Vibroprokat

Vibroprokat — yirik o’lchamli yig’ma temir-beton konstruktsiyalar va buyumlar (panellar, tekis va qovurg’ali plitalar, qobiqlar va boshqalar) ni mashinada tayyorlash usuli. Beton qorishmasini titrama usulda zichlashga va qoliplanadigan buyumlarni titrama prokatlash stani valik (juva)lari orasida prokatlashga asoslangan. Bunda bir yo’la betonga tezkor usulda issiqlik ishlovi berish va uni qotirish jarayonlari ham ko’zda tutiladi.