Virtual zarralar
Virtual zarralar (maydonlarning kvant nazariyasida) — qisqa vaqt D davomida mavjud bo’luvchi oraliq holatdagi zarralar. Ular xuddi Real zarralar kabi kvant sonlarspin, elektr hamda barion zaryadlar va boshqalarga ega bo’lsa ham, ushbu zarralar uchun energiyasi E, impulsi r va massasi t orasidagi (Real zarralar uchun o’rinli bo’lgan) odatdagi bog’lanish bajarilmaydi: Eh^pV+m^4. Bunday buzilish holatining mavjudligi Virtual zarralar energiyasi va ularning mavjud bo’lish vaqti D/ orasidagi kvant noaniqliklar munosabati At~h/E (bunda h — Plank doimiysi)dan kelib chiqadi. Virtual zarralarning yashash umri juda qisqa bo’lganligi uchun, bu hol o’z navbatida Virtual zarralarni tajribada qayd qilishga xalaqit beradi, shuning uchun ham Virtual zarralar oraliq vaziyatlarda mavjud bo’ladi. Virtual zarralar o’zaro ta’sirning tashuvchilari vositalaridir. Masalan, ikkita elektronning o’zaro ta’siri bir elektronning virtual fotonni chiqarishi va ikkinchi elektron tomonidan uning yutilishidan iboratdir. Yuqori energiyali adronlar bir-birlari bilan Virtual zarralar majmuasi vositasida ta’sirlashadilar. Ushbu o’zaro ta’sir paytida Virtual zarralar yutilishi va chiqarilishi impuls va energiya orasidagi bog’lanishning buzilishisiz yuz bermaydi.