69-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

6801. Garri ismli qotil bo’lgan. Birinchi xotini 3 yil birga yashagach Garrini sirini bilib qoladi. U xotini o’ldirib yoqib yuboradi. Ikkinchi xotini 4 yil birga yashagach u ham dahshatli sirini bilib koladi Garri uni boshini g’isht bilan urib pachaqlab o’ldiradi.
Garrini dahshatli siri nima edi?

Javob: U ayol kishi bo’lgan

6802. Sizni yuzingiz ilgari men uchun eng yomon yoqtirmaydigan yuz edi.
Endi sizni yuzingiz men uchun eng yoqimli men yaxshi ko’radigan yuzga aylandi deb. Rasulullox Sallollohu alayxi vasalamga aytgan sahoba kim?

Javob: Sumoma ibn Molik r.a

6803. Podshox Nikolay I o’z ofiserlariga jazo sifatida qorovullikka turish yoki bir operani tinglashni tanlashni buyuradi 1842-yilda Alfa va Betta operasini namoyishini ko’radi. Opera podshoxga yoqmadi va opera tugamay turib teatrni tark etdi va jazo sifatida ofiserlariga shu tanlovni qo’ydi.
Opera muallifi va qaysi opera ekanligini ayting chi?

Javob. M.Glinka. «Ruslan va Lyudmila» Operasi

6804. Qadimgi Yunoniston, Olimpiada o’yinlari:
Oliy o’rin egalariga kubok-idish sovg’a qilish an’analari ulardan qolgan. Lekin u paytda bunday sovrindan aniq maqsad ko’zlangan bo’lib, kubok ichiga bir suyuqlik to’ldirib berilgan. G’oliblar hatto undan xo’plab ichishgan ham.
Diqqat savol: bu qanday suyuqlik edi?

Javob: Zaytun.
Izoh: Zaytun yog’i o’sha paytda qimmatbaho hisoblangan

6805. Bedana delikates taom sifatida na faqat sharq oshxonasini, g‘arbni ham egallagan. Ovqatni sarxilini iste’mol qiladigan fransuzlar bedanani uch xil sifatdagisini iste’mol qiladilar. Eng past narxda fermalarda boqilgan bedanalar narxlanadi. Aynan tabiiy holatdagisini yana ikki turga bo‘linadi. Sifatli va o‘ta sifatli turlarga. Savol: sifatlisi qanaqa, o‘ta sifatlisi qanaqa?
Javob: Tabiiy holatda miltiqda otib o‘ldirilgani sifatli, qopqon-
to‘rda tutilgani o‘ta sifatli deb baholanadi.

6806. Ikkinchi jahon urushi davrida AQSh armiyasida navaho hindulari shifrlanadigan ishlar bilan shug’ullanishgan.
Ular o’zlarining kodlash tizimini yaratishgan. Masalan,
Filippin – ,,suzadigan orol’’,
Xitoy -,,kokil boshli odamlar”, Germaniya – ,,temirli qalpoq’’.
Diqqat savol: Qaysi davlat ,,qo’yning og’rig’i” deb shifrlangan?

Javob: Ispaniya.
Izoh: sheep (qo’y) + pain (og’riq) = Sheeppain birikmasi Spain so’ziga o’xshab ketgan.

6807. 1-Jons Hito 33 yosh-aqsh fuqarosi oilali 1 nafar farzandi bor, otasi harbiy onasi uy bekasi, orzuyi davlatiga sodiq xizmat qilish, puldan qiynalib qolgan tungi klublarga ko’p boradi juda tartibli ishga vaqtida kelib vaqtida ketadi kam gap
2-Bernd More 33-yosh aqsh fuqarosi oilali 3 nafar farzandi bor, 3tilni mukammal biladi, otasi baliqchi bo’lgan yoshligida vafot etgan onasi sotuvchi 1ta ukasi bor 8 yoshda, juda sergap pulga o’ch odamlar sirasidan kim nima desa ishonib ketadiganlardan.
3-Fernando Kutchi 33-yosh aqsh fuqarosi turkiyadan uylangan hozirda turkiyada yashab 1 nafar bolasi bor onasi uy bekasi otasi mexanik bo’lgan o’lgan, xotinini judayam sevadi, ishini yoqtirmaydi, kechib kelib vaqtli ketadi, doim kulib yuradi.
4-Eduard shon 33-yoshda aqsh fuqarosi, 4tilni mukamal biladi, onasi uy bekasi singlisi bor kollej o’quvchisi, otasi mahfiy razvetkada josus bo’lgan,yoshligida vafot etgan,orzusi otasini faxrli ishini davom etish, ishini sevadi pulga rujuv qo’ymagan ishga vaqtida kelib ketadi, ichmaydi kamtar.
5-Enrike gut 33-yosh aqsh fuqarosi bo’ydoq onasi o’qituvchi otasi taksis orzusi boy badavlat bo’lib ota onasiga kerakli davlatini rivojiga rivoj qo’shish,ishiga ma’suliyat bilan qaraydi vaqtida kelib ketadi talabchan ichmaydi.
6- Hela kain (ayol)33 yosh aqsh fuqarosi eridan ajrashgan 5 tilni mukamal biladi ishini sevadi ota onasi yoshligida o’lgan bolalar uyida katta bo’lgan, orzusi yaxshi ishlab yaxshi oilaga kelin bo’lish, tarbiyasida biroz buzilish bor tartibni yaxshi ko’radi ishga vaqtida kelib ketadi.
7-Golden hays 33-yosh aqsh fuqarosi biroz so’ngi kunlarda ichkilikka berilgan, otasi mahfiy razvetkada josus onasi esa tikuvchi, uylanmagan yaqinda esa turkiyadan yaxshigina uy sotib oldi, ishiga layoqatsiz, ishga vaqtida kelib ketadi.
Bu 7 nafar aqsh fuqarolari Amerikani turkiyadaki elchixonasida ishlaydi,bilamizki har bir davlatni sirlari bo’ladi albbata josuslari ham bu josuslarni kimligini esa elchixona xodimlari bilgan bilishga qodir va haqqi bor joyi kelganda yordam berishga ham tayyor tashkilot ,lekin Amerika josuslarini Turkiya yoqtirmaydi nafaqat turkiya butun dunyo boshqa davlat josuslarini yoqtirmagan, shu 7 shaxsdan biri turkiyaga Amerika josuslarini sotib ularni o’ldirishga bevosita yordam beryapti
Diqqat savol: Yuqorodaki ma’lumotlardan foydalanib josuslarni sotayotgan haqiqiy sotqinini aniq ayting?

Javob: Sotqin bu 4- Eduard Shon
Izoh: amerikada josuslar faxrli kasb deyilmidi josuslar o’lsa ham ularni xoin (xalq dushmani ) deb dafn qilishadi keyinchalik oila a’zolari aziyat chekmasligi uchun,Shonni ham otasi josus bo’lgan yoshligida o’lgan faktlarga tayansak josuslarni 85% dan ko’progi qotillik qurboniga aylanadi,bevaqt hayotdan ko’z yumgan otasini qasosini olish uchun sotqinlik qiladi,chunki unga hali hanuzgacha hamma davlat xoinini o’g’li deb qaraydi,vaholanki ular davlati uchun jonidan vos kechganlardir.

6808. Janglarni birida qo’mondon Holid ibn Valid Abu Bakr roziyalloxu anxu dan madad kuchlari so’rab chopar yubordilar. Abu Bakr r.a bir sahobani yubordilar va bu 500 jangchiga teng. Rasulullox SAV aytganlar bu gapni deb xat yozib yubordilar.
500 jangchiga teng sahoba kim?

Javob: Qa’qa R.a

6809. Alfa- lotincha so’z bo’lib, orqali, orasidan, ichidan, orqasida, mobaynida kabi ma’nolarga egadir. Alfa baynalmilal o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi bo’lib: biron-bir fazo, maydon orqali harakatlanib, uni kesib o’tish ma’nolarini bildiradi.
Diqqat savol: Alfani yozib bering?

Javob: Trans

6810. Ularning biri oyparast, biri shoxdor, biri chuvalchangdum, biri yumshoqoyoq hisoblanadi. Ularning biri boshqa biriga xiyonat qiladi. Ular birlashib hatto do’sti uchun bir ishga qo’l urishadi.
Diqqat savol: Ularning to’rttalasining ham ismlarini yozib bering?

Javobi: 1.Rimus Lyupin
2.Jeyms Potter
3.Piter Petergryu
4.Sirius Blek
Izoh: Garri Potter romanlar turkumining 3 qismida do’stlarning hammasi Rimus Lyupin uchun qiyofasini o’zgartiruvchi odamlarga aylanishadi.

6811. Rivoyatlarga qaraganda, shovqin-suron, idish-tovoqlarni sindirish bilan o’zining kelganligini bildiradigan arvoh X hisoblanadi. X arvohining bu turi odatda nohaq o’ldirilgan odamning ruhi ko’rinishida bo’ladi. X-?
Javob: Poltergeyst.

6812. Alfa-inglizcha so’z bo’lib uy arvohi ma’nosini bildiradi. Alfa-G’arbiy Yevropa afsonalarida aytilishicha, odamlar yashaydigan uylarda yashovchi, ko’pincha odamlarga do’stlik qiluvchi, ba’zan esa yomonlik qiluvchi mifologik obraz hisoblanadi.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javobi: Boggart.
Manba: Garri Potter romanlar turkumining 3-qismi.

6813. Alfa-lotin tilidan olingan so’z hisoblanadi. Alfa- o’z xohishiga ko’ra hayvonga aylanib, keyin yana inson qiyofasini egallashni o’zlashtirgan sehrgar hisoblanadi.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Animag.
Manba: Garri Potter romanlar turkumining 3-qismi.

6814. Yunon tilida taloq » xoll» deb ataladi. Ammo, inson tanasida qora taloq mavjud.
Diqqat savol: taloq yunonchada » xoll» bo’lsa, qora taloq qanday ataladi?

Javob: Milayn xole. Melanxole

6815. U Yaponiyada yosh ayol ramzi, Xitoyda sevib qolgan yosh yigit ramzi,
qadimgi Meksikada olov ramzi hisoblanadi.
Savol u nima?

Javob: Kapalak

6816. Zamonaviy tarixchilar alfa ga OLOV va POROX deb ta’rif berishgan.
Jahon urushida alfa «tanildi» so’ng unitilib keyin yana «tanildi».
Alfa-?

Javob: Grigoriy Lentasi

6817. Qadim Rostov kazaklari uylarida 2 xil idish-tovoq bo’lgan, idishlarning biri rangli ikkinchisi esa bo’yalmagan.
sabab-?

Javob: Rangli idish ovqat yeyishga, rangsiz esa ovqat pishirishga.

6818. Xaruki Murakavaning «Qo’y ovi» asarida bosh qahramonni xotini tashlab ketib qoladi. Qahramon xotini hatto alfa ni ham o’zi bilan olib ketganligini, yoridan faqat yoqimli iforigina qolganini achinish bilan aytib o’tadi. Alfa dan ko’proq tergov ishlari xodimlari foydalanadi.
Savol bilimdonlar alfani 2 so’z bilan ayting?

Javob: Barmoq izlari

6819. Bir donishmand:
«Men bir chetda turib bu hodisani marafonga o’xshatdim. Faqat haqiqiy marafondan farqi undagi ishtirokchilar o’zlariga qulay joyni topishsa «marafon»ni tark etishadi. Agar ularda bir»predmet» bo’lsa bemalol «marafon»ni davom ettirishadi.
Savol : qanday hodisa va qanday predmet?

Javob: Yomg’ir
Predmet esa soyabon

6820. Bir asar–»Qadimiy ezgu Angliya» da yozilishicha 100 yillar avval bir aholi yashash joyida birdaniga g’ozlarni soni keskin kamayib ketdi, chunki bunga Alfa ni kashf qilinishi sabab bo’ldi. Alfa bilan shug’ullanishda hozirda Xitoy davlati 1-o’rinlarda boradi. Alfa sport turi hisoblanib, g’ozlardan asosiy sport anjomi yaratishda foydalanishgan.
Savol alfa-?

Javob: Badminton

6821. Jaloliddin Rumiy hazratlaridan:
-Bahorda gul to‘kilgach, meva ko‘rinadi. Tan xarob bo‘lgach jon ko‘rinadi. Non sindirilib yeyilmaguncha quvvat beradimi?
Uzumlar siqilmay sharob bo‘ladimi? Diqqat savol: Ushbu misrada nima haqida so’z yuritilayotganini toping?

Javob: Azob.
manbaa: «Qalb ko’zingni och» J. Rumiy

6822. Alfa ni 3 xil ko’rinishi bor.
1-xili bilan qotilliklar qadimgi Xitoyda amalga oshirilgan,
2-xili bilan qotillik esa qadimgi Skandinaviyada ommalashgan va nihoyat
3-xili bilan qotillikni
II jahon urushida nemislar amalga oshirishdi.
Savol: alfa nima?

Javob: Suv

6829. Bu asar faylasuf uchun keng bir fazo, aql uchun buyuk mashq maydoni, kitob muxlislari uchun unutilmas bir xotira, ma’nosiga tushunadiganlar uchun ajoyib bir ibrat xazinasi. Chunki, undagi voqealar bizni tilimizdan emas, ammo bizga ko‘zgudir. Undan odamlar g‘oyat chuqur ibratli ma’no javohirlarini topadilar.
Savol: Gap qaysi asar haqida bormoqda?

Javob: Kalila va Dimna

6830. Bu minora 2013-yilda Gollandiyada barpo etilgan, bu minoradan faqatgina alpinistlar foydalanishi mumkin, bunda barcha havaskoru, professional alpinistlar chiqishga harakat qilishadi, minorani 1 urinishda «zabt» etganlar esa «ANGLIYALIK QIROL» deyishgan.
Endi aytingchi hurmatli bilimdonlar qisqa ma’lumot va suratdan foydalanib MINORA ga qanday nom berishgan?

Javob: Ekskalibur

6831. Alfani yaralish tarixi haqida olimlarning bir qator taxminlari mavjud.
Masalan uni o’zga sayyoraliklar insonlar uchun qoldirib ketgan shifrli «noma» deyishadi.
Bazilar esa ilmiy rasadxona, diskoteka uchun mahsus joy deb bir qancha farazlar qilishdi. Vashington shtatida uning maketi yaratilgan. Uni hamma ko’rgan desam addashmagan bo’laman.
Ushbu alfa nini toping?

Javob: Stounhenj toshlari

6832. Antiqa futbolchi:
-Shvetsariyada tug’ulgan.
-talaffuzi ispancha.
-millati xorvat.
-oilani asli kelib chiqishi Bosniyaga borib taqaladi.
Savol ushbu ta’rif qaysi futbolchiga haqida?

Javob: Rakitich

6833. Avstriyalik bir yoshgina yozuvchi ayol asar yozganidan keyin gazetalarga
«yoshgina, chiroyli, boy ayol shu asar qahramoniga o’xshagan erkak bilan tanishishni xohlaydi agar u erkak yoqsa u bilan bir umr birga bo’ladi»
deb e’lon beribdi.
Savol nega bunday e’lon bergan?

Javob: Ayol shu yo’l orqali o’z asarlarini ko’proq sotmoqchi bo’lgan.

6834. Quyidagi ro’yhatda uning narxlari:
1981-yilda-300 000 $
1987-yilda-50000 $
1990-yida-10 000 $
1994-yilda-1000$
1997-yilda-100 $
2000-yilda-10 $
2004-yilda 1 $
2012-yilda-0.10$ ni tashkil qilgan.
Uni aniq ayting-?

Javob: Kompyuter uchun 1 Gbt xotira

6835. Rebus
1.vertalyot markasi.
2.kun,oy,yil.
3.davlat.
4.kimyoviy element.
1+2+3+4-?

Javob: Ka+Sana+Chili+K=
KASANACHILIK.

6836. Rebus
1.Sevgi xudosi.
2.Ped texnologiya(1 ta harf)
3.Harakat natijasi.
4.Ism(shevada).
5.Musiqiy nota.
6.Men(tarjima)
1+2+3+4+5+6-?

Javob: Amor+T+Iz+At+Si+Ya=
AMORTIZATSIYA

6837. Qadimgi va o’rta asr ta’lim tizimida ongni va mantiqni yuksaltiruvchi yetti fan mavjud edi. Ushbu fanlarni qadimgi yunon mutafakkirlari komillika eltuvchi yo’l deya ta’riflaganlar:
1.Grammatika
2.X
3.Ritorika
4.Geometriya
5.Arifmetika
6.Astronomiya
7.Mantiq
Savol:: X ortida yashiringan fanni topishga urinib ko’ring?

Javob: Musiqa

6838. Bir dasturxon atrofida o’tirgan do’stlar dunyoning mashhur shaharlarini o’sha shahar hayotidan kelib chiqib nomlaydilar.
Londonni rasmiyatchilik.
Nyu-yorkni shuxratparast.
Parijni mehmondo’st deb atadilar.
Aytingchi, ular Rimni qanday nom bilan atashgan?

Javob: Ehtiros edi.
Rimliklar ehtirosi shunchalik kuchliki, ular bir birlari bilan suxbatlashganda o’z fikrlarini nafaqat og’zi bilan aytishadi, balki, qo’llari bilan ham imo-ishora qilib ifodalaydilar.

6839. XX asrda insoniyat 4 barobar ortgan. Tug’ilish ko’paygan, qarilik yoshi chegarasi o’sgan (60 yosh) va o’lim xolati bir necha marta kamaygan. Demograf olimlar bu jarayonni alfa ga qiyoslasharkan.
alfa ni toping?

Javob: Piramida

6840. Bu mashinaning nomi koreyschadan tarjima qilinganda «quyoncha» degan ma’noni beradi. Bugungi kunga kelib uni kam uchratamiz. Deyarli yo’q desa ham bo’ladi. Siz o’sha «quyoncha»ni biz nima deb atashimizni ayting
Javob: Tiko

6841. Amerikalikni bir kulguli gapi bor «agar siz AQSHni bosib olmoqchi bo’lsangiz unda shu kuni hujum qiling, chunki shu kunda bizning mudofamiz judayam sust bo’ladi». Savol: ular qanday kunni nazarda tutishgan?
Javob: Regbi bo’yicha super kubok finali

6842. Gvineya ayollari milliy bayroqdagi qizil, sariq va yashil ranglar mavjud bo’lgan matolardan kiyim kiyishni yoqtirishadi. Qizil rang-xalqning o’z erki uchun kurashdan qaytmasligini bildiradi. Sariq rang-Afrika quyoshining ramzi. Savol: Bayroqdagi yashil rang nimaning timsoli ekanligini ayting?
Javob: Doimiy yashil Jungli o’rmonlarining ramzi

6843. Hollywood artistlari orasida shunday bir gap yuradi: Hollywoodda irqchilik yo’q ekan. Ularda qora rangmi, oq rangmi buni ahamiyati yo’q. U yerda eng ahamiyatga ega rang bu – …
Diqqat savol: Ular nimani nazarda tutib gapirishgan?

Javob: Amerika dollari.
Izoh: Ular pulni ko’p narsadan ustun va ahamiyatliroq deb hisoblasharkan. Amerika dollarining rangi esa oq yoki qora emas, balki yashil.

6844. Afg’onistonda tolibonlar humronlik qilgan paytda futbol o’yinida o’ziga xos qonun qoidalar bor edi. Ishtirokchilar kalta shortik kiymasligi, o’yin faqat qorong’u tushgan paytda bo’lishi kerak edi. Hatto tomoshabinlarga ham bitta qonun kiritishdi. Ho’sh nima deb o’ylaysizlar tomoshabinlar holatidan kelib chiqib ularga qanday qonun mavjud edi?
Javob: Baqirish va hushtakni o’rniga «Allohu akbar» deb baqirish.

6845. Bu ish ruslarda qilinsa «suhbatdoshni g’azabini keltiradi», Xitoyliklarda qo’rqitish, Tibetliklarda salomlashish, Maya hindularida esa rozilik alomati hisoblanadi. Endi aytingchi hurmatli bilimdonlar gap qaysi ish haqida ketyapti?
Javob: Tilini chiqarish

6846. Bolon akademiyasida yigirma olti yoshga to‘lmagan kishi akademiklikga qabul qilinmas edi. Lekin Uning dek favqulodda iqtidor egasi uchun istisnoga yo‘l qo‘yiladi. U o‘n to‘rt yoshida Bolon akademiyasi akademigi bo‘lib saylanadi.
Otasi uni qutlagan payt U deydi:– Dada, mana akademik ham bo‘ldim, endi yarim soat o‘ynab kelishimga ruxsat berasizmi?
O’yinqaroq bolakayni kimligini toping?

Javob: Motsart

6847. Yaponlarda bir naql bor
«ozoda insondan hech qanday hid kelmaydi, faqat U ning hidi keladi»
savol: uning-?

Javob: Ozodalikni

6848. 1925 yili gretsiyalik askar Petrich ko‘chada bir alfa ni ushlashga urinadi va Bolgariya chegarasini kesib o‘tadi. Bolgariyalik chegarachilar unga qarata o‘q uzishadi va Petrich halok bo‘ladi. Bir necha kundan keyin greklar qasos olishga qaror qilishadi. Shu voqea sabab Gretsiya va Bolgariya o‘rtasida urush boshlanadi.
Savol alfa-?

Javob: It

6849. Las Vegasda poyga musobaqalarini kuzatib turgan ikki do’st biri ekonomist, ikkinchisi esa biznesmen.
Ekonamist- bu mashinalarni g’izzilab aylanishiga benzin sababchi…
Biznesmen- yo’q aksincha alfa sababchi…
Alfa ni toping-?

Javob: Reklama

6850. Qadimgi yunon faylasuflaridan biri o’z shogirtiga shunday dedi: «agar sen aqlli bo’lsang- demak axmoqni ishini qilyapsan.
Agar sen axmoq bo’lsang- demak sen aqlli ish qilyapsan». Savol: Shogirt nima qilgandi?

Javob: Sukut saqlash

6851. Nemis harbiylari o’rtasida shunday gap mavjud.
Askar qilgan ishini Komandir.
Razvedkachi qilgan ishini aynan U baholaydi.
Diqqat savol hurmatli bilimdonlar nemis harbiylari U deganni nimani nazarda tutishadi?

Javob: Vaqt

6852. Иллюстрация (asli yashiringan rasm) qilingan bu rasmning bir necha asrlar avval yaratilgan asl nomini ayting?

Javob: Adashgan o’g’ilning qaytishi

6853. Rasmda berilgan javonlarda nimalar saqlanadi yoki ularni nomlang?

Javob: Komikslar.
Izoh: shakli «speach bubble» deb nomlangan narsaga o’xshaydi — matn komikslarga joylashtirilgan bulut.

6854. Misrda-45
Gretsiyada 46.3
Rimda-44.4
Marokkoda 51.7
Tunisda 47.3
Kalkuttada-44.7
Shirilankada 47
Aytingchi hurmatli bilimdonlar bu raqamlar nimani bildiradi-?

Javob: Tirsak uzunligi sm

6855. Venetsiyada har yili fevral oyida karnaval o’tkaziladi. Bu karnaval qadimda ham o’tkazilgan. Qizig’i,unda qullar ham ishtirok etishlari, vatandoshlari bilan suhbatlashishlari va xo’jayinlari hisobidan istagancha sharob ichishlari mumkin. Ammo, faqat bir shart bilan ular karnavalda ishtirok etishlari mumkin bo’lgan.
Savol: Qanday shart?

Javob: Qullar xavfsizlik maqsadida ko’zlari bog’liq holda bo’lishlari kerak bo’lgan.

6856. Aqsh ning har bir saylangan yangi prezidentining ayoli Oq uyning xonalaridan birini o’z didiga moslab ta’mirlashar ekan. Bunday holat prezident ayollari ichida an’ana tusiga aylanib ulgurgan.
Endi aytingchi hurmatli bilimdon aynan shu xonalar nima uchun mo’ljallangan edi-?

Javob: Oilaviy arxiv rasmlar uchun xona

6857. Frodo, Aragorn, Boromir, Gimli, Gendalf, Legolas, Sem, Merri, Pin.
Ushbu bir asardan olingan qahramonlarni bir-birlariga bog’liqligi bor.
Diqqat savol: ularni nima birlashtiradi?

Javobi: Uzuklar ittifoqi.
Qabul: Uzuklar birodarligi.
Qabul emas: Uzuklar hukmdori.
Izoh: Ushbu nomlarda atalgan kishilarning biri oddiy odam, biri elf, biri gnom , birlari hobbit va hokazo. Qadimda gnomlar, elflar va boshqalar orasida uzuklar taqsimlab olingan edi. Shu sababli ajdodlari turfa xil vakillar bo’lgani uchun va ularning ajdodlari qadimda uzuklarni bo’lishib olgani uchun ular birlashishib , katta ittifoq paydo bo’ladi.

6858. Ushbu bir asar qahramoniga berilgan ta’rifni tinglang:
Uning ikki tennis koptoklariga o’xshagan yam-yashil sersuv ko’zlari mavjud . Ustidagi kir uvada uning yagona libosi hisoblanadi. Uning qalbi hech qachon mehr ko’rmagan.
Diqqat savol: ushbu ta’rif qaysi asar qahramoniga tegishli?

Javobi: Ushbu ta’rif Garri Potter romanlar turkumining 2-qismida uchraydigan Malfoylar oilasining uy elfi- Dobbiga tegishli edi.

6859. Alfa- yovuz sehrgarlar va zulmat jodulariga qarshi kurashishga ixtisoslashgan sehrgarlik darajasi va lavozimi hisoblanadi. Alfani eslashimizga bizga Alastir Gryum va Kingsli Kandaler yordam berishi mumkin.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javobi: Avror.
Izoh: Alastir Gryum va Kingsli Kandaler yovuz sehrgarlar va zulmat jodulariga qarshi kurashuvchi avror hisoblanishadi.
Manba: Garri Potter romanlar turkumi.

6860. Alfa-forscha so’z hisoblanadi. Alfa- ayollar peshonasiga , ko’ksiga taqadigan oltin, yoki kumush tangalardan tuzilgan barg nusxa ziynat buyumi taqinchoq hisoblanadi.
Alfa?

Javob: Bargak.
Savolda barg so’zini ham ishlatdik.

6861. Alfa-g’or shipida hosil bo’lib, osilib turadigan sumalaksimon oqish-tomchi (ko’pincha ohaktoshli) hosilalar hisoblanadi. Alfa- yunonchadan-» tomchilab oqish» degan ma’noni bildiradi.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Stalaktik.

6862. Alfalar-G’arbiy Yevropa afsona va ertaklarida tasvirlangan yovuz, qonsiz maxluqlar hisoblanishadi. Alfalar – O’rta Yerdagi Utumno tubidan chiqqan dushman turidir va O’rta Yer dostonida asosiy antagonistlar sifatida namoyon bo’ladi.
Diqqat savol: Alfalarni toping?

Javob: Orklar.
Manba: Jon Ronald Ruel Tolkinning » Uzuklar hukmdori» asaridan olingan ma’lumotlar.

6863. Alfa- mevasi mayda olxo’riga o’xshagan buta o’simlik hisoblanadi. Alfa-lotinchada «Prunus spinosa» deb ataladi.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Tyorn.

6864. X- grekcha so’z bo’lib, «shoh, podsho» ma’nolarini bildiradi. X- boshi xo’roznikiga, tanasi va ko’zi cho’lbaqanikiga , dumi esa ilon dumiga o’xshash afsonaviy maxluq hisoblanadi. X- cho’lbaqa bosib ochadigan xo’roz tuxumidan chiqadi. X- o’z qurbonini o’ldirish uchun ajablanarli usul qo’llaydi. X- faqatgina o’z o’limiga sabab bo’luvchi xo’roz qichqirig’idangina qo’rqadi, xolos. » Tabiiy tarix» da keltirilishicha X ning boshida po’pakcha emas ,» toj , yoki tilla qoshga o’xshash oq dog’ bor» . X lar Bibliyaning lotin tarjimasida (» Vulgata» da) bir necha bor tilga olingan. O’rta asrlargacha X. real yashaydigan hayvon turi sanlagan.
Diqqat savol: X ni toping?
Javob: Vasiliks.
Manba: Garri Potter romanlar turkumining 2- qismidan olindi.

6865. 2004 yil avgustida #55 Canri-e sayyorasi topildi u yerdan 2 marta katta va 8 marta og’ir edi. U shu paytgacha topilgan sayyoralarning eng «boyi».
Savol nega astronomlar uni «Boy» deb ataganlar?

Javob: Sayyorani ustki qismi olmoslar bilan to’laligi sabab «boy» deb ataganlar

6866. 2014-yilgi futbol bo’yicha Jahon chempionati vaqtida, mamlakatga tashrif buyurgan terma jamoalar, tashkilotchilarga g’alati talablar qo’yishgan.
Masalan: Germaniya termasi o’zlari joylashgan mehmonxonani butunlay ijaraga berilishini, boshqa hech kim qo’yilmasligini talab qilishgan bo’lishsa,
Janubiy Korea esa, mehmonxonaga barcha joylashishi mumkinligini faqat ular qo’yilmasligini talab qilishgan-?
Savol: ular kimlar?

Javob: Kareys millatiga mansub insonlarni

6867. Sayohatga borsez biror davlatga o’ziz bilan, albatta biror-bir suviner olib kelasiz,eslab yurish uchun.
masalan:
Rossiyadan-Matryoshka
Misrdan-Firavn_haykalchasi.
Fransidan-Eyfil_minorasini maketi
Aqshdan-Ozodlik_haykali va hkz.
Endi aytingchi, Bilimdon turist sifatida borganida U yerdan «Kalla suyak»larini suviner sifatida olib keldi.
Diqqat savol bizning Bilimdonimiz qayerga sayohat qilgan edi?

Javob: Meksika

6868. Shvetsariyaning Jeneva shahrida qo’yilgan ushbu monument «piyodalar uchun minani zararsizlantirish…» deb nomlanadi, endi aytingchi ushbu monument qaysi tashkilot qarshisida qurilgan?
Javob: BMT shtab kvartirasi qarshisida

6869. Harbiy topshiriq, operatsiyalar davomida atrofdagilarni diqqatini tortmaslik uchun harbiylar imo ishoralar bilan gaplashadi. Aytingchi, hurmatli bilimdonlar harbiylar «O’ng qo’lini boshi bilan teng holatda baland ko’tarish» ishorasi nima ma’noni bildiradi-?
Javob: Ushbu ishora Diqqat!
ya’ni e’tiborlikni oshiramiz degani edi

6870. Belgiyadagi reklama agentligiga hukumat tomonidan chekishni tashlang mavzusida ijtimoiy reklama buyurtma qilindi, reklama tayyor bo’lgach hukumat reklama agentliga katta miqdorda jarima soldi va agentlikni litsensiyasidan mahrum qildi, endi aytingchi reklamada qanday tasvir mavjud edi?
Javob: Bolalar qo’lida sigaret tutgan tasvir mavjud

6871. Ushbu surat hech qanaqa foto emas, aksincha Kramer ijodi, surat 60×60 sm o’lchamdagi xolstga moy bo’yoq yordamida ishlangan.
Sizni ishingiz ushbu suratni nomlash?

Javob: Optimis

6872. Qisqa_savollar_3taligi
1.Ushbu davlatda «tish farishta» larini «tish sichqonlari» deb atashadi?
2.Angilya poytaxti-?
3.Yevropaliklar Uni «o’rmon sartaroshi» deb atashadi. Uni-?

Javob:
1.Meksika
2.Valli
3.Qunduz

6873. Duplet.
1.XVIII asrda Londondagi hayvonot bog’ida egzotik hayvonlarni ko’rishga kelgan odamlardan chiptaga pul o’rnida X ni olishgan?
2.Dunyoda shu paytgacha 33_turdagi jonzotni butunlay yo’q bo’lib ketishida U sababchi bo’lgan ekan. U-?

Javob:
1.Mushuk
2.Mushuk

6874. Ushbu asarda yetimlikni qanday ayanchli va azoblanarli ekanligini anglashimiz mumkin. Ushbu asar yozuvchisi 1812-1870-yillar oralig’ida yashab o’tgan. Undan tashqari ushbu asarda o’g’rilik va ta’magirlikni qanday oqibatlarga olib kelishi haqida ham tushuncha olishimiz mumkin
Diqqat savol: ushbu asarning muallifi va asarning nomini yozib bering?

Javobi: Charllz Dikkens » Oliver Tvistning boshidan kechirganlari» asari.

6875. Alfa- tana juda ozg’n , ko’zlari qizg’ish , ustiga qora rido kiyuvchi, bir jonzot turlari bilan gaplasha oladigan, o’z ajdodlaridan nafratlanib keladigan asar qahramoni hisoblanadi.
Diqqat savol: Alfaning kim ekanligi va alfa qaysi jonivorlar bilan gaplasha olishi haqida yozib bering?

Javobi: Lord Voldemort. Lord Voldemort ilonlar bilan gaplashadigan sehrgarlardan biri hisoblanadi.

6876. Alfa-inglizchadan risolacha, kichik asar degan ma’noni anglatib, ijtimoiy-siyosiy mavzuga bag’ishlangan, aniq bir shaxs, yoki ijtimoiy hodisani mazax qilib, ularning illatlarini fosh qilishga qaratilgan kichikroq publitsistik asar hisoblanadi.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Pamflet.

6877. X-lotinchadan don, dona degan ma’noni anglatadi. X- tarkibi kvars, dala shpati va slyuladan iborat , donador qattiq tog’ jinsi va qimmatli qurilish materiali hisoblanadi.
Diqqat savol: X nima?

Javob: Granit

6878. Ular orasiga ilon, kundalik, soch toji, medalion, tiara va hokazolar kiradi . Ularni orasida qandaydir bog’liqlik bor. Ularni yo’q qilibgina ezgulikka yetish mumkin.
Diqqat savol: ularning orasida qanday bog’liqlik bor?

Javobi: Ularning barchasi ruhdonlar. Ya’ni, Voldemort o’zining ruhlarini bo’lib , ushbu buyumlar ichiga joylaydi. Ularni yo’q qilibgina Voldemortni o’ldirish mumkin edi.
Qabul: Jon tumorlar.
Manba: Garri Potter romanlar turkumi.

6879. «Garri Potter» romanlar turkumidagi Garri Potter unga shunday ta’rif beradi:
Uning tanasini qop-qora tukning u yer, bu yeriga oq oralagan bo’lib, yuqori jag’dan iborat badburush boshidagi ko’zlarini sut rangidagi oq parda qoplagan. Bundan ma’lum bo’ladiki, u so’qir ekan.
Diqqat savol: Garri Potter nimaga ta’rif beryapti, ya’ni uning nomini ayting?

Javob: Aragog. Aragog bu- Xagrid shunday nom bergan juda katta o’rgimchakdir.
Qabul emas: o’rgimchak.
Manba: Garri Potter romanlar turkumining 2-kitobi.

6880. 990 raqami bu komediyani sal bo’lmasa fojiaga aylantiray degan. Aynan qarama-qarshilikka ham o’sha raqam sababchi.
Diqqat savol: qaysi komediyani?

Javobi: «Ы operatsiyasi» komediyasini.
Izoh: «Ы operatsiyasi» komediya sida ular 990 rublga omborni tunamoqchi bo’lishgan.

6881. Vallam ibodatxonasida antiqa an’ana bo’lgan, agar monax o’lsa bir marta qo’ng’iroq chalingan, igumen o’lgan bo’lsa uch marta qo’ng’iroq chalingan. 1940-yil mayda Vallam ibodatxonasida o’n ikki marta qo’ng’iroq chalingan.
Diqqat savol: qaysi voqea sabab?

Javobi: Vallam ibodatxonasi aynan shu kuni buzib tashlangan. Ibodatxona buzilishidan oldin xayrlashuv kuyi, qo’ng’iroq chalingan.

6882. Parij , London, Los-Anjeles , Insburk, Leyk-Plesid, Sent-Morits.
Diqqat savol: bir sohada ularga bas keladigan va bu ketma-ketlikni to’ldiradigan yana bir poytaxt shahar nomini toping?

Javob: Bu qatorning oxirini to’ldiradigan shahar- Afina.
Izoh: Yuqoridagi shaharlarda ikki martadan Olimpiada o’yinlari bo’lib o’tgan.

6883. O’rta asrlarda paydo bo’lgan alximiya fani oxir-oqibat ximiya fanining kelib chiqishiga sabab bo’ldi . O’rta asrlarda yatroximiya deb atalgan fan ham bo’lgan.
Diqqat savol: yatroximiya bugun nima deb ataladi?

Javobi: Yatros yunon tilida «shifokor» degani. Yatroximiyadan meditsina(tibbiyot) kelib chiqqan. Javob – meditsina.(tibbiyot)

6884. Mendeleyevni hamma bilsa kerak manimcha. U kimyo fanida juda katta kashfiyotlar qilib Mendeleyev davriy jadvalini yaratdi. Tarixda esa Mendel degan bir biolog bo’lib u genetika sohasida juda ko’p tajriba o’tkazgan. U belgilarlarni nasldan naslga o’tishini no’xot o’simligida tajriba o’tkazib isbotlab bergan.
Endi savol: Mendeleyev bilan Mendelni bir biri bilan nima bog’lab turadi?

Javob: ma’lumotlar Tushida namoyon bo’lgan

6885. Ko’ndalang turgan ushbu pardalarni qayerda uchratamiz?

Javob: Samolyotda

6886. Amir Temur farzandlari va nabiralariga kelin tanlashda bo’lajak kelin poshshalarga bir ishni qildirarkan, shu ishni qilishiga qarab kelin poshshani «yaxshi yomonligini» aniqlarkan.
Gap qanday ish haqida ketyapti?

Javob: kelin tanlashda ularga non yoptirib ko’rgan

6887. Qadimiy Irlandliklarning bir naqli bor. Insonda uch narsa doim mustaxkam bo’lishi kerak. Birinchisi qo’lidagi quroli, ikkinchisi ish asbobi, uchinchisini sizlar topinglarchi?
Javob: Mustahkam fikr

6888. Jon Lili «Yevfues va uning Angliyasi» romanida haqiqat formulasini o’ylab topadi. Haqiqat formulasidagi gapning har bir bo’limida «haqiqat» so’zi ishtirok etadi.
Diqqat savol: formulani toping?

Javob: Formula: haqiqat, faqat haqiqat, yoki hech nima! Haqiqatdan boshqa.

6889. Grammafonga 1837-yilda patent olingan. 1892-yilda «Odeon» firmasi aylanadigan plastinkaga patent olgan . 1904-yilda «Odeon» firmasi yana bir patent olgan.
Diqqat savol: Ikkinchi patentni nimaga olgan?

Javob: Ikki tomonli plastinka uchun patent olingan.
Izoh: 1892-yilda bir tomonli plastinkalar uchun, 1904-yilda ikki tomonli plastinka uchun patent olingan.

6890. 1961-yili shaxsan Mao Sze Dunning buyrug’iga binoan Xitoydagi oltita metall zavodida bir zarur moslama millionlab yasaldi. U aholiga bepul tarqatildi.
Diqqat savol: metall zavodlari qanday moslama ishlab chiqargan

Javob: Rogatkalar.
Izoh: Chumchuqlar ko’payib ketgani bois aholi rogatkalar bilan qurollantirilgan

6891. AQSH ning 39-prezidenti Jimmi Karterning pidjagini ximchistkaga yuborishadi. Prezident unda xamyonini unutib qoldiradi.
Aytingchi xamyondan nimani topishgan?

Javob: Yadroviy qurol ishga tushirish kodini

6892. Aslida biz juda qo’rqadigan bu X hayvonlar ham o’ynashni yoqtirisharkan.Nafaqat o’z turidagilar,balki boshqa hayvonlar hatto odamlar bilan ham o’ynash mumkin ekan. X koptok,gullar va butalar bilan o’ynashni yoqtirar ekan.
X-?

Javob: Timsox

6893. Bitta uzunroq cho’pni sindiramanda yarmini sizga berib yarmini o’zimda olib qolaman.
SAVOL:qadimda nima maqsadda shunday holatni yuzaga keltirishgan?

Javob: Qarzdor va qarz beruvchi

6894. 1992-yil «fransuz» rassomi Rene Sharbonno student qizni sharmanda qilgan rasm chizadi. Merii Raunaning aytishicha rasm ommaga xavola etilgach universitetdagi labaratoryada yong’in kelib chiqadi va undagi qiz «yonib» ketadi. keyinchalik rassom ushbu rasmini «Alfa» deb nomlaydi. Diqqat savol rasm nomini ayting?
Javob: Janna Dark

6895. Damol kamoni, bronza ko’zgu, po’lat qurol o’tmas zirxli sovut bu ajoyib uchlikni umumlashtirib turuvchi so’zni topgan bo’lsangiz ularni qayta birlashtirgan shaxsni ifodalab bergan inson tavallud ko’rgan sanada mamlakatimizda qanday bayram nishonlanishini aytib bering?
Javob: Ustoz va murabbiylar kuni
jumong rolini ijro etgan
Son Il Guk 1-oktabrda tug’ulgan.

6896. Mo’g’ulistonda 11-14-iyun kunlari «erkaklar» kuni bayrami bo’ladi, ushbu kunda erkaklar 3 xil yo’nalish bo’yicha bellashadilar:
1.Kamondan o’q uzish;
2.Ot choptirish;
3.Alfa.
Hurmatli bilimdonlar Mo’g’ullarni ko’z oldingizga keltirgan holda 3-bellashuv alfani ayting?

Javob: Mo’g’ul kurashi

6897. Ushbu asar inson taqdirining murakkabligi, vatanparvar, ozodlik kurashchilari nomining unutmasligi bilan bog’liq asar hisoblanadi. Ushbu asar muallifi o’zining islom diniga bo’lgan hurmatini ushbu asarda ham ifodalaydi.
Diqqat savol: Ushbu asar muallifi kim va ushbu asarning nomi nima?

Javob: Lev Nikolayevich Tolstoyning » Hojimurod» asari.

6898. Alfa-cherkaslar chakmonidagi o’q joylash uchun ko’krak cho’ntakning har ikki tomoniga qator tikilgan maxsus cho’ntaklar , o’q xaltachalari hisoblanadi.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Gozir

6899. Alfa- askarlarga doir qurol va asboblar saqlanadigan omborning mudiri hisoblanadi. Alfa- chor armiyasida bu mansub, odatda, darajali (zobit bo’lmagan) harbiylarga topshiriladi.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javobi : Kaptenarmus.

6900. X- XIX asrning 50-yillarida Kavkazdagi rus askarlarining harbiy qo’mondonligi nazorati ostida bo’lgan va xonlar tomonidan idora qilingan tog’liq Dog’istonning bir xonligi hisoblanadi.
Diqqat savol: X ni ikki so’zda yozib bering.

Javob: Avar o’lkasi.