ARININ MIXAIL ALEKSANDROVICH
ARININ MIXAIL ALEKSANDROVICH (1897.3.9, Saratov gubernyasi — 1967.7.5, Toshkent) — rassom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1951). 1924 yildan dastlab Qo’qonda, so’ng Toshkentda yashab ijod qilgan. 1930 yillarda «Paranjini yondirish», «G’o’za chopig’i» (1935), «Paxta topshirish» (1937) va boshqa asarlarni yaratdi. 2-jahon urushi yillari O’zTAGda ishladi. Shimoliy Kavkaz frontida bo’lib, «Nemislar ketgandan keyin», «Tog’lik qiz portreti», «Fashistlar qiynoqxonasida» asarlarini, urushdan keyin «Musobaqalashmoqdalar» (1949), «Shohimardon yo’lida» (1957) kabi asarlarni ishladi. 1956 — 57 yillarda u O’. Tansiqboyev va K. Cheprakovlar bilan Navoiy teatri foyelarini devoriy rasmlar bilan bezadi. Arinin manzaralari («Sirdaryo», 1960; «Bahor», 1962 va boshqalar) da O’zbekistonning go’zal tabiatini aks ettirdi.