Potentsial energiya

Potentsial energiya – mexanik tizim umumiy energiyasining ma’lum ulushi. U shu tizimni tashkil etgan zarralarning o’zaro joylashishi va tashqi kuch maydonidagi (masalan, gravitatsion maydon) vaziyatiga bog’liq. Potentsial energiya tushunchasi konservativ (kinetik va potentsial energiyasi o’zgarmay qoladigan) tizimlar uchun o’rinlidir, ya’ni bunday tizimga ta’sir qilayotgan kuchlarning ishi tizimning boshlang’ich va oxirgi vaziyatiga bog’liq.