Qorachiq
Qorachiq — ko’zning yoy pardasidagi «tirqish». Yorug’lik nurlari Qorachiq orqali ko’z ichiga kiradi. O’ta yorug’da Qorachiq torayadi, xira yorug’yoki qorong’ida, shuningdek, kishi og’riqdan iztirob chekkanda va o. ta’sirotlarda u kengayadi. Qorachiq reaktsiyalarini tekshirish muhim diagnostik ahamiyatga ega.