Qoyali tizma
Qoyali tizma – katta Kavkazning shimoliy yon bag’ridagi tizma. Belaya daryosidan Terek daryosigacha (Kuban havzasi) cho’zilgan. Balandligi g’arbda 1200-1700 metrdan sharqda 3000 metrgacha, eng baland joyi Qoraqaya cho’qqisi (3646). Qoyali tizmaning Janubiy yon bag’ri tik, shimoliy yon bag’ri qiya bo’lib, ko’plab tor Daryo vodiylari bilan kesilgan. Shimoliy yon bag’ri keng bargli o’rmonlar, Janubiy yon bag’ri va o’rmondan yuqorisi tog’dashtlari qamda o’tloqlar bilan qoplangan. Karst rivojlangan.