Qoraqalpog’iston

Qoraqalpog’iston – Qoraqalpog’iston Respublikasi Qo’ng’irot tumanidagi shaharcha (1971 yildan). Qo’ng’irot — Beynov temir yo’l shoxobchasi qurilishi munosabati bilan 1971 yil bunyod etilgan. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 3,8 ming kishi (2005). 2 umumiy ta’lim maktabi, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, madaniyat uyi, kasalxona va poliklinika mavjud.