Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.
7501. Hindiston bu mahsulotni jahon bozoriga etkazib beruvchilar ichida eng yiriklaridan. Ta’rifga ko’ra, ularning uzunligi 36sm. Dan kam bo’lmasa, uning 1 kilosi 700 rupiy turadi. Kaltalarining narxi – kilosi 30 rupiy. Hindiston mahsuloti Xitoynikidan yaxshi hisoblanadi, chunki elastikroq. Bu mahsulot kimyo sanoatida, farmatsevtika va parfyumeriya ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bu mahsulotni toping?
Javob: Soch
7502. 1826 yilda kimyogar Djon Uoker cho’p yordamida ishqor va margimushli qorishmani aralashtirar edi. U birdan cho’pni erga tushirib yuboradi. Aytingchi, 1827 yilda Djon Uoker nima sotishni boshlaydi?
Javob: Gugurt
7503. Uni birinchi bo’lib Lomonosov ilmiy nuqtai-nazardan tushuntirib berdi va 4 turga bo’ldi. Keyinchalik uning izlanishlari bir nemis tomonidan takomillashtirildi va 12 ga bo’lindi. Toshkent ham undan boxabar – bir necha o’n yil avval, bir necha yil avval va bu yil ham. O’sha nemisning ismini toping?
Javob: Rixter
Izoh: Bu inson zilzila shkalasini yaratgan
7504. Fridrix Veber 1716 yil Moskvaga tashrif buyuradi va mashhur tarixiy hikoyani mahalliy variantini yozadi. Bu variantda X lar o’rnini teri sotuvchilar egallaydi, Y o’rnini esa Sibir mo’ynasi. X ni bir so’z bilan, Y ni ikki so’z bilan ayting?
Javob: X – Argonavtlar
Y- Oltin mo’yna
7505. Harfiy badiiy tasvir vositalaridan biri istixroj san’atidir. Zahiriddin Muhammad Bubur ijodidan bir istixroj:
Qadding alifu, qoshing erur yo,
Desam ne ajab agar seni …?
Oshiq sevgilisining qomatini alifga, qoshini yo harfiga o‘xshatib, uni «… » deb da’vo qilmoqda. Diqqat savol: nuqtalar o’rnidagi bitta so’zni toping?
Javob: Oy
Izoh: Alif, yo harflaridan oy so‘zi hosil bo‘ladi
7506. Xalq donishmandligiga ko’ra: «Eng o’tmas qalam, eng o’tkir undan yaxshiroq». Uni toping?
Javob: Xotira
7507. Mendeleyev davriy jadvalidagi bir element tabiatda unga kimyoviy jihatdan o’xshash “tellur” elementining yo’ldoshi hisoblanadi. Ya’ni ular birgalikda uchraydi. Siz ushbu elementni ayting?
Javob: Selen
Izoh: Tellur lotin tilidan »Yer» deb tarjima qilinadi. Selena-Oy(Yerning tabiiy yo’ldoshi)
7508. Bundan ancha yillar oldin. “Muallif va kitobxon bir-birini yaxshi tushunishi uchun”, – deb yozgan edi Mila Pavlova. – “Yozuvchi yozuv stoliga unday holda o‘tirgani yaxshi, kitobxon esa kitobni qo‘lga olganida bunday holda bo‘lgani durust”.
Diqqat savol: Unday va bunday degan so‘zlarni o’rniga qanday so’zlar bo’lishini siz ayting?
Javob: Och va to‘q.
Izoh. Qorni och holatda yozuvchi jumlalarni qisqaroq tuzadi, to‘q kitobxonga jumlalar uzunligi kamroq seziladi. Pavlova “Qorni to‘qning, qorni och bilan nima ishi bor”, – iborasiga qiyosiy fikr bildirgan
7509. 1.Pos Team Pts Arsenal [tashlab ketilgan so’z]
39
2.Everton [tashlab ketilgan so’z]
30
3.Chelsea [tashlab ketilgan so’z]
28 ….
4.Liverpool [tashlab ketilgan so’z] 11 11. Nottm Forest [tashlab ketilgan so’z] 4
5.Fulham [tashlab ketilgan so’z] 4 Diqqat savol: BU birinchi savol. Unda muallif Arsenal jamoasining birinchida ekanligini ta’kidlagan. Siz menga tashlab ketilgan so’zni ayting?
Javob: Ayollar
Izoh: Ladies first ya`ni ayollar birinchi! Bu ham birinchi savol edi. Jadval ayollar ligasiniki
7510. Rivoyatlarga ko’ra, Alloh Odamatoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib kelishga yuboradi. Yer qarshilik ko’rsatadi va farishtalar undan tuproq olishmaydi. Bu ishni faqat
ugina bajarganligi sababli, u ustun turuvchi deb hisoblanadi. Savol, nimadan ustun turuvchi?
Javob: O’limdan
Izoh: Bu Azroil farishta edi
7511. Alfalarning tumshuqlarining asosini oqishroq teri yalang’och xalqadek o’rab turishi va tana patlarining bronza rangda bilinar- bilinmas tovlanishi ularning asosiy farqli belgilari hisoblanadi. Alfalar Markaziy va Janubiy Yevropa, Eron, Shimoliy Hindiston hamda Xitoy mamlakatlarida qishlashadi.
Diqqat savol: Alfalarni ikki so’zda yozib bering?
Javob: Go’ng qarg’alar.
Qabul emas: Qarg’alar.
7512. Bizga tanish bo’lgan ushbu xalq vakillari yozadilarki: «ushbu odat bizga hozirgi Zaidiylar yurti hisoblangan joydan kirib kelgan». Shuningdek, patrisiylar va plebeylarning yarashuv xotirasi uchun ochilgan ibodatxona ning «hamkorlik ma’budasi» sharafiga aynan shu odat aks etgan Rim tangalari zarb etiladi. Hozirgi kunda bizga mashhur bo’lgan bu brend kompaniyasi logotipida ham aslida shu odatni ko’rishimiz mumkin.
Diqqat savol: Bu ish nima ekanligini topgan bo’lsangiz hozirgi kunda qaysi brend logotipida shu odatni ko’rishimiz mumkin?
Javob: Hyundai
Izoh: Musulmonlar yozadilarki qo’l berib ko’rishish an’anasi Yamandan kirib kelgan. Konkordiya ma’budasi bilan esa qo’l berib ko’rishish Rim tangalarida ko’rsatib o’tilgan.
7513. Bir vaqtlar Birlashgan Qirollikga qarashli bo’lgan London fond birjasini tanobini tortib qo’ygan bu shaxs keyingi yillarda o’z merosxo’ri Aleksandr va Jonatanlarga kasbini va yutuqlarini topshirdi. U haligacha Angliya bank tizimini buzgan odam sifatida eslanib tarixga shunday 2 so’zli «Alfa»ni abadiy muhrlab qo’ygan. Boshqa kichik «alfa» esa garchi tarixga muhrlanganidan biroz farq qilsada, ammo unda ham oxiri salbiy yakunlangan.
Diqqat savol: Biz sizdan «Alfa»ni va merosxo’rlari bor shaxsni nima yoki kim ekanligini so’ramaymiz, balki kichik «Alfa» ni yaratgan shaxsni kim ekanligini so’raymiz?
Javob: Jenna Ortega
Izoh: Qirollik fond birjasini tanobini tortgan shaxs bu Jorj Sorros hisoblanadi. Uning 1992-yildagi Qora chorshanba kuni Buyuk Britaniyadagi valyuta inqirozi paytida 10 milliard dollarlik funt sterlingni qisqa muddatli sotishi natijasida «Angliya bankini buzgan odam» nomi bilan tanilgan.
7514. «Katta shaharda ham kichik ko’ngilsiz voqealar bo’lib turadi». Ushbu gapni siz bir necha bor Bollivud kino ijodkorlari tomonidan eshitgansiz. Ammo buni aksi bo’lsachi. Ya’ni kichik shaharda katta ko’ngilsizlik. Umuman olganda tarixda bunday holat ancha muqaddam sodir bo’lgan edi. Ko’ngilsizlikning boshlanishi rejadan tashqari yo’nalishga burilish bo’lgan edi. Agar siz bu ko’ngilsizlikni topgan bo’lsangiz ancha muqaddam sodir bo’lgan voqea qurbonini ayting?
Javob: Frans Ferdinand
Izoh: Avstriya-Vengriya shahzodasi Frans Ferdinand 1914-yilda Serbiyalik Gvareliya Prinsip tomonidan otib o’ldiriladi. Buning sababi esa shahzoda o’tirgan mashina to’satdan chap tomonga burib yuborilgani edi. Bundan avval Prinsip bu qotillikni amalga oshirolmagan va bu keskin burilish vaqti qahvaxonada xafa bo’lib o’tirgan edi. Ko’ngilsizlik bu – Kapalak effekti edi
7515. XVII asrda u uyiga eson-omon yetib keladi. XVIII asrda uni qattiq jazolashadi. XIX asrda unga yordam ko`rsatishadi. Diqqat savol: Uni toping?
Javob: Qizil Qalpoqcha
7516. Kristofer Shoulz o’z ixtirosi uchun 1868-yil 23-iyunda patent oldi. ,,EGO” jurnalining yozishicha, uning bu ixtirosi bir qancha qizlarni ish bilan ta’minlaydi, qaysiki uni yaxshi ko’ruvchilarni. Diqqat savol: uni toping?
Javob: Yozuv mashinasi
7517. Qisqa_savollar_3taligi
1.Yirtqich bilan o’txor nimasi bilan farq qiladi?
2.Yumron qoziq kuniga nechchi metir yer kovlaydi?
3.Tuyaqushni Tuxumini qaynatilganda nechchi soatda pishadi?
Javob:
1.Ko’zi bilan
Izoh: Yirtqich ko’zi yuzini old tomonida bo’ladi chunki oljasini kuzatish uchun O’txo’r ko’zi yon tomonda bo’ladi dushmanini kuzatish uchun
2.76-metr
3. 4 soatda
7518. Bir necha yil oldin TNT kanali orqali efirga uzatilgan “Taksi” ko’rsatuvining 1 sonida “Qiyin
savollar” toifasi bo’yicha berilgan savoldan na’muna:
Savol quyidagicha: “Ishonish qiyin bo’lsa ham uning ko’zi ko’rmas bo’lgan ekan. Bu to’g’rimi?”
Yo’lovchilar esa uzoq o’ylab “Ha” deb javob berishdi. Shunda boshlovchi ham “U qanaqasiga ko’r bo’lishi mumkin?” deb javob noto’g’riligini e’tirof etdi. Agar savolda aytilgan shaxsning
millati yapon bo’lsa, unda menga uning to’liq ismini va kasbini ayting?
Javob: Akiro Kurasava. Rejissor
7519. Bu jonzot 600.000 yil oldin Osiyoning janubi-g’arbida paydo bo’lgan. Yevropaga salb yurishlari vaqtida kelib qolgan. Xozir ularga qarshi kurash 4 marta oshgan. Qaysi jonzot haqida gap ketmoqda.
Javob: Kalamush
7520. London shahrida XVIII asrda qilingan bir qaror xatlarni egalariga adashmay olib borishdagi muammoni bartaraf etdi.Savol, qanday qaror qabul qilingan?
Javob: Uylarni raqamlash. Undan oldin uylar raqamlanmagan xatlar noto’g’ri manzilga borar edi.
7521. Eng birinchi uning yorug’ligi ko’rinadi. So’ng ovozi eshitiladi. So’ng shamolini xis qilasiz. Ana undan keyingina o’zi kirib keladi. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Metro
7522. Hayotda turli tasodiflar ko‘p albatta. Bu hech qaysimiz unutmagan inson o‘z g‘arazli maqsadini amalga oshirgan kuni undan ham mashhur bo‘lgan inson dunyoga keladi. Bu ikki insonning millati bir ekanligini hisobga olib, ularning ismlarini to‘g‘ri ketma-ketlikda ayting?
Javob: Gerostrat va Aleksandr.
Izoh: Gerostrat Artemida ibodatxonasiga o‘t qo‘ygan kuni Aleksandr Makedonskiy dunyoga kelgan.
7523. Bu jurnal ko‘pgina mamlakatlarda mashhurlikka erishgan bo‘lib, ko‘pgina tillarda chop etilgan, alohida davrlarda uning tiraji 5 mln. dan ham ortib ketgan edi. Bu jurnalga asos solgan Xyu Xefner tomonidan o‘z vaqtida shu jurnal nomi bilan ataladigan klublar tashkil etilgan edi. Endi siz menga ushbu klublardagi hizmatchilar qaysi hayvon ko‘rinishida mijozlarga hizmat ko‘rsatishganini ayting?
Javob: QUYON (bunnies)
Jurnal nomi esa Playbol
7524. Ushbu “Ustalarning ustasi” bo‘lgan “Professional” aktyorning Kann kinofestivali bilan munosabatlari yaxshilanmadi. Biroq bu “Riodan kelgan odam” Fahriy legion ordeniga sazovor bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu savolda gap kim haqida ketmoqda?
Javob: Jan Pol Belmondo.
Izoh: Ushbu savolda Jan Pol Belmondo suratga tushgan eng mashhur filmlarning nomi keltirilgan.
7525. Asar qahramoni bir joydan o’tar ekan dimog’iga ajib bir nafas urildi. U qarab turgancha uni Nurdan yasalgan afsonaviy daraxtga o’xshatdi. Uni ayting?
Javob: Favvoro
7526. Yunon maqoliga ko’ra Barba non facit philosophum . Ya’ni Alfa donolik belgisi emas. Alfani toping?
Javob: Soqol
7527. O’rta asrlarda ular ramziy ma’no kasb eta boshladi. Masalan, Ular podsholarning adolatli qarorini ifodalovchi vositaga aylandi, bundan tashqari ular yordamida turli maqom va martabalar berish qadimgi shohlarga hos odat edi. Ayollar esa undan bezak sifatida foydalanishdi. Savol ular nima?
Javob: Qo’lqoplar
7528. Londonning bir maydonida, taxminan 2 asr davomida mashhur Britaniyalikni xotirasini yo’q qilishga harakat qilayotganlar bor deyishadi. Ba’zi bir ro’znomalarning fikriga ko’ra bir paytlar aynan ularga nisbatan bo’lgan munosabat (ularni ko’p ishlatilgani) tufayli ular endi qasos olishmoqda deb yozishadi.
Savol: nimalar qasos olishayapti?
Javob: Kabutarlar
Izoh: Bir vaqtlar Admiral nilson kabutarlarni juda ko’p ishlatgan pochtachi vositasida. Uni haykalini kabutarlar chiritib yuborishayapti
7529. O’zbeklarda ismi jismiga mos degan ibora bor. Bizning qahramonimizda esa javobi ismiga mos. lekin shunisi qiziqki U o’zi haqidagi 1-kitobda «javobini» ikki bor ishlatadi. Shoir bilan suhbatda va taqdir haqidagi qiyin savolda.
Siz qahramonni ayting?
Javob: Bilmasvoy
7530. Miloddan avvalgi 47 yilda Rim Senatiga bir insondan xat keladi. Qani bir yaxshilab o’ylab ko’ringchi o’sha xatda qaysi 3 ta so’z yozilgan bo’lishi mumkin?
Javob: Vini Vidi Vichi
7531. Janubiy Amerika aholisining Shimoliy Amerikaga ko’chib o’tishi keng tus olmoqda. Bu holatga izoh bergan jurnalist Amerikani teskari alfa deb ataydi. Diqqat savol: alfani toping?
7532. Qisqa_savollar_5taligi
1.Janubiy Afrika Respublikasi ichida joylashgan anklav davlat qaysi?
2.“Mimino” filmida haydovchi Xachikyan rolini ijro etgan arman aktyori kim?
3.Xalqaro dengiz tashkiloti nima deb ataladi?
4.Io qaysi sayyoraning yo‘ldoshi sanaladi?
5.KIA avtomobil kompaniyasi qaysi davlatga tegishli?
Javoblar:
1⃣. Lesoto
2⃣. M.M. Mkrtchyan
3⃣. IMO
4⃣. Yupiter
5⃣. Janubiy Koreya
7533. Uning birinchi qochqinidan so’ng hayotiga uch bora suiqasd qilishadi. Har safar uddaburonligi va batafsil tarjimai holi uni o’limdan saqlab qolgan. Lekin oxiri bular unga yordam berolmaydi. Uning qotilini toping?
Javob: Tulki
Gap bo’g’irsoq ertagi haqida edi
7534. Ko’p insonlar o’zining sevimli jamoasini faol qo’llab-quvvatlaydi. Bir kuni bir inson shunday ishqibozni masxarabozga o’xshatadi. Ayting-chi aslida u qaysi davlat terma jamoasi muxlisi bo’lgan?
Javob: Yaponiya
Izoh: Ishqibozning yuzi Yaponiya milliy bayrog’i: oq fonda qizil doira tarzida bo’yalgan edi, bu ko’proq masxaraboz qizil burnini eslatardi
7535. O’zbek adabiyotining nodir asarlaridan birining qahramoni saroydagi har xil nizolar sabab zindonband qilinadi. Uni alohida quduqday chuqur, uzuniga uch-to’rt, eniga ikki, ikki yarim qadam keladigan tor bir zimistonga tashlashadi. Bu yerda tashqaridan nuqtaday nur olib kiruvchi teshik ham yo’qligi sabab, u qachon tong otdiyu, qachon kun botganini bilmay juda qiynaladi. Lekin, bir kuni u kunduzi va tunning farqini anglay oldi. Savol: Asar qahramoni buni qanday bilgan?
Javob: Hashoratlar harakatidan
Izoh: U yerda kechasi devor kavaklaridan chiqadigan kana va burgalar ko’payar, kunduzi esa kamayar edi
7536. Bir ma’lumotga ko’ra Kundan kun «alfa»dan «foydalanish» odamlar orasida kamayib borayotgani aytiladi 1980 yil bilan hozirgi kunni taqqoslasa «Alfa» «Muomala»da 40 % ga kamaygani ham keltirilgan! shunday bo‘lsa ham «Tepada aytilgan ma‘lumotlarga qaramasdan. Bir mashhur insonning aytishicha «U bilan birga yana «bir sherigi» ham odam bilan domiy birga bo‘lishi aytiladi»
Savol: «Alfa»ni toping?
Javob: «Insonlarning bir biriga bo’lgan «MEHR»i edi.
Izoh: Mashhur Inson Muhammad Yusuf, uning fikri esa «MEHR QOLUR , MUHABBAT QOLUR..!» edi!
7537. Yozuvchi Milan Kunderaning qahramonlaridan biri o’z sevgilisiga shunday so’zlarni aytadi «Sen va men «boshqa boshqa dunyo»miz sen mening hayotimni «X» ga oyoq qo’ygan «Y» kabi ag’dar to’ntar qilding.
Savol: «X» va «Y» ni yozib bering?
Javob: Lilliputiya va Gulliver edi.
7538. Bu Gollivud aktyori o‘z rollari uchun juda katta summadagi gonorar talab qiladi. Bunga yarasha uning hamkasblari uning familiyasini «Ferrari» deb atay boshlaydi. Siz menga ushbu aktyorning haqiqiy familiyasini ayting?
Javob: Harrison Ford edi.
Izoh: Hamkasblari Uni Ford emas Ferrari deb hazil qilib chaqirishni odat qilgandi.
Bu Ferrari qimmatbaho mashina ekanidan…)
7539. «DUBAI» dan keltirilgan bir suvinierda Birinchi bo‘lib «Parus mehmonxonasi» beshinchi o‘rinda esa «Burj Halifa» minorasi o‘rin olgan. Savol ushbu suvinierni hayolan tasavvur qilingda Ushbu ikki obyekt nimalarning o‘rnida tasvirlanganini ayting?
Javob: Dubai so‘zidagi «D» va «I» harflari edi.
7540. Hammamiz sevib tomosha qiladigan «Mahallada duv-duv gap» filmida Mehri aya rolini kim ijro etgan?
Javob: Lutfixonim Sarimsoqova
7541. Mashhur «Cho’qintirgan ota» filmidagi bosh qahramon Vito Corleonening zaytun yog’i ishlab chiqaradigan kompaniyasini nomi nima?
Javob: Genco Pura
7542. 1763 yilda shotland monarxi tomonidan yaratilgan elektr asbobi dunyodagi ilk elektr asbobi hisoblanadi. Undan cherkov qo‘ng‘irog‘i sifatida foydalanilgan. U nima?
Javob: Eshik qo’ng’irog’i
7543. 2007 yilning 15 dekabridagi uchrashuvda “Blekbern” jamoasi hujumchisi Roke Santa Kruz 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ladi. Santa Kruz o‘z gollarini boshiga bir narsa kiygan holda nishonlaydi. Sizlar Santa Kruz boshiga nima kiyganligini aniq yozib bering?
Javob: Santa Klaus Qolpog’i
7544. Bir necha yil oldin Argentina Prezidenti Nestor Kirxner o‘zining vatandoshlaridan biri bilan uchrashadi. Prezident o‘z vatandoshini xizmat safaridan qaytib kelgani bilan tabriklaydi, uning vatandoshi esa o‘z navbatida prezidentga bir predmetni sovg‘a qiladi. U inson bu predmetdan 2006 yil 9 iyul kuni foydalangan edi. Sizlar bu predmetning nomini toping?
Javob: Qizil kartochka.
Argentinalik futbol hakami Orasio Elisonda bu kartochkani Zayniddin Zidanga ko‘rsatgan edi.
7545. Pul-Alfa dir.
Agar xalolidan topmasang va o’rnida ishlatmasang, yaqinlasha ko’rma.! Chunki chaqsa, zaxari seni o’ldiradi!.. Diqqat savol: Yaxyo ibn Muoz pulni nimaga o’xshatgan?
Javob: Chayon
7546. Fransiyada inqilob boshlanganda, taxtda qirol Lyudovik XVI bo’lgan .
Inqilob avjiga chiqganda u qo’rqanidan qochmoqchi bo’lgan.
Ammo o’sha zamondagi har qanday grimmda ham, qirol Lyui XVI ni xalq tanib qolishi bilib u qochmagan?
Diqqat savol: Xalq (inqilobchilar) uni qanday tanib olishar edi ?
Javob: Chunki qirol Lyui XVI ni chehrasi tushirilgan tangalar xalq orasida mashhur edi.
Uni hatto o’sha davrdagi yosh bolalar ham, har qanday grimmda kimligini bilgan.
7547. Alfa do’zaxni o’zidagi bir joy. Hadisda kelishicha do’zaxni o’zi har kuni Alfadan panoh ber deb Allohdan so’rar ekan. Do’zaxdagi alfa nimaligini ayting?
Javob: Jubbul Hazan
7548. Bu sahoba Rasulullox SAV bilan 17 ta jangda qatnashganlar. Badr va Uhudda ma’lum sabablarga ko’ra qatnasha olmaganlar. Payg’ambarimizdan 1540 ta hadis rivoyat qilganlar. Zehnlari o’tkir qobiliyatli sahoba bo’lganlar
Bu sahobani ismini bilasizmi?
Javob: Jobir ibn Abdulloh r.a
7549. Ey iymon jamoasi bugun men bu qal’ani zabt etaman yoki Hamzadek shahid bo’laman deb xayqirib Banu Qurayza qabilasini qo’rquvga solgan
Va qal’ani zabt etgan sahoba kim edi. Mashhur sahobalardan?
Javob: Hazrat Ali r.a
7550. Qadimgi Gretsiyada kreditorlar qarz olgan odamlarning yeriga maxsus tablichkani qadab qo‘yarkanlar. Bu degani mabodo qarzdor o‘z qarzini to‘lay olmasa shu yer kreditor hisobiga o‘tib ketadi degani edi. Hozirgi kunda biz buni nima deb ataymiz?
Javob: Ipoteka
7551. Bu Xalq – yaqin sharqda yashagan eng qadimiy millatlardan biri. Bular Semit qavmlariga mansubdirlar, ular Bobil, Akkad va Xoldeylarning hozirgi kundagi to‘g‘ridan to‘g‘ri avlodlaridir.
Bu Xalq tillari sharqiy aramey tillariga mansub, hozirgi kunda ular ko‘proq Iroq, Eron, Armaniston, Turkiya va Suriya xududida yashab keladila ham xudi kurdlar kabi tez tez genosidga uchraydigan milatdir. Ular o‘tgan asrning boshida turklar tomonidan juda ko‘p qishloqlarida qirg‘inga uchraganlar, faqatgina Rossiya va Britaniya armiyasi ular yashaydigan xududga kelgach ularni evakuatsiya qilishga erishadilar. Turkiya xududidagi genosidlar natijasida juda ko‘plab bu Xalq Eron xududiga kelib o‘rnashib oladi, bular hozirgi kungacha shu xududlarda yashab kelmoqdalar. Bu qaysi Xalq?
Javob: Assuriylar
7552. U 150 yil yashashni o’ziga maqsad qilgan edi. Har kuni tongdan to tungacha 8 tabib tirnog’idan sochigacha tekshirar edi. Yeydigan ovqatlarini avval tabiblar yeb tekshirib keyin unga berishar edi
Lekin Alloh uni 50 yoshida jonini oldi. Uni kimligini ayting?
Javob: Maykl Jekson
7553. Bir kuni Rasulullox SAV sahobalari bilan suhbatlashib o’tirgan edilar. Hozir jannat bashorati berilgan odam keladi dedilar. Bir oz o’tib bir sahoba Salom berib kirib keldi.
Sahobalar hammalari hayron qanday amal qilganki jannat bashorati berilsa. Ketar paytda bir sahoba men bugun mexmoning bo’laman deb ergashdi xaligi sahobaga maqsad qanday amal qiladi poylab bilib olish edi. Kechasi bilan uxlamay kuzatdilar
Hech qanday ortiqcha amal yo’q xuftonni o’qib uxladilar tahajjudga ham turmadi.
Ertalab mexmon sahoba so’radilar oddiy bizday amal va hayot bir xil qaysi amal uchun bu bashorat?
Sahobani so’zini aytib xadisni davom ettiring?
Javob: Har kuni uxlashdan oldin. Ey Alloh kim menga zulm qilgan bo’lsa kechirdim. Men kimga zulm qilgan bo’lsam Sen kechirgin deb uxlayman dedilar.
7554.
1.Bilib turib yolg’ondan ichgan qasam qanday qasam deyiladi?
2.Niyat qilib ichgan qanaqa kasam deyiladi?
Javob:
1.G’amus
2.Muna’qida
7555. Ushbu ismning lug’aviy ma’nosi -«zafar, g’alaba qozonuvchi» degan ma’noni anglatadi. Ushbu ism ulamo va mashoyixlar tarafidan Amir Temurga berilgan faxrli nom hisoblanadi.
Diqqat savol : Ushbu ismni toping?
Javobi: Abulmansur.
Qabul: Abumansur.
Manba: Amir Temurning » Temur tuzuklari» kitobi
7556. Ushbu inson Xurosonlik yirik shayx va shayxulislom hisoblanadi. Ushbu inson to’g’risida biz Hofizi Abruning » Zubdat ut-tavorix», muarrix Fasix Havofiyning «Mujmali Fasixiy» asarida ham ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkin. Ushbu inson Fasix Havofiyning » Mujmali Fasixiy» asarida keltirilishicha, 1389-yilning 29-yanvarida vafot etgan ekan.
Diqqat savol: Ushbu insonni toping?
Javobi: Zayniddin Abubakr Tayobodiy.
Qabul: Zayniddin Tayobodiy,
Abubakr Tayobodiy.
Manba: Amir Temurning» Temur tuzuklari» kitobi
7557. O’rta asrlarda podshoh va xonlar, umuman oliy martabali kishilar bilan uchrashganda ularga qilinadigan tansiq mollardan iborat tortiq alfa deyilar ekan.
Diqqat savol: Alfani toping?
Javobi: Sovrun.
Qabul: Sovrin.
7558. Ushbu o’lka hozirgi Eronning janubi-sharqida va Afg’onistonning janubi-g’arbida joylashgan o’lka hisoblanadi. Ushbu o’lka 1872-yili Eron va Afg’oniston orasida bo’lingan. Ushbu o’lkaning Xilmand daryosigacha bo’lgan qismi Eronga, undan sharqi Afg’onistonga o’tgan.
Diqqat savol: ushbu o’lkani toping?
Javobi: Seyiston.
7559. Alfa-yuziga qora mato tortilgan odam; ba’zi manbalarda Katur ( Kofiriston) xalqi islomni qabul qilmaganliklari uchun ularni alfa deb atashgan ekan.
Diqqat savol: Alfani toping?
Javobi: Siyohpo’sh.
7560. XVII asrda yashagan shifokorning sumkasida turli xil dorilar, paxta, bintga o’xshash toza mato , pichoq , bigiz va hokazo bo’lgan .Tajribali shifokorlarda yana ikkita narsa bir ish uchun olib yurilgan
Diqqat savol: ushbu ikki narsani toping?
Javobi: Birinchisi bir shisha rom, ikkinchisi yog’och bolg’acha. Bu ikkisi tajribali shifokorlarda bemorni bexush qilish uchun olib yurilgan.
7561. Ukrainaning ikki grivnasida quyidagi suratlar bor. Kievdagi Sofiya ibodatxonasi, ikkita qilich, shlem, «Русская правда» hujjati. Ularning yonida bir kishining surati ham tasvirlangan .
Savol: kimning surati ?
Javob: Yaroslav Mudriyning surati
7562. Diqqat savol:Nima bir oyoqli parrandaga o’xshaydi?
Javob: Xo’rozqand
7563. Savol: Qaysi sovuqqonli hayvonning yuragi toʻrt kamerali?
Javob: Timsoh
7564. Barchamizga mashhur boʻlgan Amerika futboli xavo harorati sovib yoki issib ketishi tufayli binoni ichida oʻynagani sabab ushbu sport turi kelib chiqqan Amerikada mashhur Oʻzbekistonda uncha mashhur bo’lmagan sport turini bir soʻzda yozib bering?
Javob: Basketbol
7565. U bir millatni birlashtirishda katta hissa qo’shgan xalq qahramoni sifatida tarixda nom qoldirdi. Biroq u Amerika qo’shma shtatlarida Staten orolida sham ishlab chiqaruvchi zavodda oddiy ishchi bo’lib ishlagan.
Savol : U kim?
Javob: Juzeppe Garibaldi- Italiya Milliy qahramoni
7566. Qonun hamma uchun barobar
Diqqat savol : Uni xotini Jozefina sudga ajrashish uchun ariza bergandan keyin. U o’z umrida birinchi marta qonunga boysunishga majbur bo’lgan keyin U xotini bilan ajrashgan
Savol: U kim ?
Javob: Napaleon I Bonapart
7567. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Angliya qimorxonalarida bir «kasb» egalari bo’lgan .
Eng qiziqarlisi, ularni hizmati yoki foydasi qimorxonalarga politsiya kelib qolgandagina kerak bo’lgan ..
Savol: ular qanday «kasb» egalari va bu holatda ular nima qilishgan ?
Javob: Ular o’yin davomida ishlatiladigan suyakdan yasalgan toshni yutub yuboragidan maxsus odamlar bo’lishgan. Ularga ma’lum miqdorda maosh ham to’langan.
7568. Fransiyada undan foydalanishni asosiy sababi, qatl jarayonini yengillashtirish bo’lgan.
Yordam tariqasida aytish mumkinki, uni 1792 – yilda ilk bor sinab ko’rishgan
Savol: U nima ?
Javob: Gilotinda qatl qilish
7569. Italiyalik harbiylar 1943-yildan ulardan foydalanishni boshlashgan.
Italiyaliklar ularda jonli devor va minali dalani sinashda foydalanishgan.
Savol: Italiyaliklar 1943-yildan nimalardan foydalanishgan?
Javob: Eshaklar
7570. Biz «U» yerga borganimizda aksariyat hollarda eng yuqoridagi «rastalarda» yirik-yirik «Shaftoli» bilan «Behi» ni ko’ramiz, keyin esa boshqa «mevalar» sal maydaroqlari «Mandarin», «Nok», «Kivi» larni ko’rishimiz mumkin. «Rastalar» pastlagan sari «mevalar» ham maydalashib boradi.
Diqqat savol: «U» yerni maksimal aniqlikda yozib bering?
Javob: Ko’z shifokorida
7571. Biz Axilesni eshitganmiz. U tovoniga tekgan o’q natijasida halok bo’ladi. Shunday bir inson borki u ham tovonidan azobli va og’riqli o’limga duchor bo’ladi. Eng qizig’i shundan iboratki u bunday o’limni o’ziga o’zi so’rab olgan. Undan hukmdori Qur’onni oyiq osti qilgan insonni jazosi nima deb so’rashganda o’sha joyidan boshlab terisi shilinishi lozim bunday insonga shunday jazo berish deydi o’ziga qilingan fitnadan xabari bo’lmasdan turib, va uni kovushi tekshirilganda kovushi ichidan qur’onni bir surasi chiqadi. Siz o’sha insonni kimligini topgan bo’lsangiz bizga kovushi ichidan qaysi sura topilganini aytib bering?
Javob: Yosin surasi
7572. Xalifa Maʼmun aytganki: Unga Allohning marhamati boʻlsin . Mening boshim mamlakatni «u»siz qanday idora qilar edi? «U», mukofot va maoshga intilmay irodaga xizmat qiladi. «U»ning oqligi qorongʻulashtiradi, uning qoraligi esa munavvar etadi. Agar podshoh odil bo’lsa bu qoralik atrofni munavvar qiladi. Alloh taoloning dini podshoh tomonidan u yordamida barqaror etiladi va mamlakat tartibga keltiriladi.
U nima?
Manba: Navroʻznoma
Javob: Qalam
7573. Har bir kishi albatta yoshligini qoʻmsaydi. Yoshligini eslar ekan albatta yoshlikda bo’lgan sho’xliklari ham esga keladi. Shunday bir asar borki, asarning boshlanishidagi birinchi so’z va o’sha asarning oxirgi tugashidagi so’zni qo’shganimizda » bolalikni xohlayman» jumlasi hosil bo’ladi.
Diqqat savol : gap kimning qaysi asari haqida ketyapti?
Javob: «Dunyoning ishlari» Oʻtkir Hoshimov
7574. Kaykovusning «Qobusnoma» asarida keltirilishicha, podshohlarga quyidagicha naql qilinadi:
«Har ish qilsang, X farmoni bilan qilgʻil va X dan bemaslahat ish qilmagʻil, nedinkim, podshohning vazirlari U dir.
Diqqat savol: U nima? Bir soʻzda yozib bering?
Javob: Aql
7575. 1898-yilda Amerikalik yozuvchi Morgan Robertson bir roman yozadi. Bu romanda u katta kemani Atlantika okeanida aysberga urilib cho’kib ketishi haqida yozgan edi. Robertsonning ushbu romani 1912-yilda mashhur bo’lib ketadi.
Sababi undagi voqealar Titanik halokati bilan bir xil edi
Savol: Roman qanday nomlangan?
Javob: Titanning halokati
7576. John Adams, John Kuinsi Adams, Rezerford Heys, Teador Ruzvelt, Franklin Ruzvelt, John Kennedi, Jorj Bush va Barack Obama
Yuqorida nomlari sanalgan shaxslar ma’lum davrda AQShni boshqargan prizedentlar sanaladi
Diqqat qiling bularni nima bog’lab turadi ?
Javob: Ular Garvard Universitetida o’qishgan
7577. U yerda har bir soqoli bor erkak soqoli uchun imperatorga soliq to’lagan. Bu soliq keyinchalik ma’lum muddat Angliya va Fransiyada ham joriy qilingan
Savol: Bu antiqa soliq qayerda joriy qilingan?
Javob: Rossiyada Pyotr I joriy qilgan antiqa qonun
7578. Choyni eng sevib iste’mol qiladigan Angliyaliklar O’rta asrlarda nonushtaga choy o’rnida uni ichishgan. Bu esa hozirgi kunga kelib faqat Irlandiyadagina saqlanib qolgan . Aniqrog’i Irlandiyaliklar ertalabdan U ni ichishni odatiy holga aylantirishgan
Diqqat savol: U nima ?
Javob: Piva
7579. Donki Xot asarini qoyillatib yozib dunyoga tanilgan Ispaniyalik yozuvchi Migel De Servantes mamlakat rahbariyatiga 1590-yilda shunday bir xat yozadi. Ma’lum muddatdan so’ng rahbariyatdan javob xati keladi va unda quyidagi so’zlar yozilgan edi.
«Hurmatli Migel o’zingizga boshpana tanlashda yanglishmang. Bu mamlakat odamlarni faqat qonini so’radi, ularda hatto kitob yozganingiz uchun ham soliq to’laysiz»
Diqqat savol ; Servantes rahbariyatga qanaqa xat yozgan?
Javob: U Ispaniyadan Amerikaga chiqib ketish uchun Hukumatdan izn so’rab xat yozgan edi.
7580. Birinchi yozuv mashinasi 1874- yilda Remington and Sons kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan .
E’tibor bering yozuv mashinasini faqat katta yer egalari birinchi bo’lib sotib olib, keyin kompaniyaga borib «Bu qurolni o’qlaydigan joyi qayerda deb so’rashgan»
Diqqat savol ; Remington and Sons kompaniyasiga nima sababdan bunaqa savol berishgan ?
Javob: Chunki Remington and Sons kompaniyasi ilgari doim qurol ishlab chiqargan
7581. 2017 yilgi ma’lumotga ko’ra U davlat hududining kattaligi bo’yicha jahonda 56 – o’rinda turadi, oltin zaxiralari bo’yicha 4- uni qazib olish bo’yicha esa 6- o’rinni egallagan, Mis zaxirasi bo’yicha 11-o’rinda .
Hatto undagi bir shahar «ochiq osmondagi muzey» deb Yunesko tomonidan aytilgan.
Diqqat savol: bu mashhur davlat qaysi?
Javob: O’zbekiston Respublikasi
«Ochiq osmon ostidagi» muzey Xiva
7582. U 1813 yil tug’ildi, 13 opera yaratgan, 13-fevral kuni vafot etgan, uning ism va familyasi lotin transkripsiyasida 13 harfni tashkil qiladi. Siz menga gap kim haqida borayatganini ayting?
Javob: Richard Vaginer
7583. Bilasiz qadimda Pifagor maktabi bo’lgan. Bu maktab o’quvchilari sabr qilishni bir usul bilan o’rganishgan ekan. Buning uchun ularga bir ishni qilishni taqiqlashgan ekan. Bir anekdotga ko’ra, kompyuter egasi bu ishni tez-tez qilgani uchun klaviaturadagi 7 raqami sinib ketibdi. Savol: Bu qanday ish?
Javob: Savol berish.
O’quvchilarga dars payti savol
berish taqiqlangan. Ular faqatgina jim eshitishi kerak bo’lgan. Klaviaturada 7 raqamida “?” belgisi ham bor
7584. Tushinarsiz qonunlar turkumidan savol: AQSH shtatlarini biridagi bir shaharchada ko’chadan ketayotkan odamni polisiya hodimi to’xtatib jarima solishar ekan. Jarima solgach kvitansiya yozib uni nimaga asoslanib jarima olganini yozib berar emish. Savol: Polisiyani bizni nazarimizda axmoqona tuyulishi mumkin jarima olish sababini topinglar?
Javob: Tuflisini yoqimsiz g’ichirlashi uchun ekan.
Izoh: Kaliforniyani Santa – Roza shaharchasida shunday jarima turi mavjud ekan.
tak tuk deganda g’ichirlashini nazarda tutgan bo’lsangiz
7585. Bir rus aktyori chekishni tashlash uchun tajribali psixiatrga boradi. Suhbatdan ma’lum bo’ldiki psixiatrni yoshi bir necha yuz yildan oshiq va kabinetida UNI minnatdorchilik xati ham bor ekan. Yoshligida U o’zini imzosini «B» harfidan boshlar ekan. UNI kimliginiни ayting?
Javob: Bonapart
7586. U-ni onasi kim ekanligi hammasizga ma’lum
Otasini esa bilmaymiz
U-ni shahardan ortirib kelgan narsasi esa hech kimga yoqmagan
U-ni toping?
Javob : Oysara opani qizi Jumagul
7587. U narsa «ARVOX» kapalakda yo‘q ekan lekin biz bilgan ASALARI da biramas ikkita ekan. Savol gap nima haqda ketyapti?
Javob: Oshqozon edi
7588. 1879 yilda Belgiyada insonlar u ni xat tashishga o’rgatishadi va natija qoniqtirmasdan xat tashish yana insonlani o’ziga qoladi.
Savol u ni topinchi?
Javob: Mushuklar
7589. Braziliya qamoqxonalarini birida maxbuslardan kim xohlasa qamoqxona joylashgan qishloq uchun bir ish qilishgan uning uchun maxbuslaga har xil yeguliklar berishgan. Savol qanday ish qilishgan?
Javob: Velosiped haydab elektr ishlab chiqarishgan
7590. Bir xakker o’yin paytida sudyaga qarab telefon go’shagiga xushtak chalsam dunyoda yadroviy bomba urushi boshlanib ketadi degani uchun umrini bir qismini qamoqda o’tkazgan.
Savol u kim edi?
Javob: Kevin Mitnik
7591. U gollivud, ko’zoynakli, tuxumli, gurunchli va hatto mono bo’lishi mumkin! U nima?
Javob: Dieta
7592. Ularda yangi yilni o’zgacha kutib olinadi. Ba’zilarni uni poklanish bayrami deb atashadi va yangi yilni 8 marta nishonlashadi. Bu qaysi davlat?
Javob: Hindiston
7593. Tarix fanlari nomzodi, dotsent. 1941-yilda Sirdaryo shahrida tug’ilgan. Tarixchi-sharqshunos. Guliston Davlat Universitetida o’qituvchi kafedra mudiri, fakultet dekani, prorektor lavozimlarida ishlagan. Siyosat haqida bir qancha mashhur kitoblari chop etilgan.
Diqqat savol. Gap kim haqida ketyapti?
Javob: Orif Ayupov
7594. Mashhur fransuz yozuvchisi Jyul Vern asarlarining qahramonlari bormagan yurt qolmagan. Goh havo sharida, goh suv osti kemasida, goh tuyada, otda,aravada sayohat qilishgan. Bilasizmi, Jyul Verning «Klaudios Bombernak» romanida asar qahramoni gazeta reportyori sifatida bizning yurtimizga ham kelgan. Samarqand, Buxoro, Qo’qon shaharlarida bo’lgan ekan. Klaudios Bombernak bizning yurtimizga g’ayri oddiy transport vositasi yordamida keladi.
Diqqat Savol: Qanday G’ayri oddiy transport vositasida kelgan?
Javob: Poyezd (biz «G’AYRI ODDIY» degan so’zni chalg’ituvchi sifatida foydalandik)
7595. 2017-yilgi ma’lumotda aytilishicha Angliya premer ligasini barchamiz ko’rganmiz bir marta bo’lsa ham! Angliya Futbolida boshqa futbollardan ya’ni boshqa ligalardan.. Masalan: La Liga, Bundes Liga va xokazo. Chempionatlardan ajralib turadigan bir tomoni bor!
Diqqat savol: Siz menga Angliya futbolini boshqa futbollardan farqini ayting?
Javob: Angliya Futbolida faqatgina bitta to’pdan foydalaniladi.. boshqa chempionatlarga o’xshab zaxira to’pi bo’lmaydi!
7596. Savol 1978 yil noyabrda Tokiodagi ko’p qavatli binolardan birining yuqori qavatidan bir dona tuxum tashlab yuborildi. Ko’pchilik guvohi bo’lgan bu voqeadagi tuxumning oddiy tuxumlardan qanday farqi bo’lgan?
Javob: U pastga tushganda sinib ketmagan
7597. 1950-1955 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo’lgan Uinston Cherchil nomiga taniqli dramaturg Bernard Shou nomidan o’zining yangi spektakliga taklifnoma bordi. Taklifnomalar 2 ta bo’lib, Shou «Do’stingiz bilan premyeraga keling, agar bo’lsa» deb xat yozib yubordi. Shunda Cherchil javob qaytardi: «Hozir vaqtim yo’q. Spektaklga bora olmayman. Lekin keyingi premyeraga albatta boraman, agar…….»
Nuqtalar o’rnini to’ldiring?
Javob Lekin keyingi premyeraga albatta boraman, agar yana pyesangiz bo’lsa. (Ya’ni yana premera bo’lsa).
Izoh: Uinston Cherchil ancha kibrli inson bo’lib, yaqin do’stlari bo’lmagan. Bernard Shou esa uning ustidan kulish uchun shu gaplarni yozgan. Cherchill ham gapga usta bo’lib, unga ajoyib javob qaytargan. Shouning pyesalari soni kam bo’lgani uchun shunday javob qaytargan.
7598. Ularning asl vatani Arabiston sahrolari bo’lgan, keyinchalik dunyoni barcha
davlatlariga tarqagan. Ular suv toshqinlarini keltirib chiqarishi mumkin, butun bir shaharda chiroqlarni uchirib qo’yishi mumkin. XX asrda insoniyat urushlardan ko’ra ulardan ko’p jabr ko’rgan. Muhim jihati o’tkir farosatga egaligida. Savol: Gap nima
Haqida ketmoqda?
Javob: Kalamushlar
7599. Yigit bilan qiz sevishibdi, oradan vaqt o’tib yigit qizni yomon ko’rib qopti. Kunlardan bir kun qiz yigitga sovg’a beribdi va yigit qizni yana sevib qopti. Savol: Qiz yigitga nima sovg’a qilgan?
Javob: Ko’zoynak
7600. Bu narsa biz odamlarda juda ko’p uni har doim ko’tarib yuramiz lekin uni bizga hech og’irligi tushmaydi. Savol bu nima?
Javob: kiyim-kechak