ARVOH KAPALAKLAR

ARVOH KAPALAKLAR, brajniklar (Sphingidae) — kapalaklar oilasi. Yoyilgan qanotlarining uzunlihi 2 — 20 santimetrdan oshadi, tanasi yo’g’on, sigarasimon, qanotlari boshqa kapalaklarnikiga nisbatan kalta va ingichka, kuchli muskullar bilan ta’minlangan. Xartumi uzun, ayrim tropik vakillariniki 25 santimetrdan ortadi, bir qancha turlarida reduktsiyalangan. Qanotlari har xil kattalikda, oldingi qanotlari ingichka va cho’ziq, keyingilari nisbatan kalta bo’lib, rangdor, dog’lari yoki belbog’lari bor. Qurtlarn yalang’och (tuksiz), orqa tomonida yagona shoxeimon o’simtasi bo’ladi. G’umbaklari odatda tuproq ichida maxsus yo’rgakchalarda yoki yupka tuproqdan iborat pilla ichida qishlaydi. Arvoh kapalaklar shom paytida juda faol ucha boshlaganligi tufayli ularga arvoh nomi berilgan. Kapalaklar tez-tez qanot qoqib katta tezlikda uchishi yoki havoda osilib turib xartumlari yordamida gul nektarini so’rishi mumkin. Arvoh kapalaklarning 1200 ga yaqin turi ma’lum. O’rta Osiyoda 33, O’zbekistonda 20 turi tarqalgan. O’zbekistonda kovil kapalagi (Colerio zugophilli), chakanda kapalagi (S. hippophaes), sachratqi kapalagi (S. hicacae), shirach kapalagi (S. centralastae) ko’p uchraydi.