AREVSHAT
AREVSHAT — xo’raki o’rtapishar uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik ilmiy tadqiqot institutida Kattaqo’rg’on va Parkent navlarini chatishtirib yaratilgan. Armanistonda ekiladi. Tupi kuchli o’sadi. Bargi o’rtacha, besh bo’lmali, kertiklari chuqur, tuksiz. Guli ikki jinsli, uzum boshi yirik, cho’zinchoq, tig’iz. G’ujumi yirik, dumaloq, pushti. Pusti yupqa, eti sersuv, shirin. Hosili kurtak yozilishidan faol harorat yigindisi 2800° — 2900 da 153 — 158 kunda pishadi. Kasallik va zararkunandalarga chidami o’rtacha, sovuqqa bardoshi past. Yangiligida iste’mol etiladi, qishda saqlashga chidamli.