Qorasuv
Qorasuv — Samarqand viloyati Payariq tumanidagi soy. Uzunligi 66 kilometr, havzasining maydoni 1380 km2. Nurota tizmasidagi To’ng’izlitov cho’qqisi (1905 metr)ning Janubiy yon bag’ridan boshlanadi. Oltibosar qishlog’ining shimoliy-sharqiy chekkasida (1,3 kilometr) Zarafshon daryosining Oqdaryo tarmog’iga quyiladi. O’rtacha ko’p yillik suv sarfi 1,28 m3/sek. Payariq tumani ekin maydonlarini suv bilan ta’minlaydi.