8 sentabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT – Xalqaro savodxonlik kuni.
🌏 Butunjahon jismoniy terapiya kuni.
🌏 Jurnalistlarning xalqaro birdamlik kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh ‐ Milliy pediatrik gematologiya/onkologiya hamshiralari kuni
🇪🇸 Ispaniya – Ko’ngillilar kuni.
🇷🇺 Rossiya ‐ Borodino jangi kuni.
🇷🇺 Rossiya ‐ Moliyachilar kuni.
🇲🇹 Malta – G’alaba kuni.
🇲🇰 Shimoliy Makedoniya – Mustaqillik kuni.
🇦🇩 Andorra – Milliy kun.
🇵🇰 Pokiston – G‘alaba kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1380 – Kulikovo jangi
  • 1429 – Janna D’Ark qo’shinlarining Parijga  bostirib kirishi.
  • 1504 – Mikelanjelo Florensiyada marmardan yasalgan Dovud haykalini koʻrgazma qildi.
  • 1566 – to’rtinchi Usmonli-Gabsburglar urushida Sigetvar jangi tugadi.
  • 1636 – AQSHda Garvard universiteti tashkil topdi.
  • 1793 – Uch kunlik Ondskot jangi tugadi.
  • 1847 – Molino del Rey yonidagi jang.
  • 1886 – Janubiy Afrikaning eng yirik shahri – Yoxannesburgga asos solindi.
  • 1888 – Angliya futbol ligasining 1-o’yini o’tkazildi.
  • 1900 – Galveston bo’roni Texasning Galveston shahrini vayron qildi.
  • 1923 – Butunrossiya ko’rlar jamiyati tashkil etildi.
  • 1926 – Germaniya Millatlar Ligasiga qabul qilindi.
  • 1941 – Leningrad qamali boshlanishi.
  • 1943 – Qirol Viktor Emmanuel III Italiyaning ittifoqchi kuchlarga taslim bo’lganini e’lon qildi. Fuqarolar urushining boshlanishi.
  • 1945 – Amerika qo’shinlari Koreya yarim orolining janubiga kelib tushishdi.
  • 1951 – San -Fransiskoda Yaponiya va ittifoqchilar o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolangan, unga ko‘ra Yaponiya Saxalin va Kurill orollaridan voz kechdi.
  • 1978 – Tehronda Shohga qarshi namoyishlar g‘alayonlarga aylanib ketdi, 122 kishi halok bo‘lgan 2000 ga yaqin kishi yaralangan.
  • 1991 – Makedoniya mustaqillikka erishdi.
  • 2000 – Albaniya Jahon savdo tashkilotiga qabul qilindi.
  • 2015 – Las -Vegasda Boeing 777 samolyotida yong’in sodir bo’ldi

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1157 – Sheryurak Richard I (1199) – Angliya qiroli (1189-1199), salibchi.
  • 1207 – Taqvodor Sanshu II (1248) – Portugaliyaning to’rtinchi qiroli (1223-1247).
  • 1271 – Anjulik Karl I Martell (1295) – Vengriyaning nominal qiroli (1292-1295).
  • 1779 – Mustafo IV (1808) – Usmonlilar imperiyasining podshohi (1807-1808).
  • 1830 – Frederik Mistral (1914) – fransuz shoiri, Nobel mukofoti sovrindori (1904).
  • 1841 – Dvorjak Antonin (1904) – chex kompozitori, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan.
  • 1884 – Sait Ismagilov (1972) – shoir, folklorshunos, Boshqird adabiyotining klassigi.
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1908 – Libby Uillard (1980) – amerikalik fizik-kimyogar, Nobel mukofoti sovrindori (1960).
  • 1918 – Derek Barton (1998) – ingliz kimyogari, Nobel mukofoti sovrindori (1969).
  • 1923 – Rasul Hamzatov – Dog’iston shoiri.
  • 1923 – Ivan Zemnuxov (1943) – «Yosh gvardiya»ning ishtirokchisi va tashkilotchilaridan biri, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
  • 1924 – Lyubov Shevtsova (1943) – komsomol a’zosi, «Yosh gvardiya» antifashistik tashkilotining a’zosi, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
  • 1933 – Asha Bhosle – Hindistondagi eng mashhur va hurmatli ovozli qoʻshiqchilardan biri, Lata Mangeshkarning singlisi.
  • 1941 – Salimova Ravilya (2019) – basketbolchi, 3 karra jahon chempioni (1964—67), Xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1964), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi.
  • 1946 – Aziz Sanjar – turk olimi, amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (2015).
  • 1969 – Darya Aslamova – sovet va rus jurnalisti, yozuvchi.
  • 1979 – Peter Leko – vengriyalik shaxmatchi, grossmeyster.
  • 1986 – Joau Moutinyu – portugaliyalik futbolchi, Yevropa chempioni (2016).
  • 2000 – Kseniya Aleksandrova – badiiy gimnastika boʻyicha oʻzbek sportchisi, xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.