9 sentabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro ta’limni hujumlardan himoya qilish kuni.
? Xalqaro Sudoku kuni.
? Xalqaro go’zallik kuni.
? Butunjahon birinchi yordam kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Kosta-Rika ‐ Bolalar kuni.
?? Slovakiya – Xolokost va irqiy zo’ravonlik qurbonlari kuni.
?? Rossiya, ?? Ukraina ‐ Qrim urushi qurbonlarini xotirlash kuni.
?? Indoneziya ‐ Milliy sport kuni.
?? Tailand ‐ Thung Yai-Huai yovvoyi tabiat qo’riqxonalari kuni.
?? Moldova – Davlat xavfsizlik xodimlari kuni.
?? Buyuk Britaniya ‐ Favqulodda vaziyatlar xizmati kuni.
?? Braziliya – Administratorlar kuni.
?? Turkmaniston ‐ Energetika sanoati xodimlari kuni.
?? Yaponiya – Xrizantema kuni.
?? Ukraina ‐ Jismoniy tarbiya va sport kuni.
?? Ukraina ‐ Ukraina kinosi kuni.
?? Shimoliy Koreya – Mustaqillik kuni.
?? Tojikiston – Mustaqillik kuni.

?9-SENTABRDA SODIR BO’LGAN VOQEALAR:

  • mil. av. 479 – Plateya jangi
  • 337 – Imperator Konstantinning uch o’g’li Rim imperiyasini o’zaro taqsimladilar.
  • 1141 – Qatvon jangi – Qoraxoniylar va saljuqiylarning bilashgan qo‘shini bilan qoraxitoylar o‘rtasidagi mashhur jang – bo‘lgan kun
  • 1493 – Krbavedagi jang.
  • 1513 – Flodden jangi – ingliz qo‘shinlari tomonidan Shotlandiya qiroli Yakov IV mag‘lubiyatga uchradi va o‘ldirildi.
  • 1570 – turklar Nikosiyani (Kipr) bosib olishdi.
  • 1776 – Shimoliy Amerikadagi 13 koloniya bir davlatga birlashdi, Amerika Qo‘shma Shtatlari nomi paydo bo‘ldi.
  • 1801 – Sankt-Peterburgda Qozon cherkovi ochildi.
  • 1801 – Boku va Boku viloyati Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi.
  • 1835 – Fransiyada matbuotga qattiq senzura joriy etildi.
  • 1850 – Kaliforniya AQShning 31-shtati bo’ldi.
  • 1886 – Shveysariyaning Bern shahrida mualliflik huquqi sohasidagi birinchi xalqaro shartnoma bo‘lgan adabiy va san’at asarlarini himoya qilish to‘g‘risidagi konventsiya imzolandi.
  • 1892 – amerikalik astronom E. Barnard Yupiterning beshinchi sunʼiy yoʻldoshi — Amalteyani kashf etdi.
  • 1893 – Germaniyada «Shtutgart» futbol klubi tashkil etildi.
  • 1905 – Rossiyada universitetlarning muxtoriyati va ularning rektorlarni tanlash huquqi toʻgʻrisida dekret eʼlon qilindi.
  • 1926 – Amerikaning NBC teleradiokompaniyasi tashkil etildi.
  • 1932 – Ispaniya hukumati Kataloniyaga avtonomiya berdi.
  • 1945 – Xitoy-Yaponiya urushining tugashi (1937-1945).
  • 1970 – «VAZ-2101» – «Jiguli» avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi.
  • 1991 – Tojikiston o’z mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1993 – Isroil -Falastin tinchlik jarayoni: Falastin Ozodlik Tashkiloti Isroilni qonuniy davlat sifatida rasman tan oldi.
  • 1996 – “Ma’naviyat va ma’rifat” nashriyoti tashkil etildi.
    -1999 – Moskvadagi terroristik xurujlar natijasida yuzdan ortiq kishi nobud boʻldi.

? 9- SENTABR SANASIDA TAVALLUD TOPGAN MASHHURLAR:

  • 214 – Avrelian (275) – Rim imperatori (270-275).
  • 384 – Gonoriy (423) – G’arbiy Rim imperiyasining birinchi imperatori (395-423).
  • 1151 – Jamoliddin Ubaydulloh ibn Ibrohim (1233) – “Abu Hanifa as-Soniy” (Ikkinchi Abu Hanifa)
    nomi bilan mashhur alloma.
  • 1583 – Freskobaldi (1643) – italyan kompozitori va organ ijrochisi.
  • 1737 – Luidji Galvani (1798) – italiyalik fizik va fiziolog, elektr nazariyasining asoschilaridan biri.
  • 1852 – Poynting Jon Genri (1914) – ingliz olimi, London Qirollik jamiyati a’zosi (1888 yildan).
  • 1871 – Gubkin Ivan Mixaylovich (1939) – rus geologi, Rossiya neft geologiyasining asoschisi akademik (1929).
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1908 – Odil Shokirov Sharipovich (1986) – ortoped-travmatolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1974). Tibbiyot fanlari doktori (1967), professor (1971). 
  • 1909 – Shojalilov Shoqosim (1984) – xonanda va sozanda (tanbur), O’zbekiston xalq hofizi (1950). 
  • 1922 – Sunnatulla Anorboyev – (2003) – Yozuvchi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1973).
  • 1923 – Daniel Carleton Gajdusek (2009) – amerikalik vrach, virusolog va epidemiolog, Nobel mukofoti sohibi (1976).
  • 1930 – Nadejda Rumyantseva (2008) – sovet kinoaktrisasi, RSFSR xalq artisti.
  • 1953 – Alisher Usmonov – rossiyalik tadbirkor, milliarder.
  • 1960 – Xyu Grant – ingliz kino aktyori.
  • 1980 – Mishel Uilyams – amerikalik aktrisa, «Oltin globus» mukofoti sovrindori.
  • 1985 – Luka Modrich – Xorvatiyalik futbolchi, Xorvatiya terma jamoasi va Real Madrid klubi yarim himoyachisi.