Qalami
Qalami — 1) qo’lda to’qilgan yo’l-yo’l gulli ip mato; qo’lda yigirilgan ipdan olacharsh bir oz siyrakroq qilib tayyorlangan (o’ta ohorlangan iplar to’qilish jarayonida vaqt-vaqti bilan qalam bilan ho’llanib turilgani uchun «Qalami» deb atalgan). Mato to’qish jarayonida oq yoki och tanda iplar orasiga tutam-tutam qizil, ko’k, to’q yashil iplarni bir me’yorda joylashtirilishi natijasida oqish mato zaminida ingichka rangbarang yo’llar hosil qilingan. Qalamidan erkaklarning yengil ustki kiyimi va boshqalar tayyorlangan. 20-asr boshlarida fkada to’qilgan matolarning qo’plab keltirilishi tufayli Qalami tayyorlash kamayib ketgan, faqat 2-jahon urushi davrida vaqtincha Qalami mato tayyorlash ham qayta tiklangan; 2) sopol buyumlarga qalam yordamida chizib bezak yaratish usuli hamda shu usulda ishlangan bezak, naqsh.