Vizgo Mixail Sigizmundovich

Vizgo Mixail Sigizmundovich (1902.11.10, Buxoro viloyati Kogon shahri— 1980.18.3, Kiyev) — gidrotexnik olim, O’zbekistan Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1952), texnika fanlari Doktori (1947), professor (1940), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan irrigator (1950). O’rta Osiyo paxtachilik-irrigatsiya politexnika institutini tugatgan (1930). 1925 yildan O’rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot institutida, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutida muhandis, katta ilmiy xodim, rahbarlik lavozimida. 1963-76 yillarda Ukraina gidrotexnika va melioratsiya ilmiy tadqiqot institutida ishladi. Ilmiy ishlari gidrotexnika inshootlarining quyi b’eflarida yuvilishga qarshi kurash va bu hodisalar nazariyasiga bag’ishlangan. Bir qancha suv to’g’oni va GES qurilishida qatnashgan.