Plyushch

Plyushch (Hedera) — araliyadoshlar oilasiga mansub doim yashil o’simliklar turkumi, daraxtlar tanasiga chirmashib o’sadigan daraxtsimon lianalar. Bo’yi 30 metrgacha. Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoda 15 turi o’sadi. Oddiy (asl) Plyushch eng ko’p tarqalgan. O’zbekistonda manzarali o’simlik sifatida ekiladi.