Qasr al-xayr al-g’arbi
Qasr al-xayr al-g’arbi — Suriyadagi me’moriy yodgorlik (727), Xims shahrining sharqida. Umaviylarning cho’l me’morligi namunasi. Qasr murabba tarhli, ichki hovlili, tashqi devorlari yarimaylana minoralar, mahobatli peshtoqdan iborat. Bezaklarida devoriy rasmlar, naqshlar, haykaltaroshlik asarlaridan foydalanilgan.