytarar ekan ishchidan dorixona navbatchisiga «Men otmasman» deb yozilgan xat berib yuboradi. Navbatchi xatni o’qib, hech qanday tortishuvsiz o’rta miqdordagi dorilardan berib yuboradi. Savol: navbatchi nima sababdan dastlab katta miqdordagi dorilardan berib yuborgan?
Javob: dasxat olish uchun!
Katta miqdordagi dorining berib yuborilishi bu navbatchining dasxat olish uchun qilingan hiylasi edi!

6226. «Gaz 21» avtomobilining juda ko’p rusumlari chiqib ketgan. Hatto 1965 – yilda «Gaz 21П» modeli chiqdi, ya’ni: «Правый» – ruli o’ng tarapda chiqarila boshladi va shu yilning o’zidayoq «Gaz 21ПЕ» rusumini chiqaza boshladi. Savol: aytingchi «Gaz 21ПЕ» avtomobiliga yana qanday o’zgartirish kiritilgan?
Javob: Avtomat korobka o’rnatishgan!

6227. 1798-yil o’sha paytning eng boy odamlaridan biri bo’lgan Uilyam Jennens vafot etadi. Uning hech qanday oilasi, na bolasi na xotini bo’lgan. Bu insondan 2 000 000 funt sterling qoladi. Bu merosni olish uchun qarindoshlar o’rtasida sudlanishlar boshlanadi, oxir oqibat bu meros ishi Jennensning vafotidan so’ng, 117 yildan keyin to’xtatiladi. Savol: sud nega to’xtatilgan va pul kimga nasib qilgan?
Javob: Jennensning barcha puli sud ishlari uchun sarflangan va 117 yildan so’ng pul qolmagan, meros hech kimga nasib qilmagan!

6228. Rossiya tennischisi Anna Kurnikova chiroyli va mashhur bo’lib, lekin biror marta professional turnirda yakka kurashda yutolmagan. Shunga bo’lsa kerak uni pokker o’yinidagi bir karta kombinatsasiga o’xshatishadi. Chiroyli ko’rinadi lekin yutolmaydi! Savol: bu tennischini qaysi karta kombinatsasiga o’xshatishadi?

Javob: AK (Anna Kurnikova)
A – Tuz
K – Karol (Qirol)
Bu karta kombinatsasi chiroyli ko’rinsada lekin kamdan kam hollarda yutadi!

6229. 1792-yil Jeyms Smit ismli kosibning ixtirosi, oyoq kiyim ishlab chiqarishni, asosiysi oyoq kiyim savdosini tubdan o’zgartirib yubordi. Uning ixtirosi hozirgi kunda ham biz uchun juda ham foydali. Savol: U nimani ixtiro qilgan ?
Javob: Oyoq kiyim o’lchami (razmer)

6230. 1940-yil 23-maydan 12-iyulgacha nemis yordamchi kreyseri «Atlantis», gollandlarning «Abbekerk» teploxodi niqobi ostida bo’lgan.
Savol: «Atlantis» ning butun ekipajini 12-iyuldan 13-iyulga o’tar kechasi ishlashga majbur qilgan radio yangilikni toping?

Javob: Golland teploxodi «Abbekerk» cho’ktirildi (yoki yo’q qilindi)
Izoh: O’zlari niqob qilib olgan (maskirovka) kema halokatini bilgandan so’ng, kema a’zolari o’z niqoblarini yoki maskirovkalarini o’zgaritirishga majbur bo’lishgan.

6231. Shimoliy akulalardan biri bu Grenlandiya qutb akulasi. Bu akula juda sekin harakat qiladi. Uning tezligi 2 km/s. Shunga qaramay u tyulenlar bilan ov qilib oziqlanadi. Hayratlanarlisi tyulenlar 24 km/s tezlikda harakatlanadi, biz aytgan akuladan ancha tez. Savol: Mantiqan o’ylab Grenlandiya akulasi qanday ov qilishini ayting?
Javob: Asosan uxlab yotgan tyulenlarni ov qiladi.
Tyulenlar oq ayiqni o’ljasiga aylanib qomasliklari uchun muzda uxlab qolmaslikka harakat qiladilar va shu tufayli akulalar o’ljasiga aylanib qolishadi

6232. Amerikada Charli Chaplin filmi mashhur bo’lgan paytlarda, hatto «Chapliniady» nomli konkurslar tashkil etilgan (aktyorga taqlid qilish). Chaplinning o’zi ham San-Fransiskoda bo’lib o’tgan shunday konkurslardan birida ishtirok etadi va o’shanda odamni hayratga soladigan hodisa ro’y beradi. Savol: qanday hodisa ro’y bergan?
Javob: Charli Chaplin konkursda g’olib bo’lolmaydi.

6233. Yosh bolalar sevib tomosha qiladigan «Garry Potter» filmidagi Albusa Dambldorni rolini ijro etgan Richard Xarris betobligi tufayli bu rolni ijro etish uchun qilingan taklifni 3 marta rad qiladi (60 yoshda bo’lgan). Lekin Richard bir sabab bilan bu rolni ijro etishga majbur bo’ladi. Savol: Richard rolni ijro etishiga kim majbur qilgan?
Javob: 10 yoshli nevarasi, agar bu rolni o’ynamasangiz siz bilan boshqa gaplashmayman deb shart qo’yadi.
Savol boshida «yosh bolalar sevib tomosha qiladi» deb tasodifan yozmagandim, savolga mantiq kiritgandim, chunki bu filmni yoshi kattalar ham sevib tomosha qilishsa kerak!

6234. Aktrisa Ekaterina Zelyonaya ilk marotaba spektaklda rolini ijro etganda, u bir sabab o’z ismini qisqartirishga qaror qiladi va o’ziga oddiygina «Rina» deb laqab qo’yadi. Ekaterina bu laqabini umrini oxirigacha ishlatadi. Savol: nima sababdan aktrisa «laqab» qo’yishga majbur bo’lgan?
Javob: uning ismi uzunligi sababli reklama afishasiga sig’magan.
Afishada «Rina» yozilgan bo’lib, xalqqa shu laqab bilan tanilgan va shu sababli umrini oxirigacha Rina ismi bilan yurgan!

6235. «Наш Город» gazetasining ta’kidlashicha, XV asrda zodagonlar qo’l ostidagi ishchilarning qimmatbaho buyumlar bilan ehtiyotkorlik bilan ishlashlari uchun bu irimni o’ylab topishgan ekan. Savol: qaysi irim?
Javob: Oynaning sinishi bu baxtsizlik (yoki yomonlik) belgisi

6236. Kuz oylarida ekinlar yig’ib olingach, dalalarda qoramollar boqiladi, ammo dalada eshak boqish mumkinmas, chunki eshak yerni qattiq qilib qo’yadi, ammo foydali tomoni ham bor. Savol: qanday foydali tomoni bor?
Javob: Yerning yoriq joylarini ko’mib, namlikning saqlanishiga yordam beradi.

6237. 2012-yil 19-yanvarda futbol bo’yicha Ispaniya chempionatida Real Madrid-Barselona «El Classico» uchrashuvi bo’lib o’tdi. Bu haqda madridlik jurnalist quyidagicha yozadi: foot va ball so’zlarini birlashtiruvchi haqiqiy futbol kechasi. Savol: jurnalist nima sababdan bunday deb yozgan?
Javob: Krishtianu Ronaldo va Lionel Messi ishtirok etgani uchun.
Izoh: ularning birida oltin to’p, ya’ni ball, ikkinchisida oltin butsa, ya’ni foot bor

6238. Cho’lda yashovchi ko’chmanchi qavm sardorlarida bu narsa bo’ladi. U sardorga quvvat beradi. Kimki shu narsaga ega bo’lsa, u sardor hisoblanadi. Savol: bu narsa nima?
Javob: Cho’ldagi quduqlar xaritasi.

6239. Elizabet Teylor (Gollivud qirolichasi) o’zining bir sifati bilan ham mashhur bo’lgan va u shuni bilib hayotida va o’limidan so’ng ham bu sifatni takrorlashni xohlagan. Uning dafn marosimi aytilgan vaqtdan 15 minutdan so’ng boshlangan. Buning sababini so’rashganda, Elizabetaning agenti uning xohishi shunday edi deb javob beradi. Savol: Mantiqan o’ylab Elizabetani mashhur qilgan sifatini ayting?

Javob: Doim kech qolgan, kuttirishni yaxshi ko’rgan.

6240. Gollandiyalik mashhur futbolchi Dennis Bergkampni ko‘pchilik tanisa kerak. Uning otasi ham futbolning ashaddiy muxlisi bo‘lgan va o‘g‘li dunyoga kelganida shotlandiyalik o‘sha vaqtlardagi mashhur futbolchi Denis Louning sharafiga o‘g‘liga Dennis deb ism qo‘yadi. Ammo e’tibor bilan qaralsa, Denis Lou ismida bitta “n” harfi bor, Dennis Bergkampda esa ikkita. Chunki otasi o‘g‘lining ismiga yana bitta “n” harfini qo‘shishga majbur bo‘lgan. Savol, buning sababi nimada edi?
Javob. Gollandiyada Denis ismi qizlar ismi hisoblanadi. Shuning uchun Den(n)is.

6241. Niderlandiyaning «Vanmoof» velosiped ishlab chiqaruvchi korxonasi o’zining velosipedlari mijozlarga yetib borishda noqulayliklar sabab singan shikast yetgan holda borayotganiga xavotirga tusha boshladi. Velosipedlarni kim yetkazib berishidan qa’tiy nazar shunday holat kuzatilavergan. Shundan so’ng «Vanmoof» korporativ direktori bir ajoyib usulni o’ylab topdi va bu usul velosipedlar mijozlarga 80-90% ga toza sifatli holatda yetib bora boshladi. Diqqat savol: Ular qanday usul o’ylab topishgan?
Javob. Katta ekranli televizorlar rasmi tushirilgan karton qutilarga solib jonatishgan.
Izoh: Avval oddiy qutilarga solishganda shoshilip olib ketishgan shunda ular ag’darilib ketsayam velosipedga hech narsa bo’medi deb ishlari bo’lmagan

6242. Qadimgi Rimda askarlarni yoshi o’tishi bilan emas balki ularning bir belgisi tufayli nafaqaga chiqarishgan bundan ma’lumki yoshi farq qilmagan. Savol: bu qanday belgisi bilan?
Javob: tishining kasallanishidan!
Yokida tish tushishidan

6243. Gollivudning «Mashhurlar hiyoboni» da, barcha yulduzlarning ismlari, yulduzcha shakli ichida piyodalar yo’lakchasiga o’rnatilgan. Faqatgina Mashhur bokschi Muhammad Alidan boshqa. Shu sababli uning ismi devorga ilingan. Savol: nega Muhammad xohlamagan?

Javob: Muhammad Ali payg’ambarimizning ismlarini ustidan odamlar yurib o’tishini xohlamagan!

6244. 1.Afrikada qaysi daraxtni «maymun daraxti» deb ataydi?
2.Fin tilida «tog’ cho’li» degan ma’noni anglatuvchi tabiat zonasini ayting?

Javob:
1.Baobab daraxti
2.Tundra

6245. Yo’lda bir katta daraxt bor edi. Bir yo’lovchi shu daraxt oldiga yetib qolgan edi. Kun juda issiq. Yo’lovchi juda charchagan edi, va o’sh daraxt tagida soya joyda dam oladi. Yo’lovchining qorni ham och edi, daraxtga qarasa mevalari pishgan edi. U daraxtga tosh otdi va mevalar yerga tushdi. U to’ygunicha mevalardan yedi. Keyin u daraxtning bir shoxini sindirib, o’ziga tayoq yasadi va yo’lida davom etdi. Daraxt esa keyingi yo’lovchini kuta boshladi. «U» daraxtning nomi nima?
Javob: «Yaxshilik»
Manba: «Daftar hoshiyasidagi bitiklar»

6246. O’tgan asr o’rtalarida JAR da ushbu jonzotlarni ov qilish ommaviy tus oladi. Bunga sabab olmos konlarida ishlovchilar olmoslarni o’g’irlab chiqishda ulardan foydalanardilar. Ularning bunday ishlari ommaga ma’lum bo’lgach odamlar ularni ommaviy qira boshlaydi. Albatta hamma boylik ilinjida. Diqqat savol. Qanday jonzot?
Javob. Kabutar
Izoh. Kondagilar o’rgatilgan kabutarlarning oyog’iga olmos bog’lab uchirib yuborardi.

6247. Alkatras orolida turma bo’lib, bu turmada eng xavfli jinoyatchalar saqlanardi. Bu turma 1963 yilgacha ishlagan va o’sha paytning yagona federal turmasi bo’lgan, ya’ni mahbuslar issiq suvda cho’milishgan. Lekin adminstratsiya mahbuslar uchun bunaqa komfort, qulaylikni bir maqsadda qilishgan. Diqqat savol: nima maqsadda bunaqa qulayliklar yaratib berishgan?
Javob: Mahbuslar bunday qulaylikka o’rganganidan keyin, sovuq suv orqali muvaffaqiyatli qochish imkoniyati kamayadi degan maqsadda issiq suv yaratib berishgan!

6248. Rossiya davlati avtomashinalarning davlat raqamida faqat 12 ta harfdan foydalanisharkan. Bu harflar: A, В, Е, К, М, Н, О, Р, С, Т, У, Х: Diqqat savol: nega faqat 12 ta harfdan foydalanishadi?
Javob: Bu harflani ruschada ham, inglizchada ham o’qisa bo’ladi.

6249. Buxorodagi «Abdullaxon » madrasasi( 1586-1590) Buxoro xonligining eng yirik hukmdori Abdullaxon 2 tomonidan bunyod etilgan. U xonlikdagi eng yirik ma’rifat maskani bo’lgan. «Abdullaxon » madrasasi qarshisida esa «Modarixon» madrasasi qurilgan, bu ikkita madrasa bir xil ko’rinishda , bir xil bezakda qurilgan. Lekin «Abdullaxon » madrasasining o’ziga xos bir tomoni borki , uni boshqa madrasalardan ajratib turadi. Savol : Siz menga «Modarixon» madrasisining Abdullaxon onasiga atab qurilganini hisobga olib «Abdullaxon» madrasasining farqini ayting?
Javob: «Abdullaxon » madrasasi ro’parasidagi «Modarixon» madrasiga qarab bir oz egilgan ya’ni hurmat ramzidek farzandni onaga.

6250. Kino yulduzi Arnold Shvartsenegger ilk marta 1969 yilda «Gerkules Nyu-Yorkda» nomli kinoda ko’rinadi. Lekin buni qarangki, titrda, ya’ni aktyorlar ismi yozilganda uni Arnold Strong (strong inglizchada – «kuchli») deb tanitishadi. Bunga ikkita sabab bo’lgan: birinchisi – o’sha paytdagi eng taniqli filmlarning bosh roldagi qahramonni ijro etgan komik aktyor Arnold Stangni familiyasini mag’lub qilib, o’zlarini familyasini taniqli qilish. Savol: mantiqan o’ylab siz ikkinchi sababini ayting?
Javob: Rejissorlar uchun Arnold «Shvartsenegger»ning familyasi o’qish va talaffus uchun qiyin ko’ringan!

6251. Bu adib 1835-yili yer sayyorasi yaqinidan Galeya kometasi uchib o’tgan kuni dunyoga kelgan. U vafot etganida ham mazkur kometa paydo bo’lishini bashorat qiladi. Buni qarangki, 1910-yili, yana yozuvchi bu dunyoni tark etgan kuni huddi o’sha kometa yana ko’rinish bergan.
Savol qaysi adib haqida gap ketmoqda?

Javob: Mark Tven

6252. 1600 – 1610 yillar orasida Fransiyada 2000 dan oshiq ziyoli va harbiylar nobud bo‘lishgan. Ular orasida bironta ham dehqonlar yo hunarmandlarning yo‘qligi diqqatga sazovor!
Savol: Nega 2000 dan ziyod nobudlar orasida dehqonlar bo‘lmagan?

Javob: Chunki ular duelda qatnashmas edilar. Duel bu ziyoli qatlamning yuridik baxsi bo‘lgan. Dehqonlar esa bu xildagi masalalarni mushtlashib hal qilib qo‘ya qolgan!

6253. KING yosh Fransuz futbolchisi hisoblanadi. Himoya, yarim himoya va hujumda ham samarali o’yin olib borishi mumkin. Jamoa darvozaboni jarohat olgan vaqtlarda KING ning darvozabonlik bo’yicha ham mashg’ulotlar o’tayotganligi haqidagi hazil videolar tarqadi. Bir maqolada KING Shvetsar pichog’iga tenglashtirilgan.
Biz yuqoridagi savol matnida bir necha martta 1 so’zdan 1 necha harflarni tushurib qoldirdik. Diqqat savol: Tushurib qoldirilgan harflarni tiklagan holda futbolchi ismini yozib bering?

Javob: Kamavinga

6254. Mashhur rus yozuvchisi Lev Tolstoy bu asarni juda yaxshi koʻrar va uni “inson va tangri sevgisidan tugʻilgan eng yaxshi sanʼat namunasi”, deya hisoblardi.
Insoniyat tarixida muhim rol o‘ynagan adabiy qahramonlarga bag‘ishlangan “101 ta mavjud bo‘lmagan nufuzli shaxs” kitobining ro‘yxatida asar qahramoni 11-o‘rinni egallagan.
Diqqat savol: bu asarni dastlabki ikki sozi bir xil harflar bilan boshlanuvchi uchta so’zda yozib bering?

Javob: Tom tog’aning kulbasi

6255. 7 yoshga to’lganda bo’lajak prezident pul to’lamaganligi uchun vaqtincha yashab turgan uyidan haydalgan. 9 yoshida onasidan ayrilgan huquqshunoslik fakultetiga maʼlumoti kamligi uchun kirolmagan 45 yoshida senatga kirishga harakat qilib yana muvafaqqiyatsizlikga uchragan bu inson 51 yoshida AQSh prezidenti etib saylanadi. Diqqat Savol: gap qaysi AQSh prezidenti haqida ketmoqda?
Javob: Abraham Linkoln

6256. Genri Jeyms ushbu yozuvchi haqida «U men bilgan nozik aqldan farqli o’laroq shaxsan meni eng mukammal daho odam sifatida hayratga soladi» Nobel mukofotini olgan ushbu yozuvchining «Oq odamning yuki» «Rikki Tikki Tavi», » Mandalay» kabi asarlarini hammamiz bilamiz. Diqqat Savol: ushbu yozuvchining kimligini yozib bering?
Javob: Rudyard Kipling

6257. Ichiga bir biriga nisbatan 60° burchak ostida joylashtirilgan 3 ta ko’zgu plastilinkalari mavjud bo’lgan ushbu turdagi trubkalarni 1817-yil ingliz fizigi kashf etgan. Ushbu moslamadan me’morchilik, naqqoshlik, to’qimachilikda foydalansa bo’ladi. Diqqat savol. Yuqorida nima ta’riflangan?
Javob. Kaleydaskop

6258. Bu mashhur inson tongda soat 7 dan 12 daqiqa o‘tganda tug‘ilgan, kunduzi soat 11 dan 52 daqiqa o‘tganda texnikumni, 13 dan 12 daqiqa o‘tganda institutni tamomlaydi. 13.44 dan 14.32 gacha Moskvada tahsil oladi. 15 dan 12 daqiqa o‘tganda qilgan ishi uchun yuksak mukofotga sazovor bo‘ladi. U mashhur inson kimligini ayting?
Javob: Chingiz Aytmatov.
Izoh: «Asirga tatigulik kun» asarida uning umri 100 yilga nisbatan 1 kun hisobida olingan.

6259. E’tibor berganmisiz avvallari eshiklar ichkariga ochilardi. Albatta xavfsizlikni taminlash maqsadida. Aytingchi ichkariga ochiluvchi eshiklarni tashqariga ochiluvchi eshiklardan qanday xavfsizlikka bog’liq farqi bor?
Javob: O’g’ri tushmaslik uchun. Sabab ichkariga ochiluvchi eshiklarni oshiq moshig’i ichlarida qoladi. Tashqariga ochilsa oshiq moshiq ham tashqarida qoladi.

6260. Amazonka qirg’oqlarida o’zidan 500 volt chiqazadigan elektr baliqlar bor. Ular odam uchun juda xavfli bo’lib ularni ov qilish ancha qiyin. Ularga yaqinlashganda elektrlarini yig’ib (zaryadlab) ozidan tok chiqazishadi. Lekin o’sha yerda turadigan odamlar bu elektr baliqlarni ov qilish yo’lini biladilar. Savol: qanday qilib bu baliqlarni ushlashadi?
Javob: ular oldin ot yoki mollarni (buqa) qo’yib yuborishadi suvga, baliq elektronini sarflab bo’lgach ularni ushlashadi.

6261. 1974 yil bahor oylarida, ertalab Alyaskadagi Sitka shahar aholisi Ejkom vulqoni tarafdan qora tutunni ko’radi. Aholi xavfni qay darajada ekanligini bilish uchun qo’riqchilarga aytadi, qo’riqchilar vertalayotda borishadi, qarasaki yerda yonib tutayotgan mashina rezinalari va qorda oyoq izlari bilan yozilgan: «Hazillashdim» so’zi. Diqqat savol: «Hazillashdim» so’zini qaysi 2 ta so’z bilan almashtirdim. Ya’ni yerda nima deb yozilgan?
Javob: birinchi aprel

6262. Aqshdagi eng katta shtat bu Alyaska, deyarli eng kichik shtat ya’ni Rod-Aylenddan 550 marotaba katta. Lekin Rod-Aylend bir tarafdan Alyaskadan «mashhur». Savol: Rod-Aylend Alyaskaga nisabatan nimasi bilan «mashhur»?
Javob: Aholisi soni bo’yicha.
Rod-Aylend kichkina bo’lsada Alyaskadan deyarli 300 000 ta odam ko’p!

6263. Bu men uchun katta sinov, bu menda juda katta qo’rqinch uyg’otdi, bu kunda men dumiga konserva qutisi bog’langan kuchukka o’xshab qoldim, shovqin chiqarishni xohlamaymanu lekin yugurgan sarim baqiraveraman
Savol ushbu so’zlar kimga tegishligini anglagan bo’lsangiz, menga shu so’zlarni aytishga sabab bo’lgan mashhur ALFAni ayting?

Javob: U – Tagor
ALFA- Nobel mukofoti edi.
Izoh: Tagorning Nobelni olgan kundagi nutqi edi.

6264. Rasul Hamzatov :
Onam aytardilar o’g’lim yodingda saqla U haqiqiy tog’lik, u tog’lik bo’lishi uchun qancha qiyinchilklarni boshidan kechirgan. Sen bu nomni qadriga yetishing kerak. Savol: Uni toping?

Javob: Burgut

6265. Dietolog hazilomuz maslahatini tinglang: Agar siz semirishdan qo’rqsangiz, ovqatlanish oldidan 50 gramm konyak iching. Chunki …
Diqqat savol: Maslahatni yakunlang?

Javob: Chunki konyak Qo’rquv hissini yo’qotadi

6266. Yelizaveta I umrining so’ngi yigirma yilida alfa bilan uchrashishdan qochib yurgan. Diqqat savol: alfa ni toping?
Javob: Ko’zgu (oyna)

6267. G’alati spektakl deb nomlangan ushbu karikaturada ko’rib turganingizdek chap tomondagi odam bo’yi kichikkina odamchaga qarab norozi ohangda baqirmoqda:
-Sen …….., nimaga o’smayapsan. Barcha do’stlaring katta bo’lib bo’ldi!!!
Diqqat savol. Ana shu kichik bo’yli odamning ismini toping. (Rasmdagi bo’yi kattalarning ismi-yonilg’i (fuel), non (bread) va go’sht (meat)?

Javob: Maosh (Salary)

6268. Ushbu shahar 1825-yildan boshlab Qo’qon xonligining chegara qal’asi sifatida xizmat qilgan. Uning nomi qimiz tayyorlashda ishlatiladigan maishiy anjom nomidan olingan ekan.
SAVOL: Shaharni nomini toping?

Javob: Bishkek

6269. Qisqa_savollar_5taligi
1.Tuman ko’p bo’lganligi uchun “Tumanli Albion” deb ataluvchi davlat?
2.Qaysi davlatning nomi «achchiq murch» degan ma’noni bildiradi?
3.Sayyoramizda «Ozodlik oroli» deb qaysi davlat e’tirof etiladi?
4.Qaysi davlatning nomi o’tmishda «Issiq port» nomidan olingan?
5.Amerika qit’asini kashf qilgan Xristofor Kolumbning asl ismi nima?

Javob:
1.Angliya
2.Chili
3.Kuba
4.Portugaliya
5.Salvador Fernandes Zarku

6270. Nemis avtomobil kompaniyalari BMW, Porsche, Mersedes Benz markalari bizning faxrimiz deb atashgan. Ammo bir turdagi model borki u bizni haqiqatdan ham sharmanda qildi deyishgan.
Diqqat savol: Bu qaysi model avtomobillari bo’lgan?

Javob: Volkswagen avtomobillari.
Chunki bu avtomobilarni elektr ta’minot tizimida nosozlik aniqlanib AQSH dan 1000 ga yaqin Volkswagen avtomobillari qaytarib olingan.

6271. Qadimda bu toshga har joyda har xil nom berishgan. Bazilar uni ,,muhabbat toshi», ,,sevgi toshi» ham deb atashgan. Sevishganlar uzoqlashganda, sog’inishganda qandayadir rishta ularni bir-biriga yaqinlashtirgan. Shu sababdan bu tosh sevgi timsolini olgan.
Savol: Bu qanday tosh?

Javob: Magnit

6272. Agar kecha ertaga bo’lganda, bugun Yakshanba bo’lardi.
Savol: bugun qaysi kun?

Javob: Seshanba

6273. Olimpiadaning yakka kurashlari finalida qadimgi yunon kurashchisi Arraxionning raqibi taslim bo’ladi. Shundan so’ng Arraxion jang vaqtida BU ISHNI qilgan bo’lsa ham Olimpiada g’olibi deb e’lon qilinadi.
SAVOL: Nima ishni?

Javob: O’lib qolgan
Izoh: Raqibi taslim bo’lishidan oldin u bo’g’ilib o’lib qolgan.

6274. M.Bulgakovning «Usta va Margarita» asari qahramoni Ivan Nikolayevich Moskva daryosiga o’zini tashlaganda bildiki, daryodan uni hidi kelardi. Daryodan nimaning hidi kelgan?
Javob: Neft

6275. «Podsho-podsho, ota-ota, mulozim-mulozim, o’g’il -o’g’il bo’lishi kerak» !
Yuqoridagi fikr qaysi faylasufga tegishli?

Javob: Konfutsiy

6276. »Axloq iloxiy asosga ega va axloqiy fazilat insonga azaldan berilgan» degan fikrlar qaysi faylasufga tegishli?
Javob: Aflotun

6277. Zamonaviy etika nazariyasiga ko’ra, insonni ruhiy xastalikgacha olib boradigan axloqning mezon tushunchasi bu….
Hozirgi kunda Unga ega bo’lgan insonlar kamayib ketdi.
Nuqtalar o’rnidagi so’zni toping?

Javob: Vijdon

6278. Demokrit fikriga ko’ra ,inson uchun hayotidagi birinchi ustoz ehtiyoj va alfa dir. Aynan shular insonni foydali va zararli narsalarni farqlash darajasiga olib keladi. Alfa o’rnidagi so’zni toping?
Javob: Tajriba

6279. Yaponiyaning barcha shimoliy shahar hududlarida antiqa bir holatni kuzatishingiz mumkin. Qishda qor yoqqan kezlari piyodalar yo’lakchasida hech qachon qor kurash holatlari kuzatilmaydi. Ammo qor ham bo’lmaydi.
Diqqat savol buning siri nimada ekanlini maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Piyodalar Yurish yo’lakchalari issiqlik quvurlari bilan taminlangan bu esa
Qorni erib ketishini taminlaydi

6280. Mashhur o’zbek qiziqchisi Mirzabek Xolmedov ular haqida gapirar ekan «Do’zaxga yo’llanma yozib beruvchilar» deya ta’rif bergan. Chindan ham bu ish bilan shug’ullanuvchilar diniy jihatdan qoralanadi. Savol gap qaysi «kasb» egalari haqida ketmoqda?
Javob: Folbinlar

6281. Men so’ramoqchi bo’lgan alfa lar hamma insonlar uchun zarur. Rim notig’i Sitseron «Ularsiz notiqqa qiyin. Alfa lar qo’rquvga solishi, va’da berishi, ko’z- ko’z qilishi, aniqlashi mumkin » degan. Savol alfa ni o’rnida nima nazarda tutilyapti?
Javob: Barmoqlar

6282. Paragvay davlatida qonun.!
«Duel» ga chaqirib, odam o’ldirishiga ruhsat beradi. Majburiy va yagona shartni esa siz ayting?

Javob: Donorlar ro’yxatidan o’tgan bo’lishi shart

6283. 2013 yili Ukrainada o’g’rilik va buzg’unchilikni G’ayrioddiy turlari aniqlangan. o’g’irlik tanish bo’lgan anjomlari emas balki pilesosdan foydalanishgan. qiziq bu anjomdan o’g’rilar nimalarni tunashda ishlatishgan ekan?
Javob: Bankomatdagi pullarni

6284. Charli Chaplin eslab o’tadi : «Boshida o’ylardimki, bir o’zim unga bas kela olaman, uni fosh etaman deb. keyinroq esa tushunib yetdimki, u fosh qilib ko’rsatib berila olinmas obrazga ega ekan»
Uni toping?

Javob: Gitler

6285. Belinskiy uni insonning donoligining  o’tkir qirrallik toshi deb aytgan. Shopenguar uni tashqi insof deb aytgan. Shiller uni hayotdan qimmat deb bilgan. Filding esa u nohaqlikka chidamaydi deb ta’riflagan. Gap nima haqida ekanini siz ayting?
Javob: Sha’n

6286. 1912-yil Fransiyada birinchi aerodinamik laboratoriya ishga tushirildi. Laboratoriyaning asosiy vazifasi samolyotlarining sinash emas , ko’prik va boshqa inshootlarni sinash bo’lgan.
Savol: Laboratoriyaning asoschisi kim?

Javob: Gustaf Eyfel
IZOH: Laboratoriya baland va osma imoratlarning xolatlarining o’rganish bilan shug’ullangan . Bu ish bilan dong taratgan bir kishi avval baland imoratlarni qurish bilan shug’ullangan , keyinchalik osma ko’priklar qurish g’oyasini ilgari surgan.

6287. Rus maqoliga ko’ra «U tuzsiz tushlik qiladi, yaxshilikka chorlamaydi, tanada keraksiz in qurib, issiqda pechda yotib muzlaydi. U nima?
Javob: Dangasalik

6288. Tasavvur qiling siz XVIII asrda yashagan tadbirkorsiz va o’ta tadbirlisiz. Umumiy ovqatlanish shaxobchangiz bor ya’ni hozirgi zamon tili bilan aytganda oshonangiz bor. Yoningizdagi oshxonalardan o’zib ketish uchun siz o’sha paytda rusum bo’lgan buyumni olib kelib ko’zga tashlanadigan joyga qo’yganingizdan keyin haqiqatdan ham mijozlar o’sha narsaga qarash uchun uni ko’rish va anglash uchun sizning oshxonangizga oqib kela boshladilar.
Diqqat savol: siz nima sotib olib kelgan bo’lardingiz mijozlarni e’tiborini jalb qilish uchun?

Javob: Devor soati

6289. Bu kompaniyaning nomi lotinchadan tarjima qilingan «Qordek oppoq» degan ma’noni berar ekan va uning birinchi ishlab chiqargan mahsuloti ham kompaniya nomi bilan bir xil bo’lgan ekan.
Gap qaysi kompaniya haqida ketyabdi?

Javob: Nivea

6290. Ular bamisoli «tirik konservalar». Ularni kemalarga to‘ldirib olib ketilaverganligining
boisi ham shundadir. U nima?

Javob: Bahaybat toshbaqa!

6291. Mopassan o’z asarlarining birida bu jonzotga quyidagicha ta’rif bergan: Ular shunchalar yoqimtoyki bo’g’ib o’ldirishni so’rayotganday tuyiladi?
Javob: Mushuk

6292. Shekspir: «Hayot sahna, insonlar undagi aktyorlar» degan. So’z quloqqa kiradi, quloq-dramaturg, burun-rejissyor. Eng serharakat a’zo til-aktyorga qiyoslanadi. Barchasi jam bo’lib teatr tashkil qilinsa, sahna va sahna pardasi nimaga qiyoslash o’rinli?
Javob: sahna-ko’z, kiprik-parda

6293. Leanordo kelajakdagi narsa-hodisalar haqida ham turli topishmoqlar yaratgan. Jumladan quyidagi topishmoq uning davrida mavjud bo’lmagan ammo hozirda juda keng ommalashgan hodisa haqidadir. «Hayvonlar terisi qichqiriq va so’kishlar bilan insonlarni sukutda o’tirmaslikka majbur etadi». Topishmoqning javobini toping?
Javob: O’yin to’plari

6294. Eskimos xalqida «akatsuffik» nomli odamlar bor. Uni tarjima qilganimizda «Uyda eng ko’p gapiradigan odam» degan ma’no kelib chiqadi. Savol: Biz ularni qanday ataymiz?
Javob: O’qituvchilar

6295. O’tkir Hoshimovning «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» kitobida shunday jumlalarni ko’rishimiz mumkin:
-Urushda g’olib va baxtli davlat, g’olib va baxtli qo’shin, g’olib va baxtli podshoh, g’olib va baxtli tuzum bo’lishi mumkin, ammo g’olib va baxtli Alfa bo’lmaydi.
Savol: Alfani ayting?

Javob: Odam
Izoh: Negaki urush odamni odam o’ldirishga majbur qiladi. Odam o’ldirgan odam esa hech qachon baxtli bo’la olmaydi.

6296. Ota-bobolarimiz aynan ularda quyidagi xislatlar bo’lsa tanlab olishgan. Yuvvosh bo’lsa, kallasi kichik bo’lsa, ikki jag’ suyagi orasi keng bo’lsa, burun katagi yirik bo’lsa, qulog’i yupka bo’lsa. Savol: ota-bobolarimiz bunday xislatli nimani tanlab olishgan?
Javob: Otlar edi. (ko’pkari uchun tez chopadigan otlarni tanlab olishgan).

6297. U shunday katta kompleks ediki, u yerda sportzal, kort, turk
hammomi, Versal mehmonxonasi, palma bog’i, turli salonlar, kutubxona ham mavjud
edi. Afsuski u kompleks tezda o’z ish faoliyatini to’xtatishga majbur bo’lgan. XX-asr boshida ish boshlagan qaysi kompleks to’g’risida gap ketmoqda?

Javob: Titanik

6298. U yerda sichqondan tortib kalamushgacha, cho’chqadan tortib itgacha,
yuzlab pashshalar, o’z tuprog’i bilan guldan tortib, no’hot, bug’doygacha bo’lgan. Savol
yuqoridagi jonzotlar qayerga borishgan?

Javob: Kosmos

6299. Bu rasmda, ko’rib turganingizdek WaltDisney kompaniyasining bir multfilimi tasvirlangan. Qizig’i shunda-ki bu rasmda shunday narsa bor-ki, u hamma multfilmlarda chiqar ekan. Xo’sh rasmda nimani biz Disney kompaniyasining hamma multfilmlarida ko’rishimiz mumkin?

Javob: A113
Izoh: Universitet animatsion fakulteti xonasi raqami, ustozlarga hurmat yuzasidan multiklaga o’qigan xonasi nomerini yozishadi

6300. «Yo’l harakati qoidalari» fanini uning kitobini haydovchilikka o’qigan insonlar hammasi biladi. bu kitobda yo’llarda harakatlanish uchun kerakli tartibda belgilar joriy etilgan. bu albatta harakat xavfsizligini ta’minlash uchun. lekin shundan yo’l belgisi borki bu belgi kitobda ham yo’l harakati qoidalar fanida ham keltirilmagan va aytib o’tilmaydi. lekin bu belgini doimo yo’lning o’rtasiga ketma-ket qisqa masofada o’rnatiladi. bu belgiga barcha haydovchi va yo’lovchilar qat’iy amal qiladilar.
Savol: Bu qaysi belgi?

Javob: O’zbek xonadonida o’lim bo’lganda chorsi baylangan va yo’lni o’rtasiga qo’yiladigan ogohlantirish belgisi. bu belgiga barcha haydovchilar amal qiladi o’zidan kelib chiqqan holda. bu belgi tinchlikni saqla, tezlikni pasaytir va extiyot bo’l ma’nolarini anglatadi!