Qo’shimcha nerv

Qo’shimcha nerv (peguiv Assekogshv) — bosh miya nervlarining XI jufti. Bu nervning nomi uni dastlab tavsiflagan (1664) ingliz vrachi T. Villiziy nomi bilan Villiziy nervi deb ham yuritiladi. Qo’shimcha nerv uzunchoq va orqa miyadan boshlanib, kalla suyagi bo’shlig’idan tashqariga til-halqum va adashgan (sayyor) nerv bilan birga bo’yinturuq teshigi orqali chiqib, 2 ta tarmoqqa bo’linadi. Uning bitta adashgan shoxi adashgan nervta qo’shilsa, ikkinchi shoxi to’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon muskul bilan trapesiyasimon muskullarga tolalar berib, bo’yin nerv chigallariga borib qo’shiladi.