Shuturkat

Shuturkat, Ushturkat Choch (Toshkent) viloyati hududida qad ko’targan o’rta asrlar (6-8, 9-13-asrlar boshlari)ga mansub savdo shahri xarobalari va arxeologiya yodgorligi. Shuturkat xarobalari Eski Toshkentda Chirchiq daryosining o’ng sohilida «paxta» temir yo’l bekati yaqinida yastangan. Maydoni ilk o’rta (6-8) asrlarda taxminan 20 gektar, 9— 13-asr boshlarida esa qariyb 200 gektarga teng bo’lgan. Xarobaning bir qismini Chirchiq daryosi va kurkulduk suvi yuvib ketgan. Shuturkat yodgorligi 1934 yilda G.V. Grigorev tomonidan o’rganilgan. Shuturkat toponimi «tuyadek katta», «tuya karvoni cho’kadigan ulkan shahar» ma’nolarini anglatgan. 10-asr Arab geografi Ibn Havqalning yozishicha, Shuturkat Shosh viloyatida uning poytaxti Binkatdan keyin 3-o’rinni egallagan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda uning xarobalari Chirchiq daryosining o’ng sohilida daryo kechuvidan yuqoriroqda joylashgan. Uning hududi sohil bo’ylab qariyb 8 chaqirim (1 chaqirim — 1,06 kilometr) g’arbga, dasht tomon 2-3 chaqirimga cho’zilgan. Muqaddasiyning ta’riflashicha, shahar istehkomli bo’lib, unda usti Tim shaklida yopilgan bozori bo’lgan. Shuturkat bilan Binkat oralig’i bir kunlik yo’l bo’lib, bu oralig’da Danfag’on — 2 farsax, bo- Nukat (Xudaynkat) — 3 farsax, Bonukat- dan Binkatgacha — 2 farsax, shu masofada Zaldikat kabi shaharlar o’rin olgan. Sh.dan quyiroqda esa Jinojjat (chinochkat) shahri qad ko’targan. Sug’d va Choch karvon yo’li ustida barpo etilgan Shuturkat bu 2 mintaqalararo savdoda karvonlar to’xtaladigan yirik savdo maskani sifatida muhim ahamiyatga ega tuyakashlar shahri hisoblangan. Unda ko’plab sopol, shisha idishlar, pishiqg’ishtlar (aksariyati 10-12-asrlarga mansub) va boshqalar buyumlar topilgan. Abdulahad Muhammadjonov.