Qorasuv

Qorasuv — Qashqadaryo viloyatidagi soy. Oqsuv daryosining o’ng irmog’i. Uzunligi 33 kilometr, havzasi maydoni 139 km2. Mavsumiy qor, yomg’ir va buloq suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 1,43 m3/sek. Ko’p suvli yillarda suv sarfi 2,85 m3/sek. (1969 yil), kam suvli yillarda 0,75 m3/sekundgacha o’zgaradi (1965 yil). Eng ko’p suv sarfi (30,6 m3/sekund) 1954 yil 9 aprelda qayd etilgan. Qorasuv suvidan ekin maydonlarini sug’orishda foydalaniladi.