Qarg’ako’z

Qarg’ako’z — loladoshlar (piyozgullilar) oilasiga mansub ko’p yillik o’tlar turkumi. Yevrosiyoda 7 turi tarqalgan. Eng ko’p tarqalgan turi oddiy q.ning barglari tuxumsimon yoki nashtarsimon, poyada doira bo’lib joylashgan. Gullari bitta, sarg’ishyashil, kosacha barglari 3-10 ta, mevasi rezavor, ko’p urug’li, qora. O’rmonlarda butalar orasida, zax joylarda o’sadi. Zaharli.