ARVOH
ARVOH (Arabcha — ruhlar) — diniy tasavvurga ko’ra, o’lgan kishining bu dunyo bilan aloqa bog’lab turadigan ruhi. Arvohga ishonish ibtidoiy animistik tasavvurning ko’rinishlaridan biri. Bu tasavvurga binoan odam o’lganda joni uning jismidan ajraladi, u ruhga aylanib bu dunyo bilan, odamlar bilan aloqada bo’lib turadi. Musulmonlar o’rtasida Arvohga atab chiroq yoqish, holvaytar pishirish, xudoyi qilish kabi urf odatlar mavjud.