ARISTIPP
ARISTIPP (Aristippos) (miloddan avvalgi 5-asr 2-yarmi — 4-asr boshi) — yunon faylasufi, Sokratning shogirdi, Kiren maktabining asoschisi. Gedonizm asoschilaridan biri. Aristipp hayotning oliy maqsadi xursandchilikda deb bilgan, lekin uning fikricha, inson xursandchilikka bo’ysunmasligi lozim, balki oqilona lazzatlanishga intilishi kerak, chunki oqilona lazzatlanish uning oliy saodatidir. Yaxshilik va yomonlikning, chin va yolg’onning mezoni — xursandchilik va azob-uqubatdir.