9 yanvar kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro xoreograflar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh – Huquq-tartibot organlariga minnatdorchilik kuni.
?? Hindiston – Norezident hindlar kuni.
?? Janubiy Sudan – Tinchlik bitimi kuni.
?? Panama – Milliy jabridiydalar kuni.
?? Serb Respublikasi – Respublika kuni.
?? Vetnam – O‘quvchilar va talabalar kuni.
?? Yaponiya – Balog‘at yoshiga yetish kuni.
?? Yaponiya – “Toka Ebusi” festivali (Omad va baxt bayrami).
 
? VOQEALAR:

  • 475 – Vizantiya imperatori Konstantinopoldan quvildi.
  • 1713 – Shimoliy urush: shvedlar Altona shahrini yoqib yuborishdi.
  • 1769 – Rossiyada birinchi qog’oz pullar  muomalaga kiritildi.
  • 1792 – Rus-turk urushini (1787-1791) yakunlovchi Yass tinchlik shartnomasi tuzildi.
  • 1799 – Buyuk Britaniyada dunyoda birinchi marta daromad solig‘i joriy qilindi.
  • 1811 – Masselburg baliqchilar shaharchasida tarixda birinchi bor dunyoda  golf bo‘yicha ayollar terma jamoasi turniri  bo‘lib o‘tgan.
  • 1905 – Qonli yakshanba – Rossiya tarixida sodir bo’lgan eng fojiali voqealardan biri.
  • 1932 – arxeolog Alfonso Kaso Meksikada sapotekilarga tegishli XIII asrga oid boy xazina topdi.
  • 1951 – Nyu-Yorkda BMT shtab-kvartirasi rasman ochildi.
  • 1967 – Mirzacho‘l va Paxtakor tumanlari tashkil etildi.
  • 1969 – Konkord samolyotining birinchi sinov parvozi bo’lib o’tdi.
  • 1992 – Serbiya Respublikasi tashkil etildi.
  • 1992 – Qoraqalpog’iston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasi tarkibida suveren respub­lika boʻlishi qonun yoʻli bilan mustahkamlandi.
  • 1996 – Kizlyarda terroristik akt: jangarilar tug‘ruqxona va maktabni egallab olishdi.
  • 2000 – Islom Karimov 5 yil muddatga ikkinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
  • 2007 – Birinchi iPhone taqdim etildi.
  • 2011 – Iran Air aviakompaniyasining Boeing 727 samolyoti Urmiya yaqinida qulab tushdi, 77 kishi halok bo’ldi.
  • 2018 – Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi tasdiqlangan.

? TAVALLUDLAR:

  • 1797 – Ferdinand Vrangel (1870) – rus dengizchisi, qutb tadqiqotchisi, admiral.
  • 1850 – Ivan Mushketov (1902) – Geolog va geograf olim, professor.
  • 1890 – Karel Chapek  (1938) –
     Chex yozuvchisi.
  • 1897 – Ronald Jorj Vreyford Norrish (1978) – ingliz fizik-kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1967).
  • 1905 – Nazir Safarov – (1985) – dramaturg, O‘zbekiston xalq yozuvchisi.
  • 1909 – Abdusamat Toymetov (1981) – sovet harbiy transport va fuqarolik aviatsiyasining uchuvchisi, millati oʻzbek bo‘lgan birinchi uchuvchi.
  • 1913 – Nikson Richard (1994) – AQShning 37-prezidenti (1969-74).
  • 1920 – Kliv Robert Benjamin Dunn (2012) – ingliz aktyori.
  • 1922 – Korana Xar Gobind (2011) – amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1968).
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1938 – Burmakin Vladimir – rassom, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi haqiqiy a’zosi (1997), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1981).
  • 1944 – Sohibnazarov Nasrullo – yog‘och o‘ymakori, O‘zbekiston xalq ustasi (2002).
  • 1945 – Levon Ter-Petrosyan – Armanistonning birinchi prezidenti (1991-1998).
  • 1947 – Saʼdullayev Azimboy – matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995).
  • 1970 – Lara Fabian – Belgiyalik xonanda.
  • 1982 – Katerin Middlton; Ketrin – Kembrij gersoginyasi, shahzoda Uillyamning rafiqasi.
  • 1994 – Ikrom Aliboyev –  Toshkentning Lokomotiv klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, ampluasi yarimhimoyachi.