Pirron Elidalik

Pirron Elidalik (miloddan avvalgi taxminan 360— 280) — yunon faylasufi, Skeptitsizm (pirronizm) asoschisi. Pirronning o’zi asarlar yozmagan, uning qarashlarini shogirdlari yozib qoldirgan. Uning fikricha, odamning narsalar to’g’risidagi mulohazalari asossizdir, umuman biron-bir mulohaza yuritishdan tiyilish hamda ataraksiya va apatiya holatida bo’lish kerak.