ARASHONSOY

ARASHONSOY — Namangan viloyati shimoldagi soy. Ohangaronning o’ng irmog’i, Chatqol va Qizilto’r tizmalari qo’shilgan yerdagi buloqlardan boshlanadi va Janubiy-Sharqiy yo’nalishda 2000 metrdan ham baland Betagalikqo’ytosh yassitog’ligini kesib o’tadi. Arashonsoyga 8 irmoq qo’shiladi. Uzunligi 19 kilometr. Qor va yomg’irdan suv oladi. Iyun oyida suvi toshadi. Yillik suv sarfining 76% mart — iyul oylarida oqadi. Namangan viloyati Pop tumani yerlarini sug’oradi.