Virtanen Arturi Ilmari

Virtanen Arturi Ilmari (1895.15.1 — 1973.11.11) — Finlyandiyalik biokimyogar. Xelsinki universiteti professor (1931 yildan), ayni vaqtda Fin texnologiya instituti prof. (1931-39) va biokimyo instituti direktori (1931-73), Finlyandiya akademiyasi prezidenti (1948-63). Asosiy ishlari yem biokimyosiga bag’ishlangan. Bakterial va fermentativ jarayonlarni to’xtatuvchi rn 4 ga teng bo’lgan xlorid va sulfat kislotalarning aralashmasidan foydalanib yemlarni konservalash usulini ishlab chiqqan (1928-29). Bu usul olim nomi bilan atalib («aiv-usuli»), ko’p mamlakatlarning qishloq xo’jaligida keng qo’llanilgan. Sut va yog’ni konoervalash, pishloq ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish ustida ilmiy tadqiqot o’tkazgan. Nobel mukofoti laureati (1945).