9 iyul kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Moda kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇾 Urugvay ‐ Otalar kuni.
🇨🇦 Kanada ‐ Nunavut kuni.
🇮🇪 Irlandiya ‐ Milliy xotira kuni.
🇦🇺 Avstraliya ‐ Konstitutsiya kuni.
🇮🇷 Eron ‐ Milliy bolalar adabiyoti kuni.
🇰🇭 Kambodja ‐ Daraxt ekish kuni.
🇰🇿 Qozog’iston – Suv resurslarini boshqarish xodimlari kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Diplomatik xizmat xodimlari kuni.
🇹🇯 Tojikiston ‐ Baliq fermerlari kuni.
🇧🇾 Belarus ‐ Soliq idorasi xodimlari kuni.
🇷🇺 Rossiya, 🇺🇦 Ukraina ‐ Baliqchilar kuni.
🇷🇺 Rossiya ‐ Rossiya pochtasi kuni.
🇵🇼 Palau ‐ Konstitutsiya kuni.
🇸🇸 Janubiy Sudan – Mustaqillik kuni.
🇦🇷 Argentina – Mustaqillik kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1357 – Karl ko’prigi qurildi.
  • 1558 – Jeneva Shveysariyadan mustaqil bo’ldi.
  • 1686 – Yevropaning yettita davlati G’arbiy Evropada Fransiyaning kengayishini to’xtatish maqsadida Augsburg ligasini tuzdi.
  • 1762 – Pyotr III taxtdan qulatildi.
  • 1788 – Konnektikut AQShning beshinchi shtati bo’ldi.
  • 1790 – Ikkinchi Rochensalm jangi.
  • 1816 – Argentina Ispaniyadan mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1876 – Amerikalik tadqiqotchi Alekandr Bell ilk bor “Bell Telephone” kompaniyasini tashkil etdi.
  • 1877 – Uimbldonda birinchi tennis chempionati boshlandi.
  • 1918 – Buyuk poyezd halokati – AQShdagi eng yirik poyezd halokati.
  • 1932 – San-Pauluda  Braziliya  hokimiyatiga qarshi qo’zg’olon.
  • 1957 – Davriy jadvalning 102-elementi Nobeliy kashf qilindi.
  • 1997 – Ukraina NATO bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.
  • 2011 – Janubiy Sudan o’z mustaqilligini e’lon qildi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1578 – Ferdinand II (1637) – Chexiya va Vengriya qiroli, 1619-yildan Muqaddas Rim imperiyasi imperatori.
  • 1689 – Aleksis Piron (1773) – fransuz dramaturgi, shoir va huquqshunos.
  • 1751 – Nikolay Sheremetev (1809) – rus davlat arbobi, kolleksioner, filantrop.
  • 1834 – Yan Neruda (1891) – yozuvchi, shoir, Chexiya tanqidiy realizmining eng yirik vakili.
  • 1850 – Ivan Minchov (1921) – Bolalar yozuvchisi, jamoat arbobi.
  • 1858 – Frans Boas (1942) – amerikalik antropolog, tilshunos, tabiatshunos, zamonaviy antropologiyaning asoschilaridan biri.
  • 1927 – Tamara Solomonova – musiqashunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977).
  • 1938 – Liya Axedjakova – teatr va kino aktrisasi, Rossiya xalq artisti.
  • 1950 – Viktor Yanukovich – ukrainalik siyosatchi va davlat arbobi, Ukraina Prezidenti (2010-2014).
  • 1956 – Tom Xenks – amerikalik aktyor, rejissyor, ssenariy muallifi va prodyusser, ikkita Oskar, to’rtta «Oltin globus» va boshqa mukofotlar sovrindori.
  • 1976 – Yekaterina Guseva – teatr va kino aktrisasi, qo’shiqchi, Rossiyada xizmat ko’rsatgan artist.