7 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Professional ma’ruzachilar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh – Milliy binafsha yurak kuni.
🇦🇺 Avstraliya – Keksalarni parvarish qilish xodimlari kuni.
🇨🇮 Kot-dʼIvuar – Mustaqillik kuni.
🇨🇴 Kolumbiya – Boyaka jangi kuni.
🇮🇸 Islandiya ‐ Savdo kuni.
🇰🇮 Kiribati ‐ Yoshlar kuni.
🇹🇻 Tuvalu ‐ Bolalar kuni.
🇿🇲 Zambiya ‐ Fermerlar kuni.
🇼🇸 Samoa ‐ Mehnat kuni.
🇨🇦 Kanada ‐ Fuqarolik bayrami.

👉 VOQEALAR:

  • 1560 – Podsho Ivan Grozniy o’zining eng yaqin qarindoshlariga (bolalari va ukalariga) Moskvada shoshilinch saroylar qurishni buyurdi.
  • 1620 – Katarina Kepler jodugarlikda ayblandi.
  • 1679 – Buyuk ko’llarda suza boshlagan birinchi kema Niagarada suvga tushirildi.
  • 1714 va 1720 – Ganfut va Grangama janglarida ruslarning gʻalabasi.
  • 1782 – Sankt-Peterburgda Pyotr I haykali ochildi.
  • 1819 – Janubiy Amerika qahramoni Simon Bolivar Boyaka jangida ispan qo‘shinini tor-mor qildi.
  • 1840 – Angliyada bolalarniing mo‘ri tozalashi taqiqlandi.
  • 1907 – Boris Rozing televideniye yaratish uchun patent oldi.
  • 1912 – Rossiya va Yaponiya Mo’g’uliston va Manchuriyada o’z ta’sir doiralarini aniqlashtirib oldilar.
  • 1941- Harbiy uchuvchi Viktor Talalixin Ulug’ Vatan urushi paytida tungi havo jangida birinchi bo’lib taranni qo‘lladi.
  • 1944 – «Mark I» kompyuteri taqdim etildi.
  • 1960 – Kot-d’Ivuarning Fransiyadan mustaqilligi e’lon qilindi.
  • 1970 – birinchi kompyuter shaxmat musobaqasi bo’lib o’tdi.
  • 1987 – Аmerikalik Linn Koks AQSh dan Rossiyagacha suzib o’tgan.
  • 1990 – Iroqning Quvaytga qarshi tajovuzi tufayli BMT Iroqqa qarshi iqtisodiy sanksiyalarni kiritdi.
  • 1993 – Londondagi Bukengem saroyi birinchi marta sayyohlar uchun ochildi.
  • 1998 – AQShning Keniya va Tanzaniyadagi elchixonalariga teraktlar uyushtirildi. 250 ga yaqin odam halok bo’ldi, 4000 dan ortiq kishi jarohat oldi.
  • 1999 – jangarilar Dog’istonga bostirib kirishdi, Ikkinchi Chechen urushining boshlanishi.
  • 2008 – Janubiy Osetiyada urush boshlandi.
  • 2020 – Air India aviakompaniyasining Boeing 737-8NG samolyoti Hindistonning Kojikode shahriga qo’nayotganda halokatga uchradi.
    Kutilayotgan:
  • 2027 – (137108) 1999 AN10 asteroidi Yerdan 388 960 km (0,0026 AB) uzoqlikda o’tadi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 317 – Konstantiy II (361) –  Rim imperatori (337-361).
  • 1779 – Karl Ritter (1859) – nemis ma’rifatparvari, zamonaviy geografiya asoschisi.
  • 1870 – Gustav Krupp (1950) – nemis sanoatchi va moliyaviy magnati, «Krupp» konsernining rahbari.
  • 1876 – Mata Xari (1917) – ekzotik raqslar raqqosasi, kurtizanka va josus.
  • 1904 – Ralf Bunch (1971) – amerikalik diplomat va inson huquqlari uchun kurashuvchi, Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi (1950).
  • 1944 – Sofiya Rizayeva – Biologiya fanlari doktori, genetika bilimdoni, professor. 
  • 1947 – Sofiya Rotaru – qo’shiqchi, SSSR xalq artisti.
  • 1954  – Valeriy Gazzayev – rossiyalik futbolchi va futbol murabbiyi.
  • 1955 – Vladimir Sorokin – rus yozuvchisi, Booker mukofoti sovrindori.
  • 1957 – Aleksandr Dityatin – sovet gimnastikachisi, uch karra Olimpiya chempioni.
  • 1966 – Jimmi Donal Ueyls – amerikalik internet-tadbirkor, Viki konsepsiyasi ideologi, Vikipediya asoschilaridan biri.
  • 1969 – Ra’no Zokirova – sovet va o‘zbek teatr va kino aktrisasi.
  • 1975 – Sharliz Teron – Gollivud aktrisasi, «Oskar», «Oltin globus» va boshqa mukofotlar sovrindori.
  • 1978 – Yuliya Chicherina – rus rok-xonandasi, musiqachi.
  • 1982 – Abbi Kornish – avstraliyalik aktrisa.
  • 1984 – Ruxsora To’laboyeva – adabiyotshunos.
  • 1987 – Sidney Krosbi – kanadalik xokkeychi, ikki karra Olimpiya chempioni, jahon chempioni.