Prosessual muddatlar
Prosessual muddatlar (O’zbekiston Respublikasida) — JPK da ko’rsatilgan prosessual harakatlarni bajarish muddatlari. Prosessual muddatlar prosess ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan. Masalan, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxs uzog’i bilan 72 soat ushlanib turishi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash mudsati o’ta murakkab ishlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining ruxsati bilan 1 yilgacha uzaytirilishi, sud hukmi ustidan shikoyat 10 kun ichida berilishi mumkin (JPK 226, 245, 500-moddalar). Prosessual muddatlar soat, sutka va oylar bilan hisoblanadi, ularning o’tishi oqibatlari, uzaytirish va tiklash tartiblari JPK 39-bobida bayon etilgan.