7-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

601. «Qo‘lingni tizzalaringa qo‘yib o‘tir» deyishdi. Bir ozdan so‘ng qo‘llarim oyoqlarimga erib yopishib, birga bo‘lib ketganini sezdim. Keyin chuqur quduqni ichiga tusha boshladim. Quduqni tagiga tushib ketmaslik uchun meni «arqon»gina ushlab turardi.
Savol: Meni qanday xolatda ekanimi anglagan bo‘lsangiz «arqonni» ikkita so‘zda nimaligini ayting
?
Javob: Gipnozchining ovozi.
Gipnoz ta’sir qilgan odam tashqi dunyo bilan faqat gipnozchini ovozi orqaligina aloqada qoladi.

602. Serb yozuvchilaridan biri uni «Inson ovozining soyasidir» deb aytgan. Uni bitta so‘zda ayting?
Javob: Yozuv

603. Qarshingizda XVI asrda Buyuk Britaniyada yaratilgan reklamani ko‘rib turibsiz. Diqqat savol: Bu rasmda nima reklama qilingan?

Javob: Lotoreya

604. «Xoqon olamga shunchalik ko‘p javohir sochdiki, undan javohir konlari g‘am-g‘ussaga tushdilar. Chin mulkida qancha devor bo‘lsa hammasiga sahiylik bilan ziynat berildi. Ularga ipakli nafis matolar tikildi. Odamlarga esa to‘la erkinlik berildi. Osmon kabi keng dasturxon yozildi, yoyilgan quyosh kabi nonlarning sanog‘i yo‘q edi. Eldan uch yillik soliq olinmaydigan bo‘ldi.»
Diqqat savol: Gap qanday voqea haqida ketayotganini anglagan bo‘lsangiz, siz menga uning sababchisini aniq qilib ayting?

Javob: Farhod
Izoh: Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi Xoqonning dastlab farzandsiz bo‘lgani, qayg‘u va iztiroblardan keyin tug‘ilgan chaqalok uchun xoqonning xalqqa qilgan ehsoni edi.

605. Yaponlar uni qora ranglisini «kocha»deyishadi. Ko‘k ranglisini «Ocha» deb atashadi. Nimani?
Javob: Choy

606. «Mehrobdan chayon» romanidagi Anvarning otasini ismi shunday edi?
Javob: Salim bo‘yoqchi.

607. Butazor qushi yoki chittakni barchamizga tanish uchinchi nom bilan nima deymiz?
Javob: Choliqushi

608. U insonga «Siyosiy hayvon» deya ta’rif bergan.?
Javob: Aristotel

609. Turkcha topishmoq:
«U xona ichida, xona esa uning ichida» nima?

Javob: Ko’zgu

610. Eduard Prendik aynan shu asarning bosh qahramoni?
Javob: Doktor Moro oroli

611. Eskimoslarning turar joyi shunday nomlanadi?
Javob: Iglu

612. Bu taom nomi xitoychadan «xamir parchasi» deb tarjima qilinadi?
Javob: Manpar

613. Lotincha limon deb ayting?
Javob: Sitrus

614. Ko‘pchilik uni «Zamonaviy matematikaning otasi» deyishadi. Xo‘sh kimni?
Javob: Rene Dekart

615. Xitoy maqoliga ko‘ra inson u ishni qilolmasa savdo bilan shug‘ullanmagani ma’qul ekan. Qaysi ish?
Javob: tabassum

616. U Amerika qit’asidagi hududi okeanga tutash bo‘lmagan yagona mamlakat ekan. Qaysi?
Javob: Paragvay

617. «Kiyimlarni qo‘riqlayman» deb yunonchada ayting?
Javob: Garderob

618. Qo‘zibegim qaysi hukmdorning onasini ismi?
Javob: Shayboniyxon

619. J.Neru uning ta’siri Hindistonda kitob va gazetaning ta’siridan kuchliroqligini aytgan. Nimani?
Javob: Kino

620. Bahorning birinchi oyi aynan uning sharafiga qo‘yilgan?
Javob: Mars

621. Samuel Klemens o‘ziga shunday taxallus olgan?
Javob: Mark Tven

622. «Oval» so‘zi lotincha «Ovum» so‘zidan olingan bo‘lib aynan shu ma’noni beradi. Qanday?
Javob: Tuxum

623. Lotin Amerikasidagi bu poytaxt tarjimasi «Tog‘ni ko‘ryapman»?
Javob: Montevideo

624. Aqliy rivojlanish koeffisiyenti shunday abbrivaturaga ega?
Javob: IQ

625. Gomerning fikricha Xudolar kishilarni o‘z irodalaridan u orqali xabardor qilar ekan. U-?
Javob: Tush

626. «Menga qo‘yilgan ayblarni boshdan oyoq rad etaman. Haqiqat yo‘lida hech qanday jazodan, qiynoqdan qo‘rqmayman. Agar otmoqchi bo‘lsalar ko‘kragimni kerib turaman…» deya sudda mardonavor gapirdi. Sal kam 1 yildan keyin Toshkentda otib tashlandi. U kim edi?
Javob: Qodiriy

627. Botqoq joylardagi o‘simliklarning chirishidan hosil bo‘lgan yoqilg‘i turi bu-?
Javob: Torf

628. Yevropadagi bu poytaxt metropoliten ochilgan ikkinchi shahar hisoblanadi?
Javob: Budapesht

629. Raqs harakatlarini qog‘ozga yozib olish san’ati shunday nomlanadi?
Javob: Xareografiya

630. Lotinchada aylana, doira deb ayting?
Javob: Sircus

631. Janubida Oks (Amudaryo) , shimolida Sirdaryo bo‘lgan bu o‘lka o‘rta asrlarda Zarafshon vodiysini o‘z ichiga olgan?
Javob: So‘g‘d

632. Barbara Millisent Robertsni biz qanday qiyofada taniymiz?
Javob: Barbi

633. Bu inshoot bir qator zinapoyalardan tashkil topgan bo‘lib, ustma-ust qo‘yilgan va
yuqoriga ko‘tarilgan sari kichrayib boruvchi bir qancha mastabalar yig‘indisidan iborat?

Javob: Piramida

634. Tabiiyki inson qarigan sayin tana faoliyati sustlasha boradi. Shunga ko‘ra bir toifa insonlar qariganda qo‘llari qaltirab, kuchdan qolishini oldini olish uchun muntazam to‘qish bilan shug‘ullanib kelishar ekan. Albatta ularning ish faoliyatida «nozik qo‘l harakatlari» muhim ahamiyatga ega. Savol: Ular kimlar?
Javob: O‘g‘rilar

635. Dengiz, daryo, anhor, kanal va h.k lar suvining yuza qismida sodir bo‘ladigan aylanma harakat shunday nomlanadi?
Javob: Girdob

636. «Kaxau» qaysi hayvon turi hisoblanadi?
Javob: Maymun

637. Bir hind filmida boylarni o‘zi uchun o‘maradigan o‘g‘riga shunday nom berishadi?
Javob: Robin Gud

638. Kattaligi 0.01 mm dan 2 mm.gacha bo‘lgan qirrali yoki yumaloq zarra toshlardan iborat bo‘shoq cho‘kindi tog‘ jinsi shunday nomlanadi?
Javob: Qum

639. «Yashil kecha» romani muallifini ayting?
Javob: Rashod nuri Guntekin

640. O‘rta asrlarda Fransiyada vujudga kelgan lotinchadan tarjimasi «lashkarboshi» bo‘lgan bu so‘z O‘zbekiston Respublikasida ofiserlik unvonlaridan biri sanaladi?
Javob: Kapitan

641. Yaponlar uni «Karpdan-fopelgacha » shkalasi bo’yicha aniqlashar ekan?
Javob: Suv tiniqligi

642. Qon bosimi shu asbob yordamida o‘lchanadi?
Javob: Tanometr

643. O‘zbekistonning 3 so‘mlik pulida shu obidaning surati tasvirlangan?
Javob: Buxorodagi Chashmai Ayub maqbarasi

644. Yaponlarda kimlarni «Sansey» deyishadi?
Javob: Ustozlarni

645. Neft eksporti bo‘yicha xalqaro tashkilot abbrivaturasi shunday nomlanadi?
Javob: OPEC

646. «Uzib qo‘yilgan vagon», «Erib ketgan samovar»,«Rizqsiz», «Quyosh botmoqda»…
So‘zlar ma’nosini anglagan bo‘lsangiz bundayin hunuk nomlardan «go‘zallik» yarata olgan insonni ayting?

Javob: Rahmatli yurtboshimiz I. Karimov.
Tepadagi gaplar mustaqillikdan oldin sovet rahbarlari tomonidan O‘zbekistonga atalgan maqolalarning sarlavhalari edi.

647. Fransuzchada«Aholini ro‘yhatga olish» deb ayting?
Javob: Kadastr

648. Toj Mahal shu shaharda joylashgan?
Javob: Agra

649. Bu davlat fuqarolari 220 mln.dan ko‘p va 190 mln.dan ortig‘i musulmon hisoblanadi?
Javob: Indoneziya

650. Avstraliyaning tub aholisi shunday nomlanadi?
Javob: Aborigenlar

651. Shoir «Yo‘rgaklangan bola quchoqlab, shukur namoziga saflangan bir maydon ayol» deya ularga ta’rif bergan?
Javob: Makkajo‘horizor

652. Ma’lumotlarga qaraganda yevropoid irqiga mansub odamlarda U tahminan 34 yoshda yuz berar ekan. Osiyoliklarda 30-35 yoshda, qora tanli odamlarda esa o‘rtacha 43 yoshda asta paydo bo‘ladi. Diqqat savol: Qanday jarayon haqida gap ketmoqda?
Javob: Tabiiy ravishda soch oqarishi.

653. Xitoy tarixchisi Shin Ze Tunganning yozishicha U 1120-yili o‘ylab topilgan va 10 yil ichida mamlakatning bosh og‘rig‘iga aylangan. U dumaloq, to‘rtburchak va uchburchak formalarda ishlangan.Teri, mis, fil suyagi, ipak va qog‘ozdan tayyorlangan.
Diqqat savol: Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: O‘yin kartalari

654. Gʻarb va Sharq ikki xil dunyo, ikki xil madaniyat, ikki xil dunyoqarash…
Bu xolatni bitta o‘simlik «Kiparis» misolida ham bilish mumkin. Gʻarbda kiparis qayg‘u, o‘lim, ayriliq sifatida tasvirlanadi. Osiyoda esa uzoq umr ramzi hisoblanadi. O‘zbekistonda kiparis dekorativ daraxt sifatida e’zozlanib dam olish bog‘lariga, ko‘cha bo‘ylariga ekiladi. Ayniqsa Xitoyliklar uni quritib tutunidan xonalardan yoqimli hid taratish maqsadida foydalanishadi. Aytingchi bilimdonlar g‘arb dunyosida nima uchun kiparis ayriliq va o‘lim belgisini anglatadi?

Javob: Gʻarb xalqlarida uni yoqimli hidi bo‘lgani uchun murdani balzamlashda foydalanishgan. Shuning uchun ayriliq va o‘lim belgisi deb qarashgan.

655. Shveysiyada ishtirokchisi quyonlar bo‘lgan antiqa musobaqa turi mavjud. U shunday nomlanadi?
Javob: Kaninxopping

656. Bu yangilikni «Mirxer va kompaniya» amerika kompaniyasi «Sehrli krovat» deb reklama qiladi?
Javob Raskaldushka

657. Golf o‘yinida o‘yinchining chavgonlarini ko‘tarib yuradigan yordamchi shunday ataladi?
Javob: Keddi

658. Volter fikricha u bizni uchta falokatdan halos qiladi: Gʻamginlik, muhtojlik, yomon illatlar?
Javob: Mehnat

659. «Ehtimol kimgadir aylana stol va 50 risar yoqar. Men kvadrat stol va 4 otni ma’qul ko‘raman». Gap nima haqida?
Javob: Shaxmat o’yini

660. Bu ingliz 1953-yilda «Daryodagi urush» asari orqali nobel mukofotini olgan?
Javob: U. Cherchill

661. Ispaniya-Iberiya,
Tailand-Siam,
Finlandiya-?

Javob: Suomi

662. Mazmuni va shakli jihatidan o‘ziga hos belgilar birligiga ega bo‘lgan san’at asarining turi bu-?
Javob: Janr

663. Agar siz anagrammalarni yoqtirmasangiz bu savol siz uchun «grob».
06.06.1956 yilda tug‘ilgan shvedning familiyasini ayting?

Javob: Borg. Tennischi Biorn Borg.
Borg-grob anagramma

664. Islomgacha bo‘lgan davrda arab davlatlarida hukmdor shunday atalgan?
Javob: Malik

665. Uning bezagiga 42 ta noyob gavhar, 102 yoqut, 625 ta olmos ishlatilgan ekan. U-?
Javob: Tojmahal maqbarasiga

666. Yovvoyi ho‘kizlarning eng pakana turi fanda shunday nomlanadi?
Javob: Anoa

667. Artilleriya generali Voronovning Stalin bilan uchrashuvidan so‘ng bu ibora mashhur bo‘lib ketdi?
Javob: Artilleriya- urush xudosi

668. Angliyada yirik grafit koni ochilgach ushbu so‘z birikmasi paydo bo‘lgan?
Javob: Qora bozor

669. Nyu Djersida avtomobil sanoati rivojlana boshlagach ushbu jinoyat turi kamaydi?
Javob: Ot o‘g‘irlash.
Sababi ehtiyoj kamayadi otlarga

670. Qadimgi Rimda Ularga qora rangli hayvonlar qurbonlik qilingan.?
Javob: Yer osti xudolariga

671. Mashhur futbolchi Kristian Viyerrini shu laqab bilan chaqirishar ekan?
Javob: Bobo

672. Elektr batareyasini u kashf qilgan?
Javob: Alessandro Volta

673. Tikuvchi:
«Yetti o‘lchab bir kes».
ULAR:
«Yetti o‘lchab bir kes».
Ular-?

Javob: Jarrohlar

674. Biz tuyaqushlar boshini qum ostiga yashirib turishini bilamiz. Bugun shu haqida bir qiziqarli ma’lumotga ko‘zim tushdi. Unga ko‘ra tuyaqushlarning boshini qum ostiga kiritishining bitta asosiy sababi bor ekan.
O‘sha sababni aytib bering?

Javob: Tuyaqushning boshida parazit hasharotlar ko‘p bo‘ladi. Ulardan issiq qumga boshini tiqib biroz bo‘lsada halos bo‘lar ekan.

675. Qadimgi sharq xalqlarida U afsonayu ertaklarning bosh qahramonlariga homiy sifatida keltiriladi. Xalqimiz orasida U baxt ramzi sifatida ta’riflanib, «kimga soyasi tushsa o‘sha baxtli bo‘ladi» degan fikrlar ham mavjud. Bundan tashqari o‘ta taqchil narsalarni axtarayotganimizda biz UNI beixtiyor eslab o‘tamiz. Bilimdonlar Uni nima ekanligini toping?
Javob: Anqo

676. G. Dimitrovning fikricha «ULAR mamlakatni dunyoga tanituvchi tashrif qog‘ozlaridir»!
ULARni ikkita so‘z bilan aniq ayting?

Javob: Pochta markalari

677. «…Men sochlarimni butkul o‘z holiga tashlab qo‘ydim, ular g‘ayrioddiy tarzda tez to‘kilib ketyapti. Tez orada hech nima qolmaydi. Uyachamiz ham tashlandiq holga kelib, huvillab qolganday go‘yo. Agar uning tili bo‘lganida ham, biror narsa demagan bo‘lardi. Men hozir tizzalarimni Almarning ko‘rpasi bilan yopib, bularni yozib o‘tiribman, deraza ortida esa zim-zimiston tun…»
Ushbu maktub Nyu-Yorkda auksionga qo‘yilib eng qimmat narxlarda sotilgan.
Siz maktub kimga tegishli ekanini anglagan bo‘lsangiz xatda tilga olingan «Almar»ga izoh bering?

Javob: Al-Albert Eynshteyn, Mar- Margarita Konenkova.
Bu ikki oshiq
Prinstondagi maxfiy uchrashuv joyini «uyacha» deb atashgan, har ikkalasining ismlaridan birinchi bo‘g‘inlarini birlashtirib, o‘zlari uchun umumiy nom – Almar degan ismni o‘ylab chiqarishgan. Shu tariqa, «Almarning ko‘rpasi», «Almarning kreslosi» nomlari vujudga kelgan.

678. Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalardan biriga ushbu surat yuklangan va unga izoh sifatida ikkita ob’yekt eslangan. Har ikkala ob’yektni toping?

Javob: Eyfel minorasi va Piza minorasi

679. 1979- yili Eronliklar Amerika elchixonasini qo‘lga olishganidan keyin mashxur fors X lariga murojaaat qilishadi va muvaffaqiyatga erishishadi. Shundan keyin AQSH xukumati bu kabi muassasalarda qurilmadan tashqari maxsus ximikatlardan xam foydalana boshlaydi. Savol: X lar kimlar ekanligini ayting?
Javob: Gilam to‘quvchilar.
Izoh: Eron maxsus xizmati vakillari maxfiy xujjatlarni shreder yordamidagi maydalangan qirqimlarini mashxur fors gilam to‘quvchilari yordamida tiklashga muvaffaq bo‘lishadi. Shundan keyin AQSH xukumati bu kabi muassasalarda maxfiy xujjatlarni yo‘qotish uchun shrederdan o‘tkazgandan keyin maxsus ximikat yordamida ishlashadi. Ba’zida yoqishadi.

680. Robert Jelyaznning “Amber Xronikasi” asarida Bleys nomli personaj uchraydi. Uning nomi
«blaze» [blEyz] — chaqnash, yog‘du so‘zidan olingan. Uning tashqi ko‘rinishi ham o‘ziga xosdir. Hazillashib unga “Sen bemalol haftasiga 4 funt sterling ishlashing mumkin edi” deyishardi. Savol: Qayerda?

Javob: Mallalar uyushmasida.
Izoh: Bleysni sochi olovrang bo‘lgan. Konan Doylni asarini xamma bilsa kerak.

681. Juft turnalarning uyasida odatda ikkita tuxum bo‘ladi. Demak, ikkita tuxumdan jo‘ja chiqishi kerak. Biroq ko‘pchilik turnalarning jo‘jasi faqat bitta bo‘ladi. Xo‘sh nega?
Javob: Tuxumdan endigina chiqqan jo‘ja biroz vaqt cho‘zilib yotadi va quriydi. O‘rnidan turib atrofga alanglab qaraydi. Yonida boshqa tuhumdan chiqqan ukasi yoki singlisi borligini ko‘rgach, unga tashlanib bo‘ynidan qisib bo‘g‘a boshlaydi. Uning tug‘ishgan akasi ham undan qolishmaydi. Qattiq jangda kuchli jo‘jagina g‘olib chiqadi. Onasi ularni ajratmaydi, jangni kuzatib turadi xolos.Chunki unga tarbiyalash uchun sog‘lom va baquvvat bolasi kerak ekan.
Manbaa: «Tabiat ajoyibotlari» kitobi

682. 1991-yilda bu mahsulotni Rossiyaning Perm shahridagi bir fabrika ishlab chiqargan. Ushbu mahsulotning har birining uzunligi yarim metrgacha bo‘lgan. Ular og‘irligi va soniga qarab sotilgan. Savol: fabrika qanday mahsulot ishlab chiqargan?
Javob: Tamaki mahsulotlari

683. Fransuz haykaltaroshi Frederik Ogyust Bartoldi sherigi Gustav Eyfel yordamida o‘z onasi Sharlottaning haykalini yaratdi. Ularning ishi hozirda qaysi nom bilan mashhur?
Javob: Ozodlik haykali

684. Umrining oxirgi kunlarida Nobel qattiq qayg-uga tushadi. Kun bo’yi hech narsa yemas, o‘zi bilan o‘zi gaplashib vaqtini besamar o‘tkazar, tunlari esa ox urib, nola chekishlari shu darajada ediki, xizmatkorlar uxlay olmay tong ottirardi. Eng kuchli uyqu dorilar ham naf bermas edi.
Shunday beorom tunlarning birida ish stoliga bir amallab yetib olgan Nobel vasiyatnomani oldida qaltiraganicha bir necha so‘zni qo‘shimcha qilib yozdi.
Oradan ikki kun o‘tib , daho dunyodan ko‘z yumdi.
Savol : Buyuk olim, yer yuzidagi eng badavlat odam umrining oxirgi kunlarida o‘zining o‘sha mashhur olamshumul vasiyatnomasiga nimani qo‘shimcha qilgan bo‘lishi mumkin?

Javob: O‘lgandan keyin bilagidagi qon tomirlarni kesib tashlashlarini vasiyat qilgan. U bir umr o‘zini tiriklay ko‘mib yuborishlaridan qo‘rqib yashagan ekan.

685. 1910-yil 10-yanvarda Astapovo stansiyasida odamlar 3 mingta «Kim aybdor» nomli kitobni yoqib yuboradi.
Sana kun va joyni hisobga olib bu kitobni nega yoqishganini ayting?

Javob: Lev Tolstoyni qoralagani uchun.
Izoh: Bu kitobni Tolstaya xonim yozgan bo‘lib unda eri Lev Tolstoyni qoralagan. Bu kitobni o‘qib g‘azablangan muxlislar kitobni Astapovo stansiyasida yoqib yuboradi. Keyinchalik shu stansiyada Tolstoy vafot etgan.

686. Uning mamlakat oldidagi xizmatlari uchun XX-XX Y.A.G nomerli qora mashina sovg‘a qilinadi. Keyinchalik bu mashina nomeridagi harflar rasmiy ravishda o‘zi yasovchi viloyat indeksiga kiritiladi. Diqqat savol: Uning kimligini topgan bo‘lsangiz, unga sovg‘a qilingan mashina nomerini to‘liq yozib bering?
Javob: 12-04 Y.A.G.
Bu shaxs 1961-yil 12-aprel kuni kosmosga uchgan Yu.A.Gagarin. Shu hizmati uchun unga 12-04 Y.A.G nomerli qora volga sovg‘a qilingan

687. Bayronning fikricha «U ayol uchun yengillik, erkaklar uchun azobdir» Uni ikkita so‘z bilan ayting?
Javob: Ko‘z yoshi

688. Ferens List muxlisalardan o‘z sochi tolasidan jo‘natishni so‘ragan judayam ko‘plab xatlar oladi va oqibatda BU ISHNI qilishga majbur bo‘ladi. Savol: BU ISHNI qilishni orzu qilgan va uning orzusi tug‘ilgan kunida ro‘yobga chiqqan personajni yozib bering?
Javob: Svante Svantesson. Bolakay Karlsondagi.
Izoh: List it boqa boshlagan va muxlisalarga o‘shani junini qirqib jo‘natavergan.

689. Rivoyatlarga ko‘ra qadimda Chingizxon katta qozon qurdirganmish. Keyin uning ichiga odamlarni joylabdi va qozon tagiga olov yoqishni buyuribdi. Olov asta- sekin odamlarga yetib borib ular tez-tez harakatga kela boshlabdi. Savol: Bu rivoyatda qaysi milliy o‘yinimizning elementlari izohlanganini ayting?
Javob: Xorazm lazgisi.
Bu rivoyat orqali raqsdagi harakatlar tezligi ifodalangan ekan.

690. Avstriya telekanallarining birida har shanba kuni «Rangi ochroq va to‘qroq» nomli ko‘rsatuv efirga uzatiladi. Rang haqidagi ko‘rsatmamiz nisbiy ma’noda aytilganini inobatga olib bu ko‘rsatuv nimaga bag‘ishlanganini ayting?
Javob: Pivo

691. Tabiatda shunday «kasallik» borki , ayrim insonlar undan bir umr xalos bo‘la olishmaydi. Chunki bu «kasallik»ka muqobil dori topilmagan. O‘zingiz ham kasallar qatorida bo‘lsangiz-da, boshqalarni «kasal» ekanliklarini yuzlariga solib o‘tirasiz.Ba’zilar umr bo‘yi, ba’zilar 20-30 yoshlaridan keyin shunday «kasallar» borligidan nolib yurishadi. Ayrimlar esa umuman bunday «kasallik»ka duch kelishmaydi. Savol: Siz menga «kasallik»ni emas, unga davo sifatida aytiladigan yagona usulni ayting.
Javob: Yonboshlab yotish.
Kasallik-Xurrak otish

692. Mashhur pianinochi Artur Rubinshteyn konsertlarining birida yosh qizaloqning xotira daftariga dastxat tushirishga erinib,pianino chalib barmoqlari tolganini bahona qildi.Shunda qiz unga dedi:qo’llaringiz qanchalik charchaganini bilaman,lekin mening qo’lim ham siznikidan kam charchagani yo‘q,ishonavering dedi.
Savol:Qiz nimani nazarda tutgan?

Javob: Qarsak chalganini

693. Pushkinning bir asar qahramonining ismini ingliz tilida dona dona talaffuz qilsangiz siz barmendan rumka djin so’rayotgan bo’lar ekansiz. Bu qaysi asar qahramoni?
Javob: Yevgeniy Onegin

694. Emil Krotkoning fikricha u haqida uni yakuniga yetayotganda o‘ylash kerak.
Marti Larne esa Ular haqida gapirganda
«Hech kim talaffuzi yoki nutq mukammal tuzilmaganligiga e’tibor qaratmaydi » deb to’g’ri ta’kidlagan.
O‘zbek iborasida esa uni qo‘lga aloqasi bor.
Uni nima ekanini topgan bo‘lsangiz U bilan bog‘liq o‘zbeklar iborasini ayting?

Javob: «Pul qo‘lni kiri».
Gap pul haqida edi

695. Bir necha yillar avval chiqqan rus karikaturadasida nomi bir harfga o’zgartirilgan orol, hamda, o’sha orolga oshiqayotgan ko’plab insonlar tasvirini ko’rish mumkin.
Orolga oshiqayotganlar aynan braziliyaliklar ekanini bilgan holda, shu orolni to’g’ri variantini ayting?

Javob: Saxalin.
Karikaturada orol nomi Saxarin deb yozilgan edi.

696. Fransuz siyosatchisi Anri Torening aytishicha: Xotin erini faqatgina bir holatda diqqat bilan tinglar ekan. Xo‘sh qanday holatda?
Javob: Boshqa ayol bilan gaplashayotganda

697. Oskar Uayld shunday yozadi. «Har bir avliyoning o‘tmishi bor, har bir gunohkorning kelajagi. Har ikkalovining orasidagi soniya X deb ataladi. Xning aksi yer ostidadir».Xurmatli bilimdonlar X ni yoki uning yer ostidagi aksini ayting?
Javob: Hayot

698. «Moskvich-434P» hamda «ZAZ-965C» avtomobillari muayyan bir soha vakillarining xavfsizliklari uchun ishlab chiqarilgan. Ushbu avtomobillarning ruli o’ng tomonda joylashgan. Ushbu sohaning bizga tanish bir vakili esa avtomobilsiz ham o’z ishini bajara olgan. Ushbu kasbni toping?
Javob: Pochtalyon

699. Mashhur sport kiyimlari va buyumlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi emblemasi «uch barg» hisoblanadi. Diqqat savol: Ushbu uch bargning ma’nosi nima ekanlini aytib bering?
Javob: Ushbu emblemada «Adidas»ning uch qit’ada o‘z kompaniyalari borligi aks ettirilgan

700. XIX-asrning oxirida Amerikada bir marosim bo‘lib o‘tadi. Unda nemis fuqarosi Kemler uchun taxt yasatilib o‘ziga xos tarzda Mukofotlandi. Yordam sifatida shuni aytishim mumkinki, marosimdan so‘ng Kemler «Afrikalik» maqomini olgan bo‘lsa ajab emas. Savol: U qanday mukofotga loyiq ko‘rilgan edi?
Javob: Elektr stulda qatl etilgan.
Uilyam Kemler ilk bora elektr stulda qatl etilgan inson hisoblanadi. O‘limidan so‘ng tok kuchidan qorayib, afrikaliklarga o‘xshab qolgan bo‘lsa ajab emas)
Savolda qo‘shtirnoqni atay ishlatmadik.Shunchaki mukofot so‘zini katta harfda yozdik.