«Qo’y peshonalar»
«Qo’y peshonalar» – muz bosgan o’lkalarda tub tog’jinslarining muzlik harakati ta’sirida silliqlanib, tekislanishi natijasida shakllangan gumbazsimon tepa va do’ngliklar. Muz kelgan tomoni yassi, silliq, teskari tomoni esa notekis, tik bo’ladi. Qadimgi va hoz. muzlik tarqalgan o’lkalarda ko’p uchraydi. O’rta Osiyodagi tog’larda ham bor.