Vermipsillyoz

Vermipsillyoz — hayvonlarda Vermipsyllidae oilasiga mansub burgalar paydo kiladigan invazion kasallik. Asosan qo’y (qo’zichoqlarda og’ir kechadi), echki, yosh bo’taloqlar kasallanadi. Kasal hayvonlarda tez ozib ketish, parcha-parcha jun to’kilib ketishi, dermatitlar (terining qizarishi, qichishi), anemiya kuzatiladi. Davosi: sovuq davrda insektisid dustlar — piretrum, xlorofos va boshqalar; issiq davrda xlorofos eritmasi, Trixlormetafos-3 emulsiyasi purkaladi. Oldini olish: og’ilxonalarni va chorva hayvonlari turadigan joylarni toza tutish.