Qoratov

Qoratov — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi shaharcha (1964 yildan). Nukus shahar Kengashiga qarashli. Amudaryoning o’ng sohilidagi pristan. Nukus temir yo’l stantsiyasidan (Toshkent — Nukus) 91 kilometr. Aholisi 2,2 ming kishi (2005). Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Umumiy ta’lim maktabi, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, tibbiy punkt, dorixona bor.