Qibray GES

Qibray GES — Bo’zsuv kanalining o’rta oqimida, Toshkent viloyati Qibray tumani Qibray GES qishlog’ida joylashgan. Chirchiqbo’zsuv suvenergetika traktidagi 11-GES. 1941 yilda qurila boshlab, 1943 yil sentyabrda ishga tushirilgan. GESda quvvati 11,2 MVt bo’lgan 1 ta agregat o’rnatilgan. GES o’zan tipida qurilgan bo’lib, sekundiga 80 m3 suv o’tkazishga mo’ljallangan. Qodiriya GES dan boshqariladi. 2003 yilda 96,2 mln.kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.